Ўзбекистон республикaси олий вa ўртa мaхсус тaълим вaзирлиги низомий номидaги



Download 4,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/247
Sana14.07.2022
Hajmi4,75 Mb.
#796806
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   247
Bog'liq
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLA1 (1)

Adabiyotlar: 
1.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 802-sonli “Maktabgacha 
ta’lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to‘g‘risida” qarori 
2.
F.R.Qodirova, Sh.Q.Toshpo’latova, N.M.Qayumova, M.N.A’zamova. 
“Maktabgacha pedagogika” Darslik. Toshkent. 2019 yil 
 
BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINI IJTIMOIYLASHTIRISH 
METODOLOGIYASI

 
Abrorxonova Kamolaxon Abrorxon qizi
Nizomiy nomidagi TDPU. Boshlang’ich ta’lim mudiri, PhD.
Ortiqboyeva Zumradxon Xasanboy qizi

 BT fakulteti va STI yo’nalishi III kurs talabasi 
Bilamizki, so’ngi yillarda muhtaram yurtboshimiz Shavkat Miromonovich 
Mirziyoyev tomonidan ta’lim sohasida ko’plab islohotlar amalga oshirilmoqda. Shu 
jumladan boshlang’ich ta’lim tizimida ham qator o’zgarishlar va yangilanishlar olib 
borildi. Bularning barchasini esa kelajak avlodni yanada ilmli, ma’rifatli, 
respublikamizga kerakli kadr qilib yetishtirish yo’lidagi harakatlar deb atasak 
so’zimizda mubolag’a bo’lmasa kerak.
Boshlang’ich ta’limni rivojlanirish respublikamizda qator qonun va farmonlarda 
ham asosiy yo’nalish sifatida belgilab qo’yilgan. Jumladan, qonunchilik palatasi 
tomonidan 2020-yil 19-mayda qabul qilingan va senat tomonidan 2020-yil 7- avgustda 
ma’qullangan O’zbekiston Respublikasininng “Ta’lim to’g’risida”gi qonunida, 
“Boshlang’ich ta’lim konsepsiyasi”da, O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 
2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” va uni tasdiqlash to’g’risidagi Prezident 
farmonida yaqqol ko’zga tashlanadi. Ushbu ma’lumotlardan kelib chiqib shuni 
aytishimiz joizki, o’sib kelayotgan yosh avlod kelajagiga davlat, jamiyat, maktab, 
mahalla hamda oila birdek mas’uliyat bilan yondashishi zarur. Yosh avlodni jamiyatda 
o’z o’rni va o’z pozitsiyasida tura olishi uning maktab va oilada rivojlantirilgan 
ijtimoiylashuv jarayoniga ko’p jihatdan bog’liq. Bola maktabgacha bo’lgan davrda 
birmuncha ijtimoiylashish elementlarini o’ziga singdiradi. Bu elementlar albatta 


27 
maktabgacha ta’lim muassasalari, oila va atrof muhitdan olingan taassurotlar natijasida 
hosil bo’ladi. Boshlang’ich sinfga kelganda esa har bir bola o’zini yangi pozitsiyada, 
ya’ni, o’quvchi pozitsiyasida ko’ra boshlaydi. Endi uning mas’uliyatlari birmuncha 
darajaga oshgan va bolaga nisbatan talabchanlik ham sezilarli darajada ko’paygan. 
Ayni shu davrdan boshlab bola sotsiologiyasida tubdan o’zgarishlar yuzaga kela 
boshlaydi. Ayrim o’quvchilar maktabdagi o’quvchilik statusini mustahkam egallab, 
oiladagi farzandlik statusidan birmuncha ortda qolayotgandek tuyiladi yoki aksincha 
holat yuzaga keladi. Bunday vaziyatlar ro’y bermasligi, bolaning jamiyatdagi har bir 
statusini saqlab qolish va har qanday holatda ham ushbu statusda o’z fikrini ravon 
ifodalay olishiga ko’maklashish bizning oldimizdagi asosiy vazifalarimizdan biri 
bo’lishi kerak. Va bu vazifani bajarishda boshlang’ich sinf o’quvchisi bilan birgalikda 
maktab psixologi, ota-ona va jamiyat ham birgalikda teng harakat qilishlari kerak. Bir 
qancha malakali pedagoglar tajribasidan kelib chiqqan holda shularni ta’kidlashimiz 
kerakki, boshlang’ich sinf o’quvchilarining ko’pchiligi maktabdagi va oiladagi 
statuslarini birdek olib keta olmasliklari sababli bola psixologiyasida ko’plab 
o’zgarishlar ro’y beradi. 
Boshlang’ich 
sinf 
o’quvchilarini 
ijtimoiylashtirishning 
eng 
asosiy 
muammolaridan biri shuki ijtimoiylashtirishning metodologiyasi har doim ham to’g’ri 
tashkil etilmayotganligidadir. O’quvchilarni ijtimoiylashtirish metodologiyasini har bir 
pedagog o’z sinfidagi o’quvchilarning kelib chiqishi, psixologiyasi va o’quvchilarning 
oilaviy sharoitlaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqishi lozim deb o’ylayman. 
Boshlang`ich ta’lim o’quvchilari, ayniqsa dastlabki birinchi va ikkinchi yillarda 
maktab sharoitiga ko’nikishi qiyin yoki umuman ko’nika olmayotgan bo’lishi 
kuzatiladi. Lekin yana shuni ham aytish kerakki, ayrim bolalar maktabda, dars 
jarayonida o’zlarini erkin va qat’iyatli tutadilarki, lekin oila a’zolari bilan suhbat olib 
borilganida oilada juda kamsuqum farzand ekanligini aniqlash mumkin. Demak bola 
o’z statuslarini yaxshi anglolmagan yoki shu statusda turishida unda qo’rquv bor. 
Yuqorida aytib o’tganimizdek, bolaning ijtimoiylashuvida oila va maktab birgalikda 
ish olib borishi zarur. Chunki bola psixologiyasidagi har bir o’zgarish o’qituvchi va 


28 
ota-ona o’rtasida muhokama qilinib, agar muammoli vaziyatlarga duch keladigan 
bo’lsa, o’z vaqtida va samarali bartaraf etish lozim. 
Bola ijtimoiylashuvi metodologiyasini tashkil etishda avvalo o’quvchilar bilan 
muntazam suhbat olib borish, o’quvchilarning shaxsiy fikrini so’rash, zarur bo’lgan 
holatlarda ularga chalg’ituvchi fikrlar yoki savollar bilan murojaat qilish talab etiladi. 
Ana shundagina o’quvchi o’z fikrini to’g’riligini isbotlashga harakat qiladi va shu 
orqali o’z shaxsiy dunyoqarashi va fikri shakllanib boradi. Ijtimoiylashuv metodlarini 
maktabdagi tarbiya darslaridan tashqari yana ko’plab fanlar mavzulariga singdirilgan 
holda olib borilsa ham maqsadga muvofiq bo’ladi. Masalan, o’qish darslarida o’tilgan 
har bir mavzu bo’yicha o’quvchilarning fikri va mulohazalari so’rab borilsa, bora- bora 
o’quvchilarning fikridagi teranlik va aniqlik yaxshi tomonga o’zgarib borishini 
kuzatish mumkin. “Asar qahramoni haqida fikringiz qanday?”, “Qahramonning 
o’rnida siz bo’lganingizda nima qilar edingiz?” kabi o’quvchilarni o’ylashga, 
fikrlashga undovchi savollardan har bir mavzuda foydalanib borish zarur. Bola 
ijtimoiylashuviga yaxshi ta’sir qilish maqsadida guruhlarda ishlash metodidan ham 
foydalanish zarur. Kichik guruhlar bilan ishlanganda har bir o’quvchining fikri aniqroq 
va o’ziga ishonchi balandroq bo’ladi. Buning sababi esa, o’quvchi, ayniqsa kichik 
boshlang’ich sinf o’quvchilari guruhda yetakchi bo’lishga, o’z pozitsiyasini guruhga 
singdirishga harakat ko’proq qiladi. Shu orqali pedagoglarning o’quvchilar 
ijtimoiylashuvidagi kamchiliklari yoki yutuqlarini muntazam ravishda kuzatib borish 
imkoniyatlari ortadi. Va har bir o’quvchi bilan alohida ishlashda ham kichik guruhlar 
samaraliroq hisoblanadi.
Biz pedagoglar kelajak avlodning bunyodkori sifatida o’z oldimizga har bir 
o’quvchi, har bir bolaning jamiyatdagi o’z o’rniga, o’zining mustahkam pozitsiyasiga 
ega shaxs sifatida tarbiyalash, uning kamolini ko’ra olish maqsadlarini qo’yishimiz 
zarur. Buning uchun esa o’qituvchilar o’zi ham tinmay izlanishda bo’lishi zarur. Yangi 
metod va texnologiyalardan o’z o’rnida va samarali foydalana olish ham 
pedagoglarning yuksak mahorati hisoblanadi. Yangi texnologiyalardan biri STEAM 
texnologiyasi ham o’quvchilarni ijtimoiylashuvida yaxshi natija berishi ko’zda 
tutuilgan. Ushbu texnologiyasining asosi fanlar integratsiyasi bo’lganligi uchun ham 


29 
aynan bola ijtimoiylashuvida foydalansak katta muvaffaqiyatlarga erishish mumkin. 
Boshlang’ich sinf o’quvchilarida barcha fanlarga qiziqish katta bo’ladi, lekin vaqt 
o’tishi sayin o’quvchilar ayrim yo’nalishga qiziqishi kuchayishi mumkin. Buning 
natijasida esa, ko’plab fanlardan ortda qolish holatlari kuzatiladi. Ayni shunday 
holatlar yuzaga kelmasligi uchun STEAM texnologiyasi samarali yechim bo’la oladi.
Yuqoridagi fikrlarimizga hulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, hozirgi kunda 
davlatimizda o’quvchilar uchunham, o’qituvchilar uchunham yetarlicha shart- 
sharoitlar yaratib berilgan. Bularga javoban esa biz pedagoglardan o’z kasbimizga 
mas’uliyat bilan yondashish va har bir o’quvchini o’z farzandimizdek ko’rib, 
kelajagiga befarq bo’lmasligimiz zarur. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini 
ijtimoylashtirishning metologiyasini yaratishda eng yangi texnologiya va metodlarni 
bugungi kun talabidan kelib chiqqan holda joriy qilinishi har bir pedagogning 
faoliyatida samarali natijalar kasb etishi shubhasizdir.

Download 4,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   247




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish