5-MAVZU. XIZMATLARNI GLOBALLASHUVI. XIZMAT KO‘RSATISH SERVIS TIZIMI SIFATIDA Reja: 1.Xizmatlarni xalqaro savdosi. 2.Nima uchun servis tashkilotlari globallashtirish yo‘lidan bormoqda? 3.Xizmat biznesi sohasida global atrof-muhit. Globallashuv shakllari. 4.Servis tashkiloti tizim sifatida. Servis operatsiyalari va xizmatlarni taqdim etish tizimi. 5.Xizmatlar marketingi tizimi. Xizmat ko‘rsatishda yuzaga keladigan muammolar.
1.Xizmatlarni xalqaro savdosi Servisni, xususan uni ijtimoiy va madaniy turlarini rivojlantirishda, jamiyat to'liq tijoratlashtirishni va davlat tomonidan ma'muriy majburlashni chetlab o'tishiga harakat qiladi. Hukumatni davlat va regional organlariga servis biznesini iste'molchi va ishlab chiqaruvchilarini bozor jarayonlarida teng imkoniyatli ishtirokini ta'minlovchi ijtimoiy – huquqiy mexanizmlarini rivojlantirish imkoniyati yuklatiladi. Bunday mexnanizmlar turli resurslarni foydali va zarar bilan ishlovchi servis faoliyati segmentlari o'rtasida, past narxlari ishlab chiqarish xarajatlarini qoplay olmaydigan tijorat strukturalariga (turar – joy, komunal xo'jaligi, transport darsliklarni nashr etish va sotish va boshqalar) subsidiya ajratish yo'li bilan qayta taqsimlash imkonini beradi.
Monopolizm zarar keltiruvchi joylarda (savdo, umumiy ovqatlanish va boshqalar) yo'qotiladi, jamiyat uchun muhim bo'lgan monopol strukturalar (elektroenergetika kompaniyalari, transportchilar xizmatlari va boshqalar) esa qo'llab – quvvatlab turiladi. Ko'pgina mamlakatlarda davlat iste'molchi uchun tekin jamiyat xizmatlarini bajaruvchi notijorat tashkilotlari (oliygohlar, tibbiy sog'lomlashtirish markazlari, madaniy tashkilotlar ishi) faoliyatiga faol aralashadi.
2.Nima uchun servis tashkilotlari globallashtirish yo‘lidan bormoqda? Hozirgi zamonaviy xizmatlar o'zgarayotgan hayot sharoitiga nisbatan egiluvchan bo'lib, iste'molchilar so'roviga elastik moslashish strategiyasiga ega. Bunga bu sohadagi biznesni quyidagi xususiyatlari ko'maklashadi:
- kapital va investisiyani yuqori aylanuvchanlik tezligi;
- nisbatan qisqa ishlab chiqarish sikllari;
- yangi ishni tashkillashtirish uchun unchalik ko'p bo'lmagan boshlang'ich kapitalni zarurligi;
- servisni ko'pgina sohalaridagi biznesni nisbatan yuqori foydaliligi.
Hozirda servis faoliyati nafaqat birinchi va ikkinchi sektorlarda paydo bo'layotgan ko'pgina innovasiyalarni moslashtirib oladi va balkim iqtisodiy va ijtimoiy amaliyotni barcha sohalarini faollashtiruvchi innovasiyalarni ishlab chiqaruvchisi ham hisoblanadi.
XX asrni 60-yillaridan keyin tadbirkorlik tarmoqlari keng rivojlana boshladi. Firmalararo tadbirkorlik tarmoqlari deganda, ma'lum sonli mustaqil firmalar o'rtasidagi munosabatlar to'plami tushuniladi, ular shu firmalar tomonidan ishlab chiqiladi va ularga o'z biznesini umumiy jihatlarini o'ziga xos tarzda rostlash imkonini beradi. Bunda firmalararo bog'liqlik, bu firmalarni bir butun integrallashgan tashkilotga birlashuvidan va o'z faoliyatini xaotik muvofiqlashtirishdan farq qiladi. Bu tarmoqlarda shu davlatda amal qilayotgan qonunlarga asoslangan ko'pgina ichki qoidalar va erkin holda qabul qilingan majburiyatlar ishlab chiqiladi.
Tarmoqga birlashgan firmalar o'zaro kelishilgan holda raqobat jangini bir butun sohasi sifatida faoliyat yuritishi mumkin. Tarmoq sheriklarni ko'pgina faoliyat sohalarida erkinlik beradi va ayni shu vaqtda nazoratga ajratilgan xarajatlarni kamaytiradi. Tashkillashtirishni tarmoqli shakli turli resurslarni tejamkorona sarflanishiga olib keladi. Tarmoqlarga asoslangan tashkillashtirish shakliga o'tishda quyidagi omillar hisobga olinadi:
- nou – xau va tashkiliy egiluvchanlikga bo'lgan yuqori talab;
- bozor noananiqligini pasaytirish zaruriyati;
- yuqori texnologiyali sanoat bazasini rivojlantirish muhimligi;
- ijtimoiy va madaniy tipdagi turli tuman ishchilarni boshqarish zaruriyati.
Firmalararo tarmoqlarni quyidagi turlari mavjud:
- qo'shma korxona;
- franchayzing;
- konsorisium;
- komersiyali tijoratli kelishuv;
- subpodryadlar bo'yicha ishlar bajarish;
- personal tarmoqlar.
Tadbirkorlik tarmoqlariga qo'yidagi konstruktiv sifatlar xos:
- dinamizm – o'zgarayotgan vaziyatga moslasha olish;
- ko'p o'lchovlilik – turli faoliyat strategiyasi uchun muhit yaratish;
- yashovchanlik, tarmoqlarni uni bir qismi buzilganda ham o'z-o'zini rostlay olishi.
Zamonaviy iqtisodiy amaliyotda tadbirkorlik tarmoqlarini, intensiv rivojlanishi turli masshtabdagi mustaqil firmalarni yo'qolib ketishini anglatmaydi. Hozirgi paytda juda katta va katta servis korxonalari mayda biznes, jumladan juda mayda firmalar bilan birlashini afzal ko'rishadi.