Bevosita ishbay
tizimida mehnat haqi ishlab chiqarilgan mahsulotga
to‘g‘ridan-to‘g‘ri mutanosib, o‘zgarmas baholar bo‘yicha to‘lanadi.
Bilvosita ishbay
tizimi yordamchi ishchilarga haq to‘lash uchun qo‘l-
laniladi, bunda ularning o‘zlari mahsulot ishlab chiqarmaydilar, ammo
boshqalar ishlab chiqargan mahsulot miqdori ko‘p jihatdan ularning ishiga
(masalan, chilangarlar, ko‘tarma kran haydovchilar) bog‘liq bo‘ladi. Ular
ishbay asosida ishlovchi asosiy xodimlar ishlab chiqargan mahsulot birligi
uchun ish haqi oladilar.
104
Akkord
tizim qo‘llanilganda, to‘lanadigan haq miqdori alohida
bajarilgan har bir ish uchun emas, balki haq to‘lanadigan vaqt mobaynida
bajarilgan muayyan ish haqi uchun belgilanadi. Bu tizimdan asosan
qurilishda foydalaniladi. Bulardan tashqari, yana mehnatga brigada
bo‘yicha haq to‘lash usuli ham mavjud. Bunda alohida olingan har bir
xodimning ish haqi butun brigadaning ish natijalariga bog‘liq bo‘ladi.
Ish haqi to‘lashning mukofot tizimi ham bor. Mukofot tizimi ish
haqining asosiy tizimlarida ko‘zda tutilmagan mehnat natijalariga qarab,
moddiy rag‘batlantirish shaklidir. Mukofotlar, yuqorida qayd qilib
o‘tilganidek, ish haqining qo‘shimcha, o‘zgarib turadigan qismi bo‘lib,
uning miqdori, odatda aniq ko‘rsatkichlarning bajarilishiga bog‘liq va
asosiy maoshga nisbatan foiz hisobidan belgilanadi. Mukofotlar o‘rtacha
ish haqini hisoblab chiqishda hisobga olinmaydi, ammo mehnat
daftarchasiga yozib boriladi.
Mukofotlar ish haqi va moddiy rag‘batlantirish fondlari hisobidan
to‘lanadi. Yillik ish yakuniga ko‘ra mukofot puli berilishi mumkin. U
rag‘batlantirishning o‘ziga xos mustaqil shakli bo‘lib, moddiy
rag‘batlantirish fondi hisobidan to‘lanadi.
Mehnat qonunlarida ish vaqtidan ortiq ishlash nazarda tutilgan. Ish
vaqtidan tashqari ishlar, dam olish kunlari va bayram kunlaridagi ishlar
uchun kamida 2 hissa miqdorida haq to‘lanadi. Xodimning iltimosiga
ko‘ra ish vaqtidan ortiq ishlagan soatlar soniga teng miqdorda dam olish
muddati berilishi mumkin. Bunday holda bir hissa miqdorida haq
to‘lanadi. Tungi vaqtdagi ishning har bir soati uchun kamida 1,5 baravar
miqdorda haq to‘lanadi, bunday haq jamoa shartnomasida, agar u
tuzilmagan bo‘lsa, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushma qo‘mitasi yoki
xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib belgilanadi.
Xodimning aybisiz yaroqsiz mahsulot tayyorlanganda va bekor turib
qolingan vaqtda, uning o‘rtacha ish haqi saqlanadi. Xodimning aybi bilan
tayyorlangan qisman yaroqsiz mahsulot uchun kamaytirilgan ishbay
baholar bo‘yicha haq to‘lanadi. Xodimning aybi bilan tayyorlangan to‘liq
yaroqsiz mahsulot va bekor turib qolingan vaqt uchun haq to‘lanmaydi.
Bir necha kasbda (lavozimda) ishlaganlik, xizmat ko‘rsatish doira-
sining kengayganligi, bajariladigan ishlar hajmining ortganligi, o‘zining
asosiy ishi bilan birgalikda ishda vaqtincha bo‘lmagan xodimlarning
vazifalarini bajarganlik uchun, shuningdek o‘rindoshlik asosida ish
bajarilganida, xodimlarning ish haqi miqdori mehnat shartnomasining
taraflari o‘rtasidagi kelishuvga binoan, amalda bajarilgan ish yuzasidan
belgilanadi.
Mehnatga haq to‘lash muddatlari jamoa shartnomasi yoki boshqa
lokal normativ hujjatda belgilanadi va har yarim oyda bir marta to‘lanadi,
105
ammo boshqa xodimlarning ayrim toifalari uchun bu muddatlar boshqacha
bo‘lishi mumkin. Ish haqi to‘lashning avans va avanssiz tartiblari mavjud.
Birinchi holda xodim oyning birinchi yarmi uchun avans oladi, oyning
ikkinchi yarmi uchun esa, u bilan uzil kesil hisob-kitob qilinadi.
Umumiy qoidaga ko‘ra, xodimning yozma roziligi bilan, bunday
rozilik bo‘lmagan taqdirda esa, sudning qaroriga asosan mehnat haqidan
ushlab qolinishi mumkin. Quyidagi hollarda xodimning roziligidan qat’i
nazar, mehnat haqidan ushlab qolinadi:
– O‘zbekiston Respublikasida belgilangan soliqlar va boshqa majburiy
to‘lovlarni undirish uchun;
– sudning qarorlari va boshqa ijro hujjatlarini ijro etish uchun;
– ish haqi hisobiga berilgan avansni ushlab qolish, hisob-kitobdagi
yanglishishlar tufayli ortiqcha to‘langan pulni qaytarib olish uchun;
– xizmat safarlari yoki boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan,
xo‘jalik ehtiyojlariga berilgan bo‘lib, sarflanmay qolgan va o‘z vaqtida
qaytarilmagan avansni ushlab qolish uchun. Bunday hollarda avansni
qaytarish, qarzni to‘lash va shu kabilar uchun belgilangan muddat tamom
bo‘lgan kundan boshlab kamida 1 oy o‘tmasdan avans yoki qarzni ushlab
qolish haqida farmoyish berilishi mumkin. Agar bu muddat o‘tib ketgan
bo‘lsa, u holda qarz faqat sud tartibida undiriladi;
– hisobidan xodim ta’til olib bo‘lgan ish yili tugamasdan turib mehnat
shartnomasi bekor qilinganda, ta’tilning ishlanmagan davrga tegishli
kunlari uchun;
– xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan zararni qoplash uchun,
agar yetkazilgan zararning miqdori xodimning o‘rtacha oylik ish haqidan
ortiq bo‘lmasa;
– o‘rtacha oylik ish haqining 30 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda
jarimani undirish uchun.
Ish haqini har gal to‘lash vaqtida ushlab qolinadigan haqning umumiy
miqdori xodimga tegishli bo‘lgan mehnat haqining 50 foizidan ortib
ketmasligi lozim.
Kafolatli to‘lovlar xodimga uzrli sabablar bilan o‘z mehnat vazifasini
amalda bajarmagan davri uchun qonunda ko‘zda tutilganiga muvofiq haq
to‘lanishidir.
Amaldagi qonunga ko‘ra, kafolatli to‘lovlarning quyidagi turlari
mavjud:
a) xodimlarga davlat yoki jamoat vazifalarini bajarishlari munosabati
bilan beriladigan kafolatlar (MKning 165-moddasi);
b) ish beruvchi va mehnat jamoasi manfaatlariga doir vazifalarni
bajarish vaqtida beriladigan kafolatlar (MKning 166-moddasi);
106
v) xodim jamiyat manfaatlariga doir harakat qilganda beriladigan
kafolatlar (MKning 167-moddasi).
Davlat yoki jamoat vazifalarini bajarish vaqtlarda beriladigan
kafolatlar quyidagi hollarda belgilanadi: saylov huquqini amalga oshirish,
deputatlik vazifalarini bajarish, tibbiy mehnat ekspertiza komissiyasi
ishida ishtirok etish, harbiy burchni bajarish, surishtiruv organiga,
tergovchi, prokuror huzuriga yoki sudga guvoh, jabrlanuvchi, ekspert,
mutaxassis, tarjimon, xolis tariqasida, sud majlislarida xalq maslahatchisi,
jamoat ayblovchisi va jamoat himoyachisi, jamoat birlashmalari va mehnat
tarmoqlarining vakili sifatida ishtirok etishda, shuningdek qonunda
nazarda tutilgan boshqa hollarda ish beruvchi xodimning ish joyini
saqlagan holda ishdan ozod qilishi shart. Bunday hollarda xodimning
o‘rtacha ish haqi saqlanadi.
Ish beruvchi va mehnat jamoasi manfaatlariga doir vazifalarni bajarish
vaqtida beriladigan kafolatlar malaka oshirish, ixtirochilik takliflarini joriy
etish ishida qatnashish, xizmat safarida bo‘lish, tibbiy ko‘rikdan o‘tish
kabilardan iborat. Bunday hollarda ishdan ozod etish shartlari, beriladigan
kafolatlar miqdori jamoa shartnomasida belgilab qo‘yiladi, lekin bu to‘lov
miqdori o‘rtacha ish haqidan kam bo‘lmasligi kerak.
Xodim jamiyat manfaatlariga doir harakatlar qilganda (avariyalar,
tabiiy ofatlarning oqibatlarini tugatish, inson hayotini saqlab qolish va
boshqalar) beriladigan kafolatlar ham mavjud bo‘lib, ana shu davrda uning
ish joyi va o‘rtacha ish haqi saqlanadi. Donorlik vazifasini bajargan
hollarda xodimga o‘sha kuni ishdan ruxsat berilishi va uning o‘rtacha ish
haqi saqlanishi shart.
Kompensatsiya to‘lovlari xodimning o‘z mehnat vazifalarini bajarishi
yoki boshqa joydagi ishga ko‘chib o‘tishi yoxud boshqa joydagi ishga
ko‘chirilishi va qabul qilinishi bilan bog‘liq sarf-xarajatlarini qoplash
maqsadida to‘lanadigan haqdir.
Kompensatsiya to‘lovlari quyidagi hollarda to‘lanadi:
a) xizmat safari davrida va ko‘chib yurish bilan bog‘liq ishlarda;
b) boshqa joydagi ishga ko‘chib borganda;
v) xodimga tegishli mol-mulkdan foydalanganda.
Xizmat safari davrida beriladigan to‘lov ish beruvchining farmoyishi
bilan xodim doimiy ish joyidan boshqa joyga ma’lum muddatga safarga
yuborilganda to‘lanadi.
Xizmat safariga yuborilgan xodimga sutkalik pul, yo‘l va turar joy
ijarasi haqlari to‘lanadi. Safarga jo‘nagan va undan qaytgan kuni bir kunga
hisoblanadi. Ko‘chib yurish bilan bog‘liq ishlarga beriladigan to‘lov
deganda, mehnat vazifalari doimiy ravishda yo‘lda bo‘lishni taqozo
etadigan xodimlarning (mashinistlar, uzoqqa qatnaydigan avtobuslarning
107
haydovchilari) ish haqi tushuniladi. Ular xizmat safariga yuborilgan
hisoblanmaydilar. Xodimlarning bu toifasiga oylik ish haqiga foiz
hisobidan qo‘shimcha haq to‘lanadi.
Boshqa joydagi ishga ko‘chib borilganda, ya’ni xodim yoki yosh
mutaxassisning ishga yuborilishi munosabati bilan to‘lov to‘lanadi. Bu
xodimning o‘zi va uning oila a’zolari uchun to‘lanadigan yo‘l puli,
shuningdek xodim o‘ziga 500
Do'stlaringiz bilan baham: |