2. Dam olish turlari va tartibi
Dam olish vaqti xodimning mehnat vazifalarini bajarishdan xoli va
bundan u o‘z ixtiyori bilan foydalanishi mumkin bo‘lgan vaqtdir.
Mehnatga doir qonunlarda dam olish vaqtining quyidagi turlari
nazarda tutilgan: a) ish kuni orasidagi; b) har kungi; v) haftalik dam olish;
g)
bayram kunlari; d) ta’tillar.
Xodimga ish kuni (smena) davomida dam olish va ovqatlanish uchun
tanaffus berilishi kerak. Tanaffus, odatda ish boshlangandan keyin, uzog‘i
bilan 4 soat o‘tgach beriladi, bu vaqt ish vaqtiga kiritilmaydi. Tanaffus
berish vaqti va uning aniq muddati ichki mehnat tartibi qoidalarida,
smena
jadvallarida yoki xodim bilan ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga binoan
belgilab qo‘yiladi. Ish sharoitiga ko‘ra tanaffus berish mumkin bo‘lmagan
joylarda xodimlarga ish vaqti davomida ovqatlanib olish uchun imkoniyat
berilishi lozim.
Ish tugashi bilan keyingi kuni (smenada) ish boshlanishi o‘rtasidagi
dam olish vaqtining muddati 12 soatdan kam bo‘lmasligi kerak. Mehnatga
doir qonunlarda umumiy dam olish kuni sifatida yakshanba belgilangan.
Besh kunlik ish haftasi sharoitida ikki dam olish kuni beriladi. Ikkala dam
olish kunlari, odatda ketma-ket beriladi. Dam olish kunlarida ishlash,
shuningdek dam olish kunini boshqa vaqtga ko‘chirish qonun bilan
taqiqlanadi. Dam olish kunlarida istisno tariqasida
ayrim xodimlarni ishga
jalb qilishga jamoa shartnomasiga asosan yoki kasaba uyushma qo‘mitasi
bilan kelishgan holda, ish beruvchining yozma ravishda chiqargan
buyrug‘i asosida ruxsat etiladi. 18 yoshga to‘lmagan shaxslar, nogironlar
va ayrim toifadagi ayollar dam olish kunlarida ishlashga jalb qilinmaydi.
Dam olish kunlarida ishga jalb qilishga quyidagi hollarda yo‘l qo‘yiladi:
a) tabiiy ofat, ishlab chiqarish avariyasining oldini olish yoki tugatish
yoxud ularning oqibatlarini darhol bartaraf qilish;
b) korxonaning me’yorida ishlashi uchun zarur va to‘xtatib qo‘yib
bo‘lmaydigan, ilgaridan ko‘zda tutilmagan ishlarni
tezda bajarish lozim
bo‘lganda.
Dam olish kunlarida bajarilgan ish uchun kamida 2 hissa miqdorida
haq to‘lanadi. Barcha xodimlar bayram kunlarida ishdan ozod qilinadilar.
Bayram kunlari Respublika Oliy Majlisi tomonidan belgilanadi.
Mehnat kodeksining 131-moddasiga ko‘ra, mamlakatimizda quyidagi
kunlar bayram kunlari (ishlanmaydigan kunlar) hisoblanadi:
–
1 yanvar – Yangi yil;
–
8 mart – Xotin-qizlar kuni;
–
21 mart – Navro‘z bayrami;
98
–
9 may – Xotira va qadrlash kuni;
–
1 sentabr – Mustaqillik kuni;
–
1 oktabr – O‘qituvchi
va murabbiylar kuni;
–
8 dekabr – Konstitutsiya kuni;
–
Ro‘za hayit (Iyd al-Fitr) diniy bayramining birinchi kuni;
–
Qurbon hayit (Iyd al-Adha) diniy bayramining birinchi kuni.
Ishlab chiqarishdagi texnik sharoitga ko‘ra ishni to‘xtatib turish
mumkin bo‘lmaydigan korxonalarda, aholiga xizmat ko‘rsatish lozim
bo‘lgan ishlarda, kechiktirib bo‘lmaydigan ta’mirlash,
yuk tushirish va
ortishda bayram kunlarida ishlashga yo‘l qo‘yiladi. Xodimning xohishiga
ko‘ra, bayram kunlarida ishlaganlik uchun unga boshqa dam olish kuni
berilishi mumkin.
Ayrim korxonalarda dam olish va bayram kunlarida,
shuningdek ish tugagandan keyin navbatchilik tashkil qilinishi mumkin,
bunda, albatta, kasaba uyushma qo‘mitasining roziligi bo‘lishi kerak. Agar
xodim ish kuni yoki ish smenasi tugaganidan keyin navbatchilik qilgan
bo‘lsa, ertasi kuni uning ishga chiqish vaqti birmuncha orqaga suriladi.
Barcha xodimlarga ish joyi va o‘rtacha ish haqi saqlangan holda, shu
jumladan o‘rindoshlik asosida ishlayotganlarga
ham dam olish va ish
qobiliyatini tiklash uchun har yili
Do'stlaringiz bilan baham: