Foydalanilgan adabiyotlar
:
1. U.Hamdam. Yangi o‗zbek she`riyati. --T.: Adib nashriyoti, 2012.
2. Q.Yo‗ldoshev. Ochqich so‗z.—T.: Tafakkur nashriyoti, 2019.
BETAKROR ISTE`DOD SOHIBI
Abdulatif PRIMOV
,
O„zbek tili va adabiyoti kafedrasi katta o„qituvchisi (
GulDU)
Erkin Vohidov o‗zbek she`riyatimizning yorqin yulduzlaridan biri bo‗lib,
o‗tgan asrimizning 60-yillar o‗zbek she`riyatiga butunlay yangicha nur taratib kirib
keldi. Agar ta‘bir joiz bo‗lsa, shoir ijodi o‗zbek she`riyatida butunlay yangi davrni,
yangicha ruhni boshlab berdi. Shoir ijodida lirik ohangdorlik, falsafiy chuqurlik
ustuvor bo‗lib, bu ikki xususiyat o‗zbek she`riyatini yangi bir sifat poeziyasiga
ko‗tardiki, bu ruhiyat keyingi davr she`riyatimiz uchun ma`lum bir o‗lchov, mezon
bo‗lib xizmat qildi.
Ijtimoiy va siyosiy mavzularga ko‗milgan o‗tgan asr 50-yillar she`riyatidan
charchagan kitobxon Erkin Vohidovning samimiy va o‗ynoqi lirik she`riyatidan
bahra va ruh oldi. Shoir lirikasida Vatan va millat taqdiri mavzusi alohida bo‗rtib
ko‗zga tashlanadi. Shoir vatan haqida o‗ziga xos bir usulda yozadi. ―O‗zbekiston‖,
―Vatan sevgisi‖ she`rlarida ona yurtga muhabbat ko‗tarinki romantik bo‗yoqdorlik
bilan aks ettirilgan bo‗lib, Vatanga farzandlik mehr, fidoyilik, samimiyat barq urib
turadi.
Shoirning ―Sadoqat‖ she`ri ham ona vatan, ona tuproq, qadrdon go‗sha
haqida. Ushbu she`rda biz na baladparvoz chaqiriqlar, na hatto ―Vatan‖ degan
so‗zni ham uchratmaymiz. Ammo, she`r shoirning Vatan haqidagi eng go‗zal
she`ri deb baralla aytish mumkin. Mana, she`rga quloq tutib ko‗ring-a:
79
Keksa qarag‗ayning
Ildizin ochib,
Tortdilar qo‗sh arqon solib belidan.
Lekin u tuproqqa panjasin sanchib,
Sira qo‗zg‗almasdi
Ungan eridan ...
Nihoyat, gurs etib erga quladi,
Butab, so‗ng ko‗tarib ketdilar,
biroq –
U o‗z panjasida olib jo‗nadi
Yashagan eridan
Bir siqim tuproq [ 1, 158 ].
Vatan, ona maskan, o‗sib-ungan zamin haqida bundan go‗zalroq kilib aytish
mumkin bo‗lmasa kerak. ―Ona Vatan, jon Vatan,senga sharaf-shon Vatan‖ degan
deklamatsiya ruhidagi she`rlarga o‗rgatilgan o‗sha davr kitobxoni,ayniqsa, yosh
she`riyat muxlislari uchun yuqoridagi go‗zal tasvir chinakkam mo‗jiza emas-mi?!
Erkin Vohidov o‗z millatining chinakam jonkuyari, uning taqdirini shoir o‗z
taqdiridan ayri bilmaydi. Vatan, millat mavzusidagi she`rlarida o‗zi vakili bo‗lgan
shu xalq, millat oldida qarzdorlik burchi, fidoiylik, jonkuyarlik, hamdardlik, fahr
barq urib turadi:
Fahr etarman, ona xalqim,
Ko‗kragimni tog‗ qilib,
Kukragida tog‗ ko‗targan
Tanti dehqon o‗zbegim [1, 336-337].
Shoir o‗z xalqining o‗tmishiga murojaat qilar ekan, millat qiyofasini dunyoga
ko‗z-ko‗z qilgan buyuk ajdodlarini ehtirom bilan tilga oladi, ular bilan fahrlanadi:
Tarixing bitmakka, xalqim
Mingta Firdavsiy kerak,
Chunki bir bor chekkan ohing
Mingta doston, o‗zbegim [1, 336].
Erkin Vohidovning ―Ona tuproq‖, ―Vatan‖, ― Vatandan yaxshi yer bo‗lmas‖,
―Samarqand kechasi‖, ―Vatan sog‗inchi‖, ―O‗lka‖, ―Buloq‖, ―Xorazm qovuni‖,
―Bahor‖ kabi she`rlarida ham ona Vatan va millat mehri ajib bir jilva bilan tovlanib
turadi.
Erkin Vohidov she`riyatida do‗stlik, do‗stga sadoqat va fidoiylik mazulari
ham alohida o‗rin tutadi. Bu mavzudagi yaxshi she`r ―O, do‗stlik!‖ degan quruq
olqishlardan hosil bo‗lavermaydi. Shoir asl do‗stlikning mohiyatini ochadigan turli
poetik usullar o‗ylab topadi, soxta hissiyotlardan qochadi. Do‗st shunda do‗stki, u
faqat sening o‗zingga emas, sen vakili bo‗lgan millatga, sen tug‗ilib o‗sgan yurtga,
sen sog‗ingan mozorlarga, urf-odatlaringga, tilingga, tarixingga ham chin qalbdan
mehr qo‗ysa, ularni ham sening o‗zingdek e‘zozlasa! Erkin Vohidovning ―Do‗st
balan obod uying‖, ―Arofat cho‗qqisiga‖, ―Qozoq oqinlariga‖, ―Tojik
birodarimga‖, Afg‗on shoirlariga‖ kabi she`rlarini o‗qiganda shu fikrlar hayoldan
o‗tadi.
80
She`riyatning abadiy mavzusi bo‗lgan sevgi-muhabbat mavzusi shoir
lirikasining ham asosiy qismini tashkil etadi. Erkin Vohidovning bu mavzudagi
she`rlarida ham samimiylik va fidoiylik, yuksak va go‗zal tuyg‗ular hukmron:
O‗n sakkizga kirmagan kim bor,
Bog‗ingdan gul termagan kim bor.
Sen haqingda yozib to‗rt satr,
Sirdoshiga asta ko‗rsatib,
Qo‗shni qizga bermagan kim bor.
Dastlab har kim qalam olgan on
Yonib seni kuylar begumon.
Maskan qurib har bir ko‗ngildan,
Oshiqlarni qoldirib tildan,
Shoirlarni qilursan biyron. [ 1, 67]
―Sevgi‖, ―Uchrashuvga oshiqadi dugonang‖, ―Qaro qoshing‖ kabi she`rlarda
ishq dardi tug‗dirgan jo‗shqin tuyg‗ularning go‗zal poetik ifodalari bilan oshno
bo‗lsak, ―Majnuntol‖ she`rida poyoniga etmagan baxtsiz sevgi fojeasi majnuntol
hikoyasi orqali juda ta`sirchan tasvir etilgan.
Erkin Vohidov she`riyatida aruzda yozilgan g‗azallari alohida o‗rin tutadi.
Shoir g‗azal janriga yangi hayot baxsh etdi, uni yangi kun mazmuni bilan boyitdi:
Istadim sayr aylamoqni
Men g‗azal bo‗stonida,
Kulmangiz, ne bor senga deb
Mir Alisher yonida …
Ey, munaqqid, sen g‗azalni
Ko‗hna deb kamsitmagil,
Sevgi ham Odam Atodan
Qolgan inson qonida [1, 238].
Ishqiy tuyg‗ular – visol baxti, firoq,fidoyilik, yor ishvasi, ag‗yor zulmi,
oshiq tug‗yonlarini aks ettirishda g‗azal janrining tajribalari va imkoniyatlari
beqiyosdir. Ayniqsa, ko‗hna shakl yangi zamon nafasi bilan yo‗g‗irilganda ajib bir
tarovat va kayfiyat hosil qiluvchi asar dunyoga keladi. Shoirning ―Lola sayri‖
nomli g‗azal janrida yozilgan badihasiga e`tibor bering:
Taklif etdim tong bilan
Dildorni lola sayliga,
Boshim osmonlarga etdi
Yor deganda ―mayliga‖
O‗yladim shu tong, necha yil
Dashtu sahrolar kezib,
Taklifi sayl aylamabdir
Ne uchun Qays Layliga!
Bu xayolim yorga aytsam,
Kuldi-yu, berdi javob:
Ahli ishq ham boqqay albat
O‗z zamonin zayliga.
81
Lola terdik dasta-dasta,
Kech bilan qaytdik shahar,
Yo‗lda bir-bir tarqatib
Erkin muhabbat xayliga [1, 250].
G‗azalni o‗qir ekansiz, ruhingiz ko‗tariladi, Go‗zal bir tuyg‗ular, xotiralar
qalbingizni qitiqlaydi, yalang ayoq, shim pochalari shimarib qo‗yilgan , qo‗lida
lola guldastasi bilan sevgilisi atrofida sakrab, qiziqchilik qilib lola saylidan
qaytayotgan baxtiyor oshiq ko‗z oldingizga keladi. Shoir g‗azallarida mumtoz
she`riyatimiz timsollaridan, badiiy usullardan, lutflardan unumli , o‗ziga xos
foydalanilgan.
Erkin Vohidov ijodi haqida gapirganda , albatta, uning o‗ta salohiyatli
tarjimon shoirligini aytish joiz. Uning sharq mumtoz mutafakkirlari Abu Ali ibn
Sino, Hofiz Sheroziy, Bedil, g‗arb adiblari Shiller, Gyo‗te, rus shoirlari Aleksandr
Blok, A.Tvardovskiy, Mixail Svetlov, Andrey Malishko va ayniqsa Sergey
Yesenindan, shuningdek Gevorg Emin, Rasul Hamzatov asarlaridan qilingan
tarjimalari kitobxonlarning sevimli asarlariga aylangan. Ayniqsa, Gyo‗tening
―Faust‖ kabi murakkab falsafiy asar tarjimasining muvoffaqiyatli amalga
oshirilganligi o‗zbek madaniyatida juda katta voqelik sifatida baholanmog‗i lozim.
Shoir tarjima uchun ruhi, uslubi , o‗z ruhiyatiga yaqin bo‗lgan adiblar asarlarini
tanlaydi. Shuning uchun ham bu tarjimalar asl nusxadagi bor jozibasi, o‗ziga
xosligi bilan o‗zbek tilida jaranglaydi. Bu jihatdan shoirning Sergey Esenin
she`riyatidan qilgan tarjimalari diqqatga sazovor. Sergey Yesenin she`rlari ruhi
Erkin Vohidov uslubi bilan juda hamohang. Misralar misralarga shunday quyma
holda to‗g‗ri keladiki, kezi kelganda bu she`r tarjimami yoki Erkin Vohidovning
o‗zinikimi – ajratish mushkul bo‗lib qoladi. Sergey Yeseninning ―Fors taronalari‖
turkumiga kirgan she`rlarning tarjimasi shu fikrimizni tasdiqlaydi. Keling, ushbu
she`rni muqoyasa qilaylik:
Aslida:
Улеглас моя билая рана –
Пяний бред не гложет серце мне.
Синими светами Тегерана
Я лечу их нинче в чайхане [3, 149]
Tarjimada:
Dog‗lar ketmish majruh ko‗ngildan,
Mast vasvasa qo‗zg‗amas tug‗yon.
Men dardimga Tehron gulidan
Choyxonada topoldim darmon [2, 315]
Tarjimon nafaqat asl nusxaning go‗zalligini saqlab qolgan, balki o‗rni bilan
asl nusxada notekis, qo‗polroq o‗rinlarni noziklik bilan sayqallab ham ketadi.
Ushbu she`rning yana bir to‗rtligidan misol.
Aslida:
Ми в России девушек весенних
На цепи не держим, как собак,
Поцелуям учимся без денег,
82
Без кинжалних хитростей и драк. [3, 149]
Tarjimada:
Rossiyada gulday qizlarni
Tutqunlikda saqlamas erlar.
Sarmast etar bo‗sa bizlarni
Bexanjaru, bemakru bezar [2, 315]
Matndagi ayrib ko‗rsatilgan satrlarni solishtirib ko‗ring: shundoq mayin va
go‗zal she`rni ―na tsepe ne derjim kak sobak‖ degan o‗xshatish qo‗pol ravishda
buzib turibdi. Buning ustiga shoirning o‗zi kuylayotgan mamlakat udumlariga
xurmatsizlik qilib turganligi sezilib turibdi. Tarjimon Sergey Yeseninning ―aybi‖ni
yopish va she`rni musiqiy ravonligini buzmaslik maqsadida bu satrlarni juda silliq
qilib: ―Tutqunlikda saqlamas erlar‖ tarzida tarjima qilib ketadi. Mana bu
satrlarning chinakam go‗zal tarjimasidan zavqlanmasdan iloj yo‗q:
Ну, а этой движеня стана,
Что лицом похожа на зарю,
Подарю я шал из Хорассана
И ковѐр ширазский подарю [3, 150]
Tarjimasi:
Bu tong yuzli dildor qoshimda
Bir bor xirom etsa noz bilan,
Shohi ro‗mol solgum boshiga,
Yo‗llariga sheroziy gilam [2, 315]
Erkin Vohidov lirikasi haqidagi fiklarimizga xulosa yasar ekanmiz, shuni
ta`kidlash kerakki, bu ulkan iste`dod sohibi o‗zbek she`riyatini yangi pog‗onaga
ko‗tardi, romantik ohangdorlik, musiqiylik va joziba bilan yo‗g‗irilgan she`rlari,
dostonlari, go‗zal tarjimalari bilan o‗zbek poeziyasini yanada rango-rang va
jozibali qildi.
Adabiyotlar:
1. Vohidov E. Saylanma: Ikki jildlik. 1-j. Muhabbatnoma: She`rlar,
dostonlar. – T., Adabiyot va san`at nashriyoti, 1986.
2. Vohidov E. Saylanma: Ikki jildlik. 2-j. Sadoqatnoma: She`rlar, tarjimalar,
doston va drama. – T., Adabiyot va san`at nashriyoti, 1986.
3. Есенин С.А. Избранное: Стихотворения и поемы. – М. Детская
литература. 1985.
Do'stlaringiz bilan baham: |