rahimdilligini ifodalovchi go‗zal ismlari keltirilgan. Hamddan so‗ng qoida
bo‗yicha, albatta, na‘t qismiga o‗tiladi. Na‘tda Muhammad (s.a.v.) payg‗ambarimiz
425
madh etiladi. Uning oxirgi payg‗ambar ekanligi, mo‗‘jizalari, unga Qur`oni karim
nozil etilgani, me‘rojga erishgani ta‘rif qilinadi[3].
Odatdagi hamd va na‘tdan so‗ng shoir o‗z asarining boshqalar qalbida
muhabbat uyg‗otishini Allohdan so‗rab duo qiladi. So‗ng bevosita asar haqidagi
umumiy ma`lumotlarni o‗quvchiga havola qiladi. U asarini eng go‗zal uch til, ya`ni
arab, fors, turkiy tillarida yozganini aytadi:
چوپ ردیساکسوا چوا سوس ردذیذل
چوا َلیا َمف یکیا تیآ زب ثیدح
Lazizdur so„z uch,o„zgasidir puch
Hadis bir, oyat ikki, fiqh ila uch.
Shundan so‗ng, muallif ushbu kitobni o‗qigan va o‗qitganlarning haqiga duo
qiladi va kitobdagi xatoliklar uchun kitobxonga o‗z uzrini aytadi.
Muqaddimada lug‗atning ba`zi bir o‗ziga xosliklari:so‗zlarning qaysi tilga
oidligini ko‗rsatuvchi harflarning izohlari, ikki va uch ishorali so‗zlarning
qo‗llanganligi, she`riy matnning xususiyatlari haqida ma`lumot beradi. Muallif
manbaning lug‗at qismini yaratibgina qolmay, uning muqaddima, hamd va na‘t
qismlarini ham diniy asoslagan. Bu holat o‗z navbatida, asarning har tomonlama
mukammalligini ta‘minlagan. Muallifning nafaqat tilshunos, pedagog va
adabiyotshunos, balki diniy ilmga ham ega ekanligi ko‗rinadi.
Lug‗at mundarijasida asarning boblari ajratilib qizil siyohda, fasllarining
nomi qora siyohda berilgan. Mazmuniy tamoyil asosida tuzilgan lug‗atlardan
―Muqaddamatu-l-adab‖ va ―G‗iyos ul-lug‗at‖ asarlarini kuzatganimizda, ―Lug‗oti
salos‖ning mavzuiy guruhlariga o‗xshash holatlarga duch keldik. ―Muqaddamat
ul-adab‖ asarini o‗rgangan Z.Islomov shunday yozadi: ―Asar muqaddimasidan
so‗ng birinchi ismlar qismi boshlangan. Qism boshlanishidagi an`anaviy bismillo
hamda qismning nomi tushib qolgan. Mazkur qismdagi so‗z maqolalari o‗ziga xos
ichki tartibga ega. Dastlab so‗zning birlikdagi ko‗rinishi berilgan bo‗lib, undan
so‗ng lozim o‗rinlaridagina uning ko‗plik shakli ko‗rsatilgan. Mazkur birliklardagi
arabcha so‗zning forscha, turkiy va mo‗g‗uliy shakldoshlari uning ostiga ketma-ket
yozilgan‖[4]. Zamaxshariy o‗z kitobi haqida quyidagilarni bitadi: ―
Bu kitob besh
qismdan iborat. Birinchi qism–ismlar, ikkinchi qism–fe‟llar, uchinchi qism–harf
(yordamchi so„zlar)lar, to„rtinchi qism–ismlarining turlanishi, beshinchi qism–
fe‟llarning tuslanishiga bag„ishlangan”
[5]. Zamaxshariy lug‗atning barcha
qismini ichki guruhlarga bo‗lgan.
―Lug‗oti salos‖ asarining tuzilishiga kelsak, u olti bobdan iborat bo‗lib, har
bir bobmavzuiy guruhlarga ko‗ra fasllarga ajratilgan. Quyida kitob boblari, fasl
nomlari va lug‗at so‗zligidan o‗rin olganba`zi leksemalarga e`tibor qaratamiz:
Birinchi bob etti fasldan iborat bo‗lib, u 4-16-sahifalarni o‗z ichiga oladi.
Birinchi fasl رلاوسا یساضع مدآ ―
Do'stlaringiz bilan baham: