–
Nizomning 20-moddasiga muvofiq, egallab turgan lavozim unvoni
pog‘onasidan bir pog‘ona yuqori rag‘batlantirish tariqasida;
–
ichki ishlar organlarida avval ishlab ketgan shaxslarning bo‘-
shagunga qadar «mayor» maxsus unvoni bo‘lsa, ular yana ichki ishlar or-
ganlariga qabul qilinganlarida o‘sha maxsus unvonlar qayta tiklab beriladi;
–
Mudofaa vazirligi tizimi, Milliy xavfsizlik xizmatidan ichki ishlar
organlariga xizmatni davom ettirish uchun kelgan xodimlar mavjud
unvonlari saqlangan holda, ichki ishlar
organlariga qabul qilinadilar;
–
Ichki ishlar vazirining vakolati bilan «kapitan» maxsus unvoniga
ega bo‘lgan xodimlarga navbatdagi unvon sifatida, ichki ishlar organlari
safidan bo‘shatilayotgan vaqtda rag‘batlantirish tariqasida, agarda ularning
nafaqaga chiqish imkonini beradigan xizmat faoliyati 20 yil yoki undan
ortiq bo‘lgan va salbiy asoslar bilan bo‘shatilmayotgan bo‘lsa, egallagan
lavozimi hamda ma’lumotidan qat’i nazar, «mayor» maxsus unvoni
beriladi;
–
O‘zbekiston Respublikasi IIVning tergov sohasida uzluksiz 15 yil
va undan ortiq xizmat qilgan xodimlarga «mayor» maxsus unvoni beriladi.
O‘zbekiston Respublikasining ichki ishlar organlarida xizmat o‘tash
tartibi haqidagi muvaqqat Nizomning 65-bandiga ko‘ra,
oddiy va kichik
boshliqlar tarkibi quyidagi hollarda zaxiraga bo‘shatilishlari mumkin:
a) Nizomning 6-bandiga muvofiq, erkaklar 50, ayollar esa 45 yoshdan
– yoshiga binoan;
b) kasalligi tufayli – tibbiy ko‘rikning xulosasiga binoan;
v) sog‘lig‘i cheklanganligi tufayli;
g) shartnoma muddatiga binoan;
d) shahodatlash tartibida xizmatga noloyiqligi tufayli;
ye) IIVning intizomiy nizomi talablarini buzganligi uchun;
j) shaxsiy iltimosiga ko‘ra;
z) shtatlarning qisqarganligi tufayli.
Nizomning 66-bandi bo‘yicha oddiy va boshliqlar tarkibidagi xo-
dimlarni xizmatdan bo‘shatish hollari:
a) zaxiraga (harbiy hisobga qo‘yish bilan), agar xizmatdan bo‘shatish
yoshiga yetmagan bo‘lsa;
b) iste’foga (harbiy hisobdan o‘chirish bilan), agar qonunda ko‘r-
satilgan yoshga yetgan bo‘lsa, amalga oshiriladi.
Nizomning 67-bandiga asosan o‘rta,
katta va yuqori boshliqlar
tarkibidagi xodimlar zaxiraga quyidagicha bo‘shatiladilar:
a) yoshiga ko‘ra – podpolkovnikkacha 50, polkovniklar 55, yuqori
boshliqlar tarkibi 60 yoshdan;
92
b) kasalligi tufayli – tibbiy ko‘rikning xulosasiga ko‘ra;
v)
shtatlar qisqarishi munosabati bilan, agar olib qolishning
imkoniyati bo‘lmasa;
g) sog‘lig‘i cheklanganligi tufayli boshqa ish berish imkoniyati
bo‘lmasa;
d) shahodatlash tartibida, xizmatga noloyiqligi uchun;
ye) boshqa vazirlik va qo‘mitaga xizmatga o‘tganligi tufayli;
j) shaxsiy iltimosiga ko‘ra;
z) sinov muddatida xizmatga noloyiq bo‘lsa.
Nizomning 68-bandiga binoan, oddiy va boshliqlar tarkibi harbiy
hisobdan o‘chirish bilan otstavkaga chiqishi mumkin:
a) yoshiga ko‘ra – unvonga ega, amaldagi
qonunlarga binoan zaxirada
bo‘lib, ma’lum yoshga yetgan bo‘lsa;
b) kasalligi tufayli – tibbiy ko‘rikning harbiy hisobdan o‘chirish sharti
bilan xizmatga noloyiq degan xulosasi bo‘lsa.
Nizomning 69-bandiga ko‘ra, oddiy va boshliqlar tarkibidagi xodimlar
o‘z sha’nini obro‘sizlantiradigan xatti-harakatlar sodir etgan taqdirda
(jinoyat sodir etganda va h. k.), IIVning intizomiy nizomiga muvofiq, ichki
ishlar organlari xizmatidan bo‘shatiladilar. Bulardan tashqari, nizomning
70-bandiga asosan oddiy va boshliqlar tarkibi sodir etgan jinoyatlari uchun
sud tomonidan hukm chiqarilishi munosabati
bilan ham ichki ishlar
organlari xizmatidan bo‘shatiladi.
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tomonidan xodimlarga
pensiya va nafaqalar tayinlash amaldagi qonun hujjatlarining talablari
asosida amalga oshiriladi. Bunda xodimlarning ichki ishlar organlaridagi
xizmat faoliyati (imtiyozli davrlari hisobga olingan holda) 20 yilni tashkil
etishi yoki yoshi 50 ga to‘lgan bo‘lib, umumiy ish faoliyati 25 yilni,
shundan kamida teng yarmi, ya’ni 12,5 yilni tashkil etishi kerak.
Pensiya va nafaqa tayinlash ichki ishlar organlaridan bo‘shatilgan
kundan hisoblanadi. Bundan tashqari, halok bo‘lgan xodimlarning oila
a’zolariga boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi tayinlanadi. Xodim xizmat
vazifasini bajarayotgan vaqtda halok bo‘lgan bo‘lsa, balog‘atga
yetmagan
oila a’zolarining har biriga 40 %, agar uning o‘limi xizmat burchini
bajarish vaqtidan tashqarida deb hisoblansa, balog‘atga yetmagan oila
a’zolarining har biriga 30 % miqdorida nafaqa tayinlanadi.
Ichki ishlar organlari xodimlarining hujjatlarini pensiya va nafaqaga
rasmiylashtirish vazirlik va joylardagi ichki ishlar boshqarmalarining
shaxsiy tