SHARQ KITOBATCHILIGI AN`ANALARINING BA`ZI
XUSUSIYATLARI
Surayyo G„AFUROVA,
Farg„ona davlat universiteti
tilshunoslik kafedrasi katta o„qituvchisi
Hozirgi kunda mamlakatimizda ajdodlarimiz ilmiy merosini o‗rganish uchun
keng qamrovli imkoniyatlar va shart-sharoitlar yaratilib, mazkur masalaga
bag‗ishlangan maqsadli ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Ayni paytda
betakror ilmiy merosimizning hali to‗liq o‗rganilmagan qatlamlarini ochib berish,
xususan, mamlakatimiz hamda chet el fondlarida saqlanayotgan noyob
qo‗lyozmalarni tadqiq etish ustuvor yo‗nalishlardan biri tarzida belgilandi. Hozirgi
kunda «...O‗zbekistonimizning kitob fondlarida 100 mingdan ziyod qo‗lyozma
asarlar saqlanmoqda. Afsuski, bu nodir kitoblar hali to‗liq o‗rganilmagan, ular
olimlar va o‗z o‗quvchilarini kutib turibdi. Ushbu noyob asarlarda bugungi davr
o‗rtaga qo‗yayotgan juda ko‗p dolzarb muammolarga javob topish mumkin...
Lekin biz ana shunday noyob meros vorislari, shunday boylik egalari bo‗la turib,
ularni har tomonlama o‗qish-o‗rganish, xalqimiz, avvalo, unib-o‗sib kelayotgan
yoshlarimizga, jahon hamjamiyatiga yetkazish bo‗yicha yetarli ish qilmaganimizni
ham ochiq tan olish kerak [1]. Bugungi kunda O‗zbekistonda saqlanayotgan noyob
qo‗lyozmalarning elektron bazasini yaratish va yuritish, ularni tizim asosida
chuqur o‗rganishni tashkil qilish va nazariy jihatdan tavsiflash, yozma
yodgorliklarning ilmiy izohlarini o‗zbek va xorijiy tillarda ommaviy axborot
vositalari va internetda nashr qilish, mamlakatimiz va xorijiy olimlar,
mutaxassislar, o‗quvchi yoshlarga ularning ijodlarini tanishtirish va o‗rganish
uchun etarli shart-sharoitlar yaratilmoqda.
Ushbu maqolada ham kitobat san`ati, kitob tartib berishdagi umumiy
holatlar, xususiyatlar ochib beriladi. Maqolaning ob‘ekti sifatida Salohiddin
Toshkandiyning ―Lug‗oti salos‖ asari olingan bo‗lib, bu lug‗at orqali boshqa
tarixiy manbalarga ham to‗xtalib o‗tiladi, ularning strukturasi o‗rganiladi.
424
Asarni quyidagi tarkibiy qismlarga ajratish mumkin: so‗zboshi, mundarija,
hamd, na‘t, asosiy qism, kolofon. Asar so‗zboshidan boshlanadi, unda muallif
asarning yozilish sababini bayon qilgan (ilovada keltirilgan). So‗zboshidan
ko‗rinib turibdiki, lug‗at maktab muallimlari va toliblarning iltimosiga ko‗ra
yozilgan. Uning bob va fasllarga bo‗lingani ham bejiz emas. Bu so‗zlarni yodlash,
ma`nolarini anglash, bir mavzuiy guruhga oid so‗zlarni ajratib olishni
osonlashtiradi. Lug‗at kitoblarida noma`lum bo‗lgan ko‗p so‗zlar ma`nosining
tushunarli bayon qilinganligi va ajdodlar merosini o‗rganishda muhim ahamiyatga
ega ekanligi bilan qimmatlidir. Asar yaratilgan davrda maktab o‗quvchilari,
madrasa ilmu toliblariga «Lug‗oti salos» kabi ilmiy-amaliy asarga ehtiyoj mavjud
edi. Shu bois Salohiddin Toshkandiy asarni o‗quvchilarga mos tarzda urjuzada
yaratdi.
Asar haqidagi ushbu ma`lumotlardan so‗ng, o‗quvchining lug‗atdan
foydalanishini yanada osonlashtirish maqsadida uning mundarijasi berilgan.
Mundarijada asarning boblari, boblarni tashkil etgan fasl nomlari va ularning
qancha betdan iboratligini ko‗rsatish uchun sahifa raqamlari ham keltirilgan. So‗ng
hamd va na‘t, undan keyin asosiy qism boshlanadi.
Lug‗at hamd va na‘t qismlariga egaligi uning boshqa asarlardan ajratib
turuvchi jihati sanaladi. Odatda lug‗atlarda hamd va na‘t berilmaydi, bunday
qismlar badiiy asarlar uchun xos. Hamd va na‘t qismlari lug‗atning ham ilmiy, ham
badiiy ahamiyatini oshirgan. Bu qismlar asosan hoshiyada, qolaversa,
muqaddimadan ham joy olgan (dissertatsiyaning keyingi faslida hoshiyadagi
so‗zlar izohi yoritilgan).
Sharq kitobatchiligi an`analariga muvofiq har bir asar «odobi tasnif»ga ega
bo‗lishi kerak. Kitobat san`atida asar yaratish odobi (―odobi tasnif»‖yoki ―odobi
ta‘lif‖)ga qattiq rioya qilingan. Odobi ta‘lifning talablari bunday:Asar qaysi sohaga
oid bo‗lmasin, Allohning nomi bilan, ya`ni ―Bismillohir rohmanir rohiym‖ deb
boshlangan. Shunga qaramay, ayrim mutafakkirlar o‗z asarini ona tilidagi basmala
bilan boshlaganlar[2]. Salohiddin Toshkandiy basmalani ―Bismillohir rohmanir
rohiym‖, deb arab tilida bergan:
الله الرحمن الرحیم مسب
اکشیویزکٌت ىوسلوا نیاد كوٌلی
اکشیویلکًوک یٌتیًادحو بیلآ
َغشیویچلیا محمد ىدشیب اعد
يید یرلاًارای کٌیًا
َغشیویچلوی
Do'stlaringiz bilan baham: |