2. Pensiya ta’minoti
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari O‘zbekiston Respublikasining
«Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi 1998 yil 3
sentabrdagi qonunida nazarda tutilgan tartibda davlat tomonidan pensiya
bilan ta’minlanish huquqiga egadirlar. Xodimlarga hamda ularning oila
a’zolariga beriladigan pensiyalar yuqoridagi qonunga muvofiq ravishda
tayinlanadi.
Ushbu qonun bilan davlat pensiyalarining quyidagi turlari belgilanadi:
– yoshga doir;
– nogironlik;
– boquvchisini yo‘qotganlik uchun.
Yoshga doir pensiya olish huquqi sug‘urta qilingan xodimlarga umu-
miy asoslarda:
– erkaklar 60 yoshga to‘lganlarida va ish stajlari kamida 25 yil
bo‘lganda;
– ayollar 55 yoshga to‘lganlarida va ish stajlari kamida 20 yil bo‘l-
ganda tayinlanadi.
Pensiya sug‘urta qilingan xodimlarning ayrim toifalariga pensiya
yoshi kam bo‘lganda, tegishli hollarda esa, mehnat staji kam bo‘lganda
ham tayinlanadi. Sug‘urta qilingan xodimlarga nogironlik pensiyasi
mehnatda mayib bo‘lganda yoki kasb kasalliklariga chalinganda,
shuningdek umumiy kasalliklar tufayli mehnat qobiliyati yo‘qotilganda
tayinlanadi. Ish bilan bog‘liq bo‘lmagan jarohatlar tufayli mehnat qobiliya-
ti yo‘qotilganda ham umumiy kasalliklar singari nogironlik pensiyasi
tayinlanadi.
Mehnatda mayib bo‘lish yoki kasb kasalliklari tufayli xodimlarga
mehnat stajidan qat’i nazar, nogironlik pensiyasi tayinlanadi. Nogironlik
boshqa sabablar tufayli sodir bo‘lsa, tegishli umumiy mehnat staji bo‘yicha
tayinlanadi. Bunday mehnat stajining muddati sug‘urta qilingan xodimning
nogironlikka chalingan vaqtdagi yoshiga bog‘liq bo‘ladi. Nogironlik
147
pensiyasini tayinlashga asos bo‘luvchi yosh va ish staji haqidagi ma’lumot
quyidagi jadvalda aks etgan.
YOSH
Ish staji /
yil hisobida
23 yoshga qadar
23 yoshdan 26 yoshga qadar
26 yoshdan 31 yoshga qadar
31 yoshdan 36 yoshga qadar
36 yoshdan 41 yoshga qadar
41 yoshdan 46 yoshga qadar
46 yoshdan 51 yoshga qadar
51 yoshdan 56 yoshga qadar
56 yosh va undan oshganda
2
3
5
7
9
11
14
17
20
20 yoshga to‘lgunga qadar umumiy kasalliklar tufayli ish davrida yoki
ishlash to‘xtatilganidan keyin nogiron bo‘lib qolgan fuqarolarga ish
stajidan qat’i nazar, pensiya tayinlanadi. Boquvchisini yo‘qotganlik
pensiyasi mehnatda mayib bo‘lgan yoki kasb kasalligi tufayli vafot etgan
boquvchining mehnat faoliyati muddatidan qat’i nazar, uning mehnatga
qobiliyatsiz oila a’zolariga tayinlanadi. Agar xodim boshqa sabablar
tufayli vafot etgan bo‘lsa, shunga muvofiq keladigan umumiy mehnat
stajiga qarab pensiya tayinlanadi, bunday mehnat stajining muddati
sug‘urta qilingan xodimning vafot etgan kuniga qadar bo‘lgan yoshiga
bog‘liq.
Oilaning pensiya olish huquqiga ega bo‘lgan barcha a’zolariga bitta
umumiy pensiya tayinlanadi. Oila a’zosining talabi bilan uning
pensiyadagi ulushi ajratilib, alohida to‘lanadi. Bir vaqtning o‘zida turli
pensiyalarni (qarilik, nogironlik va shular kabi) olish huquqiga yoki turli
organlardan pensiya olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga ularning
tanlashiga ko‘ra bitta pensiya tayinlanadi. Davlat pensiyasini olish
huquqiga ega bo‘lgan fuqarolar pensiya olish huquqiga ega bo‘lgan
paytdan boshlab istagan vaqtlarida pensiya tayinlanishini so‘rab murojaat
qilishga haqlidirlar.
Fuqaro qarilik yoki nogironlik pensiyasi tayinlanishini so‘rab
murojaat qilganda unga ishlayotgani yoki ishlamayotganligidan qat’i
nazar, tayinlanadi. Pensiya miqdori ish stajining muddatiga bog‘liq bo‘lib,
quyidagilardan tarkib topadi:
– pensiyaning tayanch miqdoridan;
– ish staji uchun pensiyaning oshirilishidan;
148
–
pensiyaga qo‘shiladigan ustama haqlardan.
Pensiya tayinlanishi iltimos qilib yozilgan ariza xodim oxirgi paytda
ishlab turgan korxonaning ma’muriyatiga beriladi. Ma’muriyat esa ariza
tushgan vaqtdan boshlab 10 kunlik muddat ichida xodimning mehnat staji,
ish haqi to‘g‘risidagi barcha hujjatlarni hamda o‘z tavsiyasini qo‘shib,
tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot organiga taqdim etadi. Qonunga binoan,
pensiya tuman (shahar) hokimiyatidagi pensiya tayinlash komissiyalari
tomonidan tayinlanadi.
Pensiyalar tayinlash muddatlari O‘zbekiston Respublikasining 1993
yil 3 sentabrdagi «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi
qonunining 47-moddasida ko‘rsatilganidek tayinlanadi.
Pensiyalarni qayta hisoblash quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:
– pensioner pensiya miqdoriga ta’sir ko‘rsatuvchi qo‘shimcha huj-
jatlarni taqdim etganda;
– nogironlik guruhi o‘zgarganda;
– boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oladigan oila a’zolarining soni
o‘zgarganda;
– eng kam oylik ish haqi miqdorlari o‘zgarganda;
– mintaqaviy koeffitsiyent belgilangan yoki uning miqdori o‘zgar-
ganda;
– daromadlar indeksatsiya qilinganda.
Pensiyalarni pensioner istiqomat qilib turgan joydagi ijtimoiy ta’minot
organlari to‘laydi.
Harbiy xizmatchilar, shuningdek ichki ishlar organlarining boshliqlar
va oddiy xodimlar tarkibida bo‘lgan shaxslar, ularning oila a’zolarini
pensiya bilan ta’minlash shartlari hamda tartibi O‘zbekiston
Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan. Ularga O‘zbekiston
Respublikasining 1993 yil 3 sentabrdagi «Fuqarolarning davlat pensiya
ta’minoti to‘g‘risida»gi qonunida nazarda tutilgan asoslarda pensiyalar
olish huquqi beriladi. Bunda harbiy xizmatchilar, shuningdek ichki ishlar
organlarining boshliqlar va oddiy xodimlar tarkibida bo‘lgan shaxslar pul
ta’minotining barcha turlari fuqaro shaxslarning ish haqi singari bir xilda
hisobga olinadi.
Yuqoridagi qonundan tashqari, hozirgi kunda ichki ishlar organ-
larining xodimlari va ularning oila a’zolariga pensiya ta’minoti O‘zbe-
kiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 8 yanvardagi
«O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tashning
muvaqqat Nizomini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 16-sonli qaroriga ko‘ra
amalga oshiriladi.
149
Pensiya ta’minotining quyidagi turlari mavjud:
a) yoshga doir pensiya (xizmat yili, ya’ni mehnat staji bo‘yicha);
b) nogironlik pensiyasi;
v) boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi.
Amaldagi qonunlarga binoan, kadrlar bo‘limi 10 kun muddat ichida
pensiya tayinlash uchun quyidagi hujjatlarni moliya-rejalashtirish
boshqarmasiga (bo‘limiga) taqdim etishi lozim:
1. Mehnat staji bo‘yicha yoshga doir pensiya tayinlash uchun:
a) pensiya tayinlanishi munosabati bilan xizmatdan bo‘shatilgan
xodimning arizasi (turar joy manzili, oila a’zolari, ya’ni qaramog‘i-
dagilarni ko‘rsatgan holda);
b) mehnat staji (xizmat yili)ning hisobi;
v) harbiy tibbiy ko‘rikning kasallik to‘g‘risidagi guvohnomasi yoki
ma’lumotnomasi.
g) ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumot.
2. Nogironlik pensiyasini tayinlash uchun:
a) xizmatdan bo‘shatilishi bilan pensiya tayinlanishi kerak bo‘lgan
xodimning turar joyi, qaramog‘idagi oila a’zolarining soni ko‘rsatilgan
arizasi;
b) mehnat stajini tasdiqlovchi hujjat;
v) harbiy tibbiy ko‘rikning kasallik to‘g‘risidagi guvohnomasi yoki
ma’lumotnomasi;
g) nogironlik sabablari va guruhlari ko‘rsatilgan Tibbiy mehnat
ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi;
d) ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumot.
3. Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini tayinlash uchun:
a) vafot etgan xodimning ota-onasi yoki xotinining pensiya tayinla-
nishini so‘rab yozgan arizasi;
b) vafot etganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning asl nusxasi;
v) agar xodim o‘z xizmat vazifasini o‘tash paytida vafot etgan bo‘lsa,
IIV, ichki ishlar boshqarmasining tasdiqlovchi xulosasi;
g) vafoti munosabati bilan uning shaxsiy tarkib ro‘yxatidan o‘chi-
rilganligi to‘g‘risidagi buyruqdan ko‘chirma;
d) ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumot;
ye)
farzandlari yoki ota-onasining tug‘ilganlik to‘g‘risidagi
guvohnomalarining nusxalari;
yo) nikohdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi;
150
j) boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini olmoqchi bo‘lgan shaxs-
larning vafot etgan xodimning qaramog‘ida bo‘lganligini tasdiqlovchi
turar joyidan ma’lumotnoma;
z) vafot etgan xodimning 16 yoshdan katta bolalari o‘quv yurtida
ta’lim olayotganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma.
O‘rta, katta va yuqori boshliqlar tarkibiga yoshiga doir yoki nogironlik
pensiyalarini tayinlashda bir oylik maosh hajmida bir yo‘la beriladigan
nafaqa to‘lanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |