Kemiruvchilar sonini nazorat qilish va materiallarni kemiruvchilar zararidan himoyalash.
Materiallarni kemiruvchilar zararidan bevosita himoya qilish yetarli darajada ishlab chiqilmagan, chunki kemiruvchilarning zararlash faoliyati turli-tumandir. Mavjud kurash usullari kemiruvchilar umumiy sonini va ularning zararini kamaytirishga mopljallangan boplib, bu opz navbatida material va inshootlarni zararlanish extimolini kamaytiradi. Bu boplimda zamonaviy deratizatsiyada qabul qilingan kemiruvchilarga qarshi kurash tizimi va kurash usullari topg’risida mahlumotlar keltiriladi.
Kemiruvchilarga qarshi kurashdan asosiy maqsad-mahlum bir obhektlarda, inshootlarda, aholi punktlarida va h. ularni sonini qisqartirish yoki zararkunandalarni topliq qirib yopqotishdan iboratdir. Tadbirlar ikki yopnalishda amalga oshiriladi: kemiruvchilar optishini oldini olishni tahminlaydigan umumiy proflaktik choralar va kimyoviy, mexanik va biologik kurash usullarini qopllab, qirish choralarini amalga oshirish. Yuqori natija olish uchun barcha tadbirlar sistematik ravishda optqazilishi kerak. Kurash yutug’i ushbu sharoitda yuqori samarali vositalarni tanlash va undan topg’ri foydalanishga bevosita bog’liq. Ishni dastlab kemiruvchilarni boshpanadan, oziqadan va obhektga yoki binoga suqilib kirishdan mahrum qiladigan proflaktik tadbirlardan boshlash kerak. SHahar va boshqa aholi punktlarida bunga mos ravishda kemiruvchilarni binolarga (ayniqsa skladlarga) suqulib qirishini oldini oladigan sanitarproflaktik tadbirlarni amalga oshirish, aholi punktlarida sanitariya holatini yaxshilashga olib keladi. Atrof muhitning bunday opzgarishi kemiruvchilarni obhektlarga joylashib olinishlariga va u yerda doimiy yashashiga topsqinlik qiladi.
Qishloq xopjaligida kemiruvchilarning zararini kamaytirishda, agrotexnika qoidalariga qathiy amal qilish, hosilni opz vaqtida yig’ishtirib olish, don, sabzavot saqlanadigan binolarning holatini yaxshi tutish, yahni bularni barchasi kemiruvchilar yashash va oziqlanish sharoitini yomonlashtiradi. SHaroitning yomonlashuvi kemiruvchilar koppayish intensivligini pasaytirishga va ular sonining qisqarishiga olib keladi. Kemiruvchilarga qarshi opz vaqtida kurash choralarini optqazish maqsadida, ularning sonini hisobga olish va bashorot qilish usullari ishlab chiqilgan boplib, bu usullar kemiruvchilar ehtimoli boplgan sonini va yaqin mavsum yoki yil davomida qishloq xopjalik ekinlariga extimoli boplgan zararni aniqlashga yordam beradi.
Kurash choralarini topg’ri tashkil qilish uchun zararkunanda turlarining statsional tarqalish qonunlari va ular dinamik sonini kurash optqaziladigan muddat va joylarni aniqlash muhimdir. SHunaqalarga kemiruvchilarning yashash statsiyasi –Landshaft uchastkasi, yahni turning normal hayot kechirishi sharoiti hisoblanadi. Turg’unlik yillari kemiruvchilar faqat yashash statsiyalaridagini saqlanib, shu yerdan atrofdagi qulay sharoitga tarqaladilar. SHuni hisobga olgan holda, kemiruvchilar sonining pastligi va ular yashash statsiyasida yig’ilgan davrda, ayniqsa erta bahorda, koppayyuvchi zotlarning miqdori kam boplganda kurash choralarini amalga oshirish maqsadga muvoffiqdir. Bunday ishlarni, kemiruvchilar sonini muntazam ravishda nazorat qila borib, sistemali ravishda olib borish talab etildi. Bunday sharoitda kemiruvchilar “manzilgohlarini” va ulardan “yashash statsiyalarni” alohida ajratib kartografiya qilinadi. SHu asosda proflaktika choralarini optqazish kemiruvchilar sonini past miqdorda saqlab turish imkonini beradi (2-sxema)
2-sxema. Obhektlarni kemiruvchilardan himoya qilish yuzasidan optqaziladigan tadbirlar tizimi.
Qishloq va shaharlarda sinantrop kemiruvchilarga qarshi kurash shu printsipda tuzilishi kerak. Yoppasiga ishlovlardan keyin, kemiruvchilar soni kamayishi bilan, ularga qarshi kurashni sistemali ravishda muntazam davom ettirish zarur, aks holda kemiruvchilardan tozalangan obhektlarga, ular qayta oprnashib olishi mumkin.
Hozirgi davrda kemiruvchilarga qarshi yetakchi kurash vositasi sifatida kimyoviy vositalar qopllanib, ular opz navbatida yuqori samaralidirlar. Kemiruvchilarga qarshi qopllanilayotgan zaxarlar tahsir etish xususiyatiga kopra optkir va kumulyativ preparartlarga boplinadi. Optkir tahsir etuvchi zaxarlardan, ayniqsa tarkibida ftorli birikmalar (ftoratsetat natriy, ftoratsetamid, fonoftorin va b.) va fosforganik birikmalar (fosfid tsink, gliftor) keng qopllaniladi. Kumulyativ tahsirdagi zaharlardan –antikoigulyanlar-kumarin (varfarin, zookumarin) va indodion (ratidan, fentolatsin va b.) asosida yaratilgandirlar. Antikoagulyantlarning paydo boplishi kemiruvchilarga qarshi qirib yopqotish samaradorligini oshirdi. Mutaxasislarning fikricha bunday preparatlar butun shaharlar, hatto oblast miqyosida kemiruvchilarni (jumladan, kalamushlarni) bartaraf qilishi mumkin. Kemiruvchilar bu zaharlarni yem xoprakdan farqlay olmaydi va uni bajonidil istemol qiladi. SHu bilan bir qatorda mahlum boplishicha turli mamlakatlarda kemiruvchilarning antikoagulyatlarga barqaror populyatsiyalari mavjudligi qayd qilingan. Varfaringa nisbatan kulrang va qora kalamushlarning, uy sichqonlari va boshqa turlarning rezistentlik hosil qilganligi aniqlangan. Bunday hodisa genetik faktorlar bilan bog’liq.
Optkir zaharlar asosida tayyorlangan yem-xopraklardan foydalanilganda kemiruvchilarda ehtiyotkorlik hosil boplib va ular zaharli (har qanday) yem-xopraklarni istemol qilishdan bosh tortadi. Yem-xopraklar tayyorlashda subletal dozada zaxar qopllanilganda bu hol yuz beradi. SHuningdek boshqa ayrim zaharlar (krisid, ftoratsetamid) ga ham oprganish yuzaga keladi va kemiruvchilarning organizmi bunday preparatlarga sezuvchanligi pasayadi.
Kemiruvchilardan xoli boplgan obhektlarni uzoq muddatli zaharlash tochkalaridan-ftorotsetat natriyli yoki fosfid tsinkli antikoagulyatlar asosida tayyorlangan quruq oziqali zaharli yem-xopraklar joylangan yashiklardan foydalanish obektlarni yaxshi himoya qiladi. Qirib yopqotishdan keyin uzoq muddatli zaharlash tochkalaridan foydalanish Germaniyaning 450 aholi punktlarida kulrang kalamushni amalda yopqotishga muvoffaq boplindi. Riga Saratov, Tula shaharlarida ham bir muncha muvoffaqiyatga erishildi. Uzoq muddatli zaharli tochkalardan turli maqsaddagi skladlarda, sabzavot va don saqlanadigan omblorxonalarda, chorvachilik komplekslarida foydalanish ham yaxshi natija beradi.
Izolyatsiyalangan sklad binolarida, dengiz va daryo kemalarida, temir yopl vagonlarida va alohida hollarda, samalyotlarda kemiruvchilarni qirib yopqotish uchun gazsimon moddalardan: oltingugurt dioksidi, oksid va karbon oksid, xlorpikrin, tsianid kislotasi va metil bromid preparatlaridan foydalaniladi. Yumronqoziqlar va qumsichqonlarga qarshi ularning inlari xlorpikrin, metil bromid, tsianplav, chiqindi gazlar bilan ishlanadi.
Kemiruvchilarning generativ sistemasiga tahsir qilib, ular populyatsiyalarida koppayish surhatini pasaytiradigan xemosterilyatlar- moddalardan foydalanish istiqbolidir.
Koppchilik mamlakatlarda himoyalanadigan obhektlarni kemiruvchilardan chopchitish maqsadida repellentlar-moddalarni izlashda jiddiy ehtibor qaratilgan. Tadqiqotlarga kopra bu maqsad uchun katta miqdordagi, turli klassga tegishli birikmalar: xlordan, dieldrin, aldrin, dimetilditiokarbamin kislotalari tuzlari, qalay va qoprg’oshin organik birikmalar taklif etilgan. Ammo bu vositalarning koppchiligi repellentlik xususiyatga ega boplmaganligi yoki kuchli toksik tahsiri tufayli amalda qopllashga yaramaydi. Bular orasidan qalay organik birikma istiqbolli vosita sifatida AQSHda bopyoqlar tarkibiga, karton idishlar tayyorlanadigan qog’oz massasiga, opsimliklarni himoya qilishda, ularni bopyash uchun tavsiya etilgan (mevali daraxtlarni).
Repellentlarni izlash- murakkab vazifadir. Repellentlar sifatida tavsiya etiladigan moddalar quyidagi talablarga javob berishi kerak: toksik tahsirga ega boplmasligi, materiallarga shimdirilganda chopchitadigan xususiyatlarini yopqotmasligi, materialning xususiyatini opzgartirmasligi va tashqi muhit sharoitida opzgarmasligi kerak. Repellentlarning tahsir etishi yetarlicha oprganilmagan. Bu esa opz navbatida yangi moddalar izlanishini qiyinlashtirib, kimyogarlar, texnologlar va biologlarni birgalikda kompleks ish olib borishlarini talab qiladi.
Keyingi vaqtlarda koppchilik chet el mamlakatlarida yuqori chastotali (YuCH) tovush va ulgptratovishlardan foydalangan holda fizik usullar yordamidan inshoatlarni kemiruvchilardan himoya qilishda keng reklama qilinmoqda. Ammo tadqiqotlar shuni koprsatadiki qisqa muddatli ijobiy samaradan keyin kemiruvchilarning bu usullarga moslashuvi va ularni chopchitish samarasi yopqolishini koprsatadi.
Muammoning muhimligini hisobga olgan holda kabellarni kemiruvchilardan himoya qilish masalasi ustida bir oz tophtalishga topg’ri keladi. CHunki barcha mamlakatlarda bu masalaga jiddiy ehtibor beriladi. Kimyoviy ximoyalash kabellar yoki ular qoplamalari tarkibiga (plastmassa yoki rezina) chopchituvchi tahsir etuvchi moddalar singdirish bilan amalga oshiriladi. Bu sohada Bio Met 12 va R – 55 (tretbutilsulgpfenildimetil ditikarbamat) qalay organik birikmasidan foydalanish ijobiy natija bergan. Bu repellentlarni kabelgp qobig’i sirtiga kiritish ham tuproqni R-55 repllenti suvemulgpson eritmasi bilan ishlash kabelni uzoq muddatda (tajribada 2,5 yil ) zararlanishdan saqlagan. (Ilhichev i.dr., 1987)
Mexanik himoyada bronlangan kabelgpning sirti poplat yoki mis lenta bilan qoplanadi va ruhlangan poplat sim toprdan foydalaniladi kabelgpni yotqizishda tirqishlarga kemiruvchilarni kirishga yopl qopymaslik uchun kabelgp yotqizuvchilar kabelgp usti tuprog’ini zichlovchi moslamadan foydalanadilar.
Trassa yotqiziladigan xududlarda kemiruvchilarning tarqalishi, ularning miqdoriy soni tur tarkibi va b., hisobiga olish muhimdir. Koppchilik kemiruvchilarning hayot kechiruvchi oprmonchopl, chopl, yarim-sahro va sahrolarda kabellarni 0,7-1,2 m chuqurlikda yotqizish potentsial xavfli hisoblanadi. (Turov, SHilova, 1973).
Materiallarni kemiruvchilar zararidan himoya qilish masalasini hal qilish kompleks tadqiqotlarni amalga oshirishni talab qilib, natijada turli obhekt va inshootlarni himoya qilish tizimini ishlab chiqishni taqozo qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |