Zbekiston respublikasi oliy va o ‗ rta maxsus ta`lim vazirligi


ERKIN VOHIDOVNING “RUHLAR ISYONI” DOSTONIDA OZODLIK



Download 4,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/292
Sana03.01.2022
Hajmi4,25 Mb.
#313213
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   292
Bog'liq
Erkin Vohidovning so`z qo`llash mahorati-To`plam

 

ERKIN VOHIDOVNING “RUHLAR ISYONI” DOSTONIDA OZODLIK 

VA HURLIK G„OYALARINING TARANNUM ETILISHI 

Murodali LATIPOV,  

  

 

 

 O‟zbek tili va adabiyoti kafedrasi o„qituvchisi (GulDU) 

 

―Ruhlar  isyoni‖  dostoni  Erkin  Vohidov  ijodida  muhim  orin  tutadi.  Doston 

o‗tgan  asrning  birinchi  yarmida  yashab  ijod  etgan  otashin  bengal  shoiri  Nazrul 

Islomning qahramonona va fojeali taqdiriga bag‗ishlanadi.  

 Shoirga qalbidagi dardini ifodalash uchun Nazrul Islomning achchiq qismati 

vosita vazifasini o‗tagan. Chunki o‗sha davrda O‗zbekiston ham sobiq Ittifoqning 

mustamlakalaridan  biri  bo‗lib,  o‗zbek  xalqining  erki  va  mustaqilligi  o‗z  qo‗lida 

emas  edi.  Mustamlakachilar  tomonidan  o‗zbek  millatining  ming  yillik  an`ana  va 

urf-odatlari,  milliy  qadriyatlari,  ilm-u  urfonning  toptalishi,  yo‗q  qilinishi, 

ma‘rifatparvarlarni  xalq  dushmani  sifatida  qamalishi  va  qatl  etilishi,  so‗z 

erkinligining  yo‗qligi  shoirni  ushbu  mavzuga  qo‗l  urishga  undagan,  albatta. 

Chunki  yurt  boyligi  yetarli  bo‗lsa-da,  xalqining  mehnatiga  yarasha  farovon 

yashamasligi,  kamsitilishi,  nazar-pisand  etmasligi  Erkin  Vohidovga  ham  Nazrul 

Islomday  tinchlik  bermadi.  Shu  bois  Erkin  Vohidov  nafaqat  o‗zini,  barcha 

erksevarlarni qiynayotgan dil tubidagi dard-sitamlarni Nazrul Islom tilidan baralla 

aytishga jazm etdi va bunga erishdi. 

Dostonda  Vatanining  ingliz  mustamlakachilaridan  ozod  bo‗lishini  orzu 

qilgan  va  mana  shu  yo‗lda  o‗z  umri  hamda  erkini  baxshida  etgan  vatanparvar 

Nazrul  Islomning  tutqinlikdagi  hayoti,  his-tuyg‗ulari  badiiy  tasvirlanadi.  Ona 

yurtida  zulm  va  zo‗ravonlik,  irqchilik,  erksizlikning  avjiga  chiqishi, 

mustamlakachilar  tomonidan  hind  xalqi  qonining  zulukdek  so‗rilishi,  ayovsiz 

ezilishli,  och-nochorligi  shoir  qalbini  junbushga  keltiradi.  Dostondagi  ―Isyon 

qo‗shig‗i‖da Nazrul Islom hind xalqini asriy qullikka qarshi kurashga, o‗z ozodligi 

uchun bosh ko‗tarishga da‘vat etadi: 

So‗yla, inson, 

So‗yla qadding ko‗tarib baland. 

Yuksaklikda sening qadring 

Himolay monand 

Uyg‗onmoqning vaqti keldi, 

Bosh ko‗tar uyg‗on! [1, 253] 

Ammo bu she`rni eshitgan olomon da‘vatkor shoirni xalq tinchini buzuvchi 

dushmanga  chiqardi.  Olomonning  o‗z  shoirini  anglab  yetmagani,  unda 

ergashmagani  mustamlakachilarga  juda  qo‗l  keldi  va  shoir  ozodlikdan  mahrum 

etiladi.  

Malomatga qoldi endi 

Shoir bitib haq doston. 

Hindu uni ―jobon‖ dedi, 

―Kofir‖ dedi musulmon [1, 253]. 




121 

 

  



Dostondagi  qator  mavzularni  yoritishda  shoir  turli  xil  rivoyatlardan  unumli 

foydalanadi.  Dostonning  uchinchi  faslidagi  ―tutqinlik‖  mavzusida  Nazrul 

Islomning  zindondagi  o‗y-xayollari,  insoniy  his-tuyg‗ulari  mohirona  ishonarli 

tarzda bayon etiladi. Shoir onasini g‗am-qayg‗uga qo‗yganligidan iztirob chekadi. 

Nazrul  Islom  o‗zini  gunohkor  hisoblamaydi,  agar  gunohi  bo‗lsa,  u  ham  faqat 

onasining oldidagi  farzandlik  burchini  ado  eta olmaganida va xalqini ozodlik  sari 

boshlaganida, deb biladi. Aslida, haqiqat ham shundan iborat.  

Onajonim, menga bu kun 

Sendan o‗zga dilxoh yo‗q. 

Zindondaman, bilmam nechun, 

Menda zarra gunoh yo‗q. 

Gunohkorman, bilmam nechun, 

Menda zarra gunoh yo‗q. 

Gunohkorman, na Ollohim, 

Na vijdonim oldida. 

Faqatgina bir gunohim 

Onajonim oldida, kechir, onam! 

Ko‗zingda g‗am, azob bo‗ldim joningda [1, 255]. 

Shuningdek, shoir jafokash hind xalqining tinimsiz og‗ir mehnat qilishi, och-

yalang‗och,  uysiz,  joysiz  kun  ko‗rishi  va  yurt  boyliklarining  huzurini  kelgindi 

mustamlakachilar ko‗rayotganini o‗ylab yurak-bag‗ri o‗rtanadi. 

Necha ming yil manglay tering 

To‗kib yerga, qolding och. 

Sen olamga ipak berib 

O‘zing o‗tding yalang‗och. 

Bebaho – fil suyaklaring, 

Bahring aro – to‗la dur. 

G‘avvos qilib go‗daklaring, 

Kelgindilar oladur [1, 257]. 

Shunday bo‗lsa-da shoir tushkunlikka tushmaydi, ona yurti va o‗z xalqining 

ozodlikka erishiga ishonadi, mana shu umid unga kuch bag‗ishlaydi. 

Dostonning  so‗nggi  faslida  erksevar  shoirning  va  hind  xalqining  orzusi 

ro‗yobga chiqqanligi tarannum qilinadi. Biroq tutqinlikdagi qattiq qiynoqlar, azob-

uqubatlar shoirning bu baxtli kunlar shukuhidan benasib etadi.  

Erkin  Vohidovning  ―Ruhlar  isyoni‖  dostoni  shoir  adabiy  merosining, 

umuman, XX asr o‗zbek dostonlarining eng sara namunalari qatorida turadi.  

Foydalanilgan adabiyotlar: 

1.

 



Vohidov E. Tanlangan asarlar. – T.: Sharq, 1997. 

2.

 



Rahimjonov N. Mustaqillik davri o‗zbek she`riyati. – T.: Fan, 2007.  

 

 




122 

 


Download 4,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish