Ўзбекистон республикaси олий вa ўртa мaхсус тaълим вaзирлиги низомий номидaги



Download 4,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/247
Sana14.07.2022
Hajmi4,75 Mb.
#796806
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   247
Bog'liq
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLA1 (1)

 
Литература
1. Педагогика. Педагогика сотрудничества [электронный ресурс].-Режим 
доступа - http://paidagogos.com/?p=4291. 


40 
PEDAGOGLARDA FASILITATORLIK KO‘NIKMALARINI 
SHAKLLANTIRISH MAKTABGACHA VA BOSHLANG‘ICH TA’LIM 
UZVIYLIGINI TA’MINLASH OMILI
Z. M. Ashurova 
Bux DUning P.I., maktabgacha ta’lim 
kafedrasi tayanch doktoranti 
 
Davr o‘zgarishi bilan ta’lim-tarbiya tushunchasiga bo‘lgan qarashlar va e’tibor 
ham zamonaviy tus olib boradi. Biroq, bunda biz uchun eng ahamiyatlisi shuki, ta’lim 
tizimidagi milliy ruhiyat, sharqona tarbiyaning uzviyligi o‘zaro bir-birini to‘ldirgan 
holda yosh avloni zamonaviy yetuklikka erishishini ta’minlashga qaratilgan bo‘lishi 
talab etiladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, 
“Yoshlarimizni mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega 
bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan 
insonlar bo‘lib, kamol topishi, baxtli bo‘lishi” uzluksiz ta’lim tizimi jarayonining sifati 
va samaradorligi bilan belgilanadi. Shunday ekan, bugungi kunda zamonaviy talablar 
asosida ta’lim sifatini oshirish, kreativ usullarni qo‘llash orqali ta’lim berish, xalqaro 
talablar asosida o‘quv jarayoniga ilg‘or texnologiyalarini joriy etish kabi ishlarga 
alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bugungi kunda ilm-fan, texnika va ishlab chiqarish sohalarining tez sur’atlarda 
jadallik bilan rivojlanishi barcha ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya sifatini mazmun 
jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishni talab etmoqda. Bu o‘z o‘rnida pedagoglar 
zimmasiga yanada yuksak mas’uliyat va vazifalarni yuklaydi. Negaki, rad qilib 
bo‘lmaydigan bir haqiqat bor — qilingan barcha sa’y-harakatlar oxir-oqibat o‘qituvchi 
mehnati orqali o‘z natijasini o‘quvchilarning yaxshi bilimi va xush ahloqida namoyon 
etadi. Demak, ta’lim-tarbiyaning sifati, samaradorligi birinchi navbatda 
o‘qituvchining qobiliyati va mahoratiga, xalqona tilda aytganda yaxshi 
muallimga, o‘qituvchi va tarbiyachiga bog‘liq. 
Bugun biz aynan, zamonaviy ta’limdan talab qilinayotgan o‘qituvchi-
pedagogning 
fasilitatorlik qobiliyatiga
to‘xtalmoqchimiz.
Xo‘sh, fasilitator kim, u qanday ma’noni anglatadi? degan savolga javob izlaymiz. 


41 
“Fasilitator” - inglizcha so‘zdan olingan bo‘lib, “yordam beruvchi”, 
“yengillashtiruvchi” degan ma’noni anglatadi. Ya’ni o‘quv-tarbiya jarayonida ta’lim 
oluvchilarning kafolatlangan bilimlarga ega bo‘lishiga, o‘quv topshiriqlarni mustaqil 
bajarishga va ularda hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirishga ko‘maklashadi 
Pedagog – fasilitator quyidagi qobiliyatlarni o‘zida mujassamlatirgan bo‘lishi 
kerak: 

O‘quvchiga doimo ko‘makchi bo‘lish qobiliyati
 

Jarayonni boshqara olish qobiliyati
 

Savol bera olish qobiliyati
 

kuzatuvchanlik qobiliyati
 

Maslahat berish qobiliyati
 

Eshitish va so‘zlash qobiliyati
 
O‘quv mashg‘ulotlari jarayonida fasilitator ba’zida ma’ruzachi, ba’zida trener, 
ba’zida esa moderator vazifasini ham o‘rin almashtirib bajarib
 
boradi. 
Zamonaviy ta’lim uzviyligi va uzluksizligini ta’minlashda pedagogning fasilitatorlik 
qobiliyati quyidagicha dolzarblik kasb etadi: 
• Jahon miqiyosida ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda zamonaviy ta’lim 
yondashuvlaridan foydalanishga bo‘lgan ehtiyojning kuchayib borayotganligi; 
• ta’lim oluvchilarning ehtiyojlari, qiziqishlari, layoqatlari hamda bilimlarni 
o‘zlashtirish darajalarini hisobga olgan holda ta’lim jarayonini pedagogik 
texnologiyalar asosida tashkil etishga e’tiborning oshayotganligi; 
• mamlakatimizda kadrlar tayyorlashning milliy tizimi har tomonlama 
rivojlanayotgan hozirgi sharoitda ta’lim sifati va samaradorligini ta’minlash 
maqsadida pedagogik texnologiyalarni yanada takomilashtirish zaruriyatiga ehtiyoj; 
• maktabgacha va boshlang‘ich ta’limdagi o‘quv dasturlari va o‘quv-metodik 
majmualarda o‘z aksini topgan, ta’lim oluvchilarni hayotga tayyorlash va 
kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan DT va DTS ning prinsiplarining 
bajarilishini ta’minlash;
• uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari 
imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori 


42 
malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish yo‘nalishida shaxslararo 
hamkorlik va muloqot muhitini tarkib toptirish vazifasining ustivorligi; 
Ta’lim-tarbiya jarayonini samarali boshqarishda fasilitator: 

o‘quv mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning innovatsion faoliyatini tashkil etishi; 

“innovatsion muhit”ni shakllantirishi; 

ta’lim oluvchilar orasida ijodiy, samimiy, do‘stona munosabatni yaratishi; 

o‘quvchilarning o‘zlarini erkin his qila olishlari va jamodagi ichki intilish 
moddiy-ma’naviy qiziqish yuqori darajada bo‘lishini ta’minlashi; 

kichik yoshdan boshlab bolalarni qobiliyatlari asosida ijodiy fikr yuritishga
maqsad sari intilishlariga yo‘naltirishi shart. 
Ya’ni fasilitatorlik qobiliyatiga ega bo‘lgan pedagog ta’lim – tarbiya jarayonida 
har bir bolaning qobiliyatidan kelib chiqib, ularga beriladigan vazifalarni to‘g‘ri 
taqsimlay olishi bilim sifatining yuqori natijasini kafolatlaydi. 
O‘quv-tarbiya jarayonini samarali boshqarishda fasilitatordan talab qilinadigan 
mezonlar 

Download 4,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   247




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish