Њзбекистон республикаси ички ишлар вазирлиги



Download 0,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/42
Sana30.03.2022
Hajmi0,74 Mb.
#518796
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
Bog'liq
mehnat xuquqi

 
 
10-mavzu 
DAVLAT IJTIMOIY SUG‘URTASI. MEHNAT 
QONUNCHILIGIGA RIOYA ETILISHINI TEKSHIRISH VA 
NAZORAT QILISH 
1. Davlat ijtimoiy sug‘urtasi va uning turlari 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 39-moddasida ko‘rsatil-
ganidek, «har kim qariganda, mehnat layoqatini yo‘qotganda, shuningdek 
boquvchisidan mahrum bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa 
hollarda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga ega. Pensiyalar nafaqalar, 
ijtimoiy yordam boshqa turlarining miqdori rasman belgilab qo‘yilgan 
tirikchilik uchun zarur eng kam miqdordan oz bo‘lishi mumkin emas». 
Demak, buning uchun xodimlar davlat tomonidan ijtimoiy sug‘urta 
qilinishi lozim. Bu huquq xodimlarni ijtimoiy sug‘urta qilish orqali 
yoshiga qarab, nogironlik uchun va boquvchisiz qolganida, davlat va 
jamoa xo‘jaligi hisobidan pensiyalar, mehnat qobiliyatini vaqtincha 
yo‘qotganida nafaqalar to‘lash, mehnat qobiliyatini qisman yo‘qotganida 
ishga joylashtirish, qarib qolganida va nogironlikda g‘amxo‘rlik qilish 
hamda ijtimoiy sug‘urtaning boshqa shakllari bilan ta’minlashni 
kafolatlaydi. Ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qoidalar doimiy va mavsumiy, 
shuningdek vaqtinchalik ishlarda ishlaydigan xodimlarga joriy qilinadi. 
Qonunga ko‘ra, davlat ijtimoiy sug‘urtasi uchun ish beruvchilar, 
shuningdek sug‘urta qilingan xodimlarning o‘zlari badal to‘laydilar. Ish 
beruvchilarning davlat ijtimoiy sug‘urtasi uchun badal to‘lamaganliklari 
sug‘urta qilingan xodimni davlat ijtimoiy sug‘urtasi mablag‘lari hisobidan 
ta’minlanish huquqidan mahrum qilmaydi. 
Sug‘urta qilingan xodimlar, tegishli hollarda esa ularning oila a’zolari 
ham davlat ijtimoiy sug‘urtasi mablag‘lari hisobidan: 
a) vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqalari, ayollar esa, bundan 
tashqari, homiladorlik va tug‘ish nafaqalari; 
b) bola tug‘ilganda beriladigan nafaqalar; 
d) davlat tomonidan beriladigan yoshga doir, nogironlik va bo-
quvchisini yuqotganlik pensiyalari; 
f) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlar bilan ham 
ta’minlanadilar. 
143


Davlat ijtimoiy sug‘urtasi mablag‘laridan xodimlarni sanatoriy-
kurortlarda davolash, profilaktoriylar va dam olish uylariga joylashtirish, 
ularning shifobaxsh (parhez) taomlari uchun haq to‘lash, bolalarning 
sog‘lomlashtirish lagerlarini ta’minlab turish hamda davlat ijtimoiy 
sug‘urtasi yo‘li bilan o‘tkaziladigan boshqa tadbirlar uchun ham 
belgilangan tartibda foydalaniladi. 
Ma’lumki, davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlashda 
mehnat staji, ayniqsa, uzluksiz mehnat staji katta ahamiyatga egadir. 
Xodimlarning uzluksiz mehnat stajini hisoblash qonunlar asosida tartibga 
solinadi. Bugungi kundagi umumiy qoidaga ko‘ra, bir ishdan ikkinchisiga 
o‘tish paytidagi tanaffuslar haftadan oshmasa, uzluksiz mehnat staji 
saqlanib qoladi. Bir kalendar yil davomida o‘z xohishi bilan uzrli 
sabablarsiz, takroran ishdan bo‘shab ketish mehnat stajining uzilishiga 
sabab bo‘ladi. Yil davomida quyidagi sabablarga ko‘ra o‘z xohishi 
bo‘yicha takroran ishdan bo‘shab ketish uzrli hollar hisoblanadi: 
– er yoki xotindan birining boshqa ishga ko‘chirilishi, ishlash yoki 
xizmatni o‘tash uchun chet elga yuborilish, er yoki xotinning turar joyiga 
ko‘chib ketish; 
– muayyan joyda ishlash yoki ishlashga to‘sqinlik qiluvchi kasallik 
bilan og‘rish (tegishli tibbiy xulosaga muvofiq); 
– oilaning kasal bo‘lgan a’zosini parvarish qilish zarur bo‘lganda yoki 
1-guruh nogironini parvarishlash zarurligi tufayli ishdan bo‘shash; 
– tashkiliy ravishda ishga yuborilish; 
– tanlov asosida egallanadigan lavozimga saylanganda; 
– oliy yoki o‘rta maxsus o‘quv yurti, aspirantura yoki klinik ordi-
naturaga o‘qishga qabul qilinganda; 
– ish beruvchi mehnat qonunlari, jamoa yoki mehnat shartnomasining 
shartlarini buzganida ishdan bo‘shab ketish. 
Ayni vaqtda nogironlar, yoshga doir pensiyani oluvchilarning takroran 
ishdan bo‘shab ketishlari ham uzrli hisoblanadi. Amaldagi qonunlarda bir 
ishdan ikkinchisiga o‘tish paytidagi tanaffuslar 21 kundan ortiq bo‘lganda, 
shuningdek bir ishdan ikkinchisiga kirish paytida oradagi tanaffus qancha 
bo‘lishidan qat’i nazar, uzluksiz mehnat staji saqlanib qoladigan hollar 
ko‘zda tutilgan. 
Bundan tashqari, shuni alohida ta’kidlash zarurki, fuqarolarning 
qamoqda bo‘lgan, ya’ni jazoni o‘tagan, vazifasidan chetlashtirilganligi 
tufayli ishlamagan vaqtlari umumiy mehnat stajiga ham, maxsus mehnat 
stajiga ham kiradi. Xodimlarning uzluksiz mehnat stajlari mehnat 
144


daftarchasidagi yozuvlariga muvofiq yoki tegishli ravishda 
rasmiylashtirilgan hujjatlar asosida belgilanadi. 
Quyidagilar davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha beriladigan na-
faqalarga kiradi: 
– vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi; 
– homiladorlik va tug‘ish nafaqasi; 
– bola tug‘ilganda beriladigan nafaqa; 
– dafn etish marosimi uchun beriladigan nafaqa. 
Mehnat qobiliyatini vaqtincha yo‘qotganda beriladigan nafaqalar 
xodim kasal, mehnatda mayib bo‘lganda yoki boshqacha tarzda shikast-
langanda, kasal bo‘lib qolgan oila a’zolariga qarab turganda, karantin e’lon 
qilinganda, sanatoriy-kurortda davolanishda bo‘lganda va protez qilingan 
hollarda to‘lanadi. 
Xodim kasal yoki mayib bo‘lgan taqdirda, nafaqalar uning mehnatga 
layoqati tiklangunga yoki xodim nogironlik nafaqasiga chiqqunga qadar 
to‘lanadi. Alohida belgilangan holatlardan tashqari, xodimlarga vaqtincha 
mehnatga qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi guvohnoma yoki ma’lumotnomalar 
berish taqiqlanadi. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik ish vaqtida, 
jumladan sinov muddati paytida yuz bersa ham nafaqa to‘lanadi. Nafaqa, 
shuningdek xodim ishdan bo‘shayotgan kunida, vaqtincha mehnatga 
qobiliyatsiz bo‘lib qolganda ham to‘lanadi. 
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi mehnatda mayib bo‘l-
ganda yoki kasb kasalligiga chalinganda ish haqining to‘liq miqdorida, 
boshqa hollarda esa xodimning davlat ijtimoiy sug‘urtasi badallarini 
to‘lagan muddatiga (umumiy ish stajiga), qaramog‘idagi voyaga yetmagan 
bolalarining soni va boshqa holatlarga qarab, ish haqining 60 foizidan 100 
foizigacha miqdorida to‘lanadi. 
Kasaba uyushma qo‘mitasining a’zosi bo‘lgan xodimlarga vaqtincha 
mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi quyidagi miqdorlarda to‘lanadi: uzluksiz 
mehnat staji 3 yilgacha bo‘lsa, ish haqining 50 foizi; 3 yildan 5 yilgacha 
bo‘lsa, 60 foiz; 5 yildan 8 yilgacha bo‘lsa, 80 foiz; 8 yildan ko‘p bo‘lsa, 
100 foiz; 18 yoshga to‘lmagan xodimlarga 60 foiz. 
Ishlayotgan urush nogironlariga uzluksiz mehnat stajidan qat’i nazar, 
100 foiz, qaramog‘ida 3 ta va undan ortiq 16 yoshga (maktab o‘quvchilari 
bo‘lsa, 18 yoshga) to‘lmagan bolalari bo‘lgan xodimlarga uzluksiz mehnat 
staji muddatidan qat’i nazar, 100 foiz. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik 
nafaqasining eng kam miqdori qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish 
haqi miqdoridan oz bo‘lmasligi va nafaqa hisoblab chiqariladigan ish haqi 
miqdoridan ortib ketmasligi lozim. 
145


Qonunga binoan, nafaqa vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik payti 
uchun faqat kasallik varaqasi (mehnatga qobiliyatsizlik varaqasi) 
asosidagina to‘lanadi. Belgilangan muddatda olinmagan (to‘la yoki 
qisman) nafaqalarni olish uchun mehnat qobiliyati tiklangan yoki 
nogironlik belgilangan kundan boshlab 6 oy muddat davomida murojaat 
qilish mumkin. Bunday vaqtda nafaqa ko‘pi bilan 12 oygacha bo‘lgan 
muddatga to‘lanishi mumkin. 
Mavsumiy mehnat shartnomalari bo‘yicha ishlayotgan xodimlarga, 
agar ular mayib bo‘lganligi yoki kasb kasalligiga uchraganligi tufayli 
mehnatga qobiliyatsiz bo‘lib qolsalar, umumiy asoslarda nafaqa to‘lanadi, 
boshqa sabablar bo‘yicha esa, nafaqa 75 kalendar kungacha bo‘lgan vaqt 
uchun to‘lanadi. 
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tug‘ish nafaqa-
larining qonunda belgilangan miqdori xodimlarning amaldagi ish haqiga 
mutanosib ravishda hisoblanadi. 
Homiladorlik va tug‘ish nafaqasi homiladorlik hamda tug‘ish ta’ti-
lining butun davrida to‘liq ish haqi miqdorida to‘lanadi. Mehnat 
shartnomasi asosida ishlayotgan ayollar mehnat stajidan qat’i nazar, 
homiladorlik va tug‘ish nafaqalari olish huquqiga egadirlar. Bunday 
ta’tillar homiladorlik paytida 70 kalendar kun, bola tug‘ilgandan keyin 56 
kalendar kundan iborat. Tug‘ish me’yorida bo‘lmagan yoki ikki va undan 
ortiq bola tug‘ilganda esa ta’til 70 kalendar kunga uzaytiriladi. 
Bulardan tashqari, davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha beriladigan 
nafaqalarning yana bir nechta alohida turlari mavjud, masalan: 
a) kam ta’minlangan oilalarning bolalariga; 
b) bolaligidan nogiron bo‘lganlarga to‘lanadigan nafaqalar. 
Bular orasida vasiylik yoki homiylikdagi voyaga yetmagan bolalarni 
ta’minlash uchun tayinlanadigan nafaqa alohida o‘rin tutadi. 
Bola tug‘ilganda bir yo‘la beriladigan nafaqa to‘lanadi. Uning miqdori 
eng kam oylik ish haqining 200 foiz miqdorida beriladi. Onalik va 
bolalikni muhofaza qilish, bolali oilalarga davlat yordamini kuchaytirish, 
yosh avlodni kamol toptirish va tarbiyalash uchun sharoitlar yaratish 
maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 10 
dekabrdagi «Bolali oilalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni yanada 
kuchaytirish to‘g‘risida»gi farmoniga binoan, 16 yoshgacha bo‘lgan bolasi 
bor oilalarga har oylik nafaqalar to‘lash miqdori oshirilgan va ular eng 
kam oylik ish haqiga nisbatan quyidagi miqdorlarda belgilangan: 
– 1 nafar bolasi bor oilalarga 50 foiz; 
– 2 nafar bolasi bor oilalarga 100 foiz; 
146


– 3 nafar bolasi bor oilalarga 140 foiz; 
– 4 nafar va undan ko‘p bolasi bor oilalarga esa 175 foiz. 
Shu farmonga ko‘ra, bola 2 yoshga to‘lguncha qadar uni parvarish qi-
lish uchun har oylik nafaqalar miqdori eng kam oylik ish haqining 200 foiz 
miqdorida belgilangan. Mehnat kodeksining 288-moddasida 
ta’kidlanganidek, sug‘urta qilingan xodim yoki uning oila a’zosi vafot 
etganda, qonun hujjatlarida belgilab qo‘yiladigan miqdor va tartibda dafn 
etish marosimi uchun nafaqa to‘lanadi. 

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish