INGLIZ DETEKTIV JANRINING RIVOJLANISH HUSUSIYATLARI
(Agata Kristi asarlari misolida)
M.TADJIBAYEV,
filologiya fanlari nomzodi, dotsent (CHDPI)
Adabiyot paydo bo‗lganidan buyon, so‗z san`atining turli janr va
kategoriyalari mavjuddir. She`riyat – adabiyotning nasrdan ham avval paydo
bo‗lgan shakli bo‗lib, qadimdan, epik, dramatik va lirik turlarga bo‗lingan.
Adabiyotda ―detektiv‖ so‗zi ―sirlilik‖ so‗zi bilan deyarli sinonimga aylanib
ulgurgan. Bunday asarlar jinoyatlarning fosh etilishi bilan bog‗liq bo‗lib, odatda
bir yoki bir necha qotillik, professional bo‗lgan yoki bo‗lmagan asar bosh
qahramoni- izquvar tomonidan o‗rganiladi. Bu keng va mashhur janrning bir necha
kichik yo‗nalishlari bo ‗lib, ular uslubiyati va qahramonlariga ko‗ra bir – biridan
farq qiladi va shu bilan birga doimiy jinoiy va detektiv ko ‗rinishga ega bo‗ladi.
Detektiv janrining ko‗plab yo‗nalishlari ―Oltin Asr‖ (Golden Age) davrida
rivojlangan. O‗sha davrning ma`lum va mashhur asarlari Agata Kristi tomonidan
yozilgan bo‗lib, ular bir necha kitobdan iboratdir. Kitobxon uchun turli chigal
vaziyat va jumboqlardan iborat bo‗lgan Erkyul Puaro va Marpl Xonim (Miss
Marpl) kabi qahramonlar bilan mashhur bo‗lgan ro manlarning ham muallifi Agata
Kristidir. Uning asarlari sirasiga ―Sharqiy Ekspress‖ dagi qotillik‖ (―Murder on the
―Orient Express‖) (1934), ―Nildagi o‗lim‖, (―Death on the Nile‖) (1937), ―U yerda
hech kim yo‗q‖ (―Ten There were None‖) (1939) kabi asarlar ham kiradi. Agata
Kristi ingliz detektiv romanlari, hikoyalari va pyesalari ustasi bo‗lgan. Shuningdek
u Meri Vestmakott (Mery Westmacott) taxallusi ostida romanslar ham yozgan,
biroq uning eng olamshumul asarlari 80 ta detektiv romanlar bo‗lib, ularning
asosiy qahramonlari Erkyul Puaro va Jeyn Marpl Xonimdir. Bu asarlar ―Vest End‖
teatrida sahnalashtirilib, muvaffaqiyatli ijro etilgan.
Kristining deyarli barcha ijod namunalari detektiv janrda bo‗lib, u e`tiborini
aynan o‗rta va yuqori tabaqa inglizlari hayotiga qaratgan. Detektiv asarlarda odatda
izquvar biror qotillikka duch keladi yoki avvaldan tanish bo‗lgan va murakkab
vaziyatga tushib qolgan tanish insoni tomonidan yordamga chaqiriladi. Asta –
sekinlik bilan izquvar shubhalarni o‗rganadi, qotillik joyini tekshiradi va har bir
dalilni alohida e`tiborga oladi. Shunday qilib o‗quvchi muammoni tahlil qiladi va
jumboqni o‗zi yechishga urinib ko‗radi.
419
Kristi asarlarida eng ko‗p uchraydigan element voqea oxiri keskin burilish
bilan tugashidir, ya`ni jinoyat sodir etishda eng kam gumondor bo‗lgan shaxs,
aynan qotil bo ‗lib chiqadi. Qotil jinoyat qurolini, sababini, jinoyat qilishga bo‗lgan
imkoniyatini yoki uchalasini ham yashirishga urinadi.
Kristi asarlari o‗zining o‗zgarib turuvchi sahnalari bilan mashur bo‗lib, unda
izquvar barcha gumondorlarni birgalikda yig‗adi va sirning qanday ochilganligi
haqida so‗zlab beradi. Qarabsizki, kuchli bosim ostida qolgan asl aybdor o‗z
qilmishini tan oladi. Sir ochilgunga qadar uni e‘lon qilish uzundan –uzoq
muhokamalar va izquvarning mantiqiy muhokamalari bilan kechadi. Bu aslida
sun‘iy reja, ammo atrofga bezovtalikni yoyish va o‗quvchining muammoga
bo‗lgan qiziqishini orttirish uchun bu ayni muddao.
Jeyn Marpl, (aksariyat hollarda Marpl Xonim), Agata Kristining o‗n ikki
detektiv romanida ishtirok etgan adabiy qahramondir. Marpl Xonim Santa Mery
Mid (St. Mary Mead) qishlog‗ida yashovchi va havaskor izquvarlik bilan
shug‗ullanuvchi yoshi keksayib qolgan qari qiz. U Kristining eng mashhur va ko‗p
marotaba katta ekranlarga chiqqan qahramonlaridan biridir.
Agata Kristi Marpl Xonim obrazini yaratishdagi ilhomni bir nechta
manbaalardan olganligini aytib o‗tadi: Marpl Xonim, deydi u: ―Men qizchaligimda
qishloqlarda ko‗rgan, buvimning Iling (Ealing) lik munkayib qolgan dugonalari –
qari xonimlarga o‗xshaydi‖. Kristi, shuningdek, qahramon obrazini o‗z badiiy
asari, ―Rojer Ekroydning qotilligi‖ (―The Murder of Rodgar Ackroyd‖) dagi
qariqiz Kerolin Sheppard (Caroline Sheppard) qahramonidan ham olgan. Maykl
Morton (Michael Morton) ―Rojer Ekroyd‖ ni sahnalashtirayotgan paytda Kerolin
obrazini olib tashlaydi va uni yosh qiz bilan almashtiradi. Bu o‗zgarish Kristini
ranjitadi va shu orqali Marpl Xonim ―dunyoga keladi‖.
Marpl Xonim murakkab jinoyatlarni faqatgina o‗tkir zehni orqaligina emas,
balki umri davomida Santa Mery Midda ko ‗rgan insonlarning son – sanoqsiz
illatlarini kuzatganligi orqali ham fosh eta oladi. Hech bir jinoyat Marpl
Xonimning hayoti davomida ko‗rgan – kechirgan voqealarini parallel ravishda
eslatmay qolmaydi. Marpl Xonimning tanishlari uning Santa Mery Middagi
odamlar va voqealar haqidagi shaxsiy mulohazalaridan zerikishgan, ammo aynan
shu mulohazalar odatda Marpl Xonimga jinoyatning tabiatini chuqurroq anglashga
yordam beradi. Yoqimtoy va nozikkina yoshi ulug‗ ayol bo ‗lishiga qaramasdan, u
mayitlardan cho‗chimaydi va hamma narsadan qo‗rqmaydi. Unda oddiygina
gaplardan ham kerakli ma`lumotni topa bilish va shu zahotiyoq uni bo‗layotgan
voqealarga bog‗lab tahlil eta olishdek ajoyib qobiliyat mavjud. 1940 – yilda Kristi
Marpl Xonim haqidagi qator asarlarga xulosa yasovchi sifatida, ―Uyqudagi
Qotillik‖ (―Sleeping Murder‖) romanini yaratadi. Kristi agar u Blitzda
o‗ldirilgudek bo‗lsa, asarni saqlab qolish maqsadida bank arxiviga qulflab qo‗yadi.
Roman 1976 – yildagi muallifning o‗limidan keyin tez orada emas, balki
yaratilganidan o‗ttiz olti yil o‗tgach, ilk bora chop etiladi.
Marpl Xonim ba‘zan tortinchoq yoki ―ishonchsiz‖ bo‗lib ko‗rinadi, ammo
fursat turli sirlarni ochishga kelganda, u o‗tkir mantiqiy fikrga ega va inson
tabiatidagi zaiflik, kuchlilik, zehnlilik va uquvsizlik kabilarni anglashda unga teng
420
keladigani topilmaydi. Aksar detektiv asarlardagidek, u ―professional‖ mahalliy
politsiyachilar chala tashlab ketgan jinoyatlarni fosh etib, ularni uyatga qo ‗yadi.
Xulosa qilib aytadigan bo‗lsak, Ingliz adabiyotining detektiv janrida ijod
qilgan mashhur ayol yozuvchi Agata Kristining asarlarini o‗qir ekanmiz, voqealar
kitobxonni ham o‗sha takrorlanmas mo‗jizalarga yetaklab, asar qahramonlari bilan
birdek azob chekishga olib boradi. Bu yozuvchi voqealarni mohirona
tasvirlaganidan dalolat beradi. Balkim shuning uchun Agata Kristi asarlari juda
ko‗p tillarga tarjima qilinib, kitobxonlar tomonidan sevilib o‗qib kelinmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Fiona Kelleghan.100 Masters of Mystery and Detective Fiction. V- 1,
Salem Press, Inc. California. 2005.
2. Ronald Carter and John Mc Rae. The Routledge History of Literature in
English. London and New York. 2005.
Do'stlaringiz bilan baham: |