3. Umumiy o‘rta ta’lim
0 ‘rta ta’limning muddati 11 yil bo‘lib, 0 ‘zbekiston Respub-
likasida ta’limning majburiy turi hisoblanadi. 11 yillik majburiy
o‘rta ta iim “Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi”, “Bola
huquqlari Konvensiyasi”, 0 ‘zbekiston Respublikasining Konstitut-
siyasi, “T aiim to‘g‘risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliv
dasturi”.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7
fevraldagi “0 ‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yi-
cha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni, “Yoshlarga oid
davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun, va YUNESKOning uzluksiz
taiim ga doir tavsiyalariga muvofiq tarzda amalga oshiriladi,
11 yillik majburiy o‘rta ta iim tizimi oldiga qo‘yiladigan ijti
moiy buyurtma va talablardan kelib chiqqan holda, 11 yillik maj
buriy o‘rta ta iim muassasalari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi
meyoriy-huquqiy hujjatlar ishlab chiqiladi va muntazam takomil-
lashtiriladi.
11 yillik majburiy o‘rta ta’limning asosiy maqsadi - shaxsning
har tomonlama rivojlanishini ta’minlash, muntazam rivojlanuvchi
ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda o‘zining ijodiy quvvatlarini namo
yon qila oladigan yoshlami shakllantirish, o‘zining shaxsiy hayotiy
manfaatlari kabi jamiyat manfaatlari yoiida ham xizmat qila
oladigan, chunonchi, o‘zbek xalqining an’analarini davom ettiradi-
gan, fan, madaniyat, texnika hamda texnologiyalami rivojlantira
oladigan, avlodlaming tarixiy uzviyligini mustahkamlaydigan
yoshlami tarbiyalab yetishtirishdan iborat.
11 yillik majburiy o ‘rta ta iim maktablarining mavjud ijtimoiy
sharoitdagi vazifaiari:
a) o‘quvchilaming jismoniy salomatligini muhofaza qiladigan,
ma’naviy jihatdan boy, yuksak axloqiy, bilimli, o‘zi va boshqa
xalqlaming an’analari va madaniyatini hurmat qiladigan shaxslami
tarbiyalaydigan maktab hayotining yangi sohasini shakllantirish;
b) o‘quvchilarda fuqarolik, fidoyilik, inson erki va huquqlarini
hurmat qilish, o‘zi va jamiyat oldida mas’uliyatni his qilish ko‘nik-
malarini tarbiyalash;
41
d) o'quvchilarda yaxlit tarzdagi ilmiy dunyoqarash, ekologik
madaniyatni shakllantirish;
e) о ‘quvchilar va o ‘qituvchilaming ochiq axborot maydon-
lariga chiqishlari uchun qulay imkoniyatlar yaratish;
f) o ‘quvchilarning bilish qiziqishlari, ijodiy layoqatlari, umum-
o ‘quv ko‘nikmalari, mustaqil bilim olish malakalari, o‘zlarini
namoyon qilish imkonini beradigan faoliyat tajribalarini har
tomonlama rivojlantirishdan iborat.
Mazkur maqsad va vazifalami amalga oshirish uchun:
a) o‘quvchilaming to‘laqonli rivojlanishlari uchun qulay
pedagogik, psixologik shart-sharoitlami yaratish;
b) fan, madaniyat, iqtisodiyot, texnika, texnologiyalaming
taraqqiyoti bilan bog‘liq holda 11 yillik majburiy o‘rta ta’lim maz-
munini muntazam yangilash;
d) ta’limning madaniyat bilan yo‘g‘rilganligiga muntazam tarz-
da e ’tibor qaratish asosida uning shaxs m a’naviy olamining shakl-
lanishini ta’minlash;
e) o‘quvchilaming ijtimoiy o‘zgarishlarga moslashishlariga
erishish, natijada o‘quvchilarda barqaror mayllar shakllanib, shaxs
ning shaxsiy muvaffaqiyatlari bilan bir qatorda ijtimoiy taraqqi-
yotni ham ta’minlanadi;
f) o‘quvchilarda ilmiy bilimlar tizimini shakllantirish, ulami
amaliy faoliyatning turli ko‘rinishlarida qo‘llay olish ko‘nikmalari-
ni hosil qilish;
g) 11 yillik majburiy o‘rta ta’lim tizimining uzviyligini rivoj
lantirish, uning darajalari va bosqichlari orasidagi uzviylikni
ta ’minlash;
h) o‘qituvchilarning innovatsion faoliyatini qo‘llab-quvvatlash;
i) o‘quv dasturlarining ko‘p variantliligiga erishish orqali
ta’limni tabaqalashtirish va individuallashtirish;
j) o‘quvchilarning salomatligi va hayotini muhofaza qilish;
к) о‘quv jarayonini axborotlashtirish va kompyuterlashtirish, ax
borot va telekommunikatsiyalaming yangi vositalarini o‘zlashtirish;
e) masofadan turib o‘qitish tizimini rivojlantirish;
m) iqtidorli o‘quvchi-yoshlar bilan ishlash tizimini takomil-
lashtirish;
42
n) imkoniyati cheklangan o‘quvchilar bilan ishlash tarmoqlari
va ta iim muassasalari faoliyatini yangi sifat bosqichiga ko‘tarish,
pedagogik-psixologik korreksiyalash bilan b ogiiq chora-tadbir-
lami amalga oshirish talab qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: