BADIIY TALQINDA O„ZIGA XOS INDIVIDUALLIK
Ijobat SAYMURATOVA,
katta o„qituvchi (GulDU)
Istiqlol davri o‗zbek romanlari yangi o‗ziga xos yo‗nalishga ega ekanligi
bilan ahamiyatli. Uning ifoda tarzi, tasvir ob‘ekti jahonning ilg‗or an`analarini
o‗zlashtirish va shu bilan birga milliy adabiyot tajribalarini uyg‗unlashtirilishi
evaziga yangi usullar bilan boyimoqda. Ifodaning aniqligi, tasvirning serqatlamligi,
shakl, mazmun, ruhiy holat manzaralarining turfa xilligi, insonni badiiy tadqiq
etishda o‗ziga xos usullar (bayon, ifoda etish, ruhiy holatni tasvirlash,
kompozitsiyadagi noan`anaviylik)ning birlamchi ekanligi bosh masalaga
aylanmoqda.
Istiqlol davri o‗zbek romanlarining deyarli barchasida inson va jamiyatga
doir haqiqatlar o‗ziga xos badiiy talqini bilan e`tiborga molikdir. ―Aksariyat
zamonaviy milliy romanlarda qo‗yilgan muammo asarning markazida turuvchi
sub‘ekt (muallif) hayotiy tajribalari asosida, uning qalb prizmasidan o‗tkazib,
poetik talqin va ekspressiv bayon qilinmoqda‖ [4, 71]. ―Bir so‗z bilan aytganda,
istiqlol davri o‗zbek romanlari ―kichik‖ odamning katta va chigal ichki
dunyosidagi behudud poyonsizlikni, turfalikni xilma-xil rakurslarda tadqiq etishga
kirishdi. Inson ma`naviyatining serqirra jihatlarini tekshirish, odam ruhiyatidagi
ko‗z ilg‗amas sezimlarni tadqiq etishga urinishda shakliy-uslubiy izlanishlar olib
borayotgan o‗zbek nosirlarining sezilarli yutuqlari ham, bartaraf qilinishi lozim
bo‗lgan nuqsonlari ham ko‗zga tashlanmoqda. Bu yo‗lda turli avlod ijodkorlari
o‗ziga xos yo‗sinda qalam tebratmoqdalar‖ [2, 26].
Xurshid Do‗stmuhammadning mustaqillik yillarida yaratilgan ―Bozor‖
romani ham aynan shu yo‗sinda yozilgan, kompozitsion qurilmasida
noan`anaviylikni o‗zida taqozo etadigan milliy romandir. ―Yozuvchining diqqat-
e`tibori bozor manzaralari va mojarolarining bevosita o‗zini emas, personaj ongi,
ruhiyatidagi aks-sadosini ifodalash, badiiy tahlil etishga qaratiladi, bunda ―ong
oqimi‖ tajribalaridan ijodiy foydalanadi‖ [1, 2].
421
Romanda jamiyat kayfiyatining inson ruhiyatiga ta`siri asar bosh qahramoni
Fozilbek obrazi misolida talqin etiladi. Inson va jamiyatni anglash roman talqinida
voqelik mohiyatini mantiqan tafakkur etish orqali kechadi. Bozor talqinining
zamirida hayot haqiqati va manzaralari tasvirlangan. Fozilbek bozor va hayot
haqidagi fozil qarashlarini ruhiyatida kechadigan o‗y-fikrlar, xotiralar dinamikasi
orqali kitobxon ongiga singdiradi. Ruhiyatida kechadigan o‗y-xayollar va xotiralar
bolaligidan tortib to ulg‗ayganiga qadar kechgan voqealar silsilasini o‗z ichiga
oladi. U bolaligi bilan bog‗liq bo‗lgan xotiralarni juda ko‗p qo‗msaydi, ayniqsa,
onasi va Fotma xolaning kinachiligini, xirgoyi qilmasligini, uni bolasi yo‗qligini
yod oladi. ―Taqir yerda o‗tirgan onasi, onasi emas – Fotma xola – qanday qilib
Fotma xola bo‗lsin?!. Meni Fotma xola tuqqanida edi, onam o‗lib qolmasdilar,
Fotma xolaning o‗g‗li bo‗lsam u qovog‗ini solmay, kulib yurardi deb o‗zicha ko‗o
‗p xayol surar edi Fozilbek bolaligida, lekin... dunyodan er qilmay o‗tgan, shu bois
farzand ko‗rmagan va shu bois qari barmoqlari ma‘suma qizlarnikidek silliqligicha
qolgan kampir qanday qilib Fozilbekka ism qo‗yadi, qaydan kelib uning qulog‗iga
niyatini xirgoyi qilib quyadi, bordiyu, shu ayol Fotma xola bo‗lsa, u holda onasi
qani, onasi qayerda, Foziljonning?!‖ [3, 77].
Fozilbekning o‗ylashga odatlanishi hayotda fozillarcha oqilona yashashi,
dunyoga sermulohaza bilan olimona qarashi, o‗zligini anglash yo‗lidagi sofdillik,
uni chinakam inson bo‗lishga undaydi. Uning fikricha odamiylikning haqiqiy
tuyg‗ulari, tavba va tazarru nihoyatda muhim bo‗lib, inson zotini tozartirish,
poklanish va komillik sari etaklaydi. Shuning uchun ham ruhiyatida kechadigan
bozor-dunyo haqidagi qarashlarini bir-biri bilan uzviy bog‗laydi. Bozor
qismatidagi nafsni, pul hasratini hayot misolida qiyos etadi.
Bozor uchun faslning, har faslda ro‗y berayotgan tabiat hodisalarining hech
qanday ahamiyati yo‗q. Havo qanday bo‗lishidan qat‘iy nazar bozorda hayot
qaynayveradi, turli xil hodisalar to‗lib toshaveradi. Insonlar ham shunga qarab
odimlaydi. Hayotimiz kechmishida ham fasllarning hech qanday ahamiyati yo‗q.
Qor, yomg‗ir yog‗sa ham, yuqori tezlikda shamol, yuqori darajada issiq bo‗lsa ham
hayot o‗z izmida davom etaveradi. Zero, odamzodda har faslga, har faslda ro‗y
berayotgan tabiat hodisalariga ko‗nikish hissi bor. Bozorda turli xil voqea-
hodisalar ko‗pda tez-tez sodir bo‗lib turadi. Odamlar og‗zidan yoshi kattani yoki
kichkinani yo‗qolib qolganini, kimningdir vafot etganini, yana kimningdir
qorinbog‗ini qirqmoqchi bo‗lgan aravakashni ot tepib majaqlaganini va
hokazolarni eshitadi.
Haqiqatan ham hayot go‗yoki bozorga o‗xshaydi. Hayot bozorning
o‗zginasi. Bozorda turfa xil kishilarni, turli taqdir egalarini uchratasan, ko‗rasan.
Xilma-xil voqealarning guvohi bo‗lasan. Hayot ham xuddi shunday. Turli xil
kimsalar, turfa taqdirlar, kimdir shoshadi, kimdir oshiqadi. Harakatingga, fe‘l-
atvoringga qarab, hayot o‗zining munosib marhamatini ravo ko‗radi. Qosimbek
bozorboshi bozorni emas, aslida o‗zining oilasidagi ijtimoiy muhitni,
farzandlarining taqdirini izga solmoqchi.
Syujet qismlari bilan tanishib borish holati, kitobxonga Fozilbek va uning
atrofidagi qahramonlar xarakteri bilan bog‗liq bo‗lgan jihatlarni to‗la anglatadi. Pul
422
topish niyatida hamma o‗zini bozorga yuradi. Fozilbekning otasi bozorboshi,
bobolari ham bozor orqasidan kun ko‗rgan. Biroq Fozilbek Qosimbek oqsoqolning
―pul hasratida yashamaydigan bir dalli - devonasi‖ dir. ―Fozilbek uchun esa pul –
boylik qanchalik begona bo‗lsa, uning evaziga saqlanadigan o‗z joni ham etti yot
begonadek edi‖ [3, 104]. Fozilbek uchun hayot falsafasi shu. Biroq asar qahramoni
Baxtish ezma (To‗rabek egarchining o‗rtanchasi) uchun ―hayot mutlaqo boshqa!‖.
Uning fikricha ―Hayotni tutib turgan qonuniyat boshqa!‖ [3, 105].
Bozor atrofida qiroatxona qad ko‗targan. Eskiligidan sarg‗ish tusga kirib
qolgan. ―O‗sha yerda mil-mil kitob zax, mog‗or bosib yotibdi. ...Shuncha izdihom
orasida qiroatxonaga qadam bosadigan birorta aqli raso‖ [3, 109] topilmaydi. U
nurab qolgan, eskiligidan qulab tushish darajasiga yetgan. ―Uvalanib-uqalanib,
arang qad rostlab‖ turgan qiroatxona ma`naviyatning, ilmu-ziyoning evaziga
hamon yashab kelmoqda. ―Qiroatxonada yong‗in xavfi borligi chin‖ [3, 113] edi.
Yonmadi ham, o‗pirilmadi ham. Biroq ―Ro‗parasiga dang‗illama choyxona,
soqqaxona, hammom, dang‗illama hojatxona qurishga pul topildi-yu, qiroatxonaga
to‗rtta guvala topilmadi!‖ [3, 113].
Yozuvchi tasvirida Fozilbek samimiyatga yo‗g‗rilgan inson. U nafaqat
samimiy, sof niyatli, balki vijdoni uyg‗oq, o‗zgalar manfaatini o‗zidan-da ustun
qo‗yadigan, dardmandlarga dardkash bo‗ladigan kuyunchak inson ham.
Fozilbekning yuqoridagi xislat fazilatlarning haqiqatan egasi ekanligini G‗ulomjon
bilan bo‗lib o‗tgan suhbatlardan anglashimiz mumkin. Bu asnoda Fozilbek bilan
G‗ulomjon dunyoga kelish va dunyodan ketish, tug‗ilish va o‗lim, har ikkisining
orasida bajariladigan amallar to‗g‗risida suhbat quradi. ―Yorug‗ dunyoning hikmati
shu – kelish-ketish, kelish-ketish – boshqa gap yo‗q, neki yaxshilik va yomonlik
bo‗lsa, kelish-ketish orasida sarsonu-sargardon!.. Uylanmay. Bola-chaqa orttirmay
ketish esa kelish va yashash ne‘matiga xiyonat. Og‗ir xiyonat!..‖ [3, 143).
Yuqorida zikr etilgan ―yorug‗ dunyoning hikmati‖ni G‗ulomjon taqdiri misolida
ko‗radi. U to‗shakka mixlangan, dardi ado bo‗lmaydi. Mehmonga peshvoz chiqa
olmaydi, inqillab-sinqillab bosh ko‗taradi, goh-gohida darddan ingrab yuboradi.
Go‗yoki Fozilbekning xayolida u ―harakatdan so‗nyapti‖.
Fozilbek dunyo va bozor o‗rtasidagi o‗y-xayollarini, insonlar tomonidan
bajariladigan amallarni dalillar orqali, zaruriy qonunlar asosida isbotlaydi.
―Tug‗ildingmi, voyaga etdingmi – kim bilandir qovushasan, oila qurish uchun
bozorga borasan, oila boqish uchun o‗zingni ne-ne bozorlarga solasan, umr shu
tariqa kechaveradi, inson hayotining shu qadim va boqiy yo‗lini o‗zgartiraman deb
ne-ne aqli botir donishmandlar bosh qotirmagan, shu maqsad – shu niyatda ne-ne
kulfatlarga giriftor bo‗lmagan, mana, shuuncha savdoi azimlar yetmagandek
Fozilbek taqsirim bir umr muhabbat-la yashamoqlik saodati bilan inson hayotini
bezamoqqa qasd qildilar‖ [3, 184]. Bozorni izga solish bilan bog‗liq bo‗lgan o‗y-
xayollarining natijasida quyidagi qarorni ruhan qabul qildi: ―... butun bozorni
muhabbatdan o‗zga hech narsa bezay olmasligiga imon keltirdi‖ [3, 184] Oxir-
oqibatda bozorga begona ekanligini tan oldi.
Xulosa qilib aytganda, yozuvchi asardan anglashilgan mazmun-mohiyatni
hayot bilan bog‗lagan. Ijtimoiy hayotga bo‗lgan o‗z munosabatini metaforik
423
usulda, majoziy yo‗l bilan ifodalashga erishgan. Jamiyat kayfiyatining inson ruhiga
ta`sirini ramziy-majoziy uslubda tahlil etib, roman kompozitsiyasidagi qahramon
ruhiy holatini yorqin tasvirlay olgan. Aniqroq qilib aytganda, yozuvchi o‗z
ko‗zlagan maqsadiga to‗la erishgan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
www. adabiy.uz. Normatov U. Badiiyat ko‗zgusida millat taqdiri.
2.
Pirnazarova M. Hozirgi o‗zbek romanlarida uslubiy izlanishlar,
fil. fan.
nomz. … diss. avtoref. – T.: – B. 26.
3.
Xurshid Do`stmuhammad. Donishmand Sizif. – T.: O`zbekiston NMIY,
2016. – B. 360.
4.
Yakubov I. Mustaqillik davri o`zbek romanlari poetikasi. fil. fan. nomz. …
diss. avtoref. – T.: 2018. – B. 71.
Do'stlaringiz bilan baham: |