ERKIN VOHIDOV LIRIKASIDA IJODKOR SHAXSINING NAMOYON
BO„LISHI
Dilnoza TO„RAYEVA,
doktorant (GulDU)
Har bir obraz ma`naviy-axloqiy dunyosini adib badiiy-estetik olamidan ayri
tasavvur etish qiyin. Ijodkorning bilimi, dunyoqarashi, o‗ziga xos fazilatlari u
yaratgan
badiiy
asarlarda
ma`lum
darajada
namoyon
bo‗ladi.
Adabiyotshunoslikdagi bunday o‗rinli mulohoza va talqinlar ijodkorning ma`naviy
dunyosini tushunish va u yaratgan asarlarni tarixiy voqelik bilan qiyoslab
o‗rganishda alohida ahamiyatga ega. Adabiyotshunos Sh.Hasanov haqli e`tirof
etganidek: ―Olamni ob‘ektiv va sub‘ektiv talqin etishda ijodkorni voyaga etkazgan
ijtimoiy, ruhiy-psixologik jarayonlarning ta`siri o‗z izini qoldiradi. Xolislik –
ijodkor uchun yaxshi fazilat. Har qancha xolislik bo‗lsa-da, tarixiy voqelik baribir
ijodkor xarakteri, tafakkuri va qalbi ―tahriri‖dan o‗tib, muayyan bir asar shakliga
kiradi. Ijodkorning xarakteri, tafakkuri, qalbi esa uni qurshab kelgan muhit va
sharoitning ―havosidan nafas oladi‖ [4, 25]. Darhaqiqat, adib ijodiy jarayonda
badiiy asar uchun taassurotlarini, avvalo, o‗zini qurshagan muhitdan olar ekan
bevosita uni o‗z shaxsiyatiga xos fazilatlar bilan boyitadi. Yaratgan obrazlarida
yozuvchining qaysidir ma`noda o‗zi ―yashaydi‖, qahramonlari esa, aytmoqchi
bo‗lgan ijodiy niyati bilan uzviylikda bo‗y ko‗rsatadi. O‗zbek she`riyatida o‗ziga
xos sehr sohibi Erkin Vohidovga xos iste`dod tug‗ma bo‗lsa-da, uni ulg‗aytirgan
muhit va sharoit shoirdagi bu hislatni yanada sayqalladi, unga jilo berdi. Hayotning
sinovli kunlari uni qalbini dardga to‗ldirdi. Bu tuyg‗ular tug‗yoni esa lirikasida o‗z
aksini ko‗rsatdi. Qalb qo‗ridan chiqqan samimiy satrlari qatiga hayotni sevish,
kelajakka ishonch kabi tuyg‗ular yashiringan shoir ma‘rifatli, ziyoli oilada
tug‗iladi. Ota-onasidan erta etim qolgan Erkin Vohidov tog‗alari qo‗lida tarbiya
topadi. She`riyatga bo‗lgan qiziqishi juda erta boshlangan shoir shu zayilda
hayotning katta sinovli yo‗liga chiqadi. Uning lirik asarlari birin-ketin dunyo
yuzini ko‗radi.
―Yozuvchining hayotga munosabati, uning e`tiqodi, imoni, kimlarni yoqlashi,
nimalarga qarshi kurashishi, talantining xarakteri, hayotiy tajribasi, uslubi –
hammasi ijodiy mehnat jarayonida yaratilgan obrazlarga, xarakter va tiplarga
o‗tadi‖ [1, 109]. Ijodkor yaratgan obrazlariga o‗ziga xos jihatlarni yuklaydi, ular
xarakterida gavdalantiradi. Bu obrazlar badiiy g‗oyani yuzaga chiqarishga xizmat
qiladi. Chunki, yozuvchilar uni o‗zining qarashlari bilan to‗yintiradi. Erkin
Vohidovning ijodkor sifatidagi fazilatlari yozganlarida namoyon bo‗lishi
xususidagi masalani adib lirik asarlarini tahlil qilish orqali oydinlashtirish
maqsadga muvofiq. E`tibor beradigan bo‗lsak, shoirning yaratgan qahramonlari
vatanparvar, o‗z erki uchun, vatan ozodligi uchun kurashuvchan kishilardir. Zotan,
adibning o‗zligi uning asarlarida o‗zining «iz»ini qoldirgan, deyish o‗rinli. Shorir
shaxsiyati bilan bog‗liq jihatlar sifatida, ijodkor iqtidorini, kuzatuvchanligini,
130
uning teran tafakkur va keng tasavvurga egaligini sanash mumkin. Erkin Vohidov
lirikasida, avvalo, vataniga, ona xalqiga muhabbat, milliy g‗urur va iftixor tuyg‗usi
ufurib turganligini guvohi bo‗lamiz. Buni quyidagi satrlar orqali ko‗rishimiz
mumkin:
Faxr etarman ona xalqim,
Ko‗kragimni tog‗ qilib,
Ko‗kragida tog‗ ko‗targan
Tanti dehqon o‗zbegim.
―O‗zbegim‖ qasidasidagi vatantanparvarlik hissi bevosita o‗z tarixini
ardoqlagan adib qalbidan sizib chiqqan. Abu Rayhon Beruniy, Al Xorazmiy, Al
Farobiy, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug‗bek xarakteridagi xalqparvarlik, ilmu fanni
ulug‗lash tuyg‗usi ham yozuvchi ruhiyati bilan hamohang. Shoir buyuk
ajdodlarimiz obrazini yaratar ekan, ularning bosgan har bir qadamini avlodlar
uchun o‗rnak bo‗larli darajada qalbga yaqin qilib tasvirlaydi.
Mir Alisher na`rasiga
Aks-sado berdi jahon,
She`riyat mulkida bo‗ldi
Shoh-u sulton o‗zbegim.
Shoirning ko‗pgina she`rlarida ilmu fan qadri doimo balandligi,
vatanparvarlik tuyg‗usining ulug‗ligi qalamga olinadi. Bu asarlar bevosita adib
shaxsiyati bilan bog‗liq ravishda yuzaga chiqqan, deyish o‗rinli. Negaki, qomusiy
olimlarning jahon ilmiga qo‗shgan hissalari, ulardagi yuksak insoniylik xislati
yuqoriligi dastlab adib ijodiy laboratoriyasida uning qalbi orqali his qilinib,
so‗ngra badiiylik tusini olgan. Darhaqiqat, Vatanini ardoqlagan, millatini sevgan
insongina uning tarixini bilishga qiziqadi. O‗zligini anglashni burchi deb biladi va
uning qalbi milliy ruh degan mo‗‘tabar tushuncha bilan to‗yinadi. Shubhasiz, Erkin
Vohidovda yuqorida sanalgan barcha fazilatlar mujassam ekanligi bois, uning
she`rlarida ham shu jihatlar etakchilik qiladi. ―Mana necha o‗n yildirki, biz dilbar
bir she`riyatning muattar havosidan bahramand bo‗lib kelayotirmiz. Bu Erkin
Vohidov she`riyatidir. Ona tilimizdagi ipakdek mayin, kamalakdek rang-barang,
g‗oyat nazik lutf, beozor qochirimlar, goh hazin, goh samimiy tabassum
uyg‗otuvchi tashbihlar, o‗tkir xulosalar – bular bari ulkan shoirimizning qalamiga
mansub betakror fazilatlardir. Men Erkin Vohidovni she`riyatda o‗ziga xos sehr
sohibi deb bilaman...‖ – deb yozadi o‗zining ―So‗z sehri‖ maqolasida zamondosh
shoir Abdulla Oripov.
―Ijodkor shaxsiyati, xarakteri, tuyg‗ulari, nainki, ijtimoiy hayotdagi faol
insonni anglashda, balki badiiy ijodni, undagi qahramonlarni, ularning turmush
tarzi, xarakteri, tuyg‗ularini va shu asno ijodkor uslubiga tegishli muhim qirralarni
bilish uchun ham muhim omillardir‖ [6, 7]. Shuning uchun ham hayotiy voqea-
hodisalarning badiiy talqinida ijodkor ruhiy kechinmalari, hayotiy tajribalari o‗z
aksini topadi. Erkin Vohidovning ―Nido‖ dostoni ham ana shunday iztiroblar
hosilasidir. Dostonda urush va uning ayanchli oqibati, u olib kelgan kulfatlar, u
etkazgan jarohatlar to‗g‗risida. Shoirning bu lirik asari qaysidir ma`noda
avtobiografik xarakterga ega. Adib iztiroblari butun xalqning qayg‗usiga
131
hamohang, uning dardi boshqalarnikiga o‗xshash. Negaki urush yog‗dirgan kulfat
butun halqning qalbidagi tuzalmas jarohatga aylangandi. Dostondagi lirik
qahramon ana shunday umumlashma obraz sifatida bo‗y ko‗rsatadi. Unda urush
tugaganiga yigirma yildan oshgan bo‗lsa-da, uning ayanchli xotiralari hamon
kechagiday yodida saqlanib qolgan farzandning o‗y-kechinmalarida aks etadi.
―O‗g‗lim!‖ degan nidoning er qa‘ridan yangrab turishida olis urush yillaridagi
ayriliq azobi qayta yangilanaveradi. Bu nido hech qachon tinmaydi. Chunki
urushning ayanchli asorati qalblarga bir umrlik tamg‗asini bosib ulgurgandi. Shoir
tomonidan bu nido shunchaki aytilmaydi, chunki uning o‗zi bu kulfatni boshidan
o‗tkazgandi. Dostonning ta`sir kuchini oshirgan asosiy omil ham mana shunda.
Dunyoni urushlar emas tinchlik saqlab qolishini, aytilgan nidolar tinchlik
tarafdorlari qalbidan sizib chiqqanligi uchun ham bu asar umrboqiy deyish
mumkin. Millati taqdirini o‗zining taqdiri deb bilgan shoir, doimo vatani va xalqi
tarixiga bo‗lgan ehtiromini qalbida asrab yashaydi. Bu tuyg‗u uni shu ruhdagi
asarlar yozishga chorlayveradi. ―Badiiy asar xoh lirik, xoh nasr, xoh drama bo‗lsin
– yozuvchining ijod mahsuli. Farzand ota-onaga o‗xshamasligi mumkin emas.
Badiiy asar tahlil, talqin qilinganda, tabiiyki, yozuvchining ruhiy holati, kayfiyati
hisobga olinadi‖ [2, 75]. Yozuvchining ijodiy jarayondagi holati butun borlig‗i
bilan o‗zi yaratgan obrazlariga ma`lum darajada singib ketadi. Endi u beixtiyor
yaratgan qahramonlari bilan bo‗y ko‗rsatadi. Erkin Vohidov vatanparvar yozuvchi,
uning qalbidagi milliy ruhning yuqoriligi barcha she`rlari g‗oyasiga singdirib
yuborilgan. Shoirning lirik qahramonlari tilidan aytilgan falsafiy, kishini o‗yga
toldiruvchi mulohazalarida, millat tarixi aks etgan badiiy talqinlarida vatanni
sevishi, unga bo‗lgan cheksiz muhabbati ko‗zga tashlanib turadi.
Adabiyotshunos olim Sh.Hasanov ta‘biri bilan aytganda, ―Ijodkor shaxsiyati
alohida olingan vakuumda emas, jamiyatda kamol topadi. U jamiyatdagi mavjud
aqidalarni o‗zgartiradi, qarashlarni yangilaydi. Uning asari muayyan bir davrda
yaratilsa-da, o‗sha davr doirasida qolib ketmaydi. Zamonlar, tuzumlar o‗zgarishi
barobarida badiiy so‗z o‗zining yangi qirralarini namoyon etaveradi‖.[4, 3]
Binobarin, har bir badiiy asar ijodkor qarashlarini o‗zida mujassamlashtiradi. Vaqt
o‗tgani sari bu qarashlar mohiyati ochilib boraveradi. Erkin Vohidov shaxsiyati
bilan to‗yingan tarixiy asarlari bugungi kun kitobxoni qalbida milliy g‗urur va
vatanparvarlik tuyg‗ularini shakllantiradi. ―Mualliflarning shaxs va adib sifatidagi
mentalitetini o‗zgartirmay turib, adabiyotimiz mentalitetini, tiynatini o‗zgartirib
bo‗lmaydi‖ [5, 10], – deb yozadi, Xurshid Do‗stmuhammad. Qodiriy nasridagi
badiiy yetuklik, Cho‗lpon she`riyatidagi nozik tuyg‗ular sarchashmasi vujudga
kelishini yozuvchi muallif ―men‖i bilan bog‗laydi. Ko‗rinib turganidek, shaxs
sifatidagi barkamollik bevosita badiiy asarda – obrazlarda o‗z aksini ko‗rsatadi.
Insonlar xarakteri bir xil bo‗lmaganidek, ijodkor shaxsiyatining, ruhiyatining
asarda aks etishi barcha yozuvchilarda turlicha namoyon bo‗ladi. Bu holat uning
ijodiy jarayonda badiiy asarga munosabatida o‗zini namoyon qiladi. Hayot haqiqati
ijodkor qalbiga ko‗chib, uning his-tuyg‗ulari bilan qorishiq holda yuzaga chiqadi.
Ijodkorning hayot haqidagi qarashlari unga munosabati bilan uyg‗unlashib, badiiy-
estetik mohiyat kasb etadi. Yozuvchi o‗zi tasvirlayotgan olamda yashaydi va uni
132
ijodiy imkoniyatidan kelib chiqqan holda talqin qiladi. Erkin Vohidov butun
e`tiborini izchil ravishda, avvalo, badiiy so‗z san`atining asosiy ob‘ekti sanalgan
inson mohiyatini tadqiq etishga qaratadi. Ma`lumki, so‗z san`atkori muayyan
masalaga butun vujudi bilan berilsa, biron voqea-hodisadan qattiq ta`sirlansa, bu
holat izsiz ketmaydi, natijada zururiyatga aylanadi. Badiiy asar estetik ta`sirlanish
va kuzatishlar samarasi sifatida maydonga keladi.
Umuman olganda, Erkin Vohidov ijodida shoir shaxsidagi sabr-bardosh, qunt,
sobitqadamlik va zahmatkashlik, undagi madaniy-badiiy saviya, keng qamrovli
iqtidor, muntazam mehnat bilan bir qatorda juda keng ma‘rifat va bilim doirasiga
ega bo‗lishi, hayotni, tarixni, insonlarni katta ishtiyoq bilan o‗rganishga moyilligi,
tabiatida olijanob insoniy xislatlari lirik asarlarida o‗z aksini topgan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Jamoa. Adabiyot nazariyasi. II jildlik II jild. Ijodiy jarayon. – T.: Fan, 1979.
– B. 109.
2.
Rasulov A. Tanqid, talqin, baholash. – T.: Fan, 2006. – B.75.
3.
Hasanov Sh. Ijodkor shaxsiyati va voqelik talqini. O‗zbek tili va adabiyoti.
2018. 4-son. – B.25.
4.
Do‗stmuhammad X. Muallif tiynati o‗zgarmaguncha. //O‗zbekiston
adabiyoti va san`ati. 2018. 5-oktyabr.
5.
Nosirov O‗. Obrazlarda uslub jilolari. – T.: Fan, 1991. – B.7.
Do'stlaringiz bilan baham: |