Њзбекистон республикаси ички ишлар вазирлиги



Download 0,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/42
Sana30.03.2022
Hajmi0,74 Mb.
#518796
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   42
Bog'liq
mehnat xuquqi

birinchidan
, qaramog‘ida ikki yoki undan ortiq kishi bo‘lgan xo-
dimlarga; 
– 
ikkinchidan
, oilasida undan boshqa mustaqil ish haqi oluvchi bo‘l-
magan shaxslarga; 
– 
uchinchidan
, mazkur korxonada ko‘p yillik ish stajiga ega bo‘lgan 
xodimlarga; 
– 
to‘rtinchidan
, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oliy va o‘rta 
maxsus o‘quv yurtlarida o‘z malakasini oshirayotgan xodimlarga va ishlab 
chiqarishdan ajralmagan holda o‘quv yurtini tamomlagan shaxslarga o‘z 
mutaxassisligi bo‘yicha ishlayotganida 2 yil mobaynida; 
– 
beshinchidan
, mazkur korxonada mehnatda mayib bo‘lib qolgan 
yoki kasb kasalligini orttirgan shaxslarga; 
– 
oltinchidan
, urush qatnashchilari, nogironlari va ularga tenglash-
tirilgan shaxslarga; 
– 
yettinchidan
, atom obyektlaridagi falokatlar natijasida kasallikka 
chalingan shaxslarga (MKning 103-moddasi). 
Mehnat kodeksi 100-moddasining 2-qism 2-bandiga asosan xodim-
ning malakasi yetarli emas yoki sog‘lig‘ining holati bajarayotgan ishiga 
noloyiq deb hisoblanganda, u MKning 102-moddasiga ko‘ra 2 hafta oldin 
yozma ravishda ogohlantiriladi. 
Mehnat kodeksi 100-moddasining 2-qism 3-bandiga asosan xodim o‘z 
mehnat vazifalarini muntazam ravishda buzgan deb hisoblanganda, u 
MKning 102-moddasiga ko‘ra kamida 3 kun oldin yozma ravishda 
ogohlantiriladi. Xodimga ta’sir choralari qo‘llanilgan kundan boshlab 1 yil 
mobaynida takroran intizomga xilof nojo‘ya harakat sodir etsa, bu harakat 
mehnat intizomini muntazam ravishda buzish hisoblanadi. 
Xodimning mehnat vazifalari Mehnat kodeksining 74-moddasi 
talablariga asosan tuzilgan yozma shakldagi mehnat shartnomasida bel-
gilanadi. Bundan tashqari, uning mehnat vazifalari Mehnat kodeksining 
174-moddasi talablari asosida tuzilgan va tasdiqlangan ichki mehnat tartibi 
80


qoidalari, jamoa shartnomalari, mansab yo‘riqnomalari hamda muassasada 
qabul qilingan boshqa lokal hujjatlarda ham belgilanadi. 
Xodim mehnat shartnomasiga binoan ishga kirishishi kerak bo‘lgan 
vaqtdan boshlab unga mehnat vazifalari yuklatiladi. Mehnat vazifalarini 
belgilanishiga qarab, uch guruhga bo‘lish mumkin: 
a) bevosita qonun hujjatlarida nazarda tutilgan; 
b) korxonaning lokal hujjatlarida qayd qilingan; 
d) mehnat shartnomasida shartlashilgan. 
Birinchi guruhdagi vazifalar bevosita Mehnat kodeksida qayd qi-
lingan. Masalan, MKning 176-moddasi xodimning umumiy mehnat 
vazifalariga, 212-moddasi mehnatni muhofaza qilish normalari, qoida va 
yo‘riqnomalarga rioya etish borasidagi vazifalariga bag‘ishlangan. 114-
moddaning uchinchi qismi esa xodimga vaqti-vaqti bilan tibbiy ko‘rikdan 
o‘tib turish vazifasini yuklaydi va undan bosh tortishni taqiqlaydi. 
Xodimga mehnat vazifalari boshqa qonunlarga muvofiq ham yuk-
latilishi mumkin. Masalan, O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim 
to‘g‘risida»gi qonunida ta’kidlanganidek, yuksak axloqiy fazilatlarga ega 
shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga (5-modda) 
egadirlar. Bu talabga rioya qilmaslik pedagoglarning o‘z mehnat 
vazifalarini bajarishga doir intizomni buzish sifatida baholanadi.
Mehnat vazifalarining ikkinchi guruhi korxonaning lokal hujjatlarida, 
ichki mehnat tartibi qoidalarida, jamoa shartnomalarida belgilab qo‘yilgan 
bo‘ladi. Shuningdek, xodimning korxona ichki tartibiga rioya etish bilan 
bog‘liq qo‘shimcha vazifalari ham belgilanadi. Masalan, uzrli sabablar 
bilan ishda bo‘lmagan xodim belgilangan muddatdan kechikmasdan 
(telefon orqali, xabarchi yuborib, pochta orqali va h. k.) ishga kelmaganlik 
sababini ma’lum qilib qo‘yishi kerak. Xodimning bu talabni bajarmasligi, 
hatto ishga kelmaslik sababi uzrli bo‘lsa ham, mehnat vazifalarini 
bajarmaslik (qoidalarning kerakli bandiga asosan) hisoblanadi. 
Mehnat vazifalarining uchinchi guruhi bevosita xodim bilan yozma 
shaklda tuzilgan mehnat shartnomasida shart qilib belgilab qo‘yiladi. 
Taraflar mehnat shartnomasida, birinchi navbatda, xodimning muayyan 
mutaxassislik, malaka yoxud lavozim bo‘yicha ishlashi bilan bog‘liq 
qo‘shimcha vazifalarini ham ko‘rsatadilar. Mehnat vazifalari doirasini 
belgilash chog‘ida ikkita zarur talabni yodda tutish muhim, bular: 
– 

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish