O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
“TASDIQLAYMAN”
O`quv ishlar bo`yicha prorektor
__________dots.S.U.Xodjaniyazov
“ _____” _________2020 yil
Turizm va mehmonhona xo'jaligini boshqarish kafedrasi
SERVIS FAOLIYATI ASOSLARI
fanidan
O`QUV - USLUBIY MAJMUA
Urganch - 2020
Fanning o‘quv-uslubiy majmuasi o'quv va ishchi o'quv reja hamda o'quv dasturiga muvofiq ishlab chiqilgan.
Tuzuvchi:
|
Matniyozov M.
Egamberdiyev.O
|
-
|
“Turizm va mehmonxona xo'jaligini boshqarish” kafedrasi o`qituvchisi
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Taqrizchi:
|
Xudayberganov D.T
|
-
|
“Turizm va mehmonxona xo'jaligini boshqarish” kafedrasi mudiri
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Fanning o‘quv-uslubiy majmuasi “Turizm va Mehmonxona xo'jaligini boshqarish” kafedrasining “___” __________ kungi __ sonli yig'ilishi muhokamasidan o'tkazilgan va fakultet Kengashida ko'rib chiqish uchun tavsiya etilgan.
Kafedra mudiri dots. Xudayberganov.D.T
Fanning o‘quv-uslubiy majmuasi “___” __________ kungi __ sonli fakultet Kengashida muhokamadan o'tkazilgan va tavsiya etilgan.
Fakultet dekani prof.I.S.Abdullayev
|
|
MUNDARIJA
t/r
|
Nomlar
|
Betlar
|
1
|
O'quv materiallar
|
|
2
|
Mustaqil ta'lim mashg'ulotlari
|
|
3
|
Glossariy
|
|
4
|
Ilovalar:
|
|
|
-fan dasturi
|
|
|
-ishchi fan dasturi
|
|
|
- tarqatma materiallar
|
|
|
- testlar
|
|
|
-ishchi fan dasturiga muvofiq baholash mezonlarini qo'llash bo'yicha uslubiy ko'rsatmalar
|
|
Mundarija
№
|
Mavzular nomi
|
|
|
Servis faoliyatini tushunchasi va moxiyati
|
|
|
Servis faoliyatini ahamiyati va rivojlanish istiqbollari
|
|
|
Zamonaviy jamiyatdagi servis faoliyati va xizmatlar
|
|
|
Servis faoliyatini qarama - qarshiliklari
|
|
|
Xizmat tavfsiflari
|
|
|
Xizmatlar qimmati
|
|
|
Mijozlar va ularni extiyojlari
|
|
|
Iste'molchi tomonidan qaror qabul qilish modeli
|
|
|
Xizmatlar bilan xalqaro savdo
|
|
|
Xizmat ko'rsatish servis tizimi sifatida
|
|
|
Iste'molchilarga aloqa zonasida xizmat ko'rsatish
|
|
|
Iste'molchilarga xizmat ko'rsatish shakl va usullari
|
|
|
Xizmat sifatini axamiyati
|
|
|
Xizmatlarni sifat ko'rsatkichlari
|
|
|
Xizmat sifatini modeli
|
|
|
Sifatni boshqarish
|
|
|
Xizmat sifatini oshirish
|
|
|
Raqobat ustunligini yaratish strategiyalari
|
|
|
Servis madaniyati
|
|
|
Xizmatlar va servis faoliyatini tasnifi
|
|
|
Restoranlarda mexmonlarni qabul qilishga bo'lgan talablar
|
|
|
Restoranlardagi servis xizmatchilari
|
|
|
Restoranlardagi servis tizimi
|
|
|
Restoranlardagi servis ko'rinishlari
|
|
|
Restoranlarda mexmonlar ishonchi
|
|
|
Barlardagi servis
|
|
|
Servis korxonasini tashkiliy tuzilmasi
|
|
|
Mexnat resurslarini boshqarish moxiyati
|
|
|
Xizmat soxasidagi xodimlar tiplari
|
|
|
Servis korxonasini ishlab chiqarish menejmenti xususiyatlari
|
|
|
Xizmatlarni pozitsiyalash va marketingi
|
|
|
Ish unumdorligi va servis korxonasi ishini baxolash
|
|
|
Xizmat ishlab chiqish va yaratishni sabablari
|
|
|
Xizmatlarni sifati va qimmatini ishlab chiqish
|
|
|
Xizmat ishlab chiqish tamoyillari
|
|
|
Ishlab chiqish jarayoni
|
|
|
Informatsion texnologiyalar. Informatsion tizimlar.
