arman,
deb tarjima qilingan. Ikki misrada ham forscha-
turkiy so‗z deyilgan
arzu
so‗zi qo‗llangan. Arab tilidagi
kana
yuklamasiga forscha-
turkiy so‗z
goya, lakanna
yuklamasiga esa
lekin
so‗zi keltirilgan. Haqiqatan,
armon
so‗zi izohli lug‗atda
kuchli istak, orzu
ma`nolarini beruvchi leksema sifatida
izohlanadi[8].
Zamirlar (olmoshlar)da keltirilgan so‗zlar tarkibida kishilik, ko‗rsatish, o‗zlik,
so‗roq, belgilash olmoshlari bilan bir qatorda, bog‗lovchilar (
lǝkin
), ko‗makchilar
(
kǝyin, kabi
), modal so‗zlar (
yoq, shoyadki
), olmosh va ravishlar bilan hosil
bo‗lgan so‗z birikmalari (
bul xatun, kӧp erlӓr, anday er
) hamda olmosh bo‗lmagan
boshqa so‗z turkumlari (
arzu, goya, oxshash, emӓs
) ham kiritilgan. Turkiy deb
izohlangan leksemalar:
sӓn, siz, ul (ol), anlar, sӓngӓ, aңa, alarga sizg„a, mӓn (f-t),
biz, mӓңӓ, bizg„a, aniң chun, bura, anda, ano„ңlan, ano„ң ÿzrӓ, ano„ң saro„,
andan, shoyadki, arzu (f-t), arman, goya (f-t), shundag„, lǝkin (f-t), munda, unda,
nǝchӓ, nǝchÿk, shul orunda, qachan, qayan, nǝ, kim, kӓbi, oxshash, aydǝk, emdi,
yoqsa, barcha, qamu, so„ra, hargiz (f-t), song, ӧzgӓ, bӧlӓk, nǝdan, kimӓrsӓ,
nimӓrsӓ, dash, yana, dugul, yamӓs, yoq, nimӓ, sӧңra, keyin.
Ikkinchi fasl دادع
―
A'dàd
(
sonlar)"
ga bag‗ishlanadi.
«Ismi a'dàd»
da keltirilgan
sonlar 21 tani tashkil etadi:
bir, iki, ÿch, tӧrt, bǝsh, alto„, yeti, sӓkiz, toquz, on,
yigirmӓ, otuz, qo„rq, elik, altmo„sh, yetmish, sӓksan, toqsan, yÿz, ming,
yarim.
Hozirgi o‗zbek adabiy tilida 23 ta son faol qo‗llaniladi. Demak, «Lug‗oti
salos»da 23 ta sonning uchtasi berilmagan, bular:
nol, million, milliard
.
Asarning sonlarga atalgan fasli quyidagicha boshlanadi:
یکچ َوید نساٌس یًرلاددع
ع
ف
ت
ع
ف
ت
زب ردکی دحاو ید
یکیا ود ىاٌثا
Adadlӓrni sanasam demӓ chakki,
a f t a f t
De vàhid yakdur bir, asnàn dӯ iki.
Ushbu ikki misraning birinchi misrasi turkiy tilda yozilgan bo‗lib, unda sonlar
haqida gap ketayotgani aniq. Ikkinchi misrada esa lug‗at qismi aksini topgan.
Uchinchi fasl ملاک ردصه»
Masdar-i kalàm»
deb nomlangan. Fe‘llarning hozirgi
lug‗atlarda bo‗lgani kabi infinitiv shakli asos qilib olingan:
dǝmӓk, aytmӓk,
so„g„o„nmӓk, ӧqÿnmӓk, uqumaq, olturmaq, tik turmӓk, kӧrmӓk, suqmaq, urmaq,
yurmaq, qachmaq, ishlӓmӓk, tartmaq, chǝkmӓk, yaratmaq, soramaq, qararmaq,
kÿlmӓk, yo„g„lamaq, ishanmaq, yashurmӓk, chaqo„rmӓk, esnӓmӓk, tatmaq,
eshitmӓk, qaynamaq, püshÿrmӓk, supurmaq, kǝsmӓk, eshmàk, yonalmaq, satub
almaq, satmaq, istӓmӓk, kǝlmaq, yǝtmӓk, erishmӓk, emmӓk, yǝmӓk, ichmӓk.
Shu o‗rinda, XVIII asrda Fazlulloh barlos tomonidan yaratilgan ―Lug‗ati
turkiy‖ asari ustida ilmiy ish olib borgan A.Ubaydullayev ―Lug‗ati turkiy‖ning
leksikografik tadqiqi‖ nomli dissertatsiyasida asardagi leksemalarni ―Kishi holati
431
bilan bog‗liq leksemalar‖, ―Yirtqich hayvon nomi‖, ―Davlatchilik, amal, mansab
va kasb-hunarni bildirgan so‗zlar‖, ―Ot minish va unga aloqador so‗zlar‖, ―Uy
hayvonlari nomi ular bilan bog‗liq tushunchalar‖ kabi mazmuniy guruhlarga
ajratgan[9]. Bundan bilishimiz mumkinki, ideografik lug‗atlarnituzishda ma`lum
an`analargarioya qilingan.
―Lug‗oti salos‖dagi ko‗p leksemalar ot so‗z turkumiga mansub. Ularning
asosiy qismi hozirgi kungacha o‗z shaklini o‗zgartirmay yetib kelgan, lekin
so‗zlarning fonetik o‗zgarishlarga uchragan o‗rinlari ham mavjud.
―Lug‗oti salos‖ xotima qism –
kolofon
bilan tugallanadi. ―Kolofon – kotibning
qo‗lyozma so‗ngida keltirilgan ma`lumotnomasi. Unda kitob muallifi (ba‘zan),
kotib, buyurtmachi (ba‘zan), ko‗chirilish sanasi, sababi (ba‘zan) berilishi
mumkin‖[10]. Ushbu lug‗at asarning kolofonida ham asar muallifi ismi, ya`ni
Salohiddinxo‗ja bin Alovuddin va kitobning hijriy 1327yil rajab oyining 23da,
milodiy 1909 yilning 24 avgust chorshanba kuni nashr qilingani haqida yozilgan.
Asar kolofonining mavjudligi ham asarning lug‗atshunoslikka oid ahamiyatini
yanada oshiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‗zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasiga Murojaatnomasi. Xalq
so‗zi. – T.: 2017 yil 23 dekabr, № 258.
2. G‗aniyeva S., Sodiqov Q. Yozuv tarixi va kitobat sanati. – T.: 2013.– B.
49.
3. Islomov Z. Mahmud Zamaxshariyning ―Muqaddimat-ul-adab‖ asarining
qo‗lyozma manbalari va arabcha-turkiy fe‘llar so‗zligining yig‗ma ilmiy-tanqidiy
matni: Filol. fan. dok. diss. – T.: 1998. – B. 79.
4. Islomov Z. Mahmud Zamaxshariyning ―Muqaddimatu-l-adab‖ asarining
qo‗lyozma manbalari va arabcha-turkiy fe‘llar so‗zligining yig‗ma ilmiy-tanqidiy
matni: Filol. fan. dok. diss. – T.: 1998. – B. 18.
5. Mahamadaliyev X. ―G‗iyos al-lug‗at‖ va undagi turkiy qatlam: Filol. fan.
dok. diss. – T.: 1998. – B. 27.
6. O‗zbek tilining izohli lug‗ati. – T.: 2002. – B. 464.
7. O‗zbek tilining izohli lug‗ati. 1-jild. –T.: O‗zbekiston milliy
entsiklopediyasi, 2006. – B. 99.
8. Ubaydullayev A. ―Lug‗ati turkiy‖ ning leksikografik tadqiqi: Filol. fan.
dok. diss. – T.: 2011.
9.
Hasaniy
M.,
Habibullayev
A.
Adabiy
manbashunoslik
va
matnshunoslikning nazariy masalalari. – T.: 2012. – B. 123.
Do'stlaringiz bilan baham: |