mehnat ta’tillari
beriladi. Xodimga 15
ish kunidan kam bo‘lmagan muddat bilan yillik asosiy ta’til beriladi. Bu
ta’tilning eng kam muddati, ammo xodimlarning ayrim toifalariga uchun,
ularning yoshi va sog‘lig‘i holatini hisobga olib, yillik uzaytirilgan asosiy
ta’til beriladi, ya’ni:
1)18 yoshga to‘lmagan shaxslarga – har yili o‘ttiz kalendar kun;
2) ishlayotgan I va II guruh nogironlariga – o‘ttiz kalendar kun;
3) ba’zi toifadagi xodimlarga ular mehnat vazifalarining o‘ziga xos
jihatlari va xususiyatlari hamda boshqa holatlarni e’tiborga olib, qonun
hujjatlariga muvofiq, uzaytirilgan ta’tillar belgilanadi, hatto mehnat
shartnomasining shartlarida ham uzaytirilgan yillik ta’tillar berish nazarda
tutilishi mumkin.
Boshqa hollarda xodimlarga asosiy ta’tildan tashqari, quyidagi
hollarda qo‘shimcha ta’tillar beriladi:
– mehnat sharoiti noqulay va o‘ziga xos bo‘lgan ishlarda band bo‘lgan
xodimlarga (MKning 137-moddasi);
–
og‘ir va noqulay tabiiy iqlim sharoitlarida ish bajarayotgan
xodimlarga (MKning 138-moddasi);
– mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda,
mehnat shartnomasining shartlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.
99
Yillik ta’tilning umumiy muddatini hisoblab chiqarishda qo‘shimcha
ta’tillar yillik asosiy ta’tilga (shu jumladan uzaytirilgan ta’tilga ham)
qo‘shib jamlanadi. Barcha hollarda qonun hujjatlari bilan belgilangan
ta’tillarni jamlashda ularning umumiy muddati 48 ish kunidan oshib
ketishi mumkin emas.
Yillik asosiy ta’til olish huquqini beradigan ish stajini hisoblab
chiqishga quyidigilar kiradi:
– ish yili davomida haqiqatda ishlangan vaqt;
– xodim haqiqatda ishlamagan bo‘lsa ham, lekin uning ish joyi
(lavozimi) saqlangan vaqt;
– mehnat shartnomasi g‘ayriqonuniy ravishda bekor qilinganligi yoki
xodim g‘ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o‘tkazilganligi tufayli haq
to‘lanadigan majburiy progul vaqti, basharti, xodim keyinchalik avvalgi
ishiga tiklangan bo‘lsa;
– tarmoq kelishuvlari, jamoa shartnomalari va korxonaning o‘zga
lokal hujjatlari, mehnat shartnomasining shartlarida nazarda tutilgan
boshqa davrlar.
Ishning birinchi yilida ta’til uzluksiz 6 oy ishlagandan keyin beriladi.
Ish yili mehnat shartnomasiga binoan, ish boshlangan kundan e’tiboran
hisoblanadi. Ta’til quyidagi xodimlarga ularning xohishlariga ko‘ra 6 oy
o‘tmasdan oldin beriladi:
a) ayollarga – homiladorlik va tug‘ish ta’tili oldidan yoki undan keyin;
b) I va II guruh nogironlariga;
d) 18 yoshga to‘lmagan shaxslarga;
e) muddatli harbiy xizmatdan zaxiraga bo‘shatilgan va ishga joy-
lashgan harbiy xizmatchilarga;
g) o‘rindoshlik asosida ishlayotganlarga asosiy ish joyidagi ta’til bilan
bir vaqtda, o‘rindoshlik asosida ishlagan vaqtiga mutanosib ravishda haq
to‘lagan holda;
h) ishlab chiqarishdan ajralmagan holda umumiy ta’lim maktablari,
hunar-texnika, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida, kadrlar malakasini
oshirish, ularni tayyorlash hamda qayta tayyorlash institutlari, kurslarida
o‘qiyotganlarga, agar ular o‘zlarining yillik ta’tillarini imtihon va sinovlar
topshirish, diplom, kurs, laboratoriya yoki boshqa o‘quv ishlarini bajarish
vaqtiga to‘g‘rilab olishni xohlasalar;
i)
texnologiya, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi
o‘zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ishlar xususiyati o‘zgarishiga olib
kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi
munosabati bilan ishdan ozod etilgan xodimlarga;
100
j) maktablar, hunar-texnika bilim yurtlari, oliy va o‘rta maxsus o‘quv
yurtlari, kadrlarning malakasini oshirish, ularni tayyorlash va qayta
tayyorlash institutlari hamda kurslarining muallimlari tarkibiga birinchi ish
yilida yillik ta’til ularning mazkur o‘quv yurtlariga ishga kirgan vaqtidan
qat’i nazar, haqiqiy ishlagan vaqtiga mutanosib ravishda haq to‘langan
holda yozgi ta’til davrida to‘liq beriladi.
Ta’til har yili, shu ta’til berilayotgan ish yili tugagunga qadar berilishi
lozim. Ishlab chiqarishdagi ba’zi sabablarga ko‘ra, joriy yilda ta’tilni to‘liq
berishning imkoniyati bo‘lmasa, xodimning roziligi bilan 12 ish kunidan
ortiq bo‘lgan qismi keyingi ish yiliga ko‘chirilishi mumkin, shu yili undan
albatta foydalanilishi lozim.
Ta’til berish vaqti haqida xodim ta’til boshlanishidan kamida 15 kun
oldin xabardor qilinishi kerak. Quyidagi xodimlarga ta’til ularning
xohishlariga ko‘ra, yozgi yoki ular uchun qulay bo‘lgan boshqa vaqtlarda
berilishi kerak:
– 14 yoshga to‘lmagan bitta yoki undan ortiq bolani (16 yoshga
to‘lmagan nogiron bolani) tarbiyalayotgan yolg‘iz ota, onaga va muddatli
harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarning xotinlariga;
– I va II guruh nogironlariga;
– 1941 – 1945 yillardagi urush qatnashchilariga va imtiyozlari
bo‘yicha ularga tenglashtirilgan shaxslarga;
– 18 yoshga to‘lmagan shaxslarga;
–
ta’lim muassasalarida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda
o‘qiyotganlarga;
– jamoa shartnomasi, kelishuvida nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Xodimlar quyidagi hollarda ta’tilni uzaytirish yoki boshqa muddatga
ko‘chirish huquqiga egadirlar:
a) vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrida;
b) homiladorlik va tug‘ish ta’tili muddati boshlanganda;
d) yillik ta’til o‘quv ta’tiliga to‘g‘ri kelib qolganda;
e) davlat yoki jamiyat vazifalarini bajarayotganda, basharti qonunlar
va boshqa normativ hujjatlarda bunday vazifalarni bajarish uchun xodimni
ishdan ozod etish nazarda tutilgan bo‘lsa.
Mehnat kodeksining 146-moddasiga ko‘ra, xodimning xohishiga
binoan, uning yozma arizasi asosida ta’tilni qismlarga bo‘lib olishga yo‘l
qo‘yiladi. Bunda ta’tilning bir qismi 12 ish kunidan kam bo‘lmasligi
lozim.
Ta’tildan chaqirib olishga faqat xodimning roziligi bilan yo‘l
qo‘yiladi.
Xodimlar quyidagi ijtimoiy ta’tillar olish huquqidan foydalanadilar:
101
1)
homiladorlik va tug‘ish ta’tillari (MKning 233-moddasi). Ayollarga
tuqqunlariga qadar 70 kalendar kun va tuqqanlaridan keyin 56 kalendar
kun (tug‘ish qiyin kechgan yoki 2 va undan ortiq bola tug‘ilgan hollarda
70 kalendar kun) muddati bilan homiladorlik va tug‘ish ta’tillari berilib,
davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqa to‘lanadi;
2)
bolalarni parvarishlash ta’tillari (MKning 232, 234, 235-moddalari).
12 yoshga to‘lmagan 2 va undan ortiq yoki 16 yoshga to‘lmagan nogiron
bolasi bor ayollarga har yili 3 ish kunidan kam bo‘lmagan muddat bilan
haq to‘lanadigan qo‘shimcha ta’til beriladi. Bundan tashqari, ularga o‘z
xohishlariga ko‘ra, har yili 14 kalendar kundan kam bo‘lmagan muddat
bilan ish haqi saqlanmagan holda ta’til beriladi. Bunday ta’til yillik ta’tilga
qo‘shib berilishi yoki ish beruvchi bilan kelishib, belgilanadigan davrda
undan alohida (to‘liq yoxud qismlarga bo‘lib) foydalanish mumkin.
Homiladorlik va tug‘ish ta’tili tugaganidan keyin, ayolning xohishiga
ko‘ra, unga bolasi 2 yoshga to‘lgunga qadar parvarishlash uchun ta’til
berilib, bu davrda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nafaqa to‘lanadi.
Ayolga, uning xohishiga ko‘ra bolasi 3 yoshga to‘lgunga qadar ish haqi
saqlanmaydigan qo‘shimcha ta’til ham beriladi.
Bolani parvarishlash ta’tillari davrida ayolning ish joyi (lavozimi)
saqlanadi. Bu ta’tillar mehnat stajiga, shu jumladan mutaxassisligi
bo‘yicha ish stajiga ham qo‘shiladi;
3)
o‘qish bilan bog‘liq ta’tillar (MKning 252, 253, 254, 256-
moddalari);
4)
ijodiy ta’tillar (MKning 258-moddasi).
Bulardan tashqari, xodimning arizasiga binoan unga ish haqi saq-
lanmagan holda ta’til berilishi ham mumkin. Uning muddati xodim bilan
ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi. Quyidagi
xodimlarga ularning xohishlariga ko‘ra, ish haqi saqlanmagan holda
muqarrar tartibda ta’til beriladi:
– 1941–1945 yillardagi urush qatnashchilariga va imtiyozlari jihatidan
ularga tenglashtirilgan shaxslarga har yili 14 kalendar kun;
– ishlayotgan I va II guruh nogironlariga 14 kalendar kun;
– 2 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolani parvarish qilayotgan
ayollarga 14 kalendar kun;
– 2 yoshga to‘lmagan ikki va undan ortiq bolani tarbiyalayotgan
ayollarga 14 kalendar kun;
– mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda,
shuningdek mehnat shartnomasi shartlarida nazarda tutilgan boshqa
hollarda.
102
Do'stlaringiz bilan baham: |