Adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-2021 yillarda O‘zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar
strategiyasi.
2.
Azizxo`jayeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. – T.: TDPU,
2003.
3.
Bolalar bog‘chasida tarbiyaning mazmuni //Maktabgacha pedagogika. Ikki
qismli. 1-qism /V.I.Loginova va P.R.Samorukova tahr. ostida. -T.: «Tarbiyachi»,
1991.-256 b.
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI TARBIYACHISINING
ILMIY SALOHIYATINI OSHIRISH
Abdullayeva Dilfuza
TDPU “Maktabgacha ta`lim” talabasi
Har bir davlatning rivojlanib taraqqiy etishi uchun albatta unga ilmli, bilimli
kuchli, irodali, sadoqatli va vataniga cheksiz mehr muhabbatli farzandlar kerak.
Jamiyatda pedagog (o‘qituvchi, tarbiyachi) oldida bir qancha ulkan vazifalar turadi.
18
Birinchidan, o‘sib kelayotgan avlodni tarbiyalash, ikkinchidan mehnatkash xalqimizga
har tomonlama bilim berishdek savobli va ma’suliyatli vazifalarni amalga oshiradi.
Dunyoda biror kimsa yo‘qki, uning ustozi bo‘lmasa. U hukumat rahbarimi, buyuk
allomami, shifokormi, xalq mexrini qozongan yozuvchimi yoki qo‘li gul kosibmi,
qo‘yingki, barcha-barchaning o‘z ustozi va hayot yo‘lini charog’on etib turuvchi
yo‘lboshchisi bo‘ladi.Tarbiyachi yosh avlodni xalqimizning munosib farzandlari qilib
tarbiyalashdek muhim va fahrli shu bilan birga ma’suliyatli vazifani bajaradi.
Tarbiyachining siyosiy yetukligi bolalarni tarbiyalash sifati uchun xalq va jamiyat
oldidagi o‘z ma’suliyatini anglashga ta’lim - tarbiya ishlarini hal etishga ijodiy
yondoshishga o‘z mahoratini doimo faollashtirib borish va hamkasblarning ishdagi
o‘sishiga ko‘maklashuviga yordam beradi. Tarbiyachi o‘zi yashab turgan o‘lka
hayotini bilishi tabiat va jamiyat omillarini tushunishi kerak bu haqda O‘zbekiston
Respublikasining biringi Prezidenti I.A.Karimov o‘qituvchidagi tarbiyachilik
qobiliyatining asosiy mohiyatini shunday ta’riflaydi: «Tarbiyachi – ustoz bo‘lish
uchun, boshqalarning aql-idrokini o‘stirish, ma’rifat ziyosidan bahramand qilish,
haqiqiy vatanparvar, haqiqiy fuqaro etib yetishtirish uchun, eng avvalo, tarbiyachining
o‘zi ana shunday yuksak talablarga javob berishi , buyuk fazilatlarga ega bo‘lishi
kerak». Buning uchun asosiy vosita sifatida dasturiy mahsulotlardan foydalanish davr
talabidir. Bolalarda kognitiv qiziqishni rivojlantirish uchun tarbiyachi katta kuch sarf
qilishi kerak. Uning oldida mashg’ulot ,darsni qiziqarli va boy qilish vazifasi turibdi,
bu esa bolalarni faol o’rganishga undaydi. Ya’ni, tarbiyachi tomonidan mashg’ulot
jarayonida taklif qilingan materialda favqulodda, hayratlanarli, kutilmagan
ma’lumotlar elementlari bo’lishi lozim, ular maktabgacha yoshdagi bolalarning o’quv
jarayoniga qiziqishini uyg’otadi va ijobiy hissiy muhitni yaratishga yordam beradi.
Nafaqat o’quv jarayonini tashkil etishga, balki mustaqil o’yin faoliyatida ham dasturiy
mahsulotlardan foydalanish bolalarning aqliy qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam
beradi. Ana shunday vazifalarni amalga oshirishda pedagoglarni yuksak bilimli qilib
tarbiyalash muhim vazifa hisoblanadi. Lekin afsuski bugungi kunda mamlakatimizda
yuqori bilimli va oliy malumotli mutahasislar kam. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev
19
tashabbuslari bilan ushbu sohada keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Buni
2017 -yil tashkil etilgan Maktabgacha ta’lim vazirligi misolida koʼrishimiz mumkin.
Ta’lim jarayonining kadrlar va uslubiy ta’minoti bilan birgalikda, bu nafaqat
zamonaviy maktab, balki maktabgacha ta’lim muassasasining huquqiy imkoniyatlarini
baholashning hal qiluvchi ko’rsatkichidir. 2018 yilda oliy maʼlumotli pedagog-
tarbiyachilar soni 23 272 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, 2019 yilda 34 180 nafarni,
2020 yilda esa 37 000 nafarni, 2021 yil holatiga ko‘ra 40 388 nafarni tashkil etmoqda.
Bu degani, oxirgi 4 yil ichida 27,6% koʼrsatkich 31,7% ga yetgan.
Jumladan, hududlarda maktabgacha taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha fakultetlar va
maxsus sirtqi guruhlari yaratildi. Pedagog va tarbiyachilarning oylik maoshi
bosqichma-bosqich ko‘tarilib, 70 foizgacha yetkazildi. Qolaversa, oliy taʼlim
tashkilotlariga qabul kvotalari oshirilib, sohaga mutaxassislarni tayyorlaydigan Puchon
Universiteti va А.I.Gertsen filiali tashkil etildi. Puchon universitetida jami 1 198 nafar
talaba tahsil olib kelmoqda. I.A.Gertsen filialida esa 2021-2022 o‘quv yiliga jami
405 nafar talaba qabul qilinishi rejalashtirilgan. Аyniqsa, bakalavr yo‘nalishi bo‘yicha
taʼlim olish muddatining 3 yil yetib belgilangani mutaxassislarning tezkor yetishib
chiqishiga imkon yaratadi.
Maktabgacha taʼlim tizimida kichik hamda maktabgacha yoshdagi bolalarni
rivojlantirish bo‘yicha davlat talablariga muvofiq va xalqaro standartlar asosida “Ilk
qadam” davlat o‘quv dasturi ishlab chiqildi. Maʼlumki, taʼlim jarayonining asosini
o‘yin faoliyati tashkil qiladi. Eng asosiysi, “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi doirasida
har bir maktabgacha taʼlim tashkilotida 5 ta rivojlanish markazlari tashkil etilgan
bo‘lib, pedagog-tarbiyachilar bolajonlarga qurilish va matematika, sanʼat, ilmiy va
tabiat, til va nutq, syujetli-rolli o‘yinlar kabi yo‘nalishlarda tahsil berishmoqda.
Maktabgacha taʼlim vazirligi tegishli sohada Koreya Respublikasi, Xitoy Xalq
Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Yaponiya, Singapur, Turkiya, Polsha va boshqa
mamlakatlar bilan hamkorlikni yoʼlga qo‘ygan. Shu kunga qadar Maktabgacha taʼlim
vazirligi va xorijiy hamkorlar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha
taʼlim tizimini rivojlantirishga qaratilgan 66 ta memorandum va kelishuvlar
imzolangan. Shuningdek, UNISEF, UNESCO, KOICА, JICA, TIKA, EXHT, Jahon
20
banki guruhi, Saudiya taraqqiyot fondi, “Россотрудничество” kabi xalqaro
tashkilotlar va moliya institutlari bilan birgalikda ish olib bormoqda.
Qo‘shimcha maʼlumot sifatida aytish joizki, UNESCO tomonidan 2022 yilda
Toshkent shahrida ilk yoshdagi bolalarga tarbiya va taʼlim berish bo‘yicha Butunjahon
II konferentsiyasini o‘tkazish rejalashtirilgan.
Hozirgi vaqtda maktabgacha taʼlimning muqobil shakllarini joriy etish rejasi
ishlab chiqilgan bo‘lib, unga ko‘ra 2020 yilda BMTning UNISEF xalqaro bolalar
jamg‘armasi bilan birgalikda maktabgacha taʼlimning muqobil shakllarini sinovdan
o‘tkazish rejalashtirilib 2021 yilda amaliyotga joriy etilmoqda. Olib borilayotgan
bunday islohotlarning barchasi ona vatanimizda o’sib ulg’ayayotga yosh avlodlar
uchun va yana har bir fuqaro uchun hamdir. Berilgan imkoniyatlardan oqilona
foydalanish , ularning qadriga yetib, yurt ravnaqi uchun o’z hissasini qo’shadigan inson
bo’lish har birimizning burchimizdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |