8-mavzu
MEHNAT MUHOFAZASI
1. «Mehnat muhofazasi» tushunchasi va ahamiyati (MKning
211–213-moddalari)
Mehnatni muhofaza qilish – tegishli qonun va boshqa me’yoriy huj-
jatlar asosida amal qiluvchi, insonning mehnat jarayonidagi xavfsizligi,
sihat-salomatligi va ish qobiliyati saqlanishini ta’minlashga yo‘naltirilgan
ijtimoiy, iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiyena va davolash-
profilaktika tadbirlari hamda vositalari tizimi (O‘zbekiston
Respublikasining 1993 yil 6 maydagi «Mehnatni muhofaza qilish
to‘g‘risida»gi qonunining 2-moddasi).
Davlatimiz va yurtboshimizning barcha sa’y-harakatlari inson huquq
va manfaatlarini muhofaza qilishga qaratilgan. Mehnat jamoalarida, barcha
yirik va kichik korxonalarda xodimlarni muhofaza qilish, haq-huquqlarini
himoyalash, ularga qulay mehnat sharoitlari yaratib berish asosiy vazifadir.
Shuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IV
sessiyasida qabul qilinib, 1996 yilning 1 aprelidan kuchga kirgan Mehnat
kodeksida inson manfaatlari to‘la-to‘kis nazarda tutilgan. Mehnat kodeksi
bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnatni muhofaza qilishi, mehnat
subyektlarining tashabbuslari va mustaqilligini yanada kengaytirishni
belgilab berdi. U ayni paytda mehnatni muhofaza qilish borasidagi mehnat
munosabatlarini muvofiqlashtirishda davlatning rolini oshirdi. Darhaqiqat,
davlatning o‘zi mehnatni muhofaza qilish masalasida siyosatini yuritadi,
qonunchilikka rioya qilinishi, mehnat muhofazasi qoidalari va me’yorlari
qanday bajarilayotgani ustidan nazorat o‘rnatadi.
Mehnat kodeksida ish beruvchining majburiyatiga kiruvchi ish
joylarida mehnat qilish uchun shart-sharoitlarni yaratish, ishlab chiqa-
rishda nogironlikning oldini olishga alohida ahamiyat berilgan. Shu bilan
birga, avvalgi qonunchilikdan farqli o‘laroq, mehnat muhofazasi borasida
xodimlarning faqat xavfsizlik texnikasi talablarini emas, balki
ma’muriyatning shunga oid farmoyishlarini bajarishlari, shuningdek
mehnatni muhofaza qilish qoidalariga ham amal qilishlari qat’iy
belgilangan. Ish beruvchi amalda yangi texnika yoki texnologiyani joriy
qilganda, xavfsizlik texnikasi yo‘riqnomalari ishlab chiqilishini yoxud
122
ularga o‘zgarishlar kiritilishini kutib o‘tirmasdan, xavfsizlik texnikasi
qoidalari yoki texnik talablarning tegishli bo‘limi asosida zarur
farmoyishlar chiqarmoqchi ekanligini bildiradi. Ularning bajarilishiga
xodim javobgar hisoblanadi.
Mehnat kodeksida ish beruvchining ish joylaridagi zararli muhit va
xavf-xatarlar mavjudligi haqida xodimlarni ogohlantirishi lozimligi,
alohida toifadagi xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, xavfsizlik
texnikasi bo‘yicha o‘qitish, yo‘riqlar berish majburiyati ham
mustahkamlab qo‘yilgan. Qonunchilikda bu borada xodim hech qanday
sarf-xarajatni o‘z zimmasiga olmasligi ta’kidlanadi, bu bozor
munosabatlariga o‘tish chog‘ida juda muhimdir.
Agar hayoti va sog‘lig‘iga xavf-xatar soladigan holatlar sodir bo‘lsa,
xodim o‘sha ishni bajarishdan bosh tortishga haqli ekanligi Mehnat
kodeksida mustahkamlab qo‘yilgan. Bunday holatlar mehnatni muhofaza
qiluvchi davlat nazorat organlari tomonidan tasdiqlansa, ish beruvchi ish
joyida mehnatning xavfsiz shart-sharoitlarini yaratgunga qadap xodimning
o‘rtacha ish haqi saqlanadi.
Mehnat to‘g‘risidagi qonunlarda mehnat jarayonida xodimning sog‘-
lig‘iga yetkazilgan zarar uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi
ancha kuchaytirilgan, birinchi marta ma’naviy zararni qoplash joriy
qilingan. Yetkazilgan zarar sifatida yo‘qotilgan ish haqi to‘la ravishda
qoplanadi, zarar miqdoriga zarar ko‘rgan kishining pensiyasi, stipendiyasi
va boshqa daromadlari kirmaydi. Zarar ko‘rgan kishiga, agar u vafot etgan
bo‘lsa, zararni qoplatish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga qonun
tomonidan belgilangan eng kam ish haqining 50 foizi miqdorida to‘lanadi.
Ish beruvchi Tibbiy mehnat ekspertiza komissiyasi (TMEK) xulosasiga
ko‘ra, belgilangan zararni qoplashi va boshqa xarajatlardan tashqari,
miqdori mehnat shartnomasi yoki bitimida kelishib olingan bir martalik
yordam puli ham to‘laydi. Xodimning sog‘lig‘iga zarar yetkazilgan bo‘lsa,
yordam pulining miqdori bir yillik o‘rtacha ish haqi, agar xodim vafot
etgan bo‘lsa, olti yillik o‘rtacha ish haqidan kam bo‘lmasligi kerak.
Mehnat kodeksida alohida toifadagi xodimlar uchun mehnatni
muhofaza qilish bo‘yicha qo‘shimcha choralar va kafolatlar nazarda tu-
tilgan. Masalan, ish beruvchi belgilangan kvota tariqasida mehnat bo‘yicha
organlar yuborgan mehnat nogironlarini ish joylariga ishga qabul qilishga
majburdir. Tibbiy mehnat ekspertiza komissiyasining to‘liq bo‘lmagan ish
vaqti tartibi, vazifa hajmini kamaytirish va mehnatning boshqa shart-
sharoitlari haqidagi tavsiyalarini bajarishga ish beruvchi majburdir.
Bundan tashqari, 1 va 2-guruh nogironlari uchun haftasiga o‘ttiz olti
123
soatdan oshiq bo‘lmagan qisqartirilgan ish vaqti belgilanib, bunda ish haqi
kamaytirilmaydi, o‘ttiz kalendar kunidan kam bo‘lmagan uzaytirilgan ta’til
beriladi. Nogironlarni tungi, shuningdek xizmat vaqtidan tashqari, dam
olish kunlaridagi ishlarga faqat ularning roziligi bilan jalb qilishga ruxsat
beriladi. Bunday ishlar tibbiy komissiyaning tavsiyalariga zid kelmasligi
kerak.
Mehnat kodeksida noqulay sharoitlarda mehnat qiladigan xodimlar
uchun qisqartirilgan ish vaqtlarini belgilash masalasiga yangicha
talablardan kelib chiqib yondashilgan. Avval qisqartirilgan ish vaqtlari
zararli mehnat sharoitlari bo‘lgan korxonalar, sexlar, kasblar va lavozimlar
ro‘yxatiga binoan belgilanar, bu ro‘yxat yagona va sobiq Ittifoq davlat
Mehnat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanar edi. Endilikda esa Mehnat
kodeksiga muvofiq, korxonalardagi bunday ishlar ro‘yxati va ularda
bajarilgan muayyan ish vaqtining davom etishi shu sohaga oid bitimlar,
jamoa shartnomalari, agar bunday shartnomalar tuzilmagan bo‘lsa, ish
beruvchining kasaba qo‘mitasi bilan kelishuvidan keyin yoxud
xodimlarning tegishli boshqa vakolatli organlari tomonidan belgilab
beriladi. Hukumat tomonidan markazlashtirilgan tartibda faqat o‘ta zararli
va o‘ta og‘ir sharoitlardagi ishlarning ro‘yxati va ular uchun ish kunining
eng ko‘p muddati belgilab beriladi. Bunday sharoitlarda mehnat qilayotgan
xodimlarning haftalik ish kuni o‘ttiz olti soatdan kamroqdir. Xuddi shu-
ningdek mehnatlari ortiq darajada his-hayajon, aql-idrok, asab zo‘riqishi
bilan bog‘liq, ya’ni maxsus xususiyatga ega alohida toifadagi hamda
tibbiyot, pedagogik xodimlar va boshqalarning ro‘yxati ham hukumat
tomonidan tasdiqlanadi.
Mehnat kodeksida noqulay sharoitlarda ishlayotgan va ishlari maxsus
xususiyatga ega xodimlarga har yilgi qo‘shimcha ta’til berish borasida
ham mutlaqo yangicha yondashilgan. Bunday holatlarda qo‘shimcha ta’til
berish huquqiga ega korxonalarda ishlar, kasblar va lavozimlar, ta’til
muddatlari va ularni berish tartibi hamda shart-sharoitlari ro‘yxatini
tayyorlash sohaviy bitimlar, jamoa shartnomasi (agar bunday shartnoma
ish beruvchi tomonidan kasaba uyushma qo‘mitasi yoki xodimlarning
boshqa vakillik organlari bilan kelishilgan holda tuzilsa) asosida
belgilanishi uchun to‘la mustaqillik berib qo‘yilgan. Mehnat sharoitlarini
baholash metodikasi yuqorida ko‘rsatilgan ishlar ro‘yxati asosida
belgilanadigan hujjatdir. Bu metodika O‘zbekiston Respublikasi Mehnat
va aholini ijtimoiy himoya qilish hamda Sog‘liqni saqlash vazirliklari to-
monidan tasdiqlanadi. Respublika hukumati zimmasiga alohida xu-
susiyatga ega, shuningdek o‘ta darajada zararli va o‘ta og‘ir mehnat sha-
124
roitlarida ishlagan xodimlar uchun faqat qo‘shimcha ta’tilning eng kam
muddatini muvofiqlashtirib turish yuklatiladi.
Shuni ta’kidlash kerakki, Mehnat kodeksiga ko‘ra, mehnat va uning
muhofazasi haqidagi qonunchilik O‘zbekiston Respublikasi hududida ish
beruvchi bilan mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan ajnabiy fuqarolar
va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga nisbatan ham joriy qilinadi.
Mehnat muhofazasi mehnat jarayonida insonning xavfsizligini
ta’minlovchi, salomatligi va mehnat qobiliyatini saqlovchi huquqiy
normalar tizimidan iborat. Mehnat muhofazasi xavfsizlik texnikasi va
ishlab chiqarish sanitariyasini o‘z ichiga oladi. Xavfsizlik texnikasi
deyilganda, xavfli ishlab chiqarish omillarining xodimlarga ta’sirini
bartaraf qiluvchi tashkiliy tadbirlar va texnikaviy vositalar tizimi
tushuniladi.
Ishlab chiqarish sanitariyasi xodimlarga zararli ishlab chiqarish
omillarning ta’sir etishini bartaraf qiluvchi yoki kamaytiruvchi tashkiliy
tadbirlar hamda texnikaviy vositalar tizimidan iborat.
Xodimlarning mehnat muhofazasini tartibga soluvchi normalar
O‘zbekiston Respublikasining «Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘pisida»gi
qonuni, Mehnat kodeksi, Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar va davlat nazorat
organlarining kasaba uyushmalari markaziy organlari bilan birgalikda yoki
ular bilan kelishgan holda qabul qilgan huquqiy aktlarida belgilab berilgan.
Mehnat xavfsizligini ta’minlash, xavfli va zararli ishlab chiqarish
omillarining turlari, ishlab chiqarish asbob-uskunalari xavfsizligi, ishlab
chiqarish jarayonlari, xodimlarni himoyalash vositalari, binolar va
inshootlar xavfsizligiga doir ishlarni tashkil qilish hamda tartibga solishga
qo‘yiladigan talablar davlat siyosatida nazarda tutilgan.
Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosati quyidagilarga
asoslanadi:
1) korxonaning ishlab chiqarish faoliyati natijalariga nisbatan xodim
hayoti va sog‘lig‘ining ustuvorligi;
2) mulk va xo‘jalik yuritish shakllaridan qat’i nazar, barcha kor-
xonalar uchun mehnatni muhofaza qilish sohasida yagona tartib-qoidalarni
belgilab qo‘yish;
3) mehnatning ekologik xavfsiz sharoitlari, shuningdek ish joylarida
sharoitlar yaratilishi va atrof-muhit holatining muntazam nazorat etilishini
ta’minlash;
4) mehnatni muhofaza qilish talablari korxonalarning hamma joyida
birdek bajarilishini nazorat qilish;
5) mehnatni muhofaza qilishni mablag‘ bilan ta’minlashda davlatning
125
ishtiroki;
6) oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida mehnat muhofazasi bo‘yicha
mutaxassislar tayyorlash;
7) fan-texnika yutuqlari hamda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha
Vatanimiz va chet davlatlar ilg‘or tajribalaridan keng foydalanish;
8) xodimlarni maxsus kiyim-kechak, poyafzal, shaxsiy himoya vosi-
talari va parhez ovqatlar bilan bepul ta’minlash;
9) ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan jabrlangan yoki kasb
kasalligiga yo‘liqqan xodimlarning manfaatlarini ijtimoiy himoyalash va
h. k. Shuningdek, mehnatni muhofaza qilishda ish beruvchi bilan kasaba
uyushma qo‘mitasi o‘rtasida mehnat muhofazasi bo‘yicha tuzilgan jamoa
shartnomalari va bitimlari, ular tomonidan tasdiqlanadigan yo‘riqnomalar
muhim ahamiyatga egadir.
Mehnat muhofazasi quyidagilarni tashkil etadi:
– mehnat muhofazasi bo‘yicha umumiy talablar;
– ishlab chiqarishda jarohatlanish va kasb kasalliklarining oldini olish;
– xodimlarga xavfsiz mehnat sharoitini ta’minlab berish va uni
muntazam ravishda yaxshilab borishda ish beruvchining majburiyatlari;
– mehnat muhofazasi talablariga rioya qilishda xodimlarning maj-
buriyatlari;
– xodimlar, ayrim toifadagi ayollar, voyaga yetmaganlar, mehnat
qobiliyati past bo‘lgan shaxslar mehnatini muhofaza qilishning
qo‘shimcha tadbirlari.
Mehnat kodeksida ish beruvchining majburiyatiga kiruvchi vazifalar –
ish joylarida mehnat qilish uchun shart-sharoitlar yaratish, ishlab
chiqarishda nogironlikning oldini olishga alohida ahamiyat berilgan. Shu
bilan birga, avvalgi qonunchilikdan farqli o‘laroq, Mehnat kodeksida
mehnatni muhofaza qilish borasida xodimlarning faqat xavfsizlik texnikasi
yo‘riqnomalarini emas, balki ma’muriyatning bu boradagi farmoyishlarini
bajarishlari, shuningdek mehnatni muhofaza qilish qoidalariga amal
qilishlari ham qat’iy belgilab qo‘yilgan.
Ish beruvchi mehnat shartnomasini tuzayotganda yoki boshqa ishga
o‘tkazayotganda xodimni mehnat sharoitlari, shu jumladan kasb va boshqa
kasalliklarga chalinish ehtimollari, shular bilan bog‘liq holda, unga
beriladigan imtiyoz va kompensatsiyalar, shaxsiy himoya vositalari haqida
xabardor qilishi kerak.
Mehnat muhofazasi talablariga javob beruvchi, xavfsizlik gyvoh-
nomasiga ega bo‘lgan ishlab chiqarish binolari xodimlarning mehnatini,
salomatligini lozim darajada muhofaza qilishning zarur sharti hisoblanadi.
126
Do'stlaringiz bilan baham: |