Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус


Kemiruvchilar bilan material va inshootlarning zararlanishi



Download 5,76 Mb.
bet88/123
Sana14.07.2021
Hajmi5,76 Mb.
#118941
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   123
Bog'liq
BIOZARARLANISH

Kemiruvchilar bilan material va inshootlarning zararlanishi.
Inson tomonidan atrof-muhitni turli maqsadlarda: yangi xududlarni opzlashtirish yopl va sug’orish tarmoqlarini, turli xopjalik obhektlarini qurish kemiruvchilarning materiallar, buyumlar va inshootlarni zararlash faoliyatini shakllantiradi. Zararlanishni faollashtirishda halq xopjaligida katta miqdordagi sintetik materiallardan keng foydalanish ham opz tahsirini koprsatdi.

Materiallarni zararlashda, tirik organizmlar orasida, kemiruvchilar alohida oprin tutib, asosan zararlash noozuqa xususiyatga ega va bu ularning kemirish faolligi bilan bog’liq. Kemiruvchilar orasida materiallarni zararlaydigan ixtisoslashgan turlari yopq. Amalda ularning barchasi potentsial zararlidirlar.

Insonning xopjalik faoliyati tufayli sinantrop turlarning tarqalishi, yashash sharoitining opzgarishi, ularning inson bilan bog’liqligining va uni oprab turgan muhit bilan ishlab chiqarishni kuchayishi kemiruvchilarni yangi biotoplarini egallashiga olib keldi. Jumladan, yashash sharoitining opzgarishi, mahalliy turlar tomonidan inson inshootlarini egallab shartli yoki qisman sinantropga aylanishiga olib keladi. Masalan kulrang og’maxon junubda Ashxabat, Bishkek, Yerevan singari shaharlarda odamlarning xonadon va xopjalik binolarida uchraydi, hattoki uy sichqonlari bilan kopp qavvatli binolarga ham oprnashib, ayrimda ularning soni sichqonlar sonidan oshib ketadi.

Turar joy va xopjalik binolariga boshqa turlarni: oprmon va dalasichqonlari, oddiy va malla sichqonlari, qizildum va qirrali qumsichqonlar va boshqalarni oprnashib olganligi ham qayd qilingan. Kannalar qurilishi va sug’oriladigan dehqonchilikning rivojlanishi qurg’oqchilik xududlaridan namsevar turlarni: oddiy va suv dalasichqonlari, dalasichqonlar, ondatralar va kulrang kalamushni sug’oriladigan hududlarga kirib kelishiga imkon tug’diradi. Oxirgi vaqtlarda chorvachilik komplekslari, yuk tushirish va ortish bazalari va h. qurilishi kulrang kalamush arealining sezilarli darajada kengayishiga olib keldi.

Kemiruvchilar oziqaga qadar yetib borguncha mahsulot joylangan tara va upakovaklarni zararlaydi, omborxona, sklad, don saqlanadigan, chorvachilik binolarining pol va devorlarini kemiradi. Oziqa mahsulotlaridan tashqari kemiruvchilar skladlardagi mato, teri, oyoq kiyimlari, platmassa, mebelgp va boshqalarni ishdan chiqaradi. Kemiruvchilar tomonidan vodoprovod qoprg’oshin trubalari va alhyumin buyumlarni zararlanish hollari ham kuzatilgan. Turar joylarda va boshqa binolarda kemiruvchilar in qurish uchun qog’oz, latta, penoplast, izolyatsiya materiallari, rezina va hlardan foydalanadilar. Kemiruvchilar kabellar va elektr optqazgich simlarni zararlashi natijasida halokatga, aloqani va poezdlar harakatini izdan chiqarishga, yong’in va odamlarni qurbon boplishi singari katta talofotlarga olib keladi. D.Drammondning (1971) fikricha kemiruvchilar kabellarni zararlashi tufayli AQSH da 20% yong’inlarga sabab bopladi. Kabellarni kemiruvchilar bilan zararlanish sabablari topg’risida unchalik mahlumot yopq. Kabellar yotqazishda yerni qazish yoki ular tishini qayrash maqsadida kabellarni zararlash ehtimoli boplsa kerak deb taxmin qilinadi. Undan tashqari kemiruvchilarning harakatlanishiga kabelgp topsqinlik qilgani uchun ham uni kemirishi mukin.

Zararlashdan tashqari kemiruvchilar junli buyumlarni, material va mahsulotlarni ekskriment va siydigi bilan ifloslaydi. Kalamushlar qurilish materiallarini, jumladan metall qoplamali panellarni va penopolirentlar isitkichlarini zararlashi tufayli ularning teploizolyatsiyalash xususiyatini yopqotishga olib keladi. Kemiruvchilar penoplastning 30-40% xajmiga qadar teploizolyatsiya qavatini kemiradi.

Kemirish koppincha hayvonning kovlash faoliyati bilan bog’liq bopladi. Kanallar qirg’oqlaridagi qoplama plitalar orqasiga, topg’on va dambalarga kemiruvchilar oprnashib olib, tepaliklarga in kovlaydi, koppincha suv sathidan pastroqda yopllar quradi. Bu opz navbatida suvning sizishini kuchaytiradi, tuproq uyumlarini yemirilishiga, topg’onlarni oppirilishiga va hatto toshqinlarga olib kelishi mumkin. G’arbiy Yevropada irrigatsiya inshootlariga andatra jiddiy zarar keltiradi. Opzbekiston va qopshni mamlakatlarda sug’orish shaxobchalariga plastinka tishli kalamush va qumsichqonlar zarar beradilar.

Ayrim hollarda zararlash bilvosita ham boplishi mumkin. Masalan, kemiruvchilar skladlarda saqlanayotgan omborlar sirtidagi germitik plenkalarni zararlashi tufayli ularni ishdan chiqishiga sabab bopladi. Oziqa mahsulotlari upakovkasini buzmoq, mahsulotni yopq qilish bilan birga uni ifloslashga va buzishiga olib keladi. Kalamushlar chorvachilik binolariga oprnashib devorlar va polni kemirib koppdan-kopp tuynuklar ochadi. Bunday binolarda chorva mollarining oyoqlari pol teshiklariga tushishi natijasida ularning oyoqlari sinadi. Bu bilvosita zararni hamma vaqt ham pul bilan baholab boplmaydi. Zararlanish oprnini bosa olmaydigan alohida optkir qopshimcha muammo kelib chiqadi.

Tabiiy sharoitda materiallarning zararlanishi turli sabablarga kopra yuzaga kelishi mumkin (1 sxema).

Kemiruvchilar ularni oziqa yopliga, suvga, boshpana yoki in kovlashda g’ov boplganda zararlashi mumkin. Bunday zararlanishlarga taralar, vodoprovod qoprg’oshin trubasi, qurilishda qopllanadigan plintuslar, yer ostiga yotqazilgan yoki binodagi kabellarni koprsatish mukin. In qurishda foydalaniladigan turli-tuman materiallar ham zararlanishga sabab boplishi mumkin. Kemiruvchilar in qurish uchun, odatda yaqinida boplgan qog’oz, mato, namat, plenka va b. foydalanishi mumkin.

Kalamush (pasyuklar) oprnashib olgan temir yopl koptarmalari ochib koprilganda, ularning inida opsimlik materiallaridan tashqari qog’oz, axlatdan yig’ilgan popiros va gugurt quttisi, latta parchalari qayd qilingan (Ilgpichev i dr., 1987). Eksperiment sharoitlarda pasyuklar in qurishda odatdan tashqari materiallardan foydalanadi. Jumladan, gopsht saqlangan sovutgichda joylasha olgan kalamushlar nimtalanmagan gopshtning payidan va gopsht pardasidan in yasagan. Tajribada kemiruvchilar in qurish
1-sxema. Kemirish foaliyatining koprsatkich shakllari.

*) po V.D. Ilhichevu i dr. (1987)


Kemiruvchilar in qurish materiallari sifatida qog’oz va matodan tashqari sim izolyatsiyalari, rezina, turli penoplastlar, ingichki simdan foydalanadilar. In qurish bilan bog’liq boplgan tabiiy zararlanish materiallari yetishmaganda yoki boplmaganda kemirish kuchayadi, ayniqsa urg’ochilarning urchishi davrida, xuddi shunday xolat homilali urg’ochilarda ham, yahni ularning kemirish faoliyatining kuchayishi kuzatiladi.

Tekshirish hulq-atvori ham materiallarni zararlashga olib kelishi mumkin. Mahlumki qafasda yoki kemiruvilar topplangan tabiiy biotoplarda yangi obhektlar paydo boplganda ularni tekshirish faoliyatini kuchaytirib, obhektni zararlashga olib kelishi mumkin. Biror-bir buyumni xuddi shunday, birorta kemiruvchi zoti kemira boshlasa, boshqalarining ham kemirish faoliyatini kuchaytiradi.

Atrof muhit bilan faol tanishgan yosh hayvonchalar tarqalish davrida, ularning kemirish xususiyati keskin kuchayadi. Oziqa zaxirasi yig’ish davrida barcha kemiruvchilarda shunday umumiy faollik kuchayadi. Bunday davrda turli obhektlarning zararlanishi oshadi.

SHuningdek tashqi muhit tahsirida ham kemiruvchilarning kemirish xusuiyati kuchayishi mumkin. Bunday holda material va obhektlarning zararlanishi ularning aralash fehl-atvori tufayli yuzaga keladi. Bunday agressiv vaziyat, ayniqsa kemiruvchilar sonining keskin koptarilishi natijasida populyatsiyalar strukturasining buzilishi va oziqa hamda boshpana konkurentligi kuchayganda kuzatish mumkin. Tadqiqotlar shuni koprsatganki hayvonchalarni bir qafasdan ikkinchisiga, keng qafasdan bir muncha tor qafasga, mos juftlarini bir-biridan ajratib va uning oprniga tanish boplmagan boshqasini qopyish ularni tanishish fehl-atvorini faollashtirib va kemirish faoliyatini keskin opsishiga ham olib keladi (Ilhichevi dr., 1987).

Nooziqa buyumlarni zararlashning yana bir sabablaridan biri-kurak tishlarining doimiy ravishda charxlab turish ehtiyojidir. G.Vettsel (1927) mahlumotiga kopra bir hafta ichida kulrang kalamushning yuqori kesuvchi kurak tishlari 2,4 mm, ostkilari-3,45 mm opsadi. Hayvonchalarda tishlarning bunday intensiv opsishi kurak tishlarni charxlab turish ehtiyojini tug’diradi.

Kemiruvchilar tomonidan turli material va inshootlar zararlanishining asosini yuqorida sanab optilgan sabablarning birgalikdagi yig’indisi tashkil qiladi. Ularning qaysi biri asosiy ekanligini aytish qiyin.



Download 5,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish