Noyob lirik shoir, benazir nosir va atoqli olim sifatida dong taratgan
E.Vohidov XX asr o‗zbek adabiyotining iftixoridir. Binobarin, mazkur adabiyot
83
ko‗prog‗ini adabiyotimz, fan va madaniyatimiz taraqqiyotiga bag‗ishlagan. Erkin
Vohidov ijodini xalqimiz hayotini juda yorqin, tiniq aks ettiruvchi munavvar
ko‗zgu deb atasak, mubolag‗a bo‗lmas.
E.Vohidovning kamalakdek tovlanuvchi, serjilo va qudratli she`riyatini,
purviqor va hikmatli nashrini million-million kitobxonlar sevib o‗qimoqda.
Shoirning ijodi juda o‗ziga xos va serqirra. E.Vohidov ijodi zamonaviylik va
tarixiylikka, hayotiylik va badiiylikka boy bo‗lib, o‗sha davrning dolzarb ijtimoiy
muammolari tasvirlangan. E.Vohidov o‗z taqdirini xalq taqdiri bilan mahkam
bog‗laydi, tinmay izlanadi, hayotni sinchiklab o‗rganadi. ―Erkin Vohidov
iste`dodining olmos qirralaridan biri – uning adabiyotshunoslik va tarjimonlik
faoliyatida yarqirab ko‗rinadi‖, deb yozadi Ozod Sharafiddinov. Erkin Vohidov
o‗zbek adabiyotshunosligi va tanqidchiligi rivojiga katta hissa qo‗shgan adiblardan
biridir. E. Vohidov tabiatidagi ilmiy-tanqidiy me‘rosidagi kishini lol qoldiradigan
narsa, qiziqish doirasining benihoyat kengligidir. U faqat o‗zbek adabiyoti emas,
qardosh xalqlar hayoti va madaniyati haqida teran she`rlar yozdi, muammolarni
chuqur bilim bilan qalamga oldi, har bir masalaning tub mohiyatini yoritdi. Erkin
Vohidov she`rlarining ko‗pi 40-50 yillarda yozilgan, biroq uni o‗qisangiz kecha
yoki bugun yozilgandek taassurot qoldiradi. Ular kuchli shoir runi bilan
sug‗orilgan. Bu she`rlardagi umrboqiylikning siri ikki narsada ko‗rinadi:
1. E.Vohidov hech vaqt oson va yuzaki yo‗lni tanlamadi, tavsif qilish yoki
bayonchilik yo‗lidan yurmadi, uning har bir ijodi asosida tinimsiz izlanuvchan,
shiddatli, xolis tafakkur yotadi.
2. Har bir she`rida olim nazari bilan badiiy ijodkor yuragi tutashadi, balqib
turadi. Ularda ijodkorning sinchkov tafakkurigina emas, san`atkorning qiynoq
qalbini ham his qilamiz. Uning ijodida ehtiros kuchli, yuksak didli kuzatuvchining
o‗tkir nigohi bor, qaysi mavzuda yozmasin, unga muhabbat va hurmat bilan
yondashadi.
E.Vohidov ijodini jo‗shib, to‗lib turgan teran dengizga qiyos qiladilar, bu
dengiz doimo to‗lqinlanib, mavjlanib turadi. Ular ichida tanqidiy tafakkur
to‗lqinlarining o‗ziga xos o‗rni bor. E.Vohidov asarlari tili sfligi, chuqur
xalqchilligi, ifodaviyligi va yorqinligi bilan ajralib turadi. E.Vohidov adabiyot
haqida hukmron mafkura qoliplaridan kelib chiqib emas, san`at qonuniyatlari
asosida mulohaza yuritishga chaqiradi. E.Vohidov Mahmud Qoshg‗ariydan tortib,
Yusuf Xos Xojib, Yugnakiy, Nosiriddin Rabg‗uziy, Sakkokiy, Lutfiy, Nodira,
Uvaysiy ijodlarini o‗qib o‗rganadi. Erkin Vohidovning asarlarida adabiyotning
an`anaviy va novatorlik, til va uslub, xalqchillik va badiiy mahorat kabi
muammolari bo‗yicha qimmatli fikrlar bayon etilgan. Uning, ayniqsa, xalq ijodini
o‗rganishdagi xizmatlari beqiyosdir. Bu borada, u hech mubolag‗asiz etuk
tarjimonlar qatorida turadi. Shoir ijodini tarjimonlik faoliyatisiz tasavvur etish
qiyin. Erkin Vohidovning adabiyotshunoslik va badiiy tarjima sohasidagi
xizmatlari ham buyukdir. U ko‗plab mashhur jahon shoirlarining asarlarini o‗zbek
tiliga mahorat bilan o‗girgan. Xususan, E.Vohidov tarjimasidagi rus shoiri Sergey
Yesenin she`rlari, nemis shoiri Gyotening ―Faust‖ asari o‗zbek adabiyotida muhim
ahamiyat kasb etdi. O‗zbek tiliga bag‗ishlangan tarjimalari tarjimashunoslikning
84
oltin fondini tashkil qiladi. Shoir o‗tmish voqeligini aks ettirish, uning Vatanga va
xalqqa bo‗lgan cheksiz muhabbatini tasvirlash asosida vatanparvarlik,
insonparvarlik, qahramonlik va yomonlikka nafratini targ‗ib qildiki, o‗sha davr
talablariga to‗la mos kelar edi. Shoir asarlaridan hayotga, go‗zallikka muhabbat ,
yovuzlikka, tubanlikka nafrat yaqqol sezilib turadi. Uning ilk dostoni –―Nido‖ da
insoniyatga og‗ir judoliklar, bitmas jarohatlar keltiradigan urush qoralansa,
keyinroq bitilgan ―Ruhlar isyoni‖ dostonida xalqlar, millatlar, dinlar orasidagi
nizoldar insoniyatga naqadar katta falokatlar olib kelishi teran tasvirlangan. Bu esa
shoir ijodida insonparvarlik hamisha bosh mavzu bo‗lib kelganini ko‗rsatadi. Shoir
yaryatgan ―Nido‖ va ―Ruhlar isyoni‖ asarlari dostonchilik janrining nodir
namunasidir.
E.Vohidov G‗afur G‗ulom nomidagi adabiyot va san`at nashriyotida
muharrir, bosh muharrir, direktor, ―Yoshlik‖ jurnalida bosh muharrir lavozimlarida
faoliyat yuritdi. E.Vohidov el-yurt va adabiyotimiz oldidagi xizmatlari inobatga
olinib, ―Buyuk xizmatlari uchun‖ ordeni va ―O‗zbekiston qahramoni‖ unvoni bilan
taqdirlandi.
Xulosa qilib aytganda, shoir adabiyotimiz xazinasiga ulkan va bebaho hissa
qo‗shgan. Uning asarlari XX asr o‗zbek adabiyotining dunyo miqyosidagi
shuhratini ta‘minlashda muhim rol o‗ynamoqda. Bugungi tanqidchilik Erkin
Vohidov faoliyatidan ko‗p narsani o‗rganishi mumkin. Ijodkorning she`riyati va
tarjimalarida XX asr adabiy tanqida shakllanishidagi o‗ziga xoslik, mahorat va
uslub masalalaridagi katta e`tibor bilan qaragan. Chunonchi, mustaqillik davri
yoshlari ham shoirning ―Ruhlar isyoni‖, ―Nido‖, ―Oltin devor‖ kabi asarlari sevib
o‗qimoqda. Hullas, san`atimiz, fanimiz, madaniyatimiz taraqqiyotida, adabiy til
takomilida, xalq tilining xarakterli vositalarini yozma nutqqa kiritishda Erkin
Vohidovning qo‗shgan hissasi benihoyadir. E.Vohidovning so‗zi – xalqning so‗zi ,
xalq orzu-umidining, xalq ko‗nglidagi gapning ifodasi bo‗lib jaranglab kelmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Rahimjonov N. Mustaqillik davri o‗zbek she`riyati. –T.:Tafakkur, 2011 y.
2. Vohidov E. Saylanma. – T.: Sharq, 2016 y.
3. Normatov U. Ijod sehri. – T.: Sharq, 2007.
4. Boltaboev H. So‗z sehri. –T: Sharq, 2006 y.
Do'stlaringiz bilan baham: