35
yo`nalishidir. So`nggi yillarda maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish, ta’lim
tarbiya mazmuni, shakli, vosita va metodlarini yengilashga aloxida e’tibor berilmokda.
Davlat va jamiyat maktabgacha yoshda bo‘lgan bolalarni yagona talab asosida
rivojlantirish vazifasini qo‘yadi. Ta’lim-tarbiya
jarayoni yakunida mustaqil
fikrlaydigan, erkin, bilimli, bir so‘z bilan aytganda barkamol shaxsni voyaga yetkazish
asosiy maqsad qilib belgilandi. Bu uzluksiz ta’lim tizimining ilk turi – maktabgacha
ta’limga o‘ziga xos yondoshuvni talab etadi. Bola dunyoga kelgan kundan boshlab,
davlat va jamiyat hamda ota-ona zimmasiga uni sog‘lom, aqlli, xush hulqli qilib
tarbiyalash vazifasi qo‘yiladi.
Ona Vatan va atrof-olam:
bolaning mustaqil O‘zbekiston haqidagi
tasavvurlarini boyitish; O‘zbekistonning qadimiy shaharlari Samarqand, Buxoro,
Shahrisabz, Xiva, Toshkent va Buyuk ipak yo‘li haqidagi bilimlarini mustahkamlash;
bolaga “Konstitutsiya saboqlari” asosida tushunchalar berishni davom ettirish;
O‘zbekistonning mustaqillik kuni, davlatimiz ramzlari: gerb,
bayroq va madhiyasi,
O‘zbekistonda davlat tili – o‘zbek tili ekanligi haqidagi bilimlarini takomillashtirish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezident tomonidan boshqarilishi, O‘zbekistonning
poytaxti Toshkent shahri ekanligi haqidagi tushunchalarini mustahkamlash; O‘zbek
xalq og‘zaki ijodi namunalari asosida bola qalbida o‘z millatiga muhabbat, milliy
g‘urur hissini tarbiyalash.
Buyuk siymolar:
Bolani tariximiz va Sharqning buyuk allomalari, ularning
hayoti va ijodi bilan tanishtirishni davom ettirish; ulug‘ allomalar: Alisher Navoiy, Al
Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, musavvir Kamoliddin Behzod haqidagi
tushunchalarini aniqlash va mustahkamlash.
Xalq amaliy san’ati:
bolani o‘zbek xalq amaliy san’ati, milliy
hunarmandchiligidan: zargarlik, zardo‘zlik, misgarlik, ganchkorlik kabilar bilan
tanishtirish; xalq ustalari tomonidan tayyorlangan buyumlardagi; kashtachilarning
tikkan so‘zanalari, zargarlarning nozik did bilan yasagan taqinchoqlardagi go‘zallikni,
ranglar jilosini his qilishga undash. Shu tariqa bola qalbida xalq ijodiyotiga,
amaliy
san’at asarlariga nisbatan qiziqish hissini tarkib toptirish.
36
Vatan, Vatan tuyg‘usi, insoniylik odobi kabi tushunchalar oilada, jamiyatda
milliy urf-odat va an’analarga rioya qilish bilan shakllanadi. Bolalarga atrof-olam
haqidagi tushunchalarni singdirishda, ma’naviyatini shakllantirishda quyidagicha
mavzularda suhbatlar tashkil etish ham ahamiyatlidir. Jumladan, «O‘zbekiston –
mening Vatanim», «Ona shahrim».
«Toshkent – O‘zbekistonning poytaxti». «Samarqand – qadimiy shahar».
«Vatanimiz ramzlari». «Maktabga sayohat». «Bozorlar va ularning turlari», buyuk
siymolar, mashhur sarkardalar, bayramlar, xalq amaliy san’ati: «Kim bo‘lsam ekan?»,
«Kashtachilik», «Zardo‘zlik», «Shifokor», «Oshpaz» kasblari va hokazo. Bu
mavzulardagi suhbatlar bolalarga tevarak- atrofga bo‘lgan munosabatlarni
mushohada
qilib eshitib, tushungalarini bayon etish qobiliyatlari, ijodiy tafakkurini qay darajada
rivojlanganligini namoyon etadi.
Bola 6-7 yoshdan maktabga o‘tishi, ularni maktab ta’limiga tayyorlash uchun
aqliy rivojlantirish yetarli bulishini ta’minlash tarbiyachidan katta mas’uliyatni talab
etadi. Maktabgacha ta’lim yoshida bilim tez sur’atda rivojlanib boradi, boyib boradi.
Nutq shakllanadi, bilish jarayonlari takomillashadi, bola eng oddiy aqliy faoliyat
usullarini egallab boradi. Bolalarda aqliy faoliyatni dastlab muomala orqali, ijtimoiy
faoliyatga kirish bilan amalga oshiriladi.
Tevarak-atrof, buyum va narsalar bolaning sezgi organlariga ya’ni
analizatorlariga ta’sir etadi va sezgi hosil bo‘ladi. Sezgi bolalarda ayrim xossalarni
bilib olishga yordam beradi. (Issiq-sovuq, g`adir-budur). Sezgi atrof-muhitni bilishning
dastlabki bosqichi hisoblanadi.
Bolalarni bilimlarni egallab olishlari ularni aqliy faolligini rivojlantirish aqliy
malaka va ko‘nikma
egallab olishlari, ularning maktabda muvaffaqiyatli o‘qishlari
uchun bo‘lajak mehnat faoliyatiga tayyorlanishda manba bo‘lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: