3. Mehnat nizolarini sudda ko‘rib chiqish tartibi
Mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarga
doir ishlar fuqarolik sudi ishlarini yuritishning umumiy qoidalari, ya’ni
da’vo ishlarini yuritish tartibida ko‘riladi.
Bunday turkumdagi fuqarolik ishlari o‘ziga xos xususiyatlarga ega.
Bu xususiyatlar nizoli moddiy-huquqiy munosabatlarga xos bo‘lib, faqat
moddiy huquq, ya’ni mehnat huquqi normalarida emas, balki fuqarolik
protsessual huquq normalarida ham nazarda tutilgan. Bu xususiyatlar
sudyalar tomonidan mehnat ishlari bo‘yicha da’vo arizalarini qabul
qilishda, sud majlisida ko‘rish uchun ularni tayyorlashda va ish
yuritishning keyingi boshqa bosqichlarida ham e’tiborga olinishi kerak.
Quyidagilar mehnat nizosini ko‘rishni so‘rab sudga murojaat qilish
huquqiga egadirlar:
1)
xodim, kasaba uyushmasi yoki xodimlarning boshqa vakillik or-
gani;
2)
mehnatning huquq bo‘yicha inspektori;
3)
ish beruvchi, xodim tomonidan yetkazilgan zararni qoplash haqi-
dagi nizolar bo‘yicha mehnat nizolari komissiyasining qaroriga rozi
bo‘lmagan taqdirda;
4)
prokuror.
Sudya bunday ishlar bo‘yicha arizalarni qabul qilishda O‘zbekiston
Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksi (FPK)ning 31 va 239-
moddalarida nazarda tutilgan umumiy qoidaga amal qilib, shunday
ishlarning sudga taalluqli yoki taalluqli emasligini belgilashi lozim.
Mehnat huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan nizoli ishlarning
sudga taalluqli yoki taalluqli emasligi O‘zbekiston Respublikasi Oliy
sudining 1998 yil 17 apreldagi Plenumining qarorida ko‘rsatib o‘tilgan.
Nizoning predmetiga va ishda qatnashuvchi subyektlarga qarab, meh-
nat huquqi normalarida bunday ishni hal qilishning har xil tartibi
belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 260-moddasida ko‘r-
satilganidek, xodim mehnat nizolari bo‘yicha mehnat nizolari ko-
missiyasiga yoki bevosita sudga murojaat etishga haqli. Mehnat ko-
deksining 269-moddasiga ko‘ra, xodim o‘z xohishiga bilan quyidagi hol-
larda mehnat nizosini hal qilish uchun mehnat nizolari komissiyalariga
murojaat etmasdan, bevosita tumanlararo, tuman (shahar) sudlariga ariza
bilan murojaat qilishga haqli:
1)
agar xodimning ish joyida mehnat nizolari komissiyasi tuzilmagan
bo‘lsa;
138
2)
ular mehnat shartnomasini bekor qilish asoslaridan qat’i nazar,
ishga tiklash, mehnat shartnomasini bekor qilish vaqti va asoslari ta’rifini
o‘zgartirish to‘g‘risida, majburiy progul yoki kam haq to‘lanadigan ishni
bajargan vaqt uchun haq to‘lashga doir bo‘lsa;
3)
ish beruvchiga yetkazilgan moddiy zararni xodimdan undirib olish
haqida bo‘lsa;
4)
mehnat nizolari mehnat vazifalarini bajarayotganda xodimning
sog‘lig‘iga shikast yetkazilgani oqibatida, shu jumladan ma’naviy yoki
uning mol-mulkiga yetkazilgan zararning ish beruvchi tomonidan
to‘lanishi haqida bo‘lsa;
5)
Mehnat kodeksi 78-moddasining 2-qismida nazarda tutilganidek,
ishga qabul qilish rad etilganligi haqida bo‘lsa;
6)
ish beruvchi va kasaba uyushma qo‘mitasi yoki xodimlarning
boshqa vakillik organlari bilan oldindan kelishib, hal etilgan masalalar
yuzasidan kelib chiqqan, shuningdek boshqa korxonalardan o‘tkazish
tartibida ishga taklif etilgan shaxslarni ishga qabul qilishni rad etish,
bandlik hisobidan ishga yuborilgan 18 yoshga to‘lmagan shaxslarni,
nogironlarni, homilador va 3 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollarni, 14
yoshga to‘lmagan bolasi bor (16 yoshga to‘lmagan nogiron bolasi bor)
onalarni, qonunga muvofiq, mehnat shartnomasi tuzishi shart bo‘lgan
boshqa shaxslarni ishga qabul qilishni rad etganlik to‘g‘risidagi nizolar
bo‘yicha.
Mehnat kodeksi 269-moddasining 1-qismida sanab o‘tilgan mehnat
nizolaridan boshqa nizolar ham xodimning xohishiga ko‘ra bevosita
tumanlararo va tuman (shahar) sudlarida ko‘riladi.
Qonunlar mehnat nizosi mehnat nizolari komissiyasida ko‘rilmagan
degan vaj bilan xodimning arizasini ko‘rib chiqishni sudda rad etilishiga
yo‘l qo‘ymaydi. Mehnat nizolarini tumanlararo, tuman (shahar) sudlarida
ko‘rish tartibi O‘zbekiston Respublikasining Mehnat va Fuqarolik-
protsessual kodekslari hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi
Plenumining «Sudlar tomonidan mehnat shartnomasi (kontrakt)ni tuzish,
o‘zgartirish va bekor qilishni tartibga soluvchi qonunlarning qo‘llanishi
haqida»gi 1998 yil 17 aprel qarorida belgilab berilgan.
Da’vo arizasini qabul qilishni rad etish va mehnat ishi bo‘yicha
qo‘zg‘atilgan ishning bekor qilinishi FPKning 152 va 160-moddalarida
nazarda tutilgan barcha asoslar bo‘yicha amalga oshiriladi. Da’vo arizasi
FPKning 145-moddasida ko‘rsatilganidek, javobgarning yashab turgan
joyidagi sudga beriladi.
139
Xodimlar mehnat haqini undirish va mehnat munosabatlaridan kelib
chiqadigan boshqa talablar to‘g‘risidagi da’volar yuzasidan davlat
daromadlariga sud xarajatlarini hamda davlat bojini to‘lashdan ozod
qilinadilar. Bunday talablar qanoatlantirilganida, sud xarajatlari da’voning
qanoatlantirilgan qismiga nisbatan javobgardan undiriladi. Agar da’vo
talablari rad etilsa, sud xarajatlari davlat hisobiga o‘tkaziladi. Bu mehnat
huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan ishlarga xos xususiyatlardir.
Sudga, avvalo, mehnat nizolarini ko‘rish komissiyasida ko‘rilgan nizo
bo‘yicha ariza tushsa, unda sud bu masala bo‘yicha mehnat nizolarini
ko‘rish komissiyasi majlisi bayonnomasining ko‘chirmasi topshirilishini
talab qilishi lozim. Mehnat huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan
nizoli ishlarning protsessual xususiyatlaridan biri unda boshqa fuqarolik
ishlariga nisbatan qisqa muddat belgilanganidir.
Mehnat nizosini hal qilishni so‘rab sudga yoki mehnat nizolari
komissiyasiga murojaat qilish uchun muddatlar quyidagicha belgilanadi:
– ishga tiklash nizolari bo‘yicha – xodimga u bilan mehnat shart-
nomasi bekor qilinganligi haqidagi buyruqning nusxasi berilgan kundan
boshlab bir oy;
– xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan moddiy zararni to‘lash
haqidagi nizolar bo‘yicha – zarar yetkazilganligi ish beruvchiga ma’lum
bo‘lgan kundan boshlab bir yil;
– boshqa mehnat nizolari bo‘yicha – xodim o‘z huquqi buzilganligini
bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan kundan boshlab uch oy;
– xodimning sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni qoplashga doir nizolar
bo‘yicha sudga murojaat qilish uchun muddat belgilanmaydi.
Mehnat nizolari komissiyasi yoki sudning qarori bilan xodim g‘ay-
riqonuniy asosda ishdan bo‘shatilgan taqdirda, u darhol ishga qayta
tiklanishi lozim. Mehnat nizolari komissiyasi yoki sud ishga tiklash
to‘g‘risida qaror qabul qilish bilan bir vaqtda, xodimga majburiy progul
vaqti uchun o‘rtacha ish haqini to‘lash yoki kamroq haq to‘lanadigan ishni
bajargan vaqt uchun oyligidagi farqni to‘lash haqida qaror qabul qiladi,
biroq bu muddat bir yildan oshmasligi kerak.
Shuningdek, xodimni g‘ayriqonuniy ravishda ishdan bo‘shatish yoki
boshqa ishga o‘tkazishda aybdor bo‘lgan mansabdor shaxs zimmasiga
progul qilingan yoki kamroq haq to‘lanadigan ishni bajargan vaqt uchun
mansabdor shaxsning uch oylik maoshidan oshmaydigan miqdorda haq
to‘lash javobgarligi yuklatiladi. Ishdan bo‘shatish sababining ta’rifi
noto‘g‘ri yoki amaldagi qonunlarga muvofiq emas, deb topilgan taqdirda,
140
mehnat nizolari komissiyasi yoki sud uni o‘zgartirishi va amaldagi
qonunlarga muvofiq ta’riflashi shart.
Agar ishdan bo‘shatish ta’rifining noto‘g‘riligi xodimning ishga
joylashishiga to‘sqinlik qilsa, bir vaqtning o‘zida unga majburiy progul
vaqti uchun o‘rtacha ish haqi to‘lash to‘g‘risida qaror chiqariladi, biroq bu
muddat bir yildan oshmasligi kerak. Bunday hollarda mehnat daftarchasiga
kiritilgan yozuvlar haqiqiy emas deb hisoblanadi, xodim esa mehnat
daftarchasining haqiqiy emas deb topilgan yozuvi qayd etilmagan
dublikatini berishni talab qilishga haqlidir.
G‘ayriqonuniy ravishda ishdan bo‘shatilgan yoki boshqa ishga o‘tka-
zilgan xodimni avvalgi ishiga tiklash, ishdan bo‘shatish sababining
ta’rifini o‘zgartirish, shuningdek xodimga ish haqi berish to‘g‘risidagi
qarorlar darhol ijro etilishi lozim. Agar qarorning ijrosi ish beruvchi
tomonidan kechiktirilsa, sud unga kechiktirilgan davr uchun o‘rtacha ish
haqi yoki shu ish haqi o‘rtasidagi farqni to‘lash to‘g‘risida ajrim chiqaradi.
Fuqarolik-protsessual kodeksning 131-moddasiga ko‘ra, mehnat ni-
zolari birinchi instansiya sudi tomonidan 10 kunlik muddat ichida
ko‘rilishi lozim. Shuningdek, ishning boshqa muddatda ko‘rilishi ham
Fuqarolik protsessual kodeksida belgilangan. Mehnat ishlarini sudda
ko‘rish uchun tayyorlash alohida ahamiyatga egadir. Sudya ishni ko‘rishga
tayyorlashga kirishganda FPKning 158–160-moddalari talablarini aniq
bajarishi lozim. Ishga tiklash to‘g‘risidagi va boshqa nizolar bo‘yicha
mehnat nizolari komissiyasining qarori ish beruvchi va kasaba uyushmasi
qo‘mitasi yoxud xodimlar boshqa vakillik organining vakillari o‘rtasidagi
kelishuvga binoan qabul qilingan taqdirda, sud qarorning nusxasini talab
qilib olishi kerak.
Sudlar mehnat intizomini buzish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni
ko‘rganda, xodimning mehnat intizomini buzadigan xatti-harakatlarni
qilgan-qilmagani, ish beruvchi unga nisbatan ta’sir etish choralarini
qo‘llagan-qo‘llamaganini aniqlashi kerak bo‘ladi.
Da’vogar da’vodan har vaqt voz kechishga haqli bo‘lgani tufayli
mehnat nizolarining sudda ko‘rilishi kelishuv bitimi bilan tugatilishi
mumkin. Mehnatga oid ko‘p masalalar mehnat qonunchiligi bilan tartibga
solinganligi tufayli bunday masalalar yuzasidan kelishuv bitimlarini tuzish
kamdan-kam uchraydi.
Ishga tiklanish to‘g‘risidagi da’vo qanoatlantirilganida, xodimning
qayerga va qanday ishga (mansabga) tiklanishi lozimligi qarorda
ko‘rsatiladi. Uning noiloj bekor yurgan vaqti uchun korxonadan
undiriladigan summaning miqdori ham belgilanadi. Ish haqini undirish
141
to‘g‘risida nizo kelib chiqqanda, mehnat nizolarini ko‘ruvchi organ
qonunga binoan xodimning pul undirishga doir quyidagi talablarini to‘liq
qondiradi:
– mehnat shartnomasi bekor qilinganida xodimga mehnat daftarcha-
sini o‘z vaqtida bermaganlik oqibatida kelib chiqqan majburiy progul vaqti
uchun haq to‘lash to‘g‘risidagi;
– mehnat nizolarini ko‘ruvchi organning xodimni avvalgi ishiga
tiklash to‘g‘risidagi qarorini ish beruvchi ijro etmaganligi oqibatida kelib
chiqqan majburiy progul uchun;
– foydalanilmagan ta’til uchun xodimga tegishli bo‘lgan kompen-
satsiyani to‘lash to‘g‘risida.
Bunday talablar bir yildan ortiq bo‘lmagan muddat uchun qondiriladi.
Xodimning pul undirishga doir boshqa talablari 3 yildan ortiq bo‘lmagan
muddat uchun qondiriladi. Xodimlar mehnatga doir huquqiy
munosabatlardan kelib chiqadigan talablar bo‘yicha sudga murojaat
qilganlarida, sud xarajatlarini to‘lashdan ozod etiladilar.
Mehnat nizolari yuzasidan mehnat nizolarini ko‘rish komissiyasi,
shuningdek sudning chiqargan qarorlari asosida xodimga to‘langan pul
summalari ushbu qarorlar bekor qilingan taqdirda ham qaytarib olinishi
(qaytarma ijro qilinishi) mumkin emas. Agar xodim yolg‘on ma’lumotlar
taqdim etgan, soxta hujjatlar berganligi tufayli bunday g‘ayriqonuniy qaror
qabul qilingan taqdirda, to‘langan pullar xodimdan qaytarib olinishi
mumkin.
Ish beruvchi tomonidan ixtiyoriy ravishda, shu jumladan qonunlarni
noto‘g‘ri qo‘llash natijasida ortiqcha to‘lab yuborilgan pul summalari ham,
basharti, bu xodimning yolg‘on ma’lumotlar yoki soxta hujjatlar taqdim
etishi oqibatida yuz bermagan bo‘lsa, undan qaytarib olinishiga yo‘l
qo‘yilmaydi. Xodimning yolg‘on ma’lumotlar yoki soxta hujjatlar bergani
sud qarori yoki hukmiga ko‘ra ko‘rsatib o‘tilishi lozim.
Mehnatga oid fuqarolik ishlarining muhim protsessual xususiyat-
laridan yana biri ishga tiklash va ish haqini undirish to‘g‘risidagi ishlar
bo‘yicha chiqarilgan hal qiluv qarorlarining darhol ijro etilishidir. Hal
qiluv qarorining darhol ijro etilishi uchun qaror chiqarilgan vaqtda sudya
da’vogarga summani undirish haqidagi varaqani berishi lozim.
Mehnat nizolarining ijro bosqichi ham o‘ziga xos xususiyatga ega.
Ijroga oid qoidalarga muvofiq, xodimlarning mehnatga oid huquqiy
munosabatlaridan kelib chiqadigan talablari birinchi navbatda
qanoatlantiriladi. Xodimni ishga tiklash va ish haqini undirish to‘g‘risidagi
ishlar bo‘yicha chiqarilgan hal qiluv qarorlarining darhol ijro etilishi
lozimligi tufayli bunday qarorlar ijrosi ham to‘xtatilishi mumkin emas.
142
Do'stlaringiz bilan baham: |