3. Ayollar va yoshlar mehnatini muhofaza qilish
(MKning 224–247-moddalari)
Ish beruvchi barcha xodimlar uchun xavfsiz va sog‘lom mehnat sha-
roitini ta’min etish bilan birga, ayollar va 18 yoshga to‘lmagan shaxslar
haqida alohida g‘amxo‘rlik qilishi lozim.
Homilador yoki 3 yoshga va 14 yoshga to‘lmagan bolasi bor (16
yoshga to‘lmagan nogiron bolasi bor) ayollarni ishga qabul qilishni rad
etish hamda shuni bahona qilgan holda, ularning ish haqini kamaytirish
qonunga binoan taqiqlanadi. Ish beruvchi ana shu toifadagi ayollarni ishga
qabul qilishni rad etgan taqdirda, buning sabablarini ularga yozma
ravishda ma’lum qilishi shart. Ishga qabul qilishni rad etish ustidan sudga
shikoyat qilinishi mumkin.
Homilador va 3 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollarni ish
beruvchining tashabbusi bilan ishdan bo‘shatishga yo‘l qo‘yilmaydi, kor-
xonaning butunlay tugatilish hollari bundan mustasno, bunday hollarda,
ularni albatta ishga joylashtirish sharti bilan mehnat shartnomasi bekor
qilinadi. Ishga joylashtirish davrida ularning o‘rtacha ish haqi saqlab
qolinadi, biroq bu muhlat muddati mehnat shartnomasi tugatilgan kundan
e’tiboran 3 oydan oshmasligi kerak.
Mehnat sharoiti noqulay yoki zararli bo‘lgan ishlarda, shuningdek yer
osti ishlarida ayollar mehnatidan foydalanish taqiqlanadi. Yer ostidagi
ba’zi ishlarda istisno tariqasida (jismoniy mehnat hisoblanmagan yoki
130
sanitariya va maishiy xizmat ko‘rsatish ishlari) ayollar mehnatidan
foydalanish mumkin. Ayollarga ular uchun belgilab qo‘yilgan me’yordan
ortiq yuk ko‘tarish va tashish ham taqiqlanadi.
Homilador va 14 yoshga to‘lmagan bolasi bor (16 yoshga to‘lmagan
nogiron bolasi bor) ayollarni ularning roziligisiz tungi ishlarga jalb
qilishga, ish vaqtidan tashqari va dam olish kunlarida ishlatishga,
shuningdek xizmat safariga yuborishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Tibbiy xulosaga muvofiq,
ayollarning ishlab chiqarish va xizmat
ko‘rsatish normalari kamaytiriladi yoki ular avvalgi ishlaridagi o‘rtacha
oylik ish haqi saqlangan holda yengilroq yoxud noqulay ishlab chiqarish
omillarining ta’siridan xoli bo‘lgan ishga o‘tkaziladi.
Ayollarga tuqqunga qadar 70 kalendar kun va tuqqanidan keyin 56
kalendar kun (tug‘ish qiyin kechgan yoki 2 va undan ortiq bola tug‘ilgan
hollarda 70 kalendar kun) muddati bilan homiladorlik va tug‘ish ta’tillari
berilib, davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqa to‘lanadi. Ayollarning
xohishiga qarab, ularga bola 2 yoshga to‘lguniga qadar parvarishlash
uchun ta’til berilib, bu davrda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
nafaqa to‘lanadi. Yuqorida ko‘rsatilgan ta’tildan tashqari, ayolning
arizasiga muvofiq, bolasi 3 yoshga to‘lgynga qadar parvarishlash uchun
ish haqi caqlanmagan ta’til beriladi. Bolani parvarishlash ta’tili umumiy va
uzluksiz ish stajiga, shuningdek mutaxassisligi bo‘yicha ish stajiga
qo‘shiladi va ish joyi saqlanadi.
12 yoshga to‘lmagan 2 va undan ortiq bolasi bor ayollarga ishlab
chiqarish sharoitlari imkon bergan davrda, ish beruvchi bilan kelishilgan
holda, har yili 3 ish kunidan kam bo‘lmagan haq to‘lanadigan va 14
kalendar kundan kam bo‘lmagan muddat bilan ish haqi saqlanmagan
qo‘shimcha ta’til olish huquqi beriladi.
2 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollarga, dam olish va ovqatlanish
uchun beriladigan tanaffusdan tashqari, bolani ovqatlantirish uchun
qo‘shimcha tanaffuslar ham beriladi. Bu tanaffuslar har 3 soatda bir marta,
har biri 30 daqiqadan kam bo‘lmagan muddat bilan beriladi. Bulardan
tashqari, ish beruvchi ayollarga yana tibbiy xulosaga ko‘ra to‘liq
bo‘lmagan ish kuni yoki ish haftasi belgilashi shart.
Yoshlarni 16 yoshdan boshlab ishga qabul qilishga yo‘l qo‘yiladi.
Alohida hollarda kasaba uyushma qo‘mitasi bilan kelishgan holda 15
yoshga to‘lgan shaxslar ota-onasining roziligi bilan ishga qabul qilinadilar.
Yoshlarni mehnatga tayyorlash maqsadida umumta’lim maktablari, hunar-
texnika bilim yurtlari va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarining o‘quvchilarini 14
yoshga to‘lganidan keyin ota-onalarining roziligi bilan ishga qabul qilishga
131
yo‘l qo‘yiladi. 18 yoshga to‘lmagan shaxslar mehnat munosabatlarida
katta yoshdagi shaxslar bilan teng huquqlarga ega bo‘ladilar, mehnat
muhofazasi, ish vaqti, ta’tillar vaqti va boshqa ba’zi mehnat sharoitlari
borasida esa imtiyozlardan foydalanadilar.
18 yoshga to‘lmagan shaxslar mehnatidan og‘ir va mehnat sharoiti
zararli yoki xavfli bo‘lgan ishlarda, shuningdek yer osti ishlarida
foydalanish taqiqlanadi. Ular tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganidan keyin ishga
qabul qilinadilar va 18 yoshga to‘lgunlariga qadar har yili tibbiy ko‘rikdan
majburiy tarzda o‘tkazib turiladilar. Ularni tungi va ish vaqtidan tashqari
ishlarga, shuningdek dam olish kunlari ishlashga jalb qilish taqiqlanadi.
Ularga har yilgi ta’til yoz paytida yoki ularning xohishiga qarab, yilning
istalgan vaqtida beriladi va u bir kalendar oyga teng bo‘ladi.
Kunlik ish vaqti qisqartirilgan hollarda ularga ish haqi kunlik ish vaqti
to‘liq bo‘lgan tegishli toifadagi xodimlarga beriladigan miqdorda
to‘lanadi. Ish beruvchi belgilangan kvota hisobidan ish joylariga mahalliy
mehnat organi va boshqa organlar tomonidan yuborilgan, 18 yoshga
to‘lmagan shaxslarni ishga qabul qilishi shart.
18 yoshga to‘lmagan xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini
ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga, ishdan bo‘shatishning
umumiy qoidalariga rioya qilishdan tashqari, mahalliy mehnat organining
roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi. Ota-onalar va vasiylar (homiylar), shuningdek
mehnatni muhofaza qilishni nazorat qiluvchi organlar hamda voyaga
yetmaganlar ishlari bilan shyg‘yllanuvchi komissiyalar, agar 18 yoshga
to‘lmagan shaxslar bajarayotgan ishni davom ettirish ularning sog‘lig‘iga
zarar yetkazadigan bo‘lsa, ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor
qilishni talab etishga haqlidirlar.
Mehnat kodeksida ayollar va 18 yoshga to‘lmagan shaxslarga
qo‘shimcha kafolatlar bilan birga, ishni ta’lim bilan birga qo‘shib olib
borayotgan shaxslarga ham imtiyozlar belgilangan.
132
Do'stlaringiz bilan baham: |