«Bu bo„ston sahnida gul ko„p, chechak ko„p»
misrasiga hamohang fikr keltiriladi:
She`riyat dunyosi keng: gulzori ko‗p, bo‗stoni ko‗p,
Har ko‗ngil arzini aytur, neki bor imkonida.
Bu Hazrat Navoiy satrlaridagi mazmunni o‗zlashtirish sanalmaydi, aksincha,
Mir Alisher timsolini talqin qilishda hazratning o‗z estetik qarashlaridan
foydalanish hisoblanadi. Bu usul orqali shoir timsoli talqinidagi chizgi yanada
tiniqroq tasvirlanadi va birinchi baytning ikkinchi –
«Kulmangiz, ne bor senga,
deb, Mir Alisher yonida»
misrasidagi botiniy ma`noni anglab olishda g‗azalxonga
yordam beradi.
Uchinchi baytda shoir dastlab Mir Alisher timsoli talqinidan uzoqlashgandek
tuyuladi:
Eymunaqqid, seng‗azalniko‗hnadebkamsitmagil,
Sevgi ham Odam Atodan qolgan inson qonida.
Lekin chuqurroq e`tibor berilsa, 20-30-yillarda Navoiy shaxsiga bo‗lgan
noilmiy munosabat, aruzni yangi davr uchun keraksizligini e‘lon qilganlar ham
munaqqidlar edi.Aruzni rad etish g‗azalni rad etishga, bu esa shu mulkning sultoni
Navoiyning bizga zamondoshligini tan olmaslikka, Navoiy ijodining mohiyatini,
uning olamshumul ahamiyatini mensimaslikka olib boradi. Bu borada qilingan
xatoning esa katta-kichigi bo‗lmaydi. E.Vohidov ulug‗ shoirimiz hamda uning
ardoqli mulki – g‗azalni himoya qilish va o‗z harakatini dalillash uchun Odam Ato
va Momo Havvo haqidagi rivoyat chizgisini o‗z o‗rnida o‗rinli qo‗llaydi.
To‗rtinchi baytning mazmuni Hazrat Navoiy iste`dodining yana bir qirrasini
ochishga qaratilgan:
74
Toshga ham shirin g‗azal baxsh aylagay otash va jon,
Shavq o‗ti yonsa agar shoir – g‗azalxon qonida.
Darhaqiqat, shoir Navoiyning toshga ham otash va jon baxsh etadigan, qonida
shavq o‗ti yongan g‗azallar muallifi ekanligini isbotlayapti. Bu Navoiyning badiiy
timsoli talqinidagi yangi va asl tashbeh sanaladi.
Beshinchi bayt ham mazmun-mohiyati bilan bevosita Navoiy timsoli talqiniga
aloqador:
Rost, g‗azal avjida barcha Oy ila Zuhro emas,
Ko‗p erur somonchilar ham she`riyat osmonida.
Hazrat Navoiyning badiiy-estetik qarashlariga xos xususiyatlarni qarab
chiqqanimizda, uning g‗azal mukammalligi yo‗lida har qanday nuqson va
kamchiliklarni ro‗y-rost, u yoki bu muallifning obro‗-e`tiboridan qat‘i nazar, ochiq,
xolislik bilan ta`kidlab o‗tganligiga shohid bo‗lamiz. Baytda Mir Alisherning ana
shu qarashiga ishora bor bo‗lib, g‗azalnavis shoirlar timsoli uchun Oy, Zuhro
yulduzi va somonchi(Somon yo‗lidagi xira yulduz)lar istiora sifatida olingan.
Do‗stlarim, shoir demang, Erkin g‗azal shaydosidur,
Yosh dengu, ma‘zur tuting, sahv o‗lsa gar devonida.
Navoiy timsolining poetik talqiniga taalluqli bunday chizgilar E.Vohidov
o‗rtaga tashlagan yuksak g‗oyaviy-estetik talablar zaminida vujudga kelganligini
adabiyotshunos N.Ahmedov o‗z tadqiqotida shoirning «Javohirga bergisiz boylik»
maqolasidan olingan quyidagi mulohazalari bilan tasdiqlaydi:»Navoiy shunday
ulkan cho‗qqiki, undan uzoqlashgan sari mahobati ko‗proq namoyon bo‗ladi. Biz
bu cho‗qqiga zinhor ortimizda qolgan darajada deb emas, doimo oldinda turgan,
biz doimo intilib yashaydigan yuksaklik deb qaraymiz… Navoiyning
san`atkorligiga faqat hayratlanish mumkin. Uning she`riyati mo‗‘jiza darajasida»
[4, 237-238].
Har bir shoirni Navoiyning badiiy talqini mavzusiga qayta-qayta murojaat
etishga chorlayotgan sabab ulug‗ shoirning ijoddagi va inson sifatidagi
barkamolligi, asarlaridagi umuminsoniy g‗oyalar talqini sanaladi.
XX asr o‗zbek she`riyatini ikki zabardast shoir – Erkin Vohidov hamda
Abdulla Oripovlar ijodisiz to‗laligicha tasavvur qilib bo‗lmaydi. Bu atoqli shoirlar
o‗z ijodida, shubhasiz, zamonasida o‗zbek adabiy tilini yangi taraqqiyot bosqichiga
ko‗targan zot – Hazrat Navoiy timsoliga murojaat qilmasliklari mumkin emas
edi.Ular o‗z she`rlarida Navoiyning badiiy timsolini millat, ruhiyat, dunyoqarash
ifodasi darajasiga chiqara oldilar. Jumladan, E.Vohidov 1968yilda yozgan
«O‗zbegim» qasidasida shunday yozadi:
Mir Alisher na`rasiga aks-sado berdi jahon,
She`riyat mulkida bo‗ldi shohu sulton, o‗zbegim [3, 123].
Darhaqiqat, Hazrat Navoiy Husayn Boyqaro ta‘biri bilan aytganda, turk
(o‗zbek) tilining o‗lgan jasadiga tiriltiruvchi nafaslari (Masih anfosi) bila ruh
kiritgan va u ruh topganlarga turkiy oyin so‗zlarning tola va ipagidan to‗qilgan
harir libos kiydirgan» zot sanaladi. Uning na`rasiga, ya`ni turkiy tilda yozgan
asarlariga butun jahon aks-sado berdi – o‗z zamonasidan to hozirgi kungacha uning
g‗azallariga tatabbu‘lar, muxammaslar yozildi, tazminlar bog‗landi, tazkira va
75
dostonlariga ergashib yaratilgan asarlar paydo bo‗ldi, uning ijodi nafaqat turkiy
xalqlar, balki forsiy zabon xalqlar, farang, ingliz, rus, gruzin kabi jahon xalqlari
ilm ahllari tomonidan o‗rganildi, ilmiy tadqiq qilindi va bu jarayon hozirgacha
davom etmoqda. Shoir ushbu baytida Navoiy va u orqali shunday daho shoirni
etishtirgan o‗zbek xalqi haqli ravishda she`riyat mulkida shoh, sulton darajasiga
etganligini tasvirlaydi. Shu birgina bayt orqali shoir Navoiy dahosini millat ifodasi
darajasiga ko‗targan.Sobiq mustabid tuzum hukmronligi sharoitida E.Vohidovning
bu baytini ham badiiy jasorat namunasi, deb ayta olamiz.
Shoir E.Vohidovning «Alisher Navoiy kemasi» [3,179-180] deb nomlangan
she`ri 1977 yilda, shoirning Kanadaga sayohati davomida «Alisher Navoiy» nomli
kemani uchratishi natijasida yuragida jo‗sh urgan faxr va iftixor tuyg‗ularining
badiiy in‘ikosi sifatida yaratilgan:
Azaliy davrida charx uradi Er,
Mushtariy azaldek chaqnab turipti…
Besh asr so‗ngida buyuk Alisher
Bahri muhit aro kezib yuripti.
Uzoq Sharq sohillarida sayohat qilayotgan shoir Bahri muhitda suzib yurgan
«Alisher Navoiy» nomli kemani ko‗rib qolib, bundan ruhiyatida vujudga kelgan
kechinmalarni shunday tasvirlaydi:
Tiriklikda charxdan topmagan omon,
Boshiga g‗am gardin yog‗dirgan falak –
Dahr aro tanhoyu zoru sargardon
Qalqib bormoqdadur beorom yurak.
Lirik qahramon ummonda suzib borayotgan kemani kuzatar ekan, beixtiyor,
uni «o‗z zamonasida aqlning qudratiga va aqlning g‗alaba qilishi orqali jaholat,
nodonlik va zulmning bartaraf qilinishiga chin yurakdan ishongan» [5, 140] Hazrat
Navoiyni esga oladi. Uning yurt tinchligi, xalq farovonligi yo‗lida olib borgan
ishlari va bu yo‗lda unga nisbatan qarshiliklarga mardonavor turgan inson timsolini
quyidagi bandda betakror tasviriy vositalar orqali ifodalaydi:
Achchiq to‗lqinlarga ko‗krak uradir
Umrida halovat topolmagan jon,
Jahon ummonida kezib yuradir
Dolg‗ali ham sokin jahoniy ummon.
Jahon ummonida achchiq to‗lqinlarga ko‗krak urib kezib yurgan Hazrat
Navoiy nomi bilan ataladigan kema shoir taxayyulida xalq baxt-saodati yo‗lida
halovat topmagan jon, hayot past-balandliklari-yu, zarbalariga dosh bergan buyuk
shoirni gavdalantiradi va uni goh tashvishli, goh sokin jahoniy ummon deya
ta‘riflaydi.
Ulug‗lar bastida o‗ychan bir shukuh,
Kilkidan to‗kilgan g‗azaldek boqiy,
Besh asr so‗ngida kema bo‗lgan ruh,
Besh qit‘a oralab kezar Navoiy.
Bu bandda shoir Navoiy ijodining asrlar osha barhayotlik kasb eta borishini
o‗ziga xos badiiy usul bilan tasvirlaydi, ya`ni shartli-poetik aks ettirish tamoyiliga
76
amal qilib, shoir asarlari g‗oyalarining barhayotligini ifodalash uchun hazrat
Navoy ruhini XX asrga, besh qit‘a oralab kezib yurgan kemaga ko‗chiradi. Bu yo‗l
bilan buyuk shoir asarlari va ularda ko‗tarilgan g‗oyalarning besh qit‘a – butun
jahon bo‗ylab tarqalganini tasvirlaydi.
She`rda o‗tgan asrning 70-yillariga xos hayotni o‗ta ko‗tarinki ruhda madh
etish ruhi etakchilik qiladi.Bu holat o‗sha davrdagi aksariyat she`rlarga xos
xususiyat sanaladi.Shunga qaramay, unda Navoiy shaxsiyati bevosita unga
aloqador bo‗lmagan narsa – uning nomi bilan ataladigan kema vositasida buyuk
shoirni ulug‗lash niyati muhim ahamiyat kasb etadi.
She`r boshlanmasi tugallanmada aynan takrorlanib, o‗ziga xos originallikni
yuzaga keltirgan. Undagi to‗liq poetik shartlilik ruhi (Navoiy ruhining kemada
namoyon bo‗lishi) kemaning shoir dastlab uchratgan Uzoq Sharq sohillaridan
boshlanib, G‗arbiy yarim shardagi Kanadaning Vankuver shahrigacha dengizda
bosib o‗tgan yo‗li buyuk shoirning besh asrlik yo‗li va undagi shoir hayoti,
ruhiyatidagi qat‘iylik tasviriga aylantirib yuboradi.
Foydalangan adabiyotlar:
1. Ahmedov N. Mangu barhayot obraz. – T., // Sharq yulduzi, 1988, 4-son.
2. Ahmedov N. Tarixiy shaxs talqini. – T., G‗.G‗ulom nomidagi Adabiyot va
san`at nashriyoti, 1989, – B.81.
3. E.Vohidov. Kuy avjida uzilmasin tor. – T., G‗.G‗ulom nomidagi nashriyot.
2004.
4. Oybek. Buyuk gumanist G‗MAT.19 tomlik. – T., Fan, 13-tom, –B.237-238.
5. X.Yoqubov. Oybek. – T., Badiiy adabiyot nashriyoti, 1960, –B.140.
Do'stlaringiz bilan baham: |