Њзбекистон республикаси ички ишлар вазирлиги



Download 0,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/42
Sana30.03.2022
Hajmi0,74 Mb.
#518796
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   42
Bog'liq
mehnat xuquqi

Bevosita ishbay 
tizimida mehnat haqi ishlab chiqarilgan mahsulotga 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri mutanosib, o‘zgarmas baholar bo‘yicha to‘lanadi. 
Bilvosita ishbay 
tizimi yordamchi ishchilarga haq to‘lash uchun qo‘l-
laniladi, bunda ularning o‘zlari mahsulot ishlab chiqarmaydilar, ammo 
boshqalar ishlab chiqargan mahsulot miqdori ko‘p jihatdan ularning ishiga 
(masalan, chilangarlar, ko‘tarma kran haydovchilar) bog‘liq bo‘ladi. Ular 
ishbay asosida ishlovchi asosiy xodimlar ishlab chiqargan mahsulot birligi 
uchun ish haqi oladilar. 
104


Akkord 
tizim qo‘llanilganda, to‘lanadigan haq miqdori alohida 
bajarilgan har bir ish uchun emas, balki haq to‘lanadigan vaqt mobaynida 
bajarilgan muayyan ish haqi uchun belgilanadi. Bu tizimdan asosan 
qurilishda foydalaniladi. Bulardan tashqari, yana mehnatga brigada 
bo‘yicha haq to‘lash usuli ham mavjud. Bunda alohida olingan har bir 
xodimning ish haqi butun brigadaning ish natijalariga bog‘liq bo‘ladi. 
Ish haqi to‘lashning mukofot tizimi ham bor. Mukofot tizimi ish 
haqining asosiy tizimlarida ko‘zda tutilmagan mehnat natijalariga qarab, 
moddiy rag‘batlantirish shaklidir. Mukofotlar, yuqorida qayd qilib 
o‘tilganidek, ish haqining qo‘shimcha, o‘zgarib turadigan qismi bo‘lib, 
uning miqdori, odatda aniq ko‘rsatkichlarning bajarilishiga bog‘liq va 
asosiy maoshga nisbatan foiz hisobidan belgilanadi. Mukofotlar o‘rtacha 
ish haqini hisoblab chiqishda hisobga olinmaydi, ammo mehnat 
daftarchasiga yozib boriladi. 
Mukofotlar ish haqi va moddiy rag‘batlantirish fondlari hisobidan 
to‘lanadi. Yillik ish yakuniga ko‘ra mukofot puli berilishi mumkin. U 
rag‘batlantirishning o‘ziga xos mustaqil shakli bo‘lib, moddiy 
rag‘batlantirish fondi hisobidan to‘lanadi. 
Mehnat qonunlarida ish vaqtidan ortiq ishlash nazarda tutilgan. Ish 
vaqtidan tashqari ishlar, dam olish kunlari va bayram kunlaridagi ishlar 
uchun kamida 2 hissa miqdorida haq to‘lanadi. Xodimning iltimosiga 
ko‘ra ish vaqtidan ortiq ishlagan soatlar soniga teng miqdorda dam olish 
muddati berilishi mumkin. Bunday holda bir hissa miqdorida haq 
to‘lanadi. Tungi vaqtdagi ishning har bir soati uchun kamida 1,5 baravar 
miqdorda haq to‘lanadi, bunday haq jamoa shartnomasida, agar u 
tuzilmagan bo‘lsa, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushma qo‘mitasi yoki 
xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib belgilanadi. 
Xodimning aybisiz yaroqsiz mahsulot tayyorlanganda va bekor turib 
qolingan vaqtda, uning o‘rtacha ish haqi saqlanadi. Xodimning aybi bilan 
tayyorlangan qisman yaroqsiz mahsulot uchun kamaytirilgan ishbay 
baholar bo‘yicha haq to‘lanadi. Xodimning aybi bilan tayyorlangan to‘liq 
yaroqsiz mahsulot va bekor turib qolingan vaqt uchun haq to‘lanmaydi. 
Bir necha kasbda (lavozimda) ishlaganlik, xizmat ko‘rsatish doira-
sining kengayganligi, bajariladigan ishlar hajmining ortganligi, o‘zining 
asosiy ishi bilan birgalikda ishda vaqtincha bo‘lmagan xodimlarning 
vazifalarini bajarganlik uchun, shuningdek o‘rindoshlik asosida ish 
bajarilganida, xodimlarning ish haqi miqdori mehnat shartnomasining 
taraflari o‘rtasidagi kelishuvga binoan, amalda bajarilgan ish yuzasidan 
belgilanadi. 
Mehnatga haq to‘lash muddatlari jamoa shartnomasi yoki boshqa 
lokal normativ hujjatda belgilanadi va har yarim oyda bir marta to‘lanadi, 
105


ammo boshqa xodimlarning ayrim toifalari uchun bu muddatlar boshqacha 
bo‘lishi mumkin. Ish haqi to‘lashning avans va avanssiz tartiblari mavjud. 
Birinchi holda xodim oyning birinchi yarmi uchun avans oladi, oyning 
ikkinchi yarmi uchun esa, u bilan uzil kesil hisob-kitob qilinadi. 
Umumiy qoidaga ko‘ra, xodimning yozma roziligi bilan, bunday 
rozilik bo‘lmagan taqdirda esa, sudning qaroriga asosan mehnat haqidan 
ushlab qolinishi mumkin. Quyidagi hollarda xodimning roziligidan qat’i 
nazar, mehnat haqidan ushlab qolinadi: 
– O‘zbekiston Respublikasida belgilangan soliqlar va boshqa majburiy 
to‘lovlarni undirish uchun; 
– sudning qarorlari va boshqa ijro hujjatlarini ijro etish uchun; 
– ish haqi hisobiga berilgan avansni ushlab qolish, hisob-kitobdagi 
yanglishishlar tufayli ortiqcha to‘langan pulni qaytarib olish uchun; 
– xizmat safarlari yoki boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan, 
xo‘jalik ehtiyojlariga berilgan bo‘lib, sarflanmay qolgan va o‘z vaqtida 
qaytarilmagan avansni ushlab qolish uchun. Bunday hollarda avansni 
qaytarish, qarzni to‘lash va shu kabilar uchun belgilangan muddat tamom 
bo‘lgan kundan boshlab kamida 1 oy o‘tmasdan avans yoki qarzni ushlab 
qolish haqida farmoyish berilishi mumkin. Agar bu muddat o‘tib ketgan 
bo‘lsa, u holda qarz faqat sud tartibida undiriladi; 
– hisobidan xodim ta’til olib bo‘lgan ish yili tugamasdan turib mehnat 
shartnomasi bekor qilinganda, ta’tilning ishlanmagan davrga tegishli 
kunlari uchun; 
– xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan zararni qoplash uchun, 
agar yetkazilgan zararning miqdori xodimning o‘rtacha oylik ish haqidan 
ortiq bo‘lmasa; 
– o‘rtacha oylik ish haqining 30 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda 
jarimani undirish uchun. 
Ish haqini har gal to‘lash vaqtida ushlab qolinadigan haqning umumiy 
miqdori xodimga tegishli bo‘lgan mehnat haqining 50 foizidan ortib 
ketmasligi lozim. 
Kafolatli to‘lovlar xodimga uzrli sabablar bilan o‘z mehnat vazifasini 
amalda bajarmagan davri uchun qonunda ko‘zda tutilganiga muvofiq haq 
to‘lanishidir. 
Amaldagi qonunga ko‘ra, kafolatli to‘lovlarning quyidagi turlari 
mavjud: 
a) xodimlarga davlat yoki jamoat vazifalarini bajarishlari munosabati 
bilan beriladigan kafolatlar (MKning 165-moddasi); 
b) ish beruvchi va mehnat jamoasi manfaatlariga doir vazifalarni 
bajarish vaqtida beriladigan kafolatlar (MKning 166-moddasi);
106


v) xodim jamiyat manfaatlariga doir harakat qilganda beriladigan 
kafolatlar (MKning 167-moddasi). 
Davlat yoki jamoat vazifalarini bajarish vaqtlarda beriladigan 
kafolatlar quyidagi hollarda belgilanadi: saylov huquqini amalga oshirish, 
deputatlik vazifalarini bajarish, tibbiy mehnat ekspertiza komissiyasi 
ishida ishtirok etish, harbiy burchni bajarish, surishtiruv organiga, 
tergovchi, prokuror huzuriga yoki sudga guvoh, jabrlanuvchi, ekspert, 
mutaxassis, tarjimon, xolis tariqasida, sud majlislarida xalq maslahatchisi, 
jamoat ayblovchisi va jamoat himoyachisi, jamoat birlashmalari va mehnat 
tarmoqlarining vakili sifatida ishtirok etishda, shuningdek qonunda 
nazarda tutilgan boshqa hollarda ish beruvchi xodimning ish joyini 
saqlagan holda ishdan ozod qilishi shart. Bunday hollarda xodimning 
o‘rtacha ish haqi saqlanadi. 
Ish beruvchi va mehnat jamoasi manfaatlariga doir vazifalarni bajarish 
vaqtida beriladigan kafolatlar malaka oshirish, ixtirochilik takliflarini joriy 
etish ishida qatnashish, xizmat safarida bo‘lish, tibbiy ko‘rikdan o‘tish 
kabilardan iborat. Bunday hollarda ishdan ozod etish shartlari, beriladigan 
kafolatlar miqdori jamoa shartnomasida belgilab qo‘yiladi, lekin bu to‘lov 
miqdori o‘rtacha ish haqidan kam bo‘lmasligi kerak. 
Xodim jamiyat manfaatlariga doir harakatlar qilganda (avariyalar, 
tabiiy ofatlarning oqibatlarini tugatish, inson hayotini saqlab qolish va 
boshqalar) beriladigan kafolatlar ham mavjud bo‘lib, ana shu davrda uning 
ish joyi va o‘rtacha ish haqi saqlanadi. Donorlik vazifasini bajargan 
hollarda xodimga o‘sha kuni ishdan ruxsat berilishi va uning o‘rtacha ish 
haqi saqlanishi shart. 
Kompensatsiya to‘lovlari xodimning o‘z mehnat vazifalarini bajarishi 
yoki boshqa joydagi ishga ko‘chib o‘tishi yoxud boshqa joydagi ishga 
ko‘chirilishi va qabul qilinishi bilan bog‘liq sarf-xarajatlarini qoplash 
maqsadida to‘lanadigan haqdir. 
Kompensatsiya to‘lovlari quyidagi hollarda to‘lanadi: 
a) xizmat safari davrida va ko‘chib yurish bilan bog‘liq ishlarda; 
b) boshqa joydagi ishga ko‘chib borganda
v) xodimga tegishli mol-mulkdan foydalanganda. 
Xizmat safari davrida beriladigan to‘lov ish beruvchining farmoyishi 
bilan xodim doimiy ish joyidan boshqa joyga ma’lum muddatga safarga 
yuborilganda to‘lanadi. 
Xizmat safariga yuborilgan xodimga sutkalik pul, yo‘l va turar joy 
ijarasi haqlari to‘lanadi. Safarga jo‘nagan va undan qaytgan kuni bir kunga 
hisoblanadi. Ko‘chib yurish bilan bog‘liq ishlarga beriladigan to‘lov 
deganda, mehnat vazifalari doimiy ravishda yo‘lda bo‘lishni taqozo 
etadigan xodimlarning (mashinistlar, uzoqqa qatnaydigan avtobuslarning 
107


haydovchilari) ish haqi tushuniladi. Ular xizmat safariga yuborilgan 
hisoblanmaydilar. Xodimlarning bu toifasiga oylik ish haqiga foiz 
hisobidan qo‘shimcha haq to‘lanadi. 
Boshqa joydagi ishga ko‘chib borilganda, ya’ni xodim yoki yosh 
mutaxassisning ishga yuborilishi munosabati bilan to‘lov to‘lanadi. Bu 
xodimning o‘zi va uning oila a’zolari uchun to‘lanadigan yo‘l puli, 
shuningdek xodim o‘ziga 500 

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish