BOLALARDA KITOBXONLIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH
.
Absatova Barno Eshmuratovna
Sirdaryo viloyati Sardoba tumani 6-maktab
ona tili va adabiyot fan o'qituvchisi
O‘zbekiston Respublikasining “Talim to‘grisida”gi Qonuni va “Kadrlar
tayyorlash millliy dasturi”da ham ma’naviy-ahloqiy tarbiyaga alohida e’tibor
qaratilgan: “Yosh avlodni ma’naviy – ahloqiy tarbiyalashda halqning boy milliy
madaniy-tarixiy an’analariga asoslangan samarali tashkiliy , pedagogik shakl va
vositalari ishlab chiqilib,amaliyotga joriy etiladi. Shaxsni tarbiyalash va uni har
tomonlama kamol toptirishning ustuvorligi ta’minlanadi,”-deb alohida ko‘rsatib
o‘tilgan[1]. Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini
rivojlantirish jarayonida yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, “Ta’lim to‘g‘risida”gi
Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi yoshlarga oid davlat siyosatini amalga
oshirishda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, ta’lim muassasalari, yoshlar va
boshqa tashkilotlarning samarali faoliyatini tashkil etish Harakatlar strategiyasining
ustivor yo‘nalishi etib belgilandi .
30
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ,,Kitob mahsulotlarini nashr etish va
tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutoaalasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish
hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3271 qarori
kitobxonlik madaniyati dolzarb, kechiktirib bo‘lmaydigan davlat siyosati darajasidagi
masala sifatida kun tartibiga qo‘ydi. [1]. Ta’lim oluvchilarda kitobxonlik, kitobni sevish
kabi sifatlarini shakllantirish masalalari g‘oyat muhim muammolardan biridir.
Mazkur
muammo
xalq
pedagogikasi,
islomiy
adabiyotlar,
buyuk
mutafakkirlarning ta’limotlarida aqliy tarbiya, bilim olish bilan bog‘langan holda
talqin etilgan.Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Yusuf Hos
Hojib, Kaykovus, Axmad Yugnakiy, Abdurahmon Jomiy,Alisher Navoiy, Husain Voiz
Koshifiy, Zahriddin Muhammad Bobur, keyinroq esa Abdurauf Fitrat va
boshqalarning ta’limiy – ahloqiy qarashlarida kitob va uning ilm olishdagi o’rni
haqidagi fiklari bunga yaqqol dalil bo’la oladi. Shuning uchun ham ma’naviyat, ta’lim,
xususan oila muammolari bilan shug‘ullangan faylasuf, psixolog, pedagog,
adabiyotshunos olimlar oila kitobxonligining yosh avlod ma’naviyatini
shakllantirishdagi o‘rniga alohida ahamiyat berganlar. Pedagog olimlar
O.Musurmonova, M.Inomova, S.Nishonova, U.Mahkamov, M.Quronov, S.Ochilov
M.Nigmatovlarning tadqiqodlarida oilada bolalar kitobxonligi, mustaqillik va
ma’naviy kamolot negizlari, shaxsni ma’naviy – ahloqiy shakllantirish hamda komil
inson tarbiyasida kitobning o’rni kabi muammolar bilan uyg‘un holda tadqiq etildi.
Keyingi o’n yillikda kitobxonlik muammolari va uni hal etish bo‘yicha
A.Zunnunov, Q.Yo‘ldoshev, S.Matjonov, M.Mirqosimova, T.Niyazmetovalar adabiy
ta’lim jarayonida, sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda, oilada bolalar kitobxonligini
tashkil etishda kitob bilan ishlash metodlari haqida tadqiqotlar olib bormoqdlar .
M.Murodov,
X.Jamolov,
F.Habibullayev,
L.A.Nikitina,
L.Strel’kova,
I.V.Grebennikov, N.I.Bocharova, O.G.Tixinova va boshqalar esa kitobxonlik, oila
kitobxonligi, kutubxonalar bilan hamkorlik muammolariga doir tadqiqot ishlari olib
bordilar. Xususan, M.M.Nigmanova bolalarda kitobxonlik ko’nikmalarini
shakllantirishning ijtimoiy-pedagogik asoslarini tadqiq etdi.
31
Kitob — barcha davrlarda bolalarning dunyoni anglashi, do‘st orttirishi, hayotda
o‘z o‘rnini topishiga ko‘makchi bo‘lib kelgan. Bola qalbida Vatanga muhabbat, yurtga
sadoqat, odamlarga mehr-oqibat tuyg‘ularini kamol toptirishning eng yaxshi vositasi
sifatida qadrlangan . Inson kamoloti va bilimining manbai kitob bilan bog‘liq. U
insonni komillik sari yetaklaydi. Darhaqiqat, bu ma’naviy sarchashma
farzandlarimizning
dunyoqarashini
boyitadi,
nutqini
o‘stirib,
xotirasini
mustahkamlaydi. O‘zbek oilalarida kitobga muhabbat, kitobni asrab-avaylash va
kitobxonlik qadimiy an’analardan biri bo‘lib, xalqimiz ma’naviy kamolotida muhim
o‘rin tutib kelmoqda. [3].
Xulosa qilib aytganda, bolalarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirishda ota-
onalar bolalarni kitob dokonlarga olib borish,ularga rasmli kitoblarni sovg‘a qilishi
ularda kitobga bo‘lgan muhabbatini uyg‘otadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |