Њзбекистон республикаси ички ишлар вазирлиги


Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning xodimlarini



Download 0,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/42
Sana30.03.2022
Hajmi0,74 Mb.
#518796
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   42
Bog'liq
mehnat xuquqi

3. Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning xodimlarini 
xizmatdan bo‘shatish tartibi 
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari xizmatiga qayta qabul 
qilish yoki tiklash haqidagi arizalar IIVning me’yoriy hujjatlari asosida 
amalga oshiriladi, ya’ni xizmatga qayta qabul qilish yoki tiklash haqidagi 
ariza shaxsiy tarkib bilan ishlash xizmatiga (tizimlariga) tushganidan 
so‘ng, shunday mazmundagi arizalar bilan bevosita shug‘ullanuvchi 
inspektor ariza muallifining arxivdagi shaxsiy hujjatlari yig‘majildini har 
tomonlama chuqur o‘rganadi. Bunda ichki ishlar organlaridan bo‘shatilish 
sabablari va unga asos bo‘lgan hujjatlarga ko‘proq e’tibor qaratiladi.
Ichki ishlar organining sobiq xodimi qanday modda bilan bo‘shatilgan 
bo‘lmasin, atroflicha o‘rganilib, zarur hujjatlar to‘planganidan so‘ng, uni 
ichki ishlar organlariga qayta qabul qilish, ya’ni tiklash yoki tiklamaslik 
lozimligi haqida xulosa chiqariladi. Ba’zi hollarda, chuqur o‘rganishlardan 
so‘ng, istisno tariqasida rozilik berish to‘g‘risida xulosa bilan rahbariyatga 
murojaat etiladi. Sobiq xodim jinoiy javobgarlikka tortilishi munosabati 
bilan bo‘shatilgan holatlarda, sud hukmining qaroriga muvofiq, me’yoriy 
hujjatlar talabi doirasida qarordagi ilgari egallagan lavozimiga yoki unga 
teng lavozimga tiklash haqidagi hamda yetkazilgan zararni qoplash 
to‘g‘risidagi bandlarga e’tibor qaratiladi. 
 
Vazirlikning amaldagi me’yoriy hujjatlari talablariga asosan ushbu 
arizalarni ko‘rib chiqish qo‘shimcha tekshiruv o‘tkazish lozim bo‘lmagan 
hollarda 15 kun, shaxsiy hujjatlar chaqirtirilishi va atroflicha o‘rganish 
hamda qo‘shimcha tekshiruvlar o‘tkazilish lozim bo‘lganida esa 30 kun 
qilib belgilangan. Arizani ko‘rib chiqish muddati u qayd etilgan kundan 
hisoblanadi va bu ko‘rsatilgan muddat ichida arizachiga javob berilishi 
shart. Ariza o‘rnatilgan muddat ichida hal etilmay qolgan taqdirda, 
bevosita ijro etuvchi inspektor mas’ul rahbariga arizaning ko‘rib chiqish 
muddatini uzaytirish to‘g‘risida bildirgi bilan murojaat etadi va bu haqida 
arizachiga xabar qiladi, bunda umumiy ko‘rib chiqish muddati ikki oydan 
oshmasligi kerak.
Xodimlarga katta boshliqlar tarkibining unvonlari ichki ishlar organla-
rida xizmatni o‘tash haqidagi muvaqqat Nizom va vazirlik buyrug‘ining 
talablari asosida quyidagi hollarda beriladi: 
– katta va yuqori boshliqlar tarkibining unvonlari oliy ma’lumotga ega 
bo‘lgan xodimlarga; 
– «kapitan» maxsus unvoniga ega va shu unvon muddatini o‘tagan 
xodimlarga navbatdagi unvon sifatida, agar ularning egallab turgan 
lavozimi unvoni pog‘onasi to‘g‘ri kelgan hamda yuqori bo‘lgan taqdirda; 
91



Nizomning 20-moddasiga muvofiq, egallab turgan lavozim unvoni 
pog‘onasidan bir pog‘ona yuqori rag‘batlantirish tariqasida; 

ichki ishlar organlarida avval ishlab ketgan shaxslarning bo‘-
shagunga qadar «mayor» maxsus unvoni bo‘lsa, ular yana ichki ishlar or-
ganlariga qabul qilinganlarida o‘sha maxsus unvonlar qayta tiklab beriladi; 

Mudofaa vazirligi tizimi, Milliy xavfsizlik xizmatidan ichki ishlar 
organlariga xizmatni davom ettirish uchun kelgan xodimlar mavjud 
unvonlari saqlangan holda, ichki ishlar organlariga qabul qilinadilar; 

Ichki ishlar vazirining vakolati bilan «kapitan» maxsus unvoniga 
ega bo‘lgan xodimlarga navbatdagi unvon sifatida, ichki ishlar organlari 
safidan bo‘shatilayotgan vaqtda rag‘batlantirish tariqasida, agarda ularning 
nafaqaga chiqish imkonini beradigan xizmat faoliyati 20 yil yoki undan 
ortiq bo‘lgan va salbiy asoslar bilan bo‘shatilmayotgan bo‘lsa, egallagan 
lavozimi hamda ma’lumotidan qat’i nazar, «mayor» maxsus unvoni 
beriladi; 

O‘zbekiston Respublikasi IIVning tergov sohasida uzluksiz 15 yil 
va undan ortiq xizmat qilgan xodimlarga «mayor» maxsus unvoni beriladi. 
O‘zbekiston Respublikasining ichki ishlar organlarida xizmat o‘tash 
tartibi haqidagi muvaqqat Nizomning 65-bandiga ko‘ra, oddiy va kichik 
boshliqlar tarkibi quyidagi hollarda zaxiraga bo‘shatilishlari mumkin: 
a) Nizomning 6-bandiga muvofiq, erkaklar 50, ayollar esa 45 yoshdan 
– yoshiga binoan; 
b) kasalligi tufayli – tibbiy ko‘rikning xulosasiga binoan; 
v) sog‘lig‘i cheklanganligi tufayli; 
g) shartnoma muddatiga binoan; 
d) shahodatlash tartibida xizmatga noloyiqligi tufayli; 
ye) IIVning intizomiy nizomi talablarini buzganligi uchun; 
j) shaxsiy iltimosiga ko‘ra; 
z) shtatlarning qisqarganligi tufayli.
Nizomning 66-bandi bo‘yicha oddiy va boshliqlar tarkibidagi xo-
dimlarni xizmatdan bo‘shatish hollari:
a) zaxiraga (harbiy hisobga qo‘yish bilan), agar xizmatdan bo‘shatish 
yoshiga yetmagan bo‘lsa; 
b) iste’foga (harbiy hisobdan o‘chirish bilan), agar qonunda ko‘r-
satilgan yoshga yetgan bo‘lsa, amalga oshiriladi. 
Nizomning 67-bandiga asosan o‘rta, katta va yuqori boshliqlar 
tarkibidagi xodimlar zaxiraga quyidagicha bo‘shatiladilar: 
a) yoshiga ko‘ra – podpolkovnikkacha 50, polkovniklar 55, yuqori 
boshliqlar tarkibi 60 yoshdan;
92


b) kasalligi tufayli – tibbiy ko‘rikning xulosasiga ko‘ra; 
v) 
shtatlar qisqarishi munosabati bilan, agar olib qolishning 
imkoniyati bo‘lmasa; 
g) sog‘lig‘i cheklanganligi tufayli boshqa ish berish imkoniyati 
bo‘lmasa; 
d) shahodatlash tartibida, xizmatga noloyiqligi uchun;
ye) boshqa vazirlik va qo‘mitaga xizmatga o‘tganligi tufayli; 
j) shaxsiy iltimosiga ko‘ra;
z) sinov muddatida xizmatga noloyiq bo‘lsa. 
Nizomning 68-bandiga binoan, oddiy va boshliqlar tarkibi harbiy 
hisobdan o‘chirish bilan otstavkaga chiqishi mumkin: 
a) yoshiga ko‘ra – unvonga ega, amaldagi qonunlarga binoan zaxirada 
bo‘lib, ma’lum yoshga yetgan bo‘lsa; 
b) kasalligi tufayli – tibbiy ko‘rikning harbiy hisobdan o‘chirish sharti 
bilan xizmatga noloyiq degan xulosasi bo‘lsa. 
Nizomning 69-bandiga ko‘ra, oddiy va boshliqlar tarkibidagi xodimlar 
o‘z sha’nini obro‘sizlantiradigan xatti-harakatlar sodir etgan taqdirda 
(jinoyat sodir etganda va h. k.), IIVning intizomiy nizomiga muvofiq, ichki 
ishlar organlari xizmatidan bo‘shatiladilar. Bulardan tashqari, nizomning 
70-bandiga asosan oddiy va boshliqlar tarkibi sodir etgan jinoyatlari uchun 
sud tomonidan hukm chiqarilishi munosabati bilan ham ichki ishlar 
organlari xizmatidan bo‘shatiladi.
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tomonidan xodimlarga 
pensiya va nafaqalar tayinlash amaldagi qonun hujjatlarining talablari 
asosida amalga oshiriladi. Bunda xodimlarning ichki ishlar organlaridagi 
xizmat faoliyati (imtiyozli davrlari hisobga olingan holda) 20 yilni tashkil 
etishi yoki yoshi 50 ga to‘lgan bo‘lib, umumiy ish faoliyati 25 yilni, 
shundan kamida teng yarmi, ya’ni 12,5 yilni tashkil etishi kerak. 
Pensiya va nafaqa tayinlash ichki ishlar organlaridan bo‘shatilgan 
kundan hisoblanadi. Bundan tashqari, halok bo‘lgan xodimlarning oila 
a’zolariga boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi tayinlanadi. Xodim xizmat 
vazifasini bajarayotgan vaqtda halok bo‘lgan bo‘lsa, balog‘atga yetmagan 
oila a’zolarining har biriga 40 %, agar uning o‘limi xizmat burchini 
bajarish vaqtidan tashqarida deb hisoblansa, balog‘atga yetmagan oila 
a’zolarining har biriga 30 % miqdorida nafaqa tayinlanadi. 
Ichki ishlar organlari xodimlarining hujjatlarini pensiya va nafaqaga 
rasmiylashtirish vazirlik va joylardagi ichki ishlar boshqarmalarining 
shaxsiy tarkib bilan ishlash tizimlari tomonidan amalga oshiriladi. 
93



Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish