Њзбекистон республикаси олий ва њрта махсус таълим вазирлиги


Xizmatlar va servis xizmat ko‘rsatishda ehtiyojlar tasnifi va tavsifi



Download 1,69 Mb.
bet18/121
Sana13.06.2022
Hajmi1,69 Mb.
#663270
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   121
Bog'liq
Servis faoliyati asoslari fanidan majmua

3.Xizmatlar va servis xizmat ko‘rsatishda ehtiyojlar tasnifi va tavsifi
Yuqorida qayd qilinganlardan xulosa qiladigan bo‘lsak, insonning ehtiyojlari uning injiqliklarining oddiy natijasi emas. Unda ikki qatlamni ajratish mumkin.
1. Dastlabki, zaruriy, yoki vital (lotin tilida vita - xayot) ehtiyojlar mavjud bo‘lib,ularni qondirmasdan inson xayot kechira olmaydi. Bu oziq- ovqat, uy-joy va kiyim-kechakka bo‘lgan ehtiyojlar. Bunday turdagi ehtiyojlarni qondirishga yo‘naltirilgan xizmatlar doim bo‘lgan va bo‘ladi. Lekin ularning kundalik ehtiyojlarini qondirish uslublari doimiy ravishda o‘zgarib turadi. SHu sababli, ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha servis faoliyati qiyinlashadi. Masalan, ibtidoiy tizimdagi odamning oziq- ovqatga bo‘lgan ehtiyoji, zamonaviy restoran mijozinikiga o‘xshab qondirilishi mumkin bo‘lmagani aniq.
Iqtisodchilar ehtiyojlarni yuksakka ko‘tarish qonunini yaratdilar. Unga ko‘ra bir ehtiyojlarning qondirilishi qolgan qiyinroq bo‘lgan ehtiyojlarning shakllanishiga olib keladi. Ushbu qonunga monand ravishda servis faoliyatining rivojlanish qonuniyatlarini shakllantirish mumkin: bir turdagi xizmatlarni ko‘rsatish, qolgan qiyin turdagi xizmatlarning vujudga kelishiga sabab bo‘ladi.
Mantiqiy ehtiyojlar to‘g‘risida tasavvur nafaqat inson organizmi ob'ektiv xususiyatlariga tayanadi, balki barcha jamiyatda yoki aloxida ijtimoiy guruhlarda xukumron bo‘lgan qadriyatlar tizimiga ham bog‘liq bo‘ladi. SHu sababli odatlari, biologik ehtiyojlari bir xil bo‘lgan insonlarda, ijtimoiy xarakterga ega turli ehtiyojlar bo‘lishi mumkin.
Ijtimoiy ehtiyojlar biologik yo‘l bilan me'ros bo‘lib o‘tmaydi va xar bir insonda tarbiya jarayonida, o‘z vaqtining ma'daniyatiga ko‘nikish jarayonlarida shakllanib boradi. Hozirgi evropa sevilizatsiyasida gumanistik qadriyatlar ko‘proq o‘rin egallaydi. Shu sababli ko‘pchilik insonlar mantiqiy ehtiyoj deganda avvalambor shaxsning kamol topishi, xar bir insonda mavjud imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarish va shuningdek jami insoniyatning progressiv rivojlanishini tushunadilar. Mantiqiy bo‘lmagan ehtiyojlarga jamiyat shunday ehtiyojlarni kiritadiki, ularning qondirilishi inson shaxsini va ijtimoiy tizimlarning buzilishiga olib keladi. Bunday ehtiyojlar jumlasiga alkogol va narkotik moddalarni iste'mol qilish, jinoyatchilik va terroristik xurujlarda ishtirok etish va xokozolar kiradi.
Gumanitar qadriyatlarning ushbu tizimiga taaluqli ravishda evropa ma'daniyatida servisning shunday turlari maqullanayaptiki, ular yordamida inson boyish va rivojlanish imkoniga ega bo‘ladi. Ular qatoriga ro‘zg‘or muommolarini xal etish, ma'lumot olish, professional faoliyat bilan muvoffaqiyatli shug‘ullanish, yaxshi dam olish, zaruriyat tug‘ilganda tibbiy yordam olishlar kiradi. Servisni rivojlantirishning bunday yo‘nalishini ijtimoiy fikr va xar qanday davlat qo‘llab quvvatlaydi. qadriyatlari shubxa ostiga olingan xizmatlar, masalan, tamaki mahsulotlarini reklama qilish yoki xayosiz narsalarni tashviqot qilish qoralanadi yoki ularga qonunchilik tomonidan cheklanish va taqiqlashlar amalga oshiriladi.
Biologik ehtiyojlardan tashqari ijtimoiy ehtiyojlar ham mavjud bo‘lib, ular ta'lim va ma'daniyatning rivojlanishi, mehnat jarayonlari, texnik moslamalardan foydalanish, sa'nat va boshqa turdagi barcha inson faoliyatiga bog‘liq bo‘ladi. Xar qanday ijtimoiy ehtiyojlarda ularga qo‘shilgan biologik komponentlar aks ettiriladi. Ularni ushbu ehtiyojlarni qondirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishda inobatga olish zarur. Jumladan, ta'lim, ma'daniyat, transport, kompyuter texnologiyalari sohasi bo‘yicha servis xizmatlarini amalga oshirishda umumiy qoidaga rioya qilish lozim: ushbu xizmatlardan foydalanish inson organizmiga tushadigan jismoniy va psixologik og‘irlikning mumkin bo‘lgan darajasidan ortmasligi lozim. Ushbu daraja organizmning biologik tabiatiga bog‘liq va yosh bilan o‘zgaradi.
Ruxshunoslar, sotsiologlar va faylasoflar ehtiyojlarning umumiy tasnifini berishga ko‘p xarakat qilishdilar. Ushbu tasniflarning xar biri ehtiyojlarni qondirishga yo‘naltirilgan servis faoliyatini tasniflashtirish uchun asos bo‘lib hisoblanadi. Ehtiyojlar jumlasiga quyidagilarni keltirish mumkin:
- moddiy va ma'naviy;
- afzalroq ijtimoiy va afzalroq biologik;
- ijtimoiy maqullanadigan va ijtimoiy maqullanmaydigan;
- birinchi darajadagi muhim va ikkinchi darajadagi.
Ushbu tasniflashtirish amerikalik ruxshunos Abraham Maslouning mashxur ehtiyojlar ierarxiyasi nazariyasida umumlashtirilgan. Maslou ularni bazis ehtiyojlar (oziq-ovqatlar, xavsizlik va boshqa turdagi ehtiyojlar) va metaehtiyojlar (haqqoniylik, faravonlik, tartib) ga bo‘ldi. Insonning bazis ehtiyojlari doimiydir, qolganlari esa o‘zgarib turadi. Ehtiyojlar ierarxiyasi zina shaklida bo‘ladi va besh pog‘onadan iboratdir:
- fiziologik ehtiyojlar;

  • xavfsizlik va xotirjamlikka ehtiyojlar;

- sevgiga ehtiyoj;
- xurmatga ehtiyoj;
- o‘z o‘rnini topishga ehtiyoj.
Maslouning ierarxiya prinsipi degan bosh g‘oyasi quyidagidan iborat. YAngi zinaning ehtiyoji xar bir shaxsga dolzarb bo‘ladi, qachonki avvalgilari qondirilgan bo‘lsa. SHuday qilib, insonning ehtiyojlari birlamchi va ikkilamchilarga bo‘linadi. Ehtiyojlarni yuksaltirish jarayoni esa quyi ehtiyojlarni yuqorilariga bo‘ysindirish demakdir.
Maslou tasnifini ko‘pchilik tanqid qilmoqda, lekin sning bosh g‘oyasi to‘g‘ri hisoblanadi. Servis faoliyatining amaliyotida ehtiyojlar o‘zgarishining qonuniyatlari ko‘zga tashlanmoqda. Xayot darajasi past davlatlarda oddiy va dastlabki ehtiyojlarga talab ko‘pligi ko‘zga tashlanadi. Xayot darajasining oshishi bilan nafaqat kundalik ehtiyojlar, balki qiyin ehtiyojlarga ham talab oshib boradi. Xizmatlar sifatiga ham talablar oshib boradi. Undan tashqari bir jamiyatda aholining turli qatlamlari, o‘zlarining daromad miqdoriga qarab, turli xildagi servis xizmatlariga talab qo‘yishadilar. Xayot darajasida qanchalik farq bo‘lsa, baxo va sifat bilan farqlanadigan xizmatlarga talab doirasi ko‘payib boradi. Yuqoridagi tavsiflar ehtiyojlarni o'z genezisi va sifati bo'yicha turli tuman bo'lishi mumkinligini taqozo etadi.

Download 1,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish