Mollyuskalar (Mullusca) doimo dengiz va chuchuk suv qoplamalarida uchraydi, birinchidan bu ikki pallali (Bivalvia) mollyuskalari sinfi turlaridir. Boshka guruhlar, masalan qorinoyoqlilar (Gastropoda) sinfi turlari ham ayrim vaqtda qoplamalar orasida uchraydi.
Ikki pallali mollyuskalardan koplamalar xosil kilishda barcha mollyuskalar katnasha olmaydi, fakat qaysilari jismlarga yopisha oladiganlarigina qatnasha oladilar. Oprta Osiyoda va xususan Opzbekistonning shimolida bunday ikki pallali mollyuskalarga dreyssenalar (Dreissenidae oilasi) turlari misol bopla oladi.
Ikki pallali mollyuskalar bilan qoplamalar hosil boplishi tez rivojlanuvchi (suv optlari, gidroidlar, mshankalar va boshqalar) organizmlardan sopng boshlanadi, yahni mollyuskalar ularning ustiga yopishadi. Mollyuskalar kopp yillik qoplamalar orasida mavjud bopladi. U vaqtda qalin, to 10 sm gacha va undan ortiq qoplamalar hosil bopladi, ular 80-90 kg/m2 qadar biomassa berishi mumkin.
Bissus iplari bilan yopishuvchi mollyuskalar, suvning juda tez oqimli joylarini egallay olmaydilar, shu sababli ular turbinalarning orqaroq qismida joylashadi.
Ikki pallali chuchuk suv mollyuskalari (masalan, Dreissena) rivojlanishida oddiy suvda qalqib yuruvchi lichinka pallasida veliger pag’onasini optaydilar.
Lichinkalar ayrim vaqt suvda qalqib yuradi, sopngra yassiroq substratga – hayvon yoki opsimlik organizmlari oprnashgan tub narsaga yopishadi. Ikki pallali mollyuskalar juda asta-sekin opsadi. Va shu sababli qoplamalarning oxirgi pallasida kopp bopladi. CHunki, ikki pallali mollyuskalarning lichinkalari juda hayotchan va shuning uchun ham bir xil hosilalar hosil qiladi.
Oprta Osiyo va xususan Opzbekiston hududi suvlarida, dengiz sathidan 600 metrdan pastda Sirdaryoning Tojikiston, Opzbekiston va Qozog’iston maydonlaridan oqib optadigan joylarda qurilgan gidroelektro stantsiyalarining: Farhod, CHorvoq, Tojikistondagi-Qayroqqum (Opzbekistonda yuqoridagilardan tashqari - Andijon, Angren, Qoprg’on, Irtish, Yangi Angren, CHirchiq-Bopzsuv kaskadi (4 rasm) suv omborlari mavjud). (p.Musaev, I. Musaev, 2006) elektro turbinalarda ikki pallali mollyuskalarning korbikulidlar (Corbiculidae) oilasining turlaridan Corbiculina ferghanensis va C. tibetensis lar uchraydi. Birinchisi ikkinchisiga qaraganda son jihatidan juda kopproqdir. Bu ikki tur mollyuskalari tuxum qopyish yopli bilan koppayadilar. (Izzatullaev, 1980, 1987).
Sirdaryoning Orol dengiziga quyilish joyida va Orol dengizida (Dreissenidae) oilasining Dreissena polymorpha aralensis, D.p.obtusicarinata lar uchraydi. Bu yerda ham birinchi kenja tur soni jihatidan ikkinchisidan koppdir.
Amudaryoning quyi oqimida Tuyamuyin GES turbinalarida esa korbikulidlardan: Corbicula sor, S. purpurea (5 rasm) uchraydilar, oxirgi tur soni jihatidan bir oz ortiqdir. Bu mollyuskalar tirik tug’uvchilar, yahni tuxum ichida bolali boplib, sopngra uni suvga tashlaydi (Izzatullaev, 2003). Mabodo dreyssenalar turbinalarga bissus iplari bilan yopishib qoplamalar hosil qilsalar, korbikulidlar turbinalar ichidagi loylarda saqlanadi va ularning ishiga halaqit beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |