Њзбекистон республикаси ички ишлар вазирлиги



Download 0,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/42
Sana30.03.2022
Hajmi0,74 Mb.
#518796
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   42
Bog'liq
mehnat xuquqi

ish vaqtidan tashqari ish 
deb hisoblanadi. Ish vaqtidan tashqari 
ishlar xodimning roziligi bilan bajarilishi mumkin. Bunday ishlarga faqat 
quyidagi hollarda yo‘l qo‘yiladi: 
– Respublika mudofaasi uchun zarur ishlarni bajarish; 
– tabiiy ofatning oldini olish; 
– ishlab chiqarish zarurati tufayli va boshqa ba’zi favqulodda 
holatlarda; 
– kasaba uyushma qo‘mitasining ruxsati bilan. 
Ish smenasining muddati 12 soat bo‘lganda, shuningdek mehnat sha-
roiti o‘ta og‘ir va o‘ta zararli ishlarda ish vaqtidan tashqari ishlarga yo‘l 
qo‘yilmaydi. 
Quyidagi shaxslar ish vaqtidan tashqari ishlarga jalb qilinmaydilar: 
a) I va II guruh nogironlari
b) ba’zi toifadagi ayollar (homilador va 14 yoshga to‘lmagan bolasi 
bor ayollar); 
d) 18 yoshga to‘lmaganlar. 
Ish vaqtidan tashqari bajarilgan ishlar uchun kamida 2 hissa miqdorida 
haq to‘lanadi. Bunday ishlarning muddatlari har bir xodim uchun 
surunkasiga 2 kun davomida 4 soatdan (mehnat sharoiti og‘ir va zararli 
ishlarda bir kunda 2 soatdan) va yiliga 120 soatdan ortiq bo‘lmasligi lozim. 
Ish beruvchi har bir xodimning haqiqatan ishlagan ish vaqtini, shu 
jumladan ish vaqtidan tashqari ishlagan vaqtini aniq hisobga olib borishi 
shart. Haqiqatda ishlangan vaqtga muvofiq ravishda mehnat haqi to‘lanadi, 
qo‘shimcha ta’tillar beriladi. Haqiqatda ishlangan vaqtga ish vaqti ham
shuningdek qonun bo‘yicha ish vaqtiga tenglashtiriladigan tanaffuslar 
vaqti ham qo‘shiladi. 
97


2. Dam olish turlari va tartibi 
Dam olish vaqti xodimning mehnat vazifalarini bajarishdan xoli va 
bundan u o‘z ixtiyori bilan foydalanishi mumkin bo‘lgan vaqtdir. 
Mehnatga doir qonunlarda dam olish vaqtining quyidagi turlari 
nazarda tutilgan: a) ish kuni orasidagi; b) har kungi; v) haftalik dam olish; 
g) bayram kunlari; d) ta’tillar. 
Xodimga ish kuni (smena) davomida dam olish va ovqatlanish uchun 
tanaffus berilishi kerak. Tanaffus, odatda ish boshlangandan keyin, uzog‘i 
bilan 4 soat o‘tgach beriladi, bu vaqt ish vaqtiga kiritilmaydi. Tanaffus 
berish vaqti va uning aniq muddati ichki mehnat tartibi qoidalarida, smena 
jadvallarida yoki xodim bilan ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga binoan 
belgilab qo‘yiladi. Ish sharoitiga ko‘ra tanaffus berish mumkin bo‘lmagan 
joylarda xodimlarga ish vaqti davomida ovqatlanib olish uchun imkoniyat 
berilishi lozim. 
Ish tugashi bilan keyingi kuni (smenada) ish boshlanishi o‘rtasidagi 
dam olish vaqtining muddati 12 soatdan kam bo‘lmasligi kerak. Mehnatga 
doir qonunlarda umumiy dam olish kuni sifatida yakshanba belgilangan. 
Besh kunlik ish haftasi sharoitida ikki dam olish kuni beriladi. Ikkala dam 
olish kunlari, odatda ketma-ket beriladi. Dam olish kunlarida ishlash, 
shuningdek dam olish kunini boshqa vaqtga ko‘chirish qonun bilan 
taqiqlanadi. Dam olish kunlarida istisno tariqasida ayrim xodimlarni ishga 
jalb qilishga jamoa shartnomasiga asosan yoki kasaba uyushma qo‘mitasi 
bilan kelishgan holda, ish beruvchining yozma ravishda chiqargan 
buyrug‘i asosida ruxsat etiladi. 18 yoshga to‘lmagan shaxslar, nogironlar 
va ayrim toifadagi ayollar dam olish kunlarida ishlashga jalb qilinmaydi. 
Dam olish kunlarida ishga jalb qilishga quyidagi hollarda yo‘l qo‘yiladi: 
a) tabiiy ofat, ishlab chiqarish avariyasining oldini olish yoki tugatish 
yoxud ularning oqibatlarini darhol bartaraf qilish; 
b) korxonaning me’yorida ishlashi uchun zarur va to‘xtatib qo‘yib 
bo‘lmaydigan, ilgaridan ko‘zda tutilmagan ishlarni tezda bajarish lozim 
bo‘lganda. 
Dam olish kunlarida bajarilgan ish uchun kamida 2 hissa miqdorida 
haq to‘lanadi. Barcha xodimlar bayram kunlarida ishdan ozod qilinadilar. 
Bayram kunlari Respublika Oliy Majlisi tomonidan belgilanadi. 
Mehnat kodeksining 131-moddasiga ko‘ra, mamlakatimizda quyidagi 
kunlar bayram kunlari (ishlanmaydigan kunlar) hisoblanadi: 

1 yanvar – Yangi yil; 

8 mart – Xotin-qizlar kuni; 

21 mart – Navro‘z bayrami; 
98



9 may – Xotira va qadrlash kuni; 

1 sentabr – Mustaqillik kuni; 

1 oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni

8 dekabr – Konstitutsiya kuni; 

Ro‘za hayit (Iyd al-Fitr) diniy bayramining birinchi kuni; 

Qurbon hayit (Iyd al-Adha) diniy bayramining birinchi kuni. 
Ishlab chiqarishdagi texnik sharoitga ko‘ra ishni to‘xtatib turish 
mumkin bo‘lmaydigan korxonalarda, aholiga xizmat ko‘rsatish lozim 
bo‘lgan ishlarda, kechiktirib bo‘lmaydigan ta’mirlash, yuk tushirish va 
ortishda bayram kunlarida ishlashga yo‘l qo‘yiladi. Xodimning xohishiga 
ko‘ra, bayram kunlarida ishlaganlik uchun unga boshqa dam olish kuni 
berilishi mumkin.
Ayrim korxonalarda dam olish va bayram kunlarida, 
shuningdek ish tugagandan keyin navbatchilik tashkil qilinishi mumkin, 
bunda, albatta, kasaba uyushma qo‘mitasining roziligi bo‘lishi kerak. Agar 
xodim ish kuni yoki ish smenasi tugaganidan keyin navbatchilik qilgan 
bo‘lsa, ertasi kuni uning ishga chiqish vaqti birmuncha orqaga suriladi. 
Barcha xodimlarga ish joyi va o‘rtacha ish haqi saqlangan holda, shu 
jumladan o‘rindoshlik asosida ishlayotganlarga ham dam olish va ish 
qobiliyatini tiklash uchun har yili 

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish