(I.G‘ofurov. So‗zboshi. ―Muhabbatnoma‖)
106
O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov zamonaviy o‗zbek she`riyatining
zabardast vakillaridan biri edi. Uning sharq mumtoz adabiyoti an`analari izidan
borib, zamondoshlari ma`naviy dunyosini ochib beruvchi g‗azallari, zo‗r insoniylik
ruhi bilan yo‗g‗rilgan talay she`rlari, urush fojialari haqida bahs yurituvchi ―Nido‖,
hayot jumboqlari, inson qismati xususidagi falsafiy mushohadalari bilan
yo‗g‗rilgan ―Ruhlar isyoni‖, ―Istambul fojiasi‖ asarlari, tomoshabinlarni xushnud
etgan ―Oltin devor‖ komediyasi, shuningdek, I.Gyote, S.Yesenin, A.Blok,
A.Tvardovskiy, R.Hamzatovdan qilgan tarjimalari, ayniqsa, ―Eron taronalari‖,
bilan ―Faust‖ tarjimasi adabiyotimizda ulkan voqea bo‗ldi.
“Men ijodiy mehnatni faol jamoat ishlari bilan qo„shib olib borishdek
sharafli vazifa yukini doimo elkamda his qilaman. Odamlarga faqat she`ring emas,
o„zing kerakligingni sezish-bu katta baxt. Shuning uchun ham jamoat mehnatidan
hech qachon o„zimni olib qochgan emasman. Qaynoq hayot ichida yashab
o„rganganman.”
(E.Vohidov)
Erkin Vohidov hayoti va ijodini o‗rganish uchun umumta‘lim maktablari
o‗quv dasturida – 5-sinfda 4 soat, 6-sinfda 3 soat, 11-sinfda 4soat ajratilgan. 5-
sinfda E.Vohidovning ―Nido‖ dostoni, 6-sinfda ―O‘zbegim‖ qasidasi, 11-sinfda
‖Ruhlar isyoni‖ dostoni, ―Inson‖qasidalari o‗rganiladi.
Erkin Vohidovning hamma asarlari, ular qaysi yillarda yozilganligidan
qat‘iy nazar, bir-birlari bilan chambarchas bog‗langan. Ular bir-birlarini
to‗ldiradilar va boyitadilar. Shoir asarlaridan hayotga, go‗zallikka muhabbat,
yovuzlikka, tubanlikka nafrat yaqqol sezilib turadi. Uning ilk dostoni ―Nido‖da
insoniyatga og‗ir judoliklar, bitmas jarohatlar keltiradigan urush qattiq qoralansa,
keyinroq bitilgan ―Ruhlar isyoni‖ dostonida xalqlar, millatlar, dinlar o‗rtasidagi
nizolar bashariyatga naqadar katta falokatlar olib kelishi tasvirlangan. Bu esa shoir
ijodida hamisha insonparvarlik bosh mavzu bo‗lib kelganlgini ko‗rsatadi.
Erkin Vohidovning ―Nido‖ dostoni qisman avtobiografik xarakterga ega
bo‗lgan asar. Bu doston shoirning tarjimai holi bilan bog‗liq. Chunki Erkinning
ayni qalam ushlab, savod chiqarish davri Ikkinchi jahon urushi davriga to‗g‗ri
keladi.
Doston yigirma yil avval urushda halok otasini xotirlayotgan farzandning
xayollari, iztiroblari bilan boshlanadi. Oradan yigirma yil o‗tib ketgan bo‗lsa-da,
hamon uning jarohatlari bitgani yo‗q. Hamon er qa‘ridan ―O‘g‗lim!‖ degan nido
keladi. Shu o‗rinda shoir olis bolalik yillarini eslab ketadi. Ko‗z oldidan to‗p-to‗p
bo‗lib jangga ketayotgan odamlar o‗ta boshlaydi. Yoshgina bolakay hali urush
nima ekanligini anglay olmaydi. Lekin biroz fursat o‗tgach, urush bu bolakay
qishlog‗ida ham o‗z fojiali qiyofasini namoyon qila boshlaydi:
Rustamning akasi urushdan qaytdi,
Qo‗ltiqtayog‗i bor,
Bir oyog‗i yo‗q.
Rustam aytib berdi:
Ataka payti
Tizzasidan olib ketgan emish o‗q...
107
Bu urush har bir xonadonga kulfat olib kelgan, har bir qalbda bitmas jarohat
qoldirgan. Dostonda tinchlik uchun kurashib jon berganlar nidosi, ularningortida
qolgan farzandlar, onalar,cholu kampirlar nidosi umumlashib davr nidosiga –
tinchlik uchun kurash nidosiga aylanadi:
Bo‗lurmiz
Gal kelsa
Har birimizga
Tinchlik jangohining fidosi
Bu senga,
Bu menga, bu bizga
Yigirmanchi asr nidosi
Erkin Vohidovning ―Ruhlar isyoni‖ dostoniga isyonkor bengal shoiri Nazrul
Islom hayoti, fojiali qismati asos qilib olingan.
“Otashin bengal shoiri Nazrul
Islomning qahramonona va fojiali taqdiri ko„pdan meni hayajonga solib kelar, u
haqda biron narsa yozish xayolida yurardim.”, - deydi muallif.
Shu maqsadda u shoir hayoti va ijodini astoydil o‗rgandi, shoir hayotiga oid
faktlar bilan yaqindan tanishish maqsadida Hindistonga bordi, shoir yashagan
joylarda bo‗ldi, shoirni shaxsan tanigan, bilgan kishilar bilan suhbatlashdi. Aynan,
dostonni o‗rganish jarayonida o‗quvchilar diqqatini asarning yaratilish tarixiga
qaratish darkor.
Nazrul Islom kim o‗zi? Ma‘lumki, Nazrul Islom XX asr boshlarida
chaqindek charaqlab, she`riyatda o‗chmas iz qoldirgan, isyonkor she`rlari bilan
butun Hindiston yarimorolinilarzaga solgan, hayotini Hindistonni chet el
mustamlakachilari zulmidan ozod etish ishiga, xalqlar birdamligi, erki, baxti
yo‗lida fido etgan dovyurak shoirdir. Tazyiq, hibs, qiynoqlar ostida shoirni hali
o‗ttiz beshga etmagan navqiron yoshida, ayni ijodi gullagan paytida es-hushidan
ayiradilar. Oradan yillar o‗tdi, shoir vatani Hindistonda katta o‗zgarishlar yuz
berdi. Nazrul Islom orzu qilgan kunlar keldi, mustamlakachilar yurtdan quvildi. Bir
vaqtlar tahqirlangan, jabrlangan shoir hayotda o‗rnini, qadrini topdi, el ardog‗iga
sazovor bo‗ldi.
Afsus, endi uning aqlu hushi joyida emas. Shu ahvolda u qirq yil ardoqda
yashadi, yurtidagi o‗zgarishlarni, o‗ziga ko‗rsatilgan ehtiromlarni sezmadi,
bilmadi, uni tark etgan es-hush bir lahza bo‗lsin qaytmadi.
Shoirning maqsadi faqat Nazrul Islom qismatini hikoya qilish emas. Buni
Erkin Vohidovning quyidagi fikrlari bilan asoslashimiz mumkin:
―
Ruhlar isyoni”garchi Nazrul Islomga bag„ishlangan bo„lsa-da, asar faqat
otashin shoir hayoti ifodasidan iborat emas.Unda men shoir hayoti bahonasida
o„zimning, umuman, shoirlik,insonlik, fidoyilik,erk tashnaligi haqidagi, erkka
tashna ijod ahlining zamonasi, xalqi bilan murakkab munosabati haqidagi,
qolaversa, inson hayotining ma`nosi,hayotning ham shafqatsiz, ham adolatli
haqiqati haqidagi o„y-mushohadalarimni kitobxon bilan baham ko„rishga
intildim” .
Ayni paytda o‗quvchilar ko‗z o‗ngida o‗z ona yurtimiz, uning istilochilar
istibdodi yillaridagi kechmishi, Qodiriy, Cho‗lpon, Fitrat kabi millatning asl fidoyi
108
o‗g‗lonlari, ularning yurt ozodligi, mustaqilligi yo‗lidagi kurashlari va bu kurashlar
qanchalik qimmatga tushganligini gavdalantirish lozim.
Erkin Vohidovning har bir asari ijod mashaqqatlarini, shoir bo‗lish oson
emasligini eslatadi. Uningcha, shoirlik o‗z ona yurtiga, xalqiga, inson zotiga
bo‗lgan fidoyi mehrning samarasidir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. G‘ofurov I. So‗zboshi. Shoir haqida fikrlar./Vohidov E. Tanlangan asarlar. – T.:
Sharq, 1997.
2.S.Ahmedov, R.Qo‗chqorov, Sh. Rizayev. 6-sinf. Adabiyot. 2017.
Do'stlaringiz bilan baham: