ERKIN VOHIDOV DOSTONLARINING DRAMATURGIYADA TUTGAN
O„RNI
Zulayho TO„YCHIYEVA,
O‟zbek tili va adabiyoti kafedrasi o„qituvchisi (GulDU)
Erkin Vohidov o‗zbek she`riyatida o‗ziga xos sehrli qalam sohibi ekanligi
barchamizga ma`lum. Uning romantik ohang va shafqatsiz realistik ruhda
yo‗g‗rilgan she`riyatidan bahramand bo‗lgan inson buni yaqqol sezishi tabiiy. Shu
bilan bir qatorda shoir o‗nga yaqin dostonlar muallifidir.
Shoirning barchaga yod bo‗lgan ―Do‗st bilan obod uying‖ (1967) hamda
―O‗zbegim‖ qasidasida insonlarning azaliy va bir umrlik dilidagi armon, istaklar
yoziladi.
Tarixingdir ming asrlar
Iichra pinhon, o‗zbegim,
Senga tengdosh Pomiru
Oqsoch Tiyonshon,
o‗zbegim.
Bu jumlalar har bir o‗zbek qoniga singib ketgan desak adashmaymiz.
Quyidagi ―Do‗st bilan obod uying‖ she`ridagi misralar ham o‗quvchini befarq
qoldirmaydi.
Do‗st bilan obod uying,
Gar bo‗lsa u vayrona ham,
Do‗st qadam qo‗ymas esa,
Vayronadir koshona ham.
Erkin Vohidov she`rlarida aks etgan zamon daryosiga sho‗ng‗iymiz va
undan ruhlanamiz, shodlanamiz, dillarimiz bir olam quvonchga to‗ladi.
Erkin Vohidovga dostonchilikda shuhrat keltirgan ―Nido‖, ―Ruhlar isyoni‖
she`riy dramasidir.
―Nido‖ dostoni yuksak badiiyati, samimiyati, teran insoniyligi bilan ajralib
turadi. Dostonda shaxsiy yo‗nalish ijtimoiy ohang bilan tutashib, uyg‗unlashib
ketadi, birgina shaxsning tuyg‗u va o‗ylari ko‗pchilikning tashvish-kechinmalari
darajasida aks etadi. Doston birgina lirik qahramonning, urush tufayli otadan
yetim qolgan o‗g‗lonning emas, urush jabrini chekkan million-million kishilar
qalbining mungi, nidosi, urushga nafrati, minnatdor avlodlarning og‗ir jangda
halok bo‗lganlar xotirasi oldidagi qasamyodi jaranglaydi.
Dahshatli urush azoblari murg‗ak bolalarni ham oqshom uyqularini bezovta
qilar, otalari diydoriga to‗ymagan o‗g‗ilning yurak nidolari tilga olinadi. Farzandi
osoyishtaligini o‗ylab ona ko‗ngliga yupanch, dalda berar:
Yolg‗izim, qo‗zim?
Tun uzoq, uxlay qol,
Ko‗zlaringni yum.
Orom ol, men senga
Allalar aytay.
Tongda peshonangdan o‗pib uyg‗otay, degan so‗zlari bilan ko‗ngliga taskin
123
berar, o‗g‗lini tezroq ulg‗ayishini, o‗qimishli odam bo‗lishini, ular ko‗rganbu
g‗urbatli kunlarni ko‗rmasligini, tezroq urush degan dahshatli so‗z yo‗q bo‗lishini
istardi. O‗g‗il har kuni ko‗chada bolalar bilan o‗ynaydi, uyga qaytadi ammo,
ko‗ngli kimnidir besabrlik ila kutardi. U ham bo‗lsa otasini qo‗msar, murg‗ak
ko‗ngli onasiga besanoq savollar berar edi:
Ayting, aya mening dadam qahramonmi?
Tog‗larni ham qulatuvchi pahlavonmi?
Ordenlari juda ko‗pmi ko‗kragida?
Mening dadam samolyotda uchadimi?
Osmonlardan parashyutda tushadimi?
Katta jangga kiradimi yolg‗iz o‗zi?
Elkasida yonadimi besh yulduzi?
Kelganida toycha olib beradimi?
Ayting, dadam hayallamay kela qolsin.
Shu kabi qator savollar bilan onani gohida qiynar, gohida ko‗ngliga
osoyishtalik berar edi. O‗g‗il o‗yinlardan ancha erta to‗yganligi, barvaqt kitoblarga
havas qo‗yganligi-yu, harflarni yoddan bilishi, otasini xati orqali savodi chiqqanini
adib chiroyli misralarda keltirib o‗tadi. Urushning oxirgi yillari, otadan maktub
olgan o‗g‗il uni qayta-qayta o‗qiydi, o‗sha kuniyoq daftar olib, javob xati yoza
boshlaydi. Aqlli o‗g‗il otasini sog‗inganini, agar u tilak qilsa, doim ijobat
bo‗lishini buvisi aytganini otasiga yozadi.
Erkin Vohidov shu qadar o‗quvchini jumbushga keltiradigan so‗zlarni
qog‗ozga tushiradi. Ushbu ―Nido‖ dostonida shoir onaning matonatini,
farzandining ulg‗ayib, hayotga yorug‗ yo‗ldan borib, odam bolasi bo‗lishini
betakror so‗zlar orqali keltiradi.
―Nido‖ dostoni barcha o‗quvchini qalbidan o‗rin olgan desak, mubolag‗a
bo‗lmas.
Dramaturg she`rlari, dostonlari va pesalarida shunchaki oldi-qochdi
voqealar emas, jiddiy muammolar o‗rtaga tashlanadi. Odamlarni falsafiy
mushohada yuritishga, kechagi kunining qadriga etishga o‗rgatadi.
―Nido‖dan so‗ng oradan o‗n besh yil o‗tib yozilgan ―Ruhlar isyoni‖ dostoni
shoirning ugla paytga qadar bosib o‗tgan ijodiy yo‗lining eng baland cho‗qqisi,
o‗ttiz yillik ijodiy izlanishlarining muayyan yakuni, dostonchilikdagi
tajribalarining gultojidir.
―Ruhlar isyoni‖ – qahramonlik dostoni. Unda muallif asrimiz boshlarida
chaqmoqdek yaraqlab, she`riyatda o‗chmas iz qoldirgan, isyonkor she`rlari bilan
butun Hindiston yarimorolini larzaga solgan, hayotini el-yurt erki, baxti yo‗lida
fido etgan otashin bengal shoiri Nazrul Islomov jasoratini ulug‗laydi.
Muallif isyonkor shoir kurashi, jasorati qanchalar qimmatga tushganini,
shoir bilan davr va xalq, orasidagi murakkab, ziddiyatli munosabatlarni, shoir
qalbining orzu, alam-iztirob, tug‗yonlarini butun keskinligi bilan ko‗rsatadi.
"Ruhlar isyoni"- falsafiy doston muallif Nazrul Islom jasorati, fojeiy qismati
bahonasida shoirning, umuman ijodkorning hayotdagi o‗rni, fuqarolik burchi,
qolaversa, insoniylik, fidoyilik, erkka tashnalik, ijtimoiy va ma`naviy hayotning
124
boshqa xilma-xil muammolari ustida o‗ylarga toladi.
―Ruhlar isyoni‖ shakl jihatidan ham o‗ziga xos novatorona asar, u xilma-xil
she`riy shakllar, hissiy ohang, ranglar, ham real hayotiy lavhalar, ham rivoyatlar,
shartli-ramziy ifodalar rang-barangligidan tashkil topgan. Shu xildagi shakl va
ifoda rang- barangligi asar zamirida yotgan hayotiy haqiqatni murakkabligi bilan
ifodalashga xizmat qiladi, shoirning uzoq kutish, hayotiy tajriba, xulosa, o‗my-
mushohadalarini, ko‗ngil dardlarini to‗kib solishga imkon beradi.
Dostonda bosh qahramon Nazrul Islom hayoti xronologik tarzda
yozilmagan, balki shoir hayotidagi eng muhim, keskin daqiqalar tanlab olinib, ular
shoirona tahlildan o‗tkaziladi. Shoirona tahlil paytida muallif xayollarga qanchalik
erk bermasin, baribir, izchil tarixiylik printsipiga amal qiladi. Nazrul Islomdek
isyonkor shoirni yetishtirib chiqargan tarixiy sharoitni, qahramon fojiasining tub
ijtimoiy sabablarini tarixan haqqoniy ko‗rsatishga, ochishga erishadi. Dostonda
real hodisalar bilan yonma-yon keltirilgan xilma-xil rivoyatlar, tarixiy voqealar
xuddi o‗sha tarixiy-ijtimoiy hodisalar mohiyatini, umumbashariy ma`nosini
chuqurroq anglashga, ulardan falsafiy xulosalar chiqarishga qaratilgan.
Doston haqsizlik va adolat, istibdod va erk orasidagi kurashda iste`dodning
o‗rni haqidagi falsafiy mushohadalar bilan boshlanadi; chin iste`dodning tabiati
yaralishdan nohaqlikka, adolatsizlikka, istibdodga qarshi isyondir, deb aytadi
muallif.
Nazrul Islom dunyoga shoir bo‗lib, ya`ni davrining pok tilagi, iymoni,
armon to‗la yurakdagi isyoni bo‗lib tug‗ildi, davr, el-yurt shunday isyonkor
shoirga muhtoj edi, ―Zamon uning yonib turgan yuragini surardi‖. Shoir hali
tug‗ilmasdan burun o‗z yurtidan judo etilgan edi, el-yurt zobitlar oyog‗i ostida
toptalib yotibdi, jaholatda qolgan xalq, zolim-zobitlarga qarshi turish o‗rniga,
hindu musulmonga ajralib, bir-birini qirish bilan ovora. Muallif Hindiston
tarixining shu qora kunlarini alam bilan qalamga olar ekan, yana shoir va uning
fuqarolik burchi haqidagi bahsga o‗z fikrlarini bayon etadi.
Nazrul Islom she`rlaridan birida ―Men isyonkor‖, ―Men qayg‗uli bu
dunyoning notinch qolgan ruhiman‖, - degan edi. Doston muallifi shoirning shu
xildagi satrlariga tayanib, uning isyonkor qalbi manzaralarini chizadi, ijodining
yorqinligini ochadi. Xuddi o‗sha bezovta qalb, isyonkor ijod talqini jarayonida
muallif shoir fojiasining ibtidosini ko‗radi: shoir she`rlaridagi isyonkorona ruhini
birov to‗g‗ri anglaydi, birov noto‗g‗ri. Shoirni, ayniqsa shu xildagi faqat o‗z
jonini, tinchini o‗ylaydigan jur`atsiz munofiqlar aqidasi qiynoqqa soladi,
haqsizlikni ko‗ra-bila turib indamaslik xiyonatdir. Ongli odamlar loqaydsizligi,
passivligi olomon orasida jaholatning keng yoyilishiga yo‗l ochadi. Jaholat tufayli
esa, el orasida o‗zaro nizo, nifoq avj oladi. Bu faqat zolimu zobitlarga qo‗l keladi.
―Jaholat to‗g‗risida rivoyat‖ni esa, dostonning kulminatsiyasi deb atash
mumkin. Donishmand ulug‗ hakamning jaholat hukm surgan zamonda nashtar
ko‗rning ko‗zini ochishga jur`at qilishi, johil olomon tomonidan bunday jur`at
makruh atalishi, hakimning sazoyi etilishi, gulxanda kuydirilishi, eng yomoni
xuddi o‗sha o‗z qo‗lida shifo topib, ko‗zi ochilgan chol tomonidan ta‘na-dashnom
eshitishi, o‗sha johil chol yoqqan olovda kuyib kulga aylanishi- rivoyatda
125
keltirilgan bu fojiaviy voqealar va ular tufayli shoir qalbida kechgan o‗ylar kishi
qalbini titroqqa soladi. Shu hayajonli rivoyat vositasida qahramon jasorati va
fojeasi mohiyatini yana bir karra butun vujudimiz bilan idrok etamiz.
Oradan yillar o‗tdi, shoir vatani – Hindistonda katta o‗zgarishlar sodir bo‗ldi:
mustamlakachilar yurtdan quvildi, Hindiston mustaqillik, tinchliksevarlik, ijtimoiy
taraqqiyot yo‗liga tushib oldi, bir vaqtlar tahqirlangan, jabrlangan shoir hayotda
o‗rnini, qadrini topdi, el ardog‗iga sazovor bo‗ldi. Afsus, ming afsuski, u tazyiq
qiynoqlar oqibatida hali o‗ttiz beshga etmagan navqiron yoshida ayni ijod
qaynagan paytda es-hushidan ayrilgan edi. Shu holda u qirq yil ardoqda yashadi.
Xulosa qilib aytganda, bu asar faqat qahramonlik dostoni, fojeiy doston,
o‗y-mushohadalar dostoni bo‗lib qolmay, balki tarixiy saboqlar dostoni hamdir. U
Nazrul Islomdek yorqin siymo asl xalq farzandining shonli va achchiq qismatidan
saboq chiqarib olishga chaqiriq bo‗lib yangraydi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Vohidov E. She`r dunyosi. Saylanma. 2- jild. – T.: Sharq. 2001.
2.Qodirov M. An`anaviy teatr dramaturgiyasi. – T.: Yangi asr avlodi, 2006.
3. Vohidov E. Shoiru she`ru shuur. – T.: Yosh gvardiya. 1987. – B.20.
Do'stlaringiz bilan baham: |