Њзбекистон республикаси олий ва њрта махсус таълим вазирлиги


Iste'molchilar tomonidan qaror qabul qilish jarayoni. Xizmatlar xarid qilishni o‘ziga xos jihatlari



Download 1,69 Mb.
bet20/121
Sana13.06.2022
Hajmi1,69 Mb.
#663270
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   121
Bog'liq
Servis faoliyati asoslari fanidan majmua

5.Iste'molchilar tomonidan qaror qabul qilish jarayoni. Xizmatlar xarid qilishni o‘ziga xos jihatlari
Moddiy va ijtimoiy-madaniy xizmatlar bir birini doimiy ravishda to‘ldiruvchi hisoblanadi. Ko‘pchilik holatlarda tovarlarni xarid qilishga xizmatlarni iste'mol qilish hamroh bo‘ladi. Masalan ommaviy ovqatlanish xizmatlarini iste'mol qilishda, iste'molchi tovar oladi. Ushbu tovarga oziq-ovqat mahsulotlari, oziq-ovqat mahsulotlarini iste'mol qiladigan joy, taomlar va ichimliklarni berish bo‘yicha xizmatlar, psixologik dam olish va hokozolar kiradi.
Iste'molchilarga xizmatlar ularga xizmat qilish jarayonida amalga oshiriladi. Xizmatlarni taqdim etish deganda, xizmatning bajarilishini ta'minlash uchun zarur bo‘lgan xizmat bajaruvchisining faoliyati tushiniladi. Xizmatlarni taqdim etish alohida bosqichlarga bo‘linadi. Ular jumlasiga zarur bo‘lgan resurslar bilan ta'minlash, bajarishning texnologik jarayoni, nazorat va baholash, xizmat ko‘rsatish jarayoni kiradi. SHunday qilib, xizmatlar iste'molchilar va uni amalga oshiruvchilar bilan chambarchas bog‘liq hisoblanadi. Xizmatning xayot davri bir necha bosqichlarga bo‘linadi:
- iste'molchilarga taklif etilayotgan xizmatlar bo‘yicha ma'lumot berish;
- xizmatga buyurtmani qabul qilish;
- xizmatni bajarish;
- xizmatni bajarish sifatini nazorat qilish;
- iste'molchi buyurtmasini berish.
Xizmatning iste'molchisi va bajaruvchisi o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar xizmat ko‘rsatish jarayonida sodir bo‘ladi. Ushbu o‘zaro aloqalarning tavsifi taqdim etilayotgan xizmatlarning shakliga bog‘liq bo‘ladi, bevosita va bilvositalarga bo‘linadi. Bevosita o‘zaro aloqalarda xizmatni bajaruvchi va uning iste'molchisi o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqa o‘rnatiladi. Bilvosita o‘zaro aloqalarda esa, aloqa vositachilar orqali yoki xizmatni bajaruvchisining yordamchi xodimlari yordamida amalga oshiriladi.
Faqat faktlarga asoslangan holda qarorlar qabul qilish. SUB tizimining qat'iy talabi - qabul qilinadigan barcha qarorlar qarorni qabul qiluvchi mutaxassisning intuitsiyasi yoki shaxsiy tajribasiga emas, balki faktlarga asoslanishi lozim.
Xalqaro tajriba sifatni yaxshilash bilan bog‘liq barcha loyihalarning 20-90% faqat bozorning holati haqidagi yanglish xulosaga asosan qabul qilingan korxona biznes-strategiyasi tufayli muvaffaqiyatsizlikka uchrashini ko‘rsatadi. Mazkur holat quyidagilar bilan izohlanishi mumkin:
- iste'molchilar amalda nimani xohlashlari va buning uchun ular qancha haq to‘lashga tayyor ekanliklari haqida mufassal ma'lumot mavjud emas. Qarorlar aniq raqamlarga asoslanmagan;
- korxonalar xizmatlar va mahsulotlar paydo bo‘lishidan oldingi davrda o‘z xizmatlari va mahsulotlari haqida etarli bilimga ega emas.
To‘g‘ri qaror qabul qilish statistik fikrlashni taqozo etadi. Uning asosiy talablari:
1. Mavhum g‘oyalarga emas, balki aniq faktlarga ko‘proq ishonish.
2. Faktlarni so‘zlar va emotsiyalar yordamida emas, balki o‘tkazilgan tadqiqotlar bilan bevosita bog‘liq miqdoriy shaklda ifodalash.
3. Kuzatishlar doim butunning qismi ustida olib borilishini va shu bois natijalar muayyan xato va kamchiliklarga ega bo‘lishini tushunish.
4. Ko‘p sonli va uzoq muddatli kuzatishlar natijasida ishonchli axborot beruvchi barqaror holatni aniqlash.
Statistik fikrlash muayyan statistik uslublarni bilish va amalda qo‘llay olishni nazarda tutadi. Mazkur uslublar statistika ma'lumotlarini to‘g‘ri talqin qilish imkonini beradi.



Download 1,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish