Texnogenli sivilizasiyani rivojlanishi sari odamni ichki inqirozi ro'y beradi.
Zamonaviy hayot tarzi oila, alohida inson hayot faoliyati uchun noqulay sharoitlar yaratadi. Ko'pgina odamlar psixologik zo'riqishlarni qiyin yengib o'tadi, texnogen muhitga moslasha olmaydi. Odam umumiy ma'naviy qiyofasini yo'qota boshlaydi, ularda oila, bolalarga bo'lgan ehtiyoj yo'qola boradi. Bunday odamlar sonini oshib borishi jamiyatda jinoyatlar sonini o'sishiga, ruhiy kasallar shuningdek, aroqxo'rlar, giyoxvandlar, ishsiz, uy-joysiz shaxslarni paydo bo'lishiga olib keladi.
4.Servis faoliyatini revolyusiyaga qadar, sobiq ittifoq va undan keyingi rivojlanish xususiyatlari
Bizni xo'jalik amaliyotimizdagi xizmatlar soxasi mustaqil tadbirkorlik soxasi sifatida G'arb davlatlariga nisbatan kechroq differensiasiya qilina boshladi. Iqtisodiyotda uni mustaqil mavqye sifatida shakllanishi bozor munosabatlarini taraqqiy etmaganligi, axolini yuqori bo'lmagan xayot darajasi, shuningdek odamlarni kundalik amaliyotga talabchanligini pastligi, oilaviy o'ziga ximat ko'rsatishni keng amaliyotiga olib kelgan kun kechirishni kamtarona maqsadlari sababli ortda qolmoqda edi.
Servisni rivojlanishida dvoryan (zodagonlar) toifasini ta'siri kuchli edi. 1861 yilgacha, krepostnoy (xuquqsiz dexqon) xuquqlarini bekor qilingunicha, dvoryanlar krepostnoy xizmatchilar mexnatidan keng foydalanishar edi. Shuning bilan birga, Petr davridan boshlab, boshqaruvchilar dvoryanlarni jamiyatda va oilaviy munosabatlarda g'arbiy Yevopa standartlarini saqlashga majbur etishar edi. Bu dvoryan muxitida barcha chet el narsalariga yangi rasmni (moda) tarqalishiga olib keldi. Zodagonlar uchun toshli aloxida uylar, bog'lar maxsus loyixalar bo'yicha qurila boshlandi. O'ziga to'q odamlarni uylari Yevopacha jixozlana boshlandi (stul, kreslo, katta ko'zgular, portretlar).
Zodagonlarga xizmat ko'rsatishda shaxsiy xizmatlar bo'yicha chet el mutaxassilari paydo bo'la boshladi (universitet ma'lumotida ega bo'lgan doktorlar, sartaroshlar va boshqalar). Eng qimat kiyimlar, poyafzal, parfyumeriya namunalari chet eldan olib kelinar edi. Bularni hammasi oliy sinf vakillari extiyojlarini qondirish jarayening rivojlanishi bir xil emasligidan dalolat beradi. Bir tomondan ular bu yo'nalishdagi an'analarni va maishiy udumlarni inkor etishsa, ikkinchi tomondan ularni hayot tarzi ijtimoiy o'zini tutish, sog'liqni saqlash, dam olish boshqalarni zamonaviy va samarali namunalarini taklif etar edi.
O'rta va past daromadli odamlarni hayotiy extiyojlarini qandirish an'anlar asosidagi o'z-o'ziga xizmat ko'rsatish xarakteriga ega edi. Agar odam kasal bo'lsa tabibga murojaat qilgan. Gigiyena doimiy ravishda hammomga qatnash orqali saqlangan. Ko'pgina shaharlarda jamiyat hammomlari mavjud bo'lgan. O'ziga to'q oilalar esa shaxsiy hamomlardan foydalanishgan. Ko'pgina dehqonlar, kambag'al shaharliklar o'zlari uchun kiyimni o'zlari tikishgan yoki tanishlar yordamidan foydalanishgan, turar joylar qurishgan, xo'jalik buyumlarini tayyorlashgan, murakkab bo'lmagan bezaklarni yasashgan. XIX asrlarda bu xo'jalik mashg'ulotlari asosida mamalkatni ba'zi tumanlarida xalq xunarmandchiligi va kosibligi rivojlana boshlagan.
Xalq hunarmandchiligi va kosibligi deyilganda, revolyusiyaga qadar xalqlarni xo'jalik - yordamchi faoliyat yo'nalishi tushunilgan bo'lib, ular dehqonlarni, turli hudud aholisini hunarmandchilik va maishiy o'z-o'ziga xizmat ko'rsatishi bilan bog'liq bo'lgan. Aholini kambag'al qatlamlari uchun kasb, hunarlar qo'shimcha pul topish manbai hisoblangan. Xalq hunarmandchiligini dehqonchilik, kosiblik, badiy turlari ma'lum.
Xalq hunarmandchiligi va kosibchiligini revolyusiyaga qadar turlari: yog'och uymakorligi, qo'lda bezakli to'qish, kashtachilik, tikish, gazlamaga rasm solish, idishlarga rasm chizish, bolalar o'yinchoqlarini yasash hisoblangan. Ko'pgina kasb, hunar mashg'ulotlari (asosan hunarmandchilik va qo'lda ishlangan turlari) keyinchalik boshqa ijtimoiy-professional guruhlar tomonidan ilib olindi, bular ularning asosiy hayot kechirish manbaiga aylandi, yuqori didlarni qondirishga yo'naltirilib rivojlandi.
Shaharlarda imtiyozli buyurtmachilar tomonidan yuqori talab bilan foydalanilgan kasb, hunarlar rivojlandi:suyakka xolmogorcha o'ymakorlik va boshqalar. Pomeshiklar (katta yer egalari) ustaxonalarida kashtachilikni antiqa turlari yaratilar edi. Erkaklar monastrlarida temirchilik, duradgorlik, shu bilan birga ikona chizish va zargarlik kabi kasb hunarlar amaliyotda edi. Ayollar monastrlarida badiiy kashtachilik, to'qish, tikish bilan shug'ullanishgan. Jamiyatimizdagi eng dastlabki maxsus xizmat ko'rsatish mashg'ulotlari hunarmandchilik mashg'ulotlari va savdo hisoblandi. XVII-XIX asrlarda har bir katta va o'rta shaharlarda bozor maydonlari mavjud bo'lib, ularda savdo rastalari joylashgan. Bu yerda ulgurji va chakana savdo olib borilar edi. Yilni issiq vaqtlarida savdogarlar katta maydon va ko'chalarga chiqishgan.
Savdo uzoq davr mobaynida, hatto katta shaharlarda ham arxaik usulda olib borilgan. Hayotni obyektiv sharoitlari sababli yarmarkali (vaqti-vaqti bilan bo'ladigan bozor) va karavan savdoni mavjud bo'lishi orqada qolmoqda edi. Ayni vaqtda G'arbiy Yevopada savdo sexlar va savdo gildiyalari ta'sirida rivojlanayotgan edi, ko'rgazmali faoliyat rivojlanayotgan edi. Savdoni rivojlanishi chekka joylarda va qishloqlarda ancha ortda qolmoqda edi. Masalan, hatto XX asrgacha qishloq va chekka joylarga yakka tadbirkor savdo agentlari yoki savdo hunarmandchilik artel vakillari – ofen, korobeyniklar xizmat ko'rstgan.
XX asrni boshlarida chakana savdo maskanlari soni tezlik bilan oshdi, birinchi jahon urushi arafasida esa milliondan oshib ketdi. Mayda sotuvchi va sotib oluvchilar sonini hyech kim hisobga olmas edi. Ammo katta to'qimachilik fabrikalari, sanoat-savdo firmalari, katta magazinlar hammani diqqat e'tiborida edi. Sanoatchilar, tovar ishlab chiqaruvchilar, kundalik ehtiyoj mollarini tayyorlovchilarni sotish birlashmalari shakllana boshlandi.
XIX asrni ikkinchi yarimidagi industrial ishlab chiqarishni xizmatlarni tashkil etishdagi axamiyati sezilarli bo'ldi. Ommoviy xizmatlar turlariga bevosita aloqador bo'lgan industriya yo'nalishlari o'rtasida xarakatlanish vositalari (temir yo'l kurilishi va parovozsozlik, teploxod va samalyotsozlik) rivojlanishini ko'rsatish mumkin.
Tabiiyki, yakka-tadbirkorlar rels, parovoz vagonlari, kemalar, ayniqsa samolyotlar ishlab chiqaradigan katta korxonalar ishini tashkil eta olmas edilar. Shuning uchun XIX asr oxirida turli kapitalistik assosiasiya shakllari tarqala boshladi, ular o'rtasida aksionerlik jamiyatlari va paychilik o'rtoqliklari eng xayotchan bo'lishdi.XX asr boshlarida ular sanoatni turli soxalarida ko'pchilikni tashkil etar edi.
XIX-XX asr bo'sag'asida rus texnikaviy ilg'or fikri noodatiy inovasion qudratni namoyish etdi. Bu haqda, 1912 -1915 yillarda Sankt – Peterburgdagi Russ - Baltiya zavodini, Igor Sikorskiy konstruksiyasidagi «Rus Vityazi» va «Ilya Muromes» rusumli katta qo'p motorli samolyotlarini ishlab chiqarishga kirishganligi dalolat beradi.Buyuk Britaniya 1913 yilda o'z dengiz floti uchun aeroplanlar sotib olishni ma'lum qilgan, ammo bu rejalarga urush halaqit berdi.
Xizmatlar sohasiga bevosita aloqador bo'lgan boshqa industrial ishlab chiqarish soxalari o'rtasida to'qimachilik va oziq-ovqat sanoatini ko'rsatish mumkin. Konditer sanoatida (ushbu korxonalar asosan Rossiyani katta markazlarida joylashar edi) ko'pgina dessertli shirinliklar avval maxoratli konditerlar tomonidan tayyorlanilar va boy odamlar dasturxonini bezar edi. Keyinchalik bu shirinliklar ommaviy–fabrika ishlab chiqarish predmetiga aylandi va ularni o'rta ta'minlangan xaridor ham sotib olishi mumkin bo'ldi.
Sankt – Peterburgda bu yo'nalishda «Jorj Borman» o'rtoqligi, «Blikgen va Robinson» savdo uyi, V. Konradi fabrikasi, «Georg Landrin» firmasi faoliyat yuritar edi. Moskvaliklar uchun shirinliklar «A. Abrikosov va o'g'illari o'rtoqligi», «Siu i K» savdo uyi, Eynem o'rtoqligi va konditer firmalari tomonidan tayyorlanar edi. Xizmatlarni rivojlanishida bank kredit operasiyalarini axamiyati ham katta edi. Industrial ishlab chiqarishni ham, savdoni ham, xizmat ko'rsatishni ham kreditsiz, qimmatli qog'oz va pul aylanmasisiz amalga oshirish mumkin emas.
XIX asr oxirida veksellarni hisobga olish va tovar-ssuda operasiyalari banklarni asosiy faoliyat soxasi xisoblanar edi. Xaridor, odatda tovarga naqd pul to'lash o'rniga sotuvchiga vekselni taqdim etar, u bo'yicha ma'lum muddat davomida to'lovni bajarish majburiyatini olar edi. Sotuvchi kelishilgan muddatni kutmasdan, vekselni bankda hisobga olishni amalga oshirishi va foyizi ayrib tashlangan o'z pul mablag'ini olishi mumkin edi. Tovarni mijozga jo'natib, u tovar xujjatlari (nakladnoy) evaziga bankdan ssuda olishi mumkin edi.
XX asr boshlarida banklar mustaqil ravishda non, shakar, qorako'l va boshqa kundalik extiyojlari mollari va oziq-ovqat mahsulotlari bilan savdo operasiyalarini amalga oshira boshlashdi.
Rekreasion va badiy-estetik talabalarni o'zgarishini, ular bilan bog'liq bo'lgan xizmatlarni ko'rib chiqish maqsadida davlat aholisi bo'sh vaqtidan qanday foydalanganligini taxlil qilamiz. O'rta va qo'yitabaqa vakillari shaharlarda, ochiq havoda xalq o'yinlarini, shuningdek kurash, mushtlashish janglarini xush ko'rishar edi. O'ziga to'q fuqarolar ayiq, bo'rilarni itlar bilan jangini tashkil qilishar edi. Barcha tabaqa vakillari burgut ovini yaxshi ko'rishar edi. Shaxar va qishloq ko'chalari, shuningdek yarmarkalar bo'ylab bir vaqtni o'zida aktyor, musiqachi, sirkchi, raqqosa bo'lgan skomoroxlar kezishar edi. XXVII asr oxirida cherkovni skomoroxlar bilan kurashi natijasida ushbu ko'ngil xushlik shakli tarqatildi. Uy sharoitida ular shashka, shaxmat bilan qiziqishar edi. Yuqori tabaqa vakillari shaxmat o'ynashni xush ko'rishar edi.
Davlat fuqarolarini XVI-XVII asrlardagi bo'sh vaqtlarini o'tkazish xususiyatlari bu ko'ngil xushliklarini an'anaviy madaniyat doirasidan chetga chiqmaganligidan, asosan an'analar asosida rivojlanganidan dalolat beradi. Shaxarliklarni ommaviy dam olishlari va ko'ngil xushliklari bilan maqsadli yo'nalishda shug'ullanuvchi maxsus jamiyat tashkilotlari va kasbiy tashkilotchilar mavjud emas edi. XIX asrda katta shaxarlarda tadbirkorlar fuqarolarni dam olishiga ommaviy tus berishda, tashkil etilgan ko'ngil xushliklar keng tarqalishi uchun ko'p kuch sarflashdi.
1905 va 1917 yillardagi revolyusiyalar o'rtasida katta shaxarlardagi fuqarolarning dam olishi o'zini tashkil etilishi shakli va moxiyati bo'yicha zamonaviy xarakterga ega edi.
Sobiq ittifoq davrini barcha o'zgartirishlari universal yo'nalishga ega bo'lib, partiya – davlat organlarini qattiq nazorat ostida olib borilar edi. O'sha paytda modernizasion o'zgarishlar mulkchilik shakllarini tadbiq etishga, odamlarni bir xil mehnat faoliyatni, o'xshash lam olish va maishiy sharoitlarini tashkil etishga qaratilgan edi. Aynan o'sha davrda ijtimoiy amaliyotni turli darajalari o'rtasidagi boshqaruvni iyerarxik vertikal hokimligi o'rnatilgan edi. Davlatda zahiralarni turli region va ijtimoiy qatlamlar, shuningdek jamiyat ishlab chiqarishi va aholiga xizmat ko'rsatish o'rtasidagi markaziy o'zaro taqsimlanishi bilan bog'liq bo'lgan rejali iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy siyosat olib borilar edi.
Xo'jalikni turli sohalarida texnikaviy va boshqa yangiliklarni joriy etish bilan bog'liq bo'lgan amaliyot mavjud edi. Ahamiyati bo'yicha biirnchi o'rinda harbiy sanoat komlpeksi, og'ir sanoat, yoqilg'i – energetika komlpeksidagi inovasiyalar turar edi. Xizmat ko'rsatish va maishiy xizmat sohalari jamiyat zahiralari eng oxirgi navbatda ajratiladigan amaliyot jabhalari hisoblanar edi. Ammo bu sohalarni ilmiy-texnikaviy jarayon chetlab o'tmadi. Sovet jamiyatida zamonaviy servis shakllarini va zamonaviy turmushni ko'pgina sifatlarini shakllanishi uchun zamin yaratilgan edi. Mamlakatni katta va o'rta shaharlaridagi aholi indstruial – sanoat ishlab chiqarishida ishlar edi. Sovet fuqarolarini ko'pgina maishiy, ijtimoiy, bilish ehtiyojlari zamonaviy asosda rivojlandi va xizmat ko'rsatishni jamiyat shakllari tomonidan amalga oshirilar edi.
Aholini daromadlarini davlat korxonalaridagi va kolxozlardagi maosh (jumladan, premiyalash, qo'shimcha ish haqi, jamiyat ijtimoiy jamg'armalari tomonidan beriladigan to'lovlar – nafaqalar, stipendiyalar, yordam pullari) shaxsiy yordamchi xo'jalikda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotishdan olingan pul mablag'lari, bank jamg'armalaridagi daromadlar tashkil etadi. Fuqarolar o'z ehtiyojlarini ancha qismini pullik iste'mol orqali, ya'ni mahsulotlar va xizmatlarni ma'lum qismini oila byudjeti orqali to'lash natijasida qondirar edi. Bu yuqorida ta'kidlangan almashish va pullik xizmat ko'rsatish shakllari kapitalistik jamiyatdagi kabi bozor munosabatlarini yaratmadi. Bu 70-80 yillardagi iqtisodiy adabiyotlarda sosialistik ichki bozor deb nomlanar edi, u rejali hodisa bo'lib, davlat boshqaruvi doriasida faoliyati yuritar edi.
Pullik iste'mol bilan bir qatorda “to'lanmaydigan iste'mol” mavjud bo'lib, uni moliyalashda oila byudjeti ishtirok etmaydi. Bu yaxlit jamiyat jamg'armalari hisobida amalga oshirilar edi. Bunday iste'mol turi tibbiy xizmat ko'rsatishni (kasalxonalarda davolanishi, ovaqatlanish aholiga poliklinikalarda xizmat ko'rsatish va boshqalar), ta'lim, madaniy tashkilotlarni pulsiz xizmatlarini iste'mol qilish va boshqalarni o'z ichiga oladi. Shaharlarda fuqarolarga yashash joylarini pulsiz berish ham edi. Aholi tomonidan qisman to'lanadigan imtiyozli iste'mol ham mavjud edi. Turar joy-kommunal, maktabgacha tarbiya tashkilotlari, dam olish uylari, sanatoriyalar va boshqalarni xizmatlari aynan ana shunday iste'mol hisoblanadi.
60-70 yillarda hayot kechirishni sosialistik modeli mamlakatda o'rta ta'minlangan qatlamni shakllanishi uchun zamin yaratdi. Sovet jamiyati 50-yo'llirani o'rtalarida aholini asosiy qismini past hayot darajasini saqlab turgan bo'lsa, 70-yillardagi statistik ma'lumotlar aholini ko'p qismini hayot darajasini oshishidan dalolat berar edi. Muhim material ne'matlarni: maosh, boshqa manbalardagi daromadlar, uy-joy bilan va boshqa xizmatlar bilan, jumladan madaniy xizmatlar bilan ta'minlanganlik (ta'lim, kasbiy malakani oshishi, ommaviy informasiyalar) bir xil taqsimlanishgi ro'y bera boshladi.
Mamlakatda o'z vaqti uchun yetarlicha samarali bo'lgan umumiy ta'lim va turli faoliyat sohalari uchun zamonaviy kadrlar tayyorlash kuchsiz himoyalangan qatlamlar ijtimoiy himoyalangan bo'lib, u o'rta va past yordam me'yorlariga ko'ra amal qilar edi. Bu esa mamlakatni cheka joylari, uzoq qishloqlari aholisini ham qamrab olish imkonini berar edi. Shuning uchun aholini barcha asosiy guruhlari, jamiyat xizmatlarini iste'mol qilish uchun yetarli bo'lgan ma'lum daromad darajasiga ega edilar.
Mamlakat hududlarida, jumladan, informasion, ilmiy va ta'lim markazlari tarmoqlarini qamrab olgan yaxlit ijtimoiy-madaniy infrastruktura vujudga keldi. Katta, o'rta, mayda shaharlarda teatr, kinoteatr, konsert zallari, muzey, klublarni keng tarmoqlaridan iborat madaniy xizmat ko'rsatish infrastrukturasi faoliyat yuritar edi. Ammo qishloq aholisiga madaniy xizmat ko'rsatish bir muncha qiyinroq kechar edi. Faqat katta qishloqlarga professional yoki xavaskor badiiy-ijodiy jamolar chiqishi mumkin edi. Aholini turli qatlamlari, turli elat, din vakillarini umum hayot tarzlari, faoliyatni bir xil ma'no-mohiyat va ahamiyatli jihatlari shaklana boshladi, milliy umumijtimoiy o'xshashlik elementlari amal qila boshladi.
Ushbu davrda Rossiya jamiyati o'rta fuqarosini hayot tarzi standarti shakllandi. U o'rta, o'rta-maxsus yoki oliy ma'lumotga ega bo'lib, davlat korxonasi va tashkilotida ishlar, oilada esa bir yoki ikkita farzandlar bor edi. Oilani asosiy daromad manbaini katta yoshdagi, oila a'zolarini ijtimoiy imtiyoz va jamiyat iste'mol fondlaridan beriladigan yordam pullari bilan sezilarli to'ldirib boriladigan maoshlari tashkil etar edi. Oila a'zolariga qator hayotiy va madaniy ne'matlardan (bolalarni maktab, oliy o'quv yurtlarida o'qishi, tibbiy xizmat ko'rsatish, sayohlik va sanatoriyada dam olishlari, madaniy boyliklarni o'zlashtirish) foydalanish imkoniyati mavjud edi. Oila stantart mebellar va elektro-maishiy asboblar nabori bor bo'lgan ikki yoki uch xonali kvartiraga ega edi.
Sobiq ittifoq davrida to'liq davlat boshqaruvi sharoitida mavjud bo'lishi mumkin bo'lgan mamlakat fuqarolarini iste'mol, ta'lim va qisman madaniy – estetik umumiyligiga erishilgan edi. Jamiyat fikrini ma'naviy qadriyatlarni, dunyo haqidagi bilimlarni shakllantirishni asosiy mexanizmini gazeta-jurnal nashrlari, kitoblar, radio, televideniye, shuningdek madaniy tashkilotlarni keng tarmoqlari: teatrlar, kino, konsert zallari, klublar va boshqalar tashkil etar edi.
Shuning bilan birgalikda, sovet jamiyatining keng qatlamlarini hayot standart iva ularga xizmat ko'rsatish sifati qoniqarli deb hisoblash qiyin edi. Ularni darajasi pasayish yoki qadrsizlanish tendensiyasiga ega edi. O'rta ta'minlangan oilani talablari uni humkron xizmat ko'rsatish tizimi doriasida qondirish imkoniyatlariga nisbatan jadal sur'atlar bilan o'sib borar edi. Shuning uchun oila material ta'minlanganligini ham mehnat (tamorqa xo'jaligi, qo'shimcha ish haqi orqali), shuningdek xizmat mavqyei, qarindoshlar yordamida kerakli xizmatlarga qo'shimcha haq to'lash kamchil tovarlarni sotish vositasida oshirish imkoniyatlaridan foydalanar edi.
Bundan tashqari, amaldagi xizmat ko'rsatish tizimi egiluvchan emas edi va aholini real ehtiyojlarini yarmini qiyinchilik bilan qondira olayotgan o'ta chegaralangan xizmatlar qatoridan iborat edi. Zamonaviy xizmatlarni tarqalishida katta shaharlarda yaratilgan xizmat ko'rsatish bo'yicha kompleks markazlarni (maishiy xizmat uylari, “Zarya” firmasi, uydagi texnikalarni ta'mirlash bo'yicha srevis markazlari va boshqalar) ahamiyati katta bo'ldi. Ammo ular keng diapozondagi zamonaviy xizmat ko'rsatish shakllarini rivojlantira olmasdilar va sifatiga ko'ra iste'molchilarni hamma vaqt ham oladigan standart xizmatlar majmuasini taqdim etishar edi.
Sobiq ittifoq tarixining ma'lum davridan boshlab ijtimoiy universiallashtirish va davlat – partiya boshqaruvi jarayonlari yangi ziddiyatlarni – davlat byudjeti defisitini yuzaga keltira boshladi. Turli regionlarda xo'jalik yuritishni sarflash mexanizmidagi kamchiliklar tufayli aholini hayotini ekologik sifatlari yomonlasha boshladi. Hududiy jamoalarni, shuningdek turli qatlam ehtiyojlari o'xshash bo'lmagan guruhlar vakillarini ijtimoiy va madaniy qiyofasizlanishi chuqurlashib bordi. Bularni hammasi 80-yillarni o'rtasida mamlakatda islohotlarni yangi bosqichini amalga oshirilishi zarurligidan dalolat berar edi. Markaz va regionlar, regionlar o'rtasidagi o'zaro ta'sirlarni muvozanatlovchi zamonaviy rivojlanish prinsiplaridan foydalangan holda yangilanish startegiyasini axtarib topish zarur edi.
80-yillarni o'rtalarida qabul qilingan islohotlar, keyinchalik sobiq ittifoqni parchalanishidan keyin mustaqil davlatlarda mdernizasion tavsifga ega bo'ldi. Ushbu modernizasiya ikki bosqichda amalga oshirildi. Dastlab, sosializmni rivojlantirishga qaratilgan o'zgartirishlar, keyingi bosqichda esa “shok terapiyasi” metodlaridan foydalanilgan liberal reformalar o'tkazildi. Islohotlarni ikkala bosqichlari ham xizmatlar sohasini rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo'ldi.
80-yillarning o'rtalaridagi islohotlar maishiy xizmati sohasi, madaniy va sport tashkilotlarni davlat tadbirkorligi tizimi darajasida to'liq xo'jalik hisobi va o'z-o'zini moliyalashtirishga o'tkazish imkoniyatni berdi. Sirklar, kionstudiyalar va kinoprokatlar, sport-tomosha korxonalari va boshqalar shular jumlasiga kiradi. To'liq bo'lmagan xo'jalik hisobi tamoyillari asosida faoliyat yuritayotgan servis segmentlari (turar-joy kommunal xo'jaligi, madaniy va istirohat bog'lari, teatr-tomosha korxonalari, pullik poliklinikalar va boshqalar) o'z faoliyatini davom etirar edi.
Ijtimoiy-madaniy kompleksni byudjetdagi xizmat ko'rsatish korxonalarida o'zgarishlar ancha murakkab kechdi, chunki pullik xizmatlarni rivojlanishi xizmatlar sifatini yaxshilamasdan, uni turlarini ko'paytirmasdan birdaniga xizmatlar narxini oshishi bilan kecha boshladi. Bir vaqtni o'zida byudjetdagi davlat tashkilotlari mehnatni to'lashga yangi me'yorlardan foydalanish, o'z mustaqilligini kengaytirishlari kengayib bordi. Bu davrda ijtimoiy va madaniy xizmatlar bozorida xususan savdo, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat ko'rsatish va transport va boshqalarda keng tarqalgan xususiy va kooperativ sektorlar paydo bo'ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |