70
Erkin Vohidov Alisher Navoiy an‘analarini yangi davrda o‗ziga xos shaklda
davom ettirgan iste‘dodli shoirdir. Shoir iste‘dodining bir qirrasi oltimishinchi
yillarda o‗ziga xos adabiy hodisa bo‗lgan «Yoshlik devoni»da o‗ziga xos tarzda
bo‗y ko‗rsatdi. Shoir g‗azal janri imkoniyatlari kengligini devondagi rang-barang
mavzularda bitilgan o‗nlab g‗azallar orqali isbot etdi, desak mubolag‗a bo‗lmaydi.
Shoir she‘riyati mavzu va g‗oyalar ko‗lamining rang-barangligi bilangina
emas, balki badiiy qirralarining turli ranglarda jilvalanishi bilan ham alohida
ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, shoir g‗azallarida inson va uning ruhiy holati, ichki
kechinmalarini bevosita yoki bilvosita qalamga oladi va so‗zi orqali hayotiy
lavhalar chizadi. Bunga shoir hayotiy voqea, hodisa, tafsilotlarga murojaat qilish
orqali erishadi. Boshqacharoq aytganda, hayotiylik Erkin Vohidov she‘riyatining
muhim xususiyatidir. SHoir aksariyat she‘rlarida hayotiy voqea-hodisalar, holatlar
tasviri zamirida o‗zining asosiy fikrlarini ochishga harakat qiladi. Bunday
she‘rlarni o‗qiganda, ko‗z o‗ngimizda real holat, lavhalar gavdalanadi. SHu
jihatdan shoirning «Uzum» radifli g‗azali xarakterlidir:
Termular shabnamli yaproq –
Ostidan pinhon uzum,
Lablaringga etmoq istab
Tong sahar giryon uzum.
Tark etib ko‗shkin, savatga
Qo‗ydi bosh, izlab seni.
Charx urub bozor ichida
Bo‗ldi sargardon uzum.
Kimki oshiqlikni da‘vo
Aylasa shuldir jazo,
Oqibat xum ichra bo‗ldi
Mahkumi zindon uzum[1, 269]
.
Kuz kunlarida tong chog‗ida g‗arq pishgan uzumlarning oftob nurida ko‗zni
qamashtirib tovlanishi, uzib savatlarga joylanishi, bozorda «sargardon» bo‗lishi va
nihoyat, xumlarga bosilib, ma‘lum muddat saqlangach, sharobga aylanishi –
hayotiy hodisa. Bu hayotiy hodisadan shoir o‗z devonining necha yillar «dil
xumida» uzum kabi qonga aylangan iztiroblarning, kechinmalarning, orzu-
armonlarning ifodasi sifatida yuzaga kelganligi haqidagi fikrni obrazli ifodalsh
uchun foydalangan:
Xum ichida necha yil xun
Bo‗lmoq erkan qismati,
Lablaringga etdi oxir
Bir piyola qon uzum.
Ey Dilorom, senga Erkin
Tutdi maydek she‘rini,
Dil xumida necha yil
Qon bo‗ldi bu devon uzum [1, 270].
G‗azalning 1-4 baytlarida hayotiy hodisa tasviri beriladi. 5-baytda esa bu
tasvir bilan uyg‗un tarzda oshiqning ruhiy holati namoyon bo‗ladi. Ya‘ni kimki
71
oshiqlikni da‘vo qilsa, «xum ichra» «mahkumi zindon» bo‗lgan uzum yanglig‗
bag‗ri qon bo‗lishi tabiiydir. Oshiqning peshonasiga yozilgan «xun bo‗lmoq»
qismati qachongacha davom etishi noma‘lum. Lekin har qanday hijronning
nihoyasi – visol… Bunga «bir piyola qon» – sharob bo‗lib ma‘shuqaning lablariga
etishgan uzumning «qismati» dalildir. Shoir ham necha yillar qalbida tug‗yon
urgan his-tuyg‗ularining, iztiroblarining, orzu-armonlarining ifodasi bo‗lgan
g‗azallaridan go‗zal bir guldasta – devon tuzib, visol onlarida ma‘shuqasiga taqdim
etmoqda.
Ko‗rinadiki, hayotiy lavhalar bilan qiyoslab tasvirlash usuli bu g‗azalda bir
uslubiy vositaga aylangan. SHoir she‘rda tashbeh, tamsil, husni ta‘lil, jonlantirish,
istiora kabi san‘atlarni qo‗llash orqali ko‗z o‗ngimizda go‗zal lavhalarni
gavdalantiradi. Masalan:
Oftob mashshotasi
Tok sochini nurdan tarab,
Zangining bo‗yniga osmish
Shodai marjon uzum [1, 269].
Oftob mashshotasi (soch tarab oro beruvchi, pardozchi) tokning sochlarini
nur bilan tarab, zangining bo‗yniga uzumdan marjon shodasi osib qo‗ygan.
Mumtoz adabiyotda ko‗proq ma‘shuqaning tishlarini marjon shodasiga o‗xshatish
an‘anaviy tashbehlardan hisoblanadi. Lekin quyosh nurlari ostida ishkomda
tovlanib turgan uzumlarni tok zangining bo‗yniga osilgan marjon shodasiga
o‗xshatish shoirning o‗ziga xos tashbehlaridandir.
Shuningdek, g‗azaldagi qofiya va radifga ham muhim vazifa yuklatilgan.
Pinhon, giryon, sargardon, qon, devon kabi qofiya uchun tanlangan so‗zlar asosiy
g‗oyaviy mazmunni ochishga, g‗azal jarangdorligini, musiqiyligini yuzaga
keltirishga xizmat qilgan bo‗lsa, radif g‗azaldagi kompozitsion mukammallikni
ta‘minlagan.
Aruzda ijod qiladigan shoir aruz nazariyasi qoidalarini, vazn, qofiya va
she‘riy san‘atlar haqidagi ilmni puxta egallashi, tilni chuqur o‗rganishi, so‗z
boyligi ko‗p bo‗lishi, mumtoz va zamonaviy she‘riyatni «ko‗p va xo‗b» mutolaa
qilishi, qisqasi, zahmatkash bir inson bo‗lishi lozim. Erkin Vohidovda ana shunday
fazilatlar mavjud edi. Bu shoir g‗azaliyoti poetikasining har jihatdan barkamol
bo‗lishini ta‘minlagan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Vohidov E. Muhabbat. –T.: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san‘at
nashriyoti, 1982.
2. Hojiahmedov A. Mumtoz badiiyat malohati. – T.: Sharq,1999.
Do'stlaringiz bilan baham: