davomida maktublarga juda ko‗p murojaat qiladi. Maktublar epistolyar nutqning
―Epistole‖ – grekcha so‗z bo‗lib, «insho qilish, yozish» degan ma`noni
bildiradi. Epistol yarusul asar qahramonining kimgadir yo‗llagan maktubi bo‗lib, u
suhbatdoshiga g‗oyibona murojaat shaklida yoziladi. M.Baxtin ta`kidlashicha,
bo‗lib, yozma murojaat shaklida bayon etiladi. Maktublar qahramonning ichki
435
ahamiyat kasb etadi. Quyida Julqunboyning Moskovdan yo‗llagan turkum xatlarini
tahlil qilish orqali fikrimizni oydinlashtiramiz:
Abdulla Qodiriy ―Maskov xatlari I‖ maktubida savdo masalasida
Moskvaga borgan va tandoshlarining nomaqbul ishlarbilan mashg‗ul bo‗lib
yurganligini o‗ziga xos tarzda tasvirlaydi: ―
...undan bunga sovdo-sotiq uchun kelib,
qayoqdagi tuturuqsiz shipingpocha go„zallardan shattaeb, Maskov ko„chalarida
chalang„lashib yurgan kamer santakalarimizning hayotidan yozaymi
‖. [2, 247].
―Maskov xatlari II‖ mantiqiy ravishda birinchi maktubning davomi bo‗lib, birinchi
xatda ko‗tarilgan muammolarni davom ettiradi. Ayniqsa, u yerda mehmon bo‗lib,
o‗zini musofir sanab, ―qo‗ltug‗idag‗I jajmandekkina bir xotun‖ni olib kechki
sayrga chiqqan ―hamvatan‖lariga qarata: ―
Ey, o„qug„an besh vaqt namozing
jigaringdan ursun-dedim va davom etdim: - Ey, tutkan ro„zang, o„girgan tasbehing
muchchangdan ursun -dedim
‖. Bunda yachchiq kinoya, kesatiqlar adibni va
tandoshlari qilmishidan nafratlanishini ko‗rsatib turibdi. Bundan tashqari shahar
ko‗chasini to‗ldirib yurgan, Turkiston bayonlari, ularning o‗zlarini tutishi ham
xatda juda go‗zal, aniq, haqqoniy tasvirlab berilgan [3, 251].
Bundan ko‗rinib turibdiki, birinchi va ikkinchi maktublar yangi sharoitga
moslashish, yangi odamlarni o‗rganish va kuzatish samarasidir. Aynan, birinchi
bo‗lib ko‗zga ―g‗alati‖ ko‗ringan va qiynagan voqealargina qalamga olingan.
Qodiriy buholni keyingi maktublarida hamdavom ettiradi.
―Maskov xatlari III‖ da esa asosan Turkiston o‗lkasida nashr etilayotgan va
Chor Rossiyasi bo‗ylab tarqalgan matbuot nashrlari qalamga olinadi. Adib
―Turkiston‖ gazetasini ―ag‗darish-to‗ntarish‖ qilib, gazetaning 327-sonida
Elbekning ―Tekin xo‗rlarg‗a‖ degan she`riga ko‗zi tushadi:
Talab olmoq sizlarga ko‗bdan qolma odatdir,
Ammo talab eguvchi , bizcha, yolg‗izbiritdir.
Kimki talab tep-tekin esa, bilgil, haromdir,
Haromnida yeguvchi yana yolg‗iz biritdir.
―Elbekning yolqinliq bu xitobiga qarshi talaguvchi tilidan‖ Abdulla Qodiriy
shunday parodiya yozadi:
So‗ksang so‗kkil, ursangurgil, yolg‗iz saning itingman,
Kirliktaningga kirgan bo‗rdoqidek bitingman.
Harom tanga harom bit, avatiga chavati,
Qichinmangiz, sapchimang, tinchroqturing, birso‗ray! [4, 252].
Bunda zaharxanda piching bilan yozilgan maktub orqali yozuvch ishorasiz
xalqning og‗ir ahvoli va tekin yemakdan qorni qappayib ketgan rahbarlarni ayovsiz
tanqid qiladi.
―Maskov xatlari IV‖ turkum maktublarida bir necha muammolar o‗ziga xos
tasvirlash usulidan foydalanib o‗rtaga tashlanadi. Moskvadagi Buxoro bilim yurti
bilan bog‗liq masalalarga to‗xtaladi:
–Bular qayerda tug„ilg„an bolalar, Buxorodami, Moskvadami?
–Buxoroda.
–Qachon kelganlar?
–Yo„rgaklarida.
436
–Nima qilmakchilar?
–O„qimoqchilar.
–Onalari ham birgami?- dedim va oyog„im ostida chuvalashib yotqan
bolalarni aldab suldab chetlagach, ilgari yurdim. Eshik oldig„a yotishim bilan shu
orada o„lturgan yetti-sakkiz taqiz birdan tovushlarini qo„yib, “Yig„lama yorim”ni
kuylab yubordilar”
[5, 261].
To‗rtinchi xati orqali Julqunboy o‗qish uchun kelgan vatandoshlarini bosh
mavzu qilib oladi va ularning ―ona suti og‗zidan‖ ketmaganligini, bu holatda bilim
olishi o‗ta mushkul ekanligini tasvirlaydi. Uni qiynagan bu dardlar beshinchi xatda
ham davom etadi.
―Maskov xatlari V‖ turkumidagi maktubda Moskvaga ko‗chib borib,
pochtada tunu-kun pul kutayotgan och bolalar holati quyidagicha tasvirlanadi:
―
Ha, aytgandek, shu kecha kunduzla bolalaringizning ovqat va jhidan ahvollari
juda tang bo„lib, ko„b umrlari Turk predsedatelingizning eshigida o„ta boshladi
‖.
Bu tasvirlar orqali Abdulla Qodiriy o‗qishga kelgan bolalarning umri behuda
o‗tayotganligidan tashvishga tushadi va pul jo‗natishning o‗ziga xos usulini taklif
etadi:
“Ha, deya uch-to„rt qanor paxta-maxtadan sotib bo„lsa ham shular ingizni
tinchitib qo„ying, dada! Paxta pishib qoldi-ku, axir!”
[6, 264].
Xulosa qilib aytganda, Abdulla Qodiriy maktublari orqali o‗z davrining
muhim masalalarini yoritadi. Yuqoridagi turkum maktublar orqali ijodkor
shaxsiyati namoyon bo‗ladi. Adib shaxsiyati tom ma`noda aynan ana shu xatlarida
bo‗y ko‗rsatadi. Bu maktublarda adib hayot voqealarini oddiy qayd etib
qolmasdan, adabiyotning asosiy quroli hayotni bilish va unga ta`sir etishning
o‗ziga xos vositasi sifatida obrazlilikdan ham keng foydalanadi.
Julqunboy ijodidagi maktublar orqali adibning iste`dodi, zabardastligi,
o‗tkir mushohada, teran aql egasi, badiiy saviyasi yuksak ekanligi, kuzatuvchan,
vijdonli, iymonli, insonparvarligi, o‗z ona tilining bilimdoni ekanligini anglaymiz.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Solijonov Y. XX asrning 80-90-yillari o‗zbek nasrida badiiy nutq
poetikasi. F.f.d.diss. – T.: 2002. – B.292.
2.Qodiriy A. Diyoribakr. – T.: Info Capital Group nashriyoti, 2018. – B. 576.
Do'stlaringiz bilan baham: