ERKIN VOHIDOV – VATAN KUYCHISI VA FIDOYISI
Klara FAZILOVA,
katta o„qituvchi (GulDU)
Shoirlar ko‗rinishi, xarakteri, shaxsiy sifatlari, ko‗ngil qirralari bo‗yicha,
ijodiy tamoyillari bo‗yicha bir-birlariga yaqin bo‗ladilar va shu bilan birga betakror
va original bo‗ladilar. Ularning ko‗ngli va ijodining o‗xshashligi mantiqqa zid
bo‗lib, ijod namunalarini tahlil qilish ularning she`riy dunyolarining o‗ziga xos
xususiyatlarini yanada yorqinroq ko‗rsatadi.
O‗zbekiston qahramoni, Xalq shoiri Erkin Vohidov lirik shoir, dostonlar
muallifi, taniqli dramaturg, o‗zbek adabiyotiga Matmusa timsolini olib kirgan
hajviyotchi, jahon adabiyoti durdonalarini o‗zbek tiliga mohirona tarjima qila
olgan tarjimon sifatida taniqli va ardoqli adibdir. Uning Vatanni madh etuvchi
misralari, ayniqsa, ―O‗zbegim‖ qasidasi barchamizning ko‗nglimizda Vatan
tuyg‗usini ko‗taradi.
Erkin Vohidov ijodida Vatan, xalq taqdiri tasviri, ona yurtimizning shonli
kechmishi bilan faxrlanish tuyg‗usi muhim o‗rin tutadi. Bu tuyg‗u, ayniqsa,
―O‗zbegim‖ qasidasida o‗zining yorqin ifodasini topdi.
Bu qasidada shoir o‗zbeklarning Pomiru oqsoch Tyanshonga tengdosh, ming
asrlar ichra pinhon tarixini namoyon etadi, tarixdan o‗rin olgan Afrosiyob, O‗rxun
xati, mutafakkirlarimizdan Beruniy, Xorazmiy, Forobiy, Ulug‗bek, Navoiy, Bobur
kabi buyuk zotlar ko‗z oldingizdan o‗tadi.
Men Vatanni bog‗ deb aytsam,
Sensan unda bitta gul,
Men Vatanni ko‗z deb aytsam,
Bitta mujgon, o‗zbegim.
Erkin Vohidov ―O‗zbegim‖ qasidasida Vatan erkinligi va mustaqilligini
tarannum etadi.
Qayga bormay, boshda do‗ppim,
Shuhratim, qadrim buyuk,
Olam uzra nomi ketgan
O‗zbekiston, o‗zbegim.
Shoirning barcha asarlarida, ayniqsa, Vatanni madh etuvchi ―Inson‖,
―O‗zbekiston‖ va ―O‗zbegim‖ uchlik qasidasida inson, tarix, vatan, xalq, millat
118
yuksakliklarga ko‗tariladi. Ularni o‗qir ekanmiz, shu buyuk yurtga, shu aziz
Vatanga daxldorlikdan faxrlanamiz:
Men buyuk yurt o‗g‗lidirman,
Men bashar farzandiman,
Lekin avval senga bo‗lsam
Sodiq o‗g‗lon, o‗zbegim.
Shoirning Vatanga bag‗ishlangan asarlari ko‗p. Ular she`rlar, g‗azallar,
dostonlardan iborat. ―Ona tuproq‖, ―Vatan‖, ―O‗zbekiston‖, ―Vatandin yaxshi yor
bo‗lmas‖, ―Vatan sog‗inchi‖, ―Qulluq qil demasman‖, ―Yurtim bolasi‖, ―Vatan
qadri‖, ―Vatan, to tanda jonim bor‖ shular jumlasidandir.
―Vatan istagi‖ she`ri 1990 yilda, Mustaqillikdan oldin yozilgan bo‗lib, unda
shunday satrlar bor:
Bu vatanda bir Vatan
Qurmoqni istaydir ko‗ngil,
O‗zni ozod qush kabi
Ko‗rmoqni istaydir ko‗ngil.
Bu – mustaqil Vatanni ko‗rishni istagan shoir istagi. Shuning uchun ham u
bor ovoz bilan ―Bas, etar yolg‗on saodat, yolg‗on erk, yolg‗on vatan, Hurriyat
zavqini chin surmoqni istaydir ko‗ngil‖ - deya hayqiradi.
E.Vohidovning 1980-yillar oxiri 90-yillar boshlarida yozilgan va ―Yaxshidir
achchiq haqiqat‖ to‗plamiga jamlangan she`rlarida ruhiy erkinlik namoyon
bo‗lgan. Erkin Vohidovning shu davr mahsuli sanalmish ―Shukrkim, keldi istiqlol‖
she`rida shunday satrlar bor:
Agarchi ismim Erkin,
Erki yo‗q, bandi kishan bo‗ldim,
Ko‗zim bog‗liq, dilim dog‗liq,
Tilim yo‗q, besuxan bo‗ldim…
Shukurkim, keldi istiqlol,
Umidim rost qil, Ollohim,
Ki, shoyad beqafas bulbul
Kabi sohib chaman bo‗ldim.
Erkin Vohidovning istiqlol yillarida yaratilgan she`rlarida milliy
qadriyatlarni qayta tiklash, o‗zlikni anglashga chaqirgan.
Uning ijodida ona Vatanni, tug‗ilib o‗sgan el-yurtni e‘zozlash, o‗lkamizning
go‗zal, fusunkor tabiatini tasvirlash, uni madh etish alohida o‗rin egallaydi.
Ayniqsa, o‗zi tug‗ilib o‗sgan Farg‗onani ko‗klarga ko‗taradi.
Bu vatanda bir makon bor,
men uchun bir donadir,
Ko‗hna Turkiston sadaf bo‗lsa,
u er durdonadir,
Kim parixona deb aytar,
kim uchun Parkonadir,
She`riyat ta‘rifida
uyqudagi jononadir,
119
U mening uyg‗oq diyorim
o‗ktamu mardonadir,
Maskanim Farg‗onadir,
Farg‗onadir, Farg‗onadir.
Shoir o‗zining ilk ijod davrida yaratilgan she`rlaridan birida ―Ona Vatan! Bir
o‗g‗ling kabi fido etay jonimni senga!‖ degan satrlarni bitgan edi.
Vatan hurriyati uchun hamisha,
Fidolikka tayyor hayoting kerak.
Boshqa bir she`rida ma`noni yanada kuchaytiradi:
Qulluq qil demasman,
Yurt tuprog‗in o‗p.
Unga qullar emas,
fidolar kerak.
Bu she`rlarda urg‗u bilan jaranglayotgan ―fido‖, ―fidokorlik‖, ―fidoyilik‖
so‗zlari markaziy o‗rin egallaydi, Erkin Vohidov she`riyatida vatanparvarlik
timsoli bo‗lib yangraydi.
Inson o‗z Vatanida ozod va erkin bo‗lsagina baxtli hisoblanadi. Shoir
sho‗rolar tuzumidagi ta'qiblarga qaramay, ona yurtini ozodlik sari etaklovchi aqlli,
tadbirkor daholarni orzu qilgan. O‗zbek xalqi bunday daholarni tarbiyalab, voyaga
etkaza olishini qalban his qilgan va shunga ishongan.
Uning senu mendek shoirlari ko‗p,
Buyuk elga endi daholar kerak.
Xullas, Erkin Vohidov asarlarida Vatanga muhabbat, ona diyorning buyuk
kelajagiga ishonch uni xalqning sevimli shoiriga, zamonaviy adabiyotimizning
yorqin yulduziga aylantirdi [1].
Xalqimiz ma`naviyati, ongu tafakkurini yuksaltirish, yosh avlod qalbida
o‗zlikni anglash, milliy g‗urur va iftixor tuyg‗ularini, ezgu fazilatlarni kamol
toptirishda badiiy adabiyotning o‗rni beqiyos. O‗zbekiston xalq shoiri Erkin
Vohidov o‗zining betakror asarlari bilan adabiyotimiz ravnaqiga katta hissa
qo‗shdi.
Prezidentimiz
Shavkat
Mirziyoyevning
2016-yil
7-dekabrdagi
―O‗zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligini nishonlash
to‗g‗risida‖gi qarori shoir ijodini o‗rganish va targ‗ib qilishda alohida ahamiyat
kasb etgan edi.
Atoqli shoir yarim asrdan ziyod ijodiy faoliyati davomida o‗nlab she`riy
to‗plamlar, ―Nido‖, ―Quyosh maskani‖, ―Ruhlar isyoni‖, ―Ko‗hinur‖ kabi
dostonlar, ―Oltin devor‖, ―Istanbul fojiasi‖ singari sahna asarlari, ―So‗z latofati‖
badiiy risolasi, jahon adabiyotining Hofiz Sheroziy, Mirzo Bedil, Iogann Gyote,
Sergey Esenin kabi namoyandalari merosidan qilgan tarjimalari bilan o‗ziga xos
ijodiy maktab yaratdi. Uning turli janrdagi o‗nlab asarlari dunyodagi ko‗plab
tillarga tarjima qilindi. Erkin Vohidov xalqimiz uchun samimiy tuyg‗ular kuychisi
sifatida g‗oyat qadrlidir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Vohidov E
.
Saylanma. 1-jild. – T.: Sharq, 2000.
2.
Qurbonov T. Erkin Vohidov ijodida Vatan madhi. Postda, 2019.
120
Do'stlaringiz bilan baham: |