TA`LIM JARAYONIDA LINGVOPOETIK BIRLIKLAR
SEMANTIK-STILISTIK ASPEKTLARINING SAMARALI TARJIMASINI
SHAKLLANTIRISH USULLARI
Ro„zixon USMONOVA,
o„qituvchi (CHDPI)
Frazeologik birlik (FB)lar tilshunoslikda frazeologizm, frazeologik yoki
turg‗un ibora, frazeologik birikma va ibora kabi bir nechta nomlar bilan ataladi [1,
270].
Ilgari tilshunoslikda frazeologiya qatlami leksikologiyaning kichik bir
bo‗limi sanalib kelinardi. Keyingi yillarda uning ustida olib borilgan ko‗plab ilmiy
izlanishlar va ulardagi turli yangilik jihatlari frazeologiya tilshunoslikning alohida
bir qismi sifatida qaralishiga olib keldi. Chunki uning tilda miqdori jihatidan ham,
ma`nodorligi jihatidan ham juda keng ekanligi e`tiborga molikdir [2, 44].
Har bir tilda erkin muloqotda bo‗lish va shu tilda ishlatiladigan hamma
nozik ma`nolarni tushunish uchun shu tilning frazeologik lug‗ati bilan yaqindan
tanish bo‗lish kerak. Biror bir tilning yoki o‗sha tilda gaplashuvchi xalqning til
boyligi – uning bo‗yoqdor, serjilo leksikasining, frazeologiya qatlamining boyligi
bilan ham o‗lchanadi.
Frazeologiyaning yana bir asosiy tomoni, bu frazeologik birikmalarning bir
tildan ikkinchi tilga so‗zma-so‗z tarjima qilinmasligidir, chunki frazelogizmlarning
ma`nosi birikma orasida ishtirok etuvchi so‗zlarning birlamchi ma`nosiga bog‗liq
emas. Shuning uchun ham tilshunoslikda frantsuz tili frazeologizmlarini o‗zbek
tiliga tarjima qilish masalasi murakkab masalalardan sanaladi. Masalan, biror asar
mazmunini boyitishda, personajlar nutqining obrazli va individual bo‗lishini
ta‘minlashda frazeologizmlardan foydalaniladi. Ularni o‗zbek tiliga o‗girish
alohida lingvistik tayyorgarlikni talab qiladi.
Ko‗pincha tarjimada frazeologizmlarning ma`nosi beriladi. Ammo tarjimada
asosiy muammo bir tildagi frazeologizmlarni boshqa tilga o‗girishda tarjima
qilinayotgan tilda ham frazeologizmlar orqali tarjima qilish, ya`ni tarjima
qilinayotgan tilda muqobil variantlarini topa olish tarjimondan bilim, qunt va
mahorat talab qiladi. Shunday ekan, frazeologizmlar tilda bir necha yuz yillardan
buyon mavjud bo‗lib, ko‗pgina iboralar og‗izdan-og‗izga ko‗chib, har bir milliy
tilning ravnaqi uchun muhim ahamiyat kasb etadi [3,4].
441
Frantsuz va o‗zbek tillaridagi frazeologik iboralar o‗zlarining turg‗unlik
darajasi, semantik birligi va tuzilishi bilan farqlanadi. Avvalo biz frantsuz tilida
mavjud bo‗lgan frazeologik iboralarni, ularning xarakterli xususiyatlarini chuqur
o‗rgangan shveytsariyalik tilshunos Sharl Ballining fikriga to‗xtalib o‗tamiz. U
hamma so‗z birikmalarini ularning o‗zaro qo‗shilish darajasiga ko‗ra ikki katta
guruhga, ya`ni erkin so‗z guruhlari va turg‗un so‗z guruhlariga ajratadi.
Asliyat matnida yozuvchilar o‗z asarlarini jonli, haqqoniy va qiziqarli tarzda
ifoda etishda frazeologik birliklardan juda sermahsul foydalanishadi. Shu o‗rinda,
biz buyuk frantsuz yozuvchisi O.de Balzakning ―Evgeniya Grande‖ va ―Gorio ota‖
romanlarida qo‗llanilgan frazeologik birliklarni tarjimada berilishi xususida fikr
yuritamiz.
– Voilà madame qui se remue; elle va faire son sabbat: faut que j‘y aille.
Vous veillerez au lait, Christophe, rapport au chat. (
Balzac. Le père Goriot, p. 48
).
– Nikakix xozyayka zavozilas, podnimet seychas gam, nado idti. Kristof,
posteregi-ka moloko ot koshki. (
Balzak. Otets Gorio, str. 262
)
– Beka uyg‗ondi shekilli? Hozir uyni boshiga ko‗taradi, men boray. Kristof
qarab tur sutga mushuk tegib ketmasin. (
Balzak.Gorio ota, str.41
)
Mazkur misolda
faire
fe‘li
son sabbat
so‗zi bilan qo‗shilib FB hosil qilyapti.
Bu birikmaning
Shovqin-suron solmoq, g„alayon ko„tarmoq
degan ma`nolari ham
bor, lekin aynan
uyni boshiga ko„tarmoq
deb tarjima qilinishi turg‗unlikni
ta‘minlab bergan.
Tarjimashunoslik va lingvomamlakatshunoslik sohalarida asosiy lisoniy
leksik birliklardan biri realiyalar hisoblanadi. Tillar orasidagi tafovut odatda bir
xalq moddiy hayotida mavjud muayyan tushunchalar, voqea-hodisalar, urf-odatlar,
milliy an`analarning boshqa xalqlar turmush tarzida uchramasligi, shu tufayli
ularning nomlari ham boshqa xalqlar tilida tabiiy ravishda yo‗qligi bilan izohlanar
ekan, xalqlar turmush tushunchalarini anglatadigan so‗zlar, shubhasiz, badiiy,
tarixiy yodgorliklarning milliy bo‗yog‗ini va ularning o‗ziga xosligini ifodalaydi.
Ma`lum bir millat mentaliteti yohud milliyligini o‗zida aks ettiradigan
hamda muayyan davrga xos bo‗lgan moddiy-ma`naviy manbalarni ifoda etuvchi
so‗z yoki so‗z birikmalari realiya deb ataladi. Har bir millatga xos bo‗lgan bunday
realiyalarning ifodasi badiiy asar tarjimasida to‗laqonli aks etishidagi katta bir
to‗sqinlik – bu faqat o‗sha millatga xos bo‗lgan koloritni ifodalovchi jihatdir.
Har bitta yaratilgan asar – bu millatning ko‗zgusi. Chunki ushbu asarda
aynan shu millat mentaliteti, ma`naviy turmush tarzi, urf-odat va milliy an`analari,
tarixi, dini, adabiyoti, san`ati, geografik joy nomlari va shu kabi barcha milliy
xoslik, bir so‗z bilan aytganda – milliy kolorit bilan sug‗orilgan bo‗ladi.
Badiiy adabiyotning asosiy materiali so‗z ekan, demak, badiiy tarjimada
ham faqat lisoniy ashyolar – so‗zlar bilan bog‗liq kolorit o‗rganilmog‗i kerak.
G‗.Salomovning ushbu fikri tarjimonlar oldiga yanada ulkan ma‘suliyatni qo‗yadi.
Endi tarjimon asliyat asari tegishli bo‗lgan millatni har tomonlama o‗rganmog‗i
kerak bo‗ladi.
Realiya-so‗zlarni tarjima qilish tarjimashunoslikning eng muammoli, shu
bilan birga sermahsul sohalaridan biri hisoblanadi. Xos so‗zlar, ya`ni realiyalar
442
tarjimasida eng avvalo ularning muayyan matnlarda ifodalanib kelayotgan axborot
jihati va uslubiy vazifalarni aniqlash, keyin esa tarjima tilida ularga mos shu til
me‘yoriga xos lisoniy vositalarni tanlashga to‗g‗ri keladi. Realiyalar tarjimasi
oddiy leksik birliklardan tubdan farq qiladi, ularni tarjima qilishda transliteratsiya
va transkriptsiya usulidan foydalanib, ularning etimologiyasi va izohlari
lingvomamlakatshunoslik nuqtai nazaridan talqin qilinadi. Realiyalarni tarjima
qilayotgan matnda qo‗llash bir tomondan, asl nusxani qo‗llanilishiga, boshqa
tomondan esa matn mazmunini ochib berishda tarjimon qanday vositalardan
foydalanayotganligiga bog‗liqdir.
Mashhur frantsuz realist yozuvchisi Onore de Balzakning bilvosita rus
tilidan o‗zbek tiliga tarjima qilingan «Gorio ota» hamda ―Evgeniya Grande‖
romanlaridagi ba`zi bir milliy koloritdagi so‗zlarning tarjimada berilishi xususida
fikr yuritamiz.
Frantsiya janubidagi chekka qishloqlarning biridan kelib, endigina kiborlar
davrasiga qadam qo‗yayotgan, kelgusi burjua jamiyatining vakili Ejen Rastinyak
bir kuni qarindoshi vikontessa de Bosean xonimnikiga ballga boradi. Shu balda u
g‗oyatda latofatli va malohatli grafinya Anastazi de Resto bilan tanishadi. Ertasi
kuniyoq u go‗zal xonim bilan uchrashuv belgilaydi. Nihoyat, Rastinyak g‗oyatda
bashang kiyinib, shirin xayollar og‗ushida grafinya huzuriga yo‗l oladi. Ejen
kiyimlariga chang yuqtirmaslik uchun nihoyatda ehtiyotkorlik bilan yurib
bormasin, baribir kiyimlari chang bo‗ladi. U shimi bilan etigini tozalarkan,
shunday deydi:
―
Si j‘étais riche, se dit-il en changeant une pièce de cent sous qu‘il avait
prise
en cas de malheur,
je serais allé en voiture, j‘aurais pu penser à mon aise.
(
Balzac. Le père Goriot, p. 63
)
― «Bud ya bogat, ― razmo‗shlyal Ejen, razmenival monetu v sto su,
vzyatuyu
na krayniy sluchay,
―
exal bo‗ ya sebe v karete i mog bo‗ dumat na
svobode». (
Balzak. Otets Gorio, str. 51
)
― Boy bo‗lganimda, ― derdi o‗ziga o‗zi, har ehtimolga qarshi cho‗ntagiga
solib olgan yuz so‗mlik
pulini maydalatarkan, ― karetada yurib, bamaylixotir
xayol surgan bo‗lardim. (
Balzak. Gorio ota, str. 56-57
)
Asliyatdagi
sous
Do'stlaringiz bilan baham: |