|
|
|
Xizmatlar soxasida texnologiyalarni foydalanish soxalari
|
|
|
Servis faoliyatini tushunchasi va moxiyati
|
|
|
Foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati
|
|
1-MAVZU. SERVIS FAOLIYATINI TUSHUNCHASI VA MOHIYATI. SERVIS FAOLIYATINI AHAMIYATI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI
Reja:
1.Xizmat nima? “Servis faoliyati”, “xizmat”, “xizmat iste'molchisi”, “xizmat bajaruvchisi”, “xizmat natijasi”, “xizmatlarni taqdim etish” va “xizmat ko‘rsatish” tushunchalarini mohiyati.
2.Fanning maqsadi va vazifalari.
3.Bizning iqtisodiyotimizni xizmatlar sektori.
4.Servis faoliyatini rivojlanish istiqbollari.
5.Servis faoliyatini mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi ahamiyati.
1.Xizmat nima? “Servis faoliyati”, “xizmat”, “xizmat iste'molchisi”, “xizmat bajaruvchisi”, “xizmat natijasi”, “xizmatlarni taqdim etish” va “xizmat ko‘rsatish” tushunchalarini mohiyati
Xizmat deganda avvalo mehnat mahsulotini tushunish lozim. Ushbu mahsulotning asosiy belgilanishi bo‘lib, insonlarning aniq talablarini qondirish hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda xizmat-bu insonlarning ehtiyoj va talablarini qondirishga qaratilgan faoliyatdir. Servis faoliyati deganda yakka tartibdagi xizmatlarni ko‘rsatish orqali insonlar talabini qondirishga yo‘naltirilgan faoliyat turini tushunish lozim. Ushbu turdagi faoliyat bilan turli xildagi tashkilotlar shug‘ullanadi. Ular jumlasiga yakka tartibdagi tadbirkorlar va turli mulk shakliga ega bo‘lgan servis korxonalari kiradi. Ular mehnatining natijasi bo‘lib xizmat hisoblanadi.
Xizmat iste'molchisi-bu shaxsiy ehtiyoj uchun xizmatni oluvchi, buyurtma beruvchi yoki uni olish va buyurtma berish niyatida bo‘lgan fuqorodir. Xizmatni bajaruvchi-iste'molchiga xizmat ko‘rsatuvchi korxona, tashkilot yoki tadbirkor. Xizmatning natijasi bo‘lib, tovarning iste'mol xususiyatlarini qayta tiklash (o‘zgartirish, saqlash), buyurtmaga binoan yangi mahsulot yaratish, iste'mol sharoitlarini yaratish, sog‘liqni, shaxsning ma'naviy va jismoniy rivojlanishini ta'minlash va boshqa bir qator muhim vazifalar hisoblanadi.
Servis” tushunchasi (ingliz tilida service – xizmat, xizmat qilish), ingliz tilidagi ma'noni, ya'ni “xizmat ko'rsatish, turli xizmatlarni taqdim etish”ni anglatadi. Shu bilan birgalikda “servis” so'zini ma'nosi bizni oxirgi o'n yilliklardagi iqtisodiy amaliyotimizda aniq mohiyatga ega bo'ldi. 70-80 yillarda bizni mamlakatimizda servis zamonaviy talablarga javob beruvchi, mashhur firmalarni texnik yangiliklari va qimmatbaho tovarlari hayotini uzaytirish bo'yicha xizmatlar ko'rsatuvchi korxonalarda ishlovchi malakali ishchilar tomonidan bajarilgan xizmatlar kompleksi bilan bog'lanar edi.
“Servis” tushunchasi bilan bir qatorda “xizmat” tushunchasi ham keng foydalanildiki, u boshqa kishiga foyda ne'mat yordam keltiruvchi harakatni anglatadi. Shunday qilib, servis faoliyati mohiyatini tushunish foyda, xizmat tushunchalari bilan bog'langan ekan. Umuman olganda, “xizmat” va “servis” tushunchalari bir xil ma'noga ega bo'lmoqda. Shu bilan birga ular zamonaviy xizmat ko'rsatish turini aks ettiruvchi “servis xizmati” so'z birikmasini ham hosil qilishi mumkin.
2.Fanning maqsadi va vazifalari
Xizmat sohasini rivojlantirish servis va xizmat ko‘rsatishni bandlikni oshirish va aholi daromadlarini ko‘paytirish, mahalliy byudjetlarni to‘ldirish manbai sifatidagi imkoniyatlaridan keng foydalanilishiga qaratilgan bo‘lishi lozim. 2016 yil 26 fevralda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xizmat sohasini 2016-2020 yillarga mo‘ljallangan rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi 55-sonli qarori qabul qilingan bo‘lib, unda xizmat sohasi korxonalari faoliyatini mutanosib rivojlantirish va diversifikatsiyalash maqsadida, taqdim etilayotgan xizmatlar raqobatbardoshligi va sifatini ta'minlash bo‘yicha qator chora-tadbirlar belgilangan. O‘zbekiston Respublikasida 2020 yilda 2015 yilga nisbatan jami xizmatlar hajmini 1,8 marotaba, jumladan yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmini 1,8 marotaba va savdo xizmatlari hajmini 1,6 marotaba oshirish nazarda tutilgan. 2020 yilda Respublika regionlarida qo‘shimcha ravishda 193 ta yangi parhez oshxonalarni yaratish, 200 ta umumiy ovqatlanish tashkilotlarida taomlarni buyurtma asosida etkazib berish xizmatlari tashkil etiladi.
“Servis faoliyati asoslari” fani o'z oldiga “Servis” va “Iqtisodiyot” ta'lim yo'nalishida ta'lim oluvchilarni fan asoslari bilan tanishtirishni maqsad qilib qo'yadi. Ushbu ma'ruzalar kursida servis faoliyati mohiyatini nazariy tushunilishi yoritiladi, uni tarixiy va zamonaviy amaliyoti kuzatiladi. Servis faoliyati mohiyatini tushunishda, “servis”, “xizmat” nazariy tushunchalarini ahamiyati katta. Ushbu ma'ruzada “Servis faoliyati asoslari” faniga tegishli bo‘lgan barcha mavzular bo‘yicha bakalavriat talabalariga takomillashgan Davlat ta'lim standartlari asosida yetkazilishi shart bo‘lgan minimum bilimlar va ko‘nikmalar to‘la qamrab olingan.
Fanning maqsadi - talabalarda servis faoliyati mohiyati, hozirgi zamon servis faoliyati xususiyatlari, servis foliyatidagi informatsion texnologiyalar, servis sohasdiagi tadbirkorlik va servis korxonasini boshqaruvi bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malaka shakllantirishdir.
Fanning asosiy vazifalari – talabalarni servis faoliyatini nazariy asoslari, servis xizmatlari tasnifi va asosiy turlarini tavsifi, servis xizmatlarini sifati, informatsion servis xususiyatlari, servis korxonasini boshqaruvi asoslari bilan tanishtirish hamda ularni iste'molchilarga xizmat ko‘rsatish etikasi va qoidalariga o‘rgatishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |