ERKIN VOHIDOVNING “RUHLAR ISYONI” DOSTONIDA G„OYA
VA MAHORAT MASALASI
Sharofat ABDURAHMONOVA,
magistrant ( GulDU)
O‗zbek badiiy adabiyotining yirik namoyondasi bo‗lgan Erkin Vohidov
lirikasi kitobxonlarni hayratga solib kelayotgan, asarlari qo‗ldan tushmay sevilib,
qaynoq mutolaa qilinayotgan adiblardan biridir. Sababi, uning she`rlaridagi
badiiyat o‗quvchi ruhiyatiga sezilarli ta`sir ko‗rsatadi, kshini she`r bilan bir
maromda kuylashga, uning har bir detalini ko‗ngildan o‗tkazib, shoir qalbini
chuqurroq, dildan his qilishga undaydi. Xususan, ijodkorning ―Nido‖ dostoni ana
shunday hissiyot bilan yo‗g‗rilgan, kishi dilini larzaga soladigan, chin ma`nodagi
yuksak badiiyatli metin asardir.
Jumladan, ―Ruhlar isyoni‖ dostoni ham ana shunday mazmundagi
insonparvarlik g‗oyalarini o‗zida mujassam etgan teran mulohazali asarlardan biri
hisoblanadi. Asar markazidagi Nazrul Islom obrazi dostonda etakchi qahramon
sifatida gavdalanadi va asar boshlangunidan yakuniga qadar kitobxon u bilan
hamnafas tarzda dard chekadi. Muallif ushbu asarni yozishda o‗ziga xos falsafiy
qarashlarini ham syujetga mohirona tarzda singdiradi. Uning bu kabi fikrlaridan
ta`sirlangan o‗quvchi bir qadar sergak tortadi. Masalan, asarning kirish qismida bir
rivoyat keltiriladi. Unda suvga tashna bir kishi boqiylik bulog‗idan suv ichishdan
o‗zini tiyadi. Sababi Olloh bergan umrning o‗zi unga yetarli ekanligini tushunib
yetadi. Bu bilan muallif yashashning mazmuni masalasiga e`tibor qaratadi va
mazmunsiz, insonlarga naf bermaydigan hayotni qoralaydi. Bu esa muallifning
obraz sifatidagi chizgisini kitobxon tomonidan tasavvur qilinishiga yo‗l ochadi.
Asardagi isyon ruhining tashbehlari ham o‗ziga xos bayon qilingan. Bunda,
boychechakning ochilishi, uning qishga isyoni, yohud osmonni qora bulut qoplashi
yorug‗likning nursiz hayotga isyoni va yana yangi tug‗ilgan go‗dakning yig‗isi –
141
bu uning o‗limga bo‗lgan isyonidir, – deydi. Uni inson sabrining zamirida isyon
yotganligiga mutanosib tarzda bog‗lab, o‗zining bu boradagi xos qarashlarini ilgari
suradi.
Asarga Nazrul Islomning kirib kelishi zamonning og‗irligi bilan bog‗liq
tarzda voqealantiriladi:
Yetti asr avvalgidek
Bo‗lsa edi zamonlar,
Balki
Xusrav Dehlaviydek
Bitar edi dostonlar [3, 181]
Bu bilan muallif qahramonning qismati shu ekanligiga ishora qilib, davr
ruhini kitobxonga yetkazishga harakat qiladi:
O‗zga edi ammo fursat,
O‗zga edi el dardi.
Zamon uning yonib turgan
Yuragini so‗rardi. [3, 182]
Shoir tasvirining olovi haqiqatda yurakni kuydiradi. Qahramonning bu
holatda namoyon bo‗lishio‗quvchini u haqda o‗ylashga, uning muhitini ko‗zoldiga
keltirishga undaydi.
Hind xalqining boshiga tushgan og‗ir kunlarni, ular: ko‗rgulik, – deydi.
Musulmon ahli esa ―taqdir ekan‖, deya bosh egadi. Ammo Nazrul Islom bu kabi
taqdirga ham, ko‗rgulikka ham bo‗yin egishni xohlamaydi. Uning qalbidagi isyon
ruhi xalqning g‗aflatda ko‗milib yotgan isyonini uyg‗otishga chorlar edi:
Qullik senga ko‗p maloldir,
Ammo nechun
Boshing egik,
Tiling loldir,
Qomating zabun?
Tangrilarga bo‗ysunmagan,
Bermagan bardosh,
Bandasiga bugun nega
Egadirsan bosh?
Shu gaplarni ayta turib, butun Tojmahal ahli-yu musulmon xalqini
uyg‗onishga da‘vat etadi. Biroq:
Hamma bilar,
Inson erkin –
Yashashi shart poyidir.
Biz ham aytsak bo‗lar,
Lekin,
Uyda bola-chaqa bor, - deya, xalqning ham tili kesikligi, zamon zo‗rligiga
ishora qiladi. Ularni nizoga ro‗baro qilayotgan yov aslida kim kimlar ekanligini
tushuntirishga harakat qiladi:
Bas, adovat!
Bas, endi kin,
142
Jangni qo‗ying odamlar!
Sizning asl yovingiz kim
Bilib qo‗ying odamlar![1, 180]
Muallif shoirlik uchun she`rlarni yod olish emas, balki uning fidoyiligini
anglashlik, shoirlikda vatanparvarlik ruhi eng zaruriy ehtiyoj ekanligini his
qilishlikni kifoyalaydi va shu elparvarligi tufayli uni zindonband etgani, uni tutib
borayotgan ikki soqchi ham aynan o‗zining vatandoshlari – hind va musulmon
ekanligi shoirni yanada g‗azabga keltiradi.
Jaholat haqidagi rivoyat ham o‗quvchini g‗azablantirmay qolmaydi. Basir
odamning sog‗ayganligi va kun kelib uni davolagan hakimga qilgan da‘volari
g‗oyaga singdiriladi. Xalqning g‗aflatiga ortiq sabr qila olmasligi, ularni uyqudan
uyg‗otishning yuki yakka o‗ziga og‗irlik qilishini tushunib yetadi. Rivoyat
so‗ngida, davr o‗tib uyg‗ongan xalq shoirga haykal qo‗yadi, hurmat ko‗rsatadi.
Asar so‗ngidagi xulosa fikrlar kitobxonda o‗zgacha tuyg‗ular uyg‗otadi.
Darhaqiqat, Erkin Vohidovning she`rlari o‗ta zalvorli, u kishiga zavq berishi bilan
birgalikda uning dardlari bilan ham o‗rtoqlashadi. Qahramonlardagi dadillik,
jaholat, adolatsizlikka qaratilgan isyonkorlik ruhi o‗quvchini ham bir karra o‗z
shuuridagi vatanparvarlik tuyg‗ularini uyg‗otishga, taftish qilishga undaydi.
Xulosa qilib aytadigan bo‗lsak, Erkin Vohidov she`riyatini takrorlanmas
nazm javohiri deyish mumkin. Shu bois, shoir she`riyati hamisha ulug‗lanadi,
ixlosmandlar tomonidan yod olinadi. Erkin Vohidov hamon bizning qalbimiz
to‗rida va uning hotirasi abadiy o‗chmaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Normatov U. Ijodkorning haroratli so‗zi. – T.: Turon zamin ziyo, 2015.
2.
Umurov H. Adabiyot nazariyasi. – T.: Sharq, 2002.
3.
Vohidov E. She`r dunyosi. Saylanma. – T.: Sharq, 2001.
4.
Xudoyberdiyev E. Adabiyotshunoslikka kirish. – T.: 2007.
5.
Yo‗ldoshev Q. Yoniq so‗z. – T.: Yangi asr avlodi, 2006.
Do'stlaringiz bilan baham: |