4.Servis tashkiloti tizim sifatida. Servis operatsiyalari va xizmatlarni taqdim etish tizimi
Barcha mamlakatlarda servis faoliyati subyektlari katta, o'rta, mayda va juda mayda turlarga bo'linadi. Korxonani masshtabini belgilashda kriteriy sifatida unda band bo'lgan ishchilar soni, shuningdek, qo'shimcha kriteriyalar sifatida ustama qiymat, aylanish, korxona mustaqilligi va boshqalar ishlatiladi.
Katta korxonalar har bir rivojlangan davlatlarni xizmatlar sohasida uchraydi. Ular bank biznesida, informasion – kompyuter, turizm ishida, mehmonxona biznesida, umumiy ovqatlanishda, transport, ta'lim, reklama, tibbiy xizmatlarda uchraydi. Ularni faoliyati ko'pgina hollarda milliy chegaralardan chiqib, xalqaro bozorlarni o'zlashtiradi. Shu bilan birgaklikda ular resurs - moliyaviy va kadrlar quvvatiga ega bo'lgan holda, ko'p hollarda vaqt talabiga hozirjavobligini yo'qotadi. Ular unchalik katta bo'lmagan yangi innovasiyalarni ham kiritishga ojizlik qilishadi. Kichik, shuningdek (o'ta mayda) korxonalar deyarli barcha mamlakatlarda servis xizmatini asosiy qismini generasiya qiladi. Servis soxasida kichik tadbirkorlikni rivojlanishi uchun ma'lum iqtisodiy sharoitlar zarur. Bular:
- ishlab chiqarish vositalariga va ishlab chiqaruvchilar mexnatini natijasiga bo'lgan monopoliyani yengib o'tish;
- erkin raqobatni ta'minlash;
- iste'molchilarni bozorga erkin kirib kelishini ta'minlash;
- to'liq bozor informasiyasini to'siqsiz tarqatish va tadbirkorlarga yetkazish;
Mayda ishlab chiqarishlar shaxsiy xizmat ko'rsatish, jumladan dam olish va ko'ngil ochish korxonalari, mehmonxona xo'jaligi, avtoservis, maishiy xizmat ko'rsatish va boshqalarda rivojlanadi. Ular o'rta, katta va o'ta katta korxonalar uchun foydali bo'lmagan servis segmentlarini egallab olishgan. Bozor tang holatga kelganda katta firmalar bankrot bo'lishadi, maydalari esa yashab qolishadi. Servis sohasidagi o'rta, mayda va o'ta mayda korxonalar quyidagi afzalliklarga ega:
- ko'p kapital xarajatlarni talab qilmaydi;
- innovasiya va tez o'zgarayotgan iste'molchilar talabiga mo'ljal olib dinamik tarzda rivojlanish;
- yangi ishchi o'rinlari manbai hisoblanadi;
- ko'pgina shaxslarga, jumladan yangi ish boshlayotganlarga o'z tashviqotini amalga oshirishga ko'maklashadi, chunki ularga turli jarayonlari va hodisalari o'rtasidagi bog'liqlik aniq bo'lgan faoliyat maydonini taklif etadi;
- ishchilarga birdaniga ko'pgina o'z qobiliyatlarini ishga solish imkonini beradi, chunki bu yerda mehnat taqsimoti o'ta shartli bo'lib, mehnat operasiyalarini diferensiyalanishi va segmentasiyasi minimaldir.
Mayda va o'rta korxonalarni ishchilari ular ishini o'ziga xos xususiyatlari tufayli iste'molchilarni hattoki kuplamagan talablariga ham hozirjavob bo'lib, xizmatlarni individual xarakterini chuqurlashtiradi. Bundan tashqari, dunyoni ko'pgina davlatlarida o'rta va mayda servis korxonalarida yoshlar o'z mehnat faoliyatini boshlaydi, chunki, odamni boshlang'ich tadbirkorlik ko'nimalarini egallashi, mustaqil pul ishlab topishi uchun qulay sharoitlar yaratiladi.
Kadrlar tarkibidagi yoshlar ulushini ko'pligi xizmatlar sohasida yangiliklar kirib borishiga ko'maklashadi. Ammo, shunga qaramasdan servis sohasidagi o'rta, mayda va o'ta mayda korxonalarini raqobatbardoshlik darajalarini katta korxonalarga nisbatan ancha past bo'lishiga olib keluvchi qator tavsiflar mavjud:
- ular yuqori, doimiy sarf-xarajatlar bilan bog'liq servis mahsulotlarini o'zlashtira olmaydi;
- ular hamma bozorlarda ham faoliyat yuritaolmaydi, balkim ma'lum tur va masshtabli bozorga (ma'lum foyda darajasiga ega bo'lgan iste'molchilar harakat qiladigan va boshqalar) mo'ljal olishadi;
- ular ishchilariga ma'lum korporativ – iqtisodiy muhit sifatida uyushish va o'z manfaatlarini himoya qilish qiyin.
Har bir davlatda hukumat xizmatlar sohasidagi katta, o'rta va kichik korxonalar o'rtasidagi optimal nisbatni saqlab turishga harakat qiladi. Shuningdek, aholiga ham turli servis korxonalari xizmatidan foydalanish juda foydali. Agar katta va o'rta korxonalar ko'pgina vaziyatlarda mustaqil yashay olsa, mayda va o'rta mayda firmalarni faoliyat yuritishi uchun iqtisodiy rivojlanishni ma'lum bosqichlarida davlat tomonidan qo'llab – quvvatlab turilishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |