O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI “SIRTQI” FAKULTET
“MOLIYA” YUNALISHI MM-50K-2
“DAVLAT XARIDI” FANIDAN
“TANLOV SAVDOLARI” MAVZUSIDAGI
MUSTAQIL ISHI
TAYYORLADI: F.SHARIPOV
TEKSHIRDI: Sh.FOILCHAEV
Reja:
1.Tanlov tushunchasi va uni o’tkazish mezonlari
2. Tanlov o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’lon va tanlov hujjatlari
3. Tanlov ishtirokchilarining takliflarini berish, takliflarini ko‘rib chiqish va baholash tartibi
.
1. Tanlov tushunchasi va uni o’tkazish mezonlari
Tanlov deganda shartnomani bajarish bo‘yicha eng yaxshi shartlarni taklif qilgan ishtirokchi g‘olib deb topiladigan xarid qilish tartib-taomilini amalga oshirishning turi tushuniladi. Davlat xaridi to‘g‘risidagi axborot davlat buyurtmachisi tomonidan maxsus axborot portaliga tanlov o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’lonni va tanlov hujjatlarini joylashtirish orqali cheklanmagan doiradagi shaxslarga ma’lum qilinadi. Tanlov o‘tkazish mezonlari. Tanlov vositasidagi davlat xaridi quyidagi shartlar bir vaqtning o‘zida bajarilgan taqdirda amalga oshiriladi: − tovarning (ishning, xizmatning) batafsil va aniq ta’rifini ta’riflash imkoniyati mavjud; − g‘olibni aniqlash mezonlari tovar (ish, xizmat) davlat xaridining nafaqat pul ifodasiga, balki miqdoriy va sifat bahosiga ham ega bo‘ladi; − tovar qiymati bir shartnoma bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining besh ming baravaridan yigirma besh ming baravarigacha bo‘lgan miqdorni tashkil etadi; − xizmatlarning, ishlarning qiymati bir shartnoma bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan yigirma besh ming baravarigacha bo‘lgan miqdorni tashkil etadi. Byudjet buyurtmachilari uchun tanlovdagi davlat xaridlari:
❖ tovarning qiymati bir shartnoma bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining ikki ming besh yuz baravaridan olti ming baravarigacha bo‘lgan miqdorni tashkil etishi kerak; ❖ ishlarning, xizmatlarning qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan olti ming baravarigacha bo‘lgan miqdorni tashkil etishi kerak. Agar investitsiya loyihalari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari bilan davlat buyurtmachilariga tenderni o‘tkazmasdan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) etkazib beruvchilar bilan shartnomalar tuzish huquqi berilgan taqdirda, xarid qilish tartib-taomili davlat xaridining summasidan qat’i nazar tanlov o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. Davlat xaridini tanlov o‘tkazish orqali amalga oshirish uchun kamida besh nafar a’zodan iborat tarkibda xarid komissiyasi tuziladi. Shartnomani bajarish bo‘yicha eng yaxshi shartlar tanlov ishtirokchilarining takliflarini baholash bo‘yicha e’lon qilingan mezonlar asosida xarid komissiyasi tomonidan aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |