Jismoniy va jismoniy plandagi ehtiyojlar. Ular odam organizmi strukturasiga shunchalik kuchli singib borganki, uni hayoti davomida kunlik qondirilishini talab qiladi. Bular harakatlanishga, tungi uyquga, ovqatlanishga, ichishga va boshqalarga bo'lgan ehtiyojlardir.
Jamiyat va yakka ehtiyojlar. Jamiyat ehtiyojlari katta odamlar guruhi umuman mamalkat aholisiga xosdir. Ular o'zini qondirilishi uchun o'ziga xos sharoitlarni talab qiladi. Ularni ko'pchiligini bir odam amalga oshiraolmaydi, ular faqat jamiyat faoliyati, davlat yoki mahalliy hokimiyat institutlari tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Harbiy xavfsizlikka, jamiyat tartibini saqlash, ijtimoiy ta'minotga bo'lgan ehtiyojlar jamiyat ehtiyojlari hisoblanadi.
Yakka ehtiyojlar shaxsiy, shuningdek o'z kombinasiyasiga ko'ra, aniq odamlarga xos bo'lgan iste'mol xususiyatlarni aks ettiradi. Ularni anchagina qismini individ mustaqil ravishda yoki xizmatlar sohasiga murojaat qilish orqali amalga oshiradi.
Ijtimoiy va madaniy ehtiyojlar. Ular turli tuman bo'lib, ko'pgina hollarda o'ta muhim hisoblanadi va odamlarni butun ongli hayotida yo'ldosh bo'ladi. Ularni xususiyati shundaki, tug'ma etiyojlardan farqli o'laroq, ko'pgina hollarda madaniy muhit ta'sirida shakllanadi va shaxsni ijtimioy statusi, ma'lumot darajasi va umumiy rivojlanishi bilan bog'liq. Shuning bilan birga ijtimioy madaniy ehtiyojlarni ma'lum qismi, masalan fiziologik ehtiyojlar kabi o'ta zarur emas. Bir qism ijtimoiy-madaniy ehtiyojlar ko'pgina hollarda boshqalarga taqlid qilish yoki ijtimioy muhitni maqsadli yo'naltirilganligi ta'siri sababli paydo bo'ladi. Xususan ko'p hollarda odam ijtimoiy informasiya, moda va reklama ta'siriga moyil. Servis faoliyati keng spektrdagi birlamchidan (jismoniy, fiziologik) tortib eng murakkab (bilish, ma'naviy rivojlanish) insoniy ehtiyojlarga hozir javob bo'ladi.
4.Xaridorlik o‘zini tutishga ta'sir etuvchi omillar
Boshqa davlatlar madaniyatlarida qadriyatlar va qaysi ehtiyojlar mantiqiy, qaysilari mantiqiy emasliklari bilan farqlanadi. Undan u yoki bu turdagi xizmatlar qadrliligi bog‘liq bo‘ladi. Jamiyatda xar doim servis faoliyatini rivojlantirish hamda qabul qilingan qadriyatlar tizimi (qonunlar, an'analar, ma'naviyat) va davlat xokimiyati tizimi bilan chuqur aloqalar mavjud bo‘lgan.
Servis xizmatlari, ehtiyojlar va ijtimoiy xayotning boshqa holatlari bilan o‘zaro aloqalarini quyidagicha umumlashtirish mumkin. Servis faoliyatining rivojlanishiga ta'sir qiluvchi omillar:
1. Insonning tabiat va jamiyat tomonidan shakllantirilgan qirralari;
2. Iqtisodiyotning rivojlanish darajasi va xo‘jalik tizimi;
3. Mavjud jamiyatda shakllangan ma'naviyat va madaniy ananalar;
4. Ijtimoiy strukturalar: davlat, siyosiy partiyalar.
Inson uchun u yoki bu turdagi servis faoliyatining ahamiyati shunga bog‘liqki, u qaysi ehtiyojlarni muhim deb hisoblaydi va uni birinchi navbatda qondirishga xarakat qiladi.
Jamiyatda insoniy ehtiyojlarni mavjud bo'lishi, shuningdek uni transformasiyasi ikkita muhim omillar bilan belgilanadi:
- odamni biotabiiy kelib chiqishini qayta ta'minlash zarurligi. Ushbu omilni ta'sirida odamlarga birlamchi ehtiyojlar xos bo'lib, ular o'rtasida odam uchun dolzarb bo'lgan tug'ma va o'zgarmas kabilari anchagina. Birlamchi ehtiyojlarga yashash muhiti xavfsizligini ta'minlash, ovqatlanish, ichish, dam olish, avlodni davom ettirish va boshqalar taaluqli.
- odamni ijtimoiy va ma'naviy-madaniy sifatlarini rivojlantirish muhimligi. Ushbu omil katta hajmdagi ikklamchi, shuningdek ijtimoiy va madaniy ehtiyojlarni yuzaga keltiradi. Bu ehtiyojlar odamlarni o'zini ijtimoiy munosabatlar subyektlari sifatida tiklashga intilishlari va dunyoni o'rganishni, o'zini ma'naviy mohiyatini rivojlantirishni, dam olishni hohlovchi fuqarolar bilan bog'liq. O'z mohiyatiga ko'ra, shakllanish mexanizmlariga ko'ra, bu ehtiyojlar ancha egiluvchan va dinamik hisoblanadi. Odam hayoti davomida ular ham intensiv, chuqur rivojlanishi, ham degradasiya qilinishi, so'nishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |