Zbekiston respublikasi oliy va o ‗ rta maxsus ta`lim vazirligi


E.VOHIDOV IJODIDA FALSAFIY TERANLIK VA SO„Z



Download 4,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/292
Sana03.01.2022
Hajmi4,25 Mb.
#313213
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   292
Bog'liq
Erkin Vohidovning so`z qo`llash mahorati-To`plam

E.VOHIDOV IJODIDA FALSAFIY TERANLIK VA SO„Z  

QO„LLASH MAHORATI 

Gulchehra QO„YLIYEVA,  

filologiya fanlari bo„yicha falsafa doktori (GulDU) 

 

Xalqimizning  sevimli  shoiri,  jamoat  arbobi,  O‗zbekiston  Qahramoni  Erkin 

Vohidov  nafaqat  shoir,  balki  dramaturg  va  publitsist  hamda  adabiyotshunos 

sifatida ham nom qozongan. Buyuk ijodkor zamonaviy o‗zbek she`riyati osmonida 

yarq  etib  chiqib,  bir-biridan  chiroyli,  ravon  va  yengil  o‗qiladigan  sermazmun 

sherlar guldastasini she`rsevarlarga armug‗on etib ketdi. 

Shoirning  ijod  yo‗li  bilan  tanishar  ekanmiz,  unda  Vatan  mavzusi,  ona 

xalqimiz, muhabbat tuyg‗ulari, inson va uning orzu-xayollari, sir-sinoati, umidlari 

tarannum etilganligining yaqqol guvohi bo‗lamiz. 

 

U  sevgi-muhabbat  mavzusini  tanlaydimi,  chuqur  lirizm  va  keng 



mushohadaga  cho‗mdiruvchi  falsafiy  she`rlarinimi,  hayotiy  hangoma  va 

voqealardan  tug‗ilgan  hazil  she`rlarmi  yoki  kuchli  sohir  iste`dodining  bir  qirrasi 

sanalgan  dramalarimi,  publitsistika  sohasimi,  adabiyotshunos  sifatidagi  teran 

fikrlarimi – bularning hammasi keng kitobxon qalbining to‗ridan joy olib ulgurdi. 

―...Bu  avlod  she`riyatni  hayotga  yaqinlashtirdi.  She`riyat  g‗oya  ko‗kidan 

tushib,  oddiy  insonning  his-kechinmalarini  tarannum  eta  boshladi....  A.Oripov, 




77 

 

E.Vohidovlarning  ijtimoiy  pozitsiyasi  publitsistika  darajasida  qolib  ketmadi,  ular 



chinakam she`riyatga daxldor bo‗lib, buni ta‘minlagan bosh omil ijtimoiy dardning 

shaxsiylantirilganidir‖ [1, 190]. 

Shoirga  ―oddiy  insonning‖  ko‗ngil  ehtiyojlarini  yuqori  pardalarda  kuylay 

olish  mahorati  nasib  etdi.Taniqli  adabiyotshunos  olim  Ozod  Sharafiddinov 

ta`kidlab  o‗tganidek,  E.  Vohidovning  ―...she`riyatdagi,  nasrdagi  yashirin 

go‗zallik‖larini,  so‗zga  zargarona  munosabati  va  uni  topib  qo‗llashini  ―kashf 

qilish‖ insonga yanada ruhiy ko‗tarinkilik va madad beradi. 

Ijodkor  she`rlarini  o‗qir  ekansiz,  unda  shoirning  so‗z  qo‗llash  mahoratiga 

―Manzara‖ she`ri orqali guvoh bo‗lasiz:  

...Bulutning orqasidan 

Quyosh kulib qaraydi. 

Majnuntolning yuvilgan 

Sochlarini taraydi. 

 

Ilk  bahor  kunlaridagi  siyrak  bulutli  kun  va  uning  orasidan  quyoshning 



charaqlab  nur  selini  sochish  tasvirida  quyoshning  kulib  qarashini  ko‗rgandek 

bo‗lasiz.  Salgina  oldin  yog‗ib  o‗tgan  yomg‗irda  majnuntolning  shohlari  yerga 

egilib,  yuvilgan  sochlarini  quyosh  o‗z  nurlari  bilan  taroqlayotgani,  ya`ni  yengil 

shabadada sollanib-sollanib tebranishi ko‗z oldingizda namoyon bo‗ladi. 

 

Shoir she`rlaridagi o‗ynoqilik va ravonlik, shirali tili, teran mazmuni, chuqur 



falsafiy umumlashmalardan iboratliligi bilan ajralib turadi. 

Ko‗z ochib nur qo‗ynida, 

Ko‗rdim yorug‗ dunyoni, 

Bu olamda neki bor 

Bari tortar havasim. 

Lolalar qahqahasi, 

Chechaklarning xandoni, 

G‗unchalar yuzidagi 

Sal uyatchan tabassum... 

 

Lolalarning  yoqut  piyoladek  bo‗lib  ochilishini  ―qah-qah‖  otib  kulgan  inson 



kulgusiga, mayda chechaklarning ochilib turishini esa, uning ―xandon‖ kulgusiga, 

endigina  ochilaman  deb  turgan  g‗unchani  esa  ―sal  uyatchan  tabassum‖iga 

o‗xshatishdagi  zukko  topag‗onlik  she`rni  to‗xtamay,  bir  nafasda  o‗qilishiga  va 

undan zavqlanish hissini oshiradi.  

 

Yana shoirning ―Tong lavhasi‖ she`rini o‗qigan kitobxon ko‗z oldida xuddi 



mohir  rassom  chizgan  tong  lavhasi  aks  etgan  peyzaj  tasvirini  tomosha 

qilayotgandek bo‗ladi: 

Ufqlarga qo‗yib guldasta, 

Tog‗ ortidan ko‗tardi-da bosh, 

Pastga boqdi cho‗qqidan asta 

Oltin qalam tutgan bir naqqosh. 

Har nuqtaga sayqal berib u, 

Vodiy uzra chizdi zar lavha. 

So‗ng quyosh deb imzo chekdi-yu, 



78 

 

Tongotar deb qo‗ydi sarlavha. 



 

Bu  misralarni  o‗qigan  o‗quvchi  ko‗z  oldiga  tabarruk  ―Qur`on‖  suralarida 

bitilgan  Allohning  birgina  ―Bo‗l‖  deguvchi  ilohiy  so‗zi  bilan  butun  olamni 

yaratgani  namoyon  bo‗lgandek  bo‗ladi.  O‗sha  usta  naqqoshi  azal-barcha  narsani 

izmiga  solguvchi,  quyosh  deb  imzo  chektirguvchi-yu,  tongotar  deb  sarlavha 

qo‗yguvchi  iznidaligimiz  va  har  tongda  bunday  holat  takrorlanishiga  esa  insonni 

shukr qilmoqqa chorlashi namoyon bo‗ladi. 

Umrim bir on sendan ayru bo‗lmadi, 

Sochlarimga qo‗ndi tola-tola oq. 

Yillar seni mendan yiroq qilmadi, 

Yillar ikkimizni etdi yaqinroq... 

Ayriliq  ikki  qalbni  qanchalik  uzoqlashtirmasin,  haqiqiy  sevgi  ham  hijron 

yukiga bardoshli bo‗ladi. Adabiyotshunos olim Qozoqboy Yo‗ldoshev ta‘biri bilan 

aytganda:  ―She`r  hamisha  darddir.  Kamdan-kam  hollardagina  quvonchdan  she`r 

tug‗iladi. She`r g‗amning o‗z farzandi bo‗lsa, quvonchning o‗gay bolasidir. Chunki 

dunyodagi birinchi she`r Odam Ato tomonidan o‗g‗li Hobilning o‗limi munosabati 

bilan yaratilgan,‖ [2, 250] deganida haqiqatni anglagandek bo‗lamiz.


Download 4,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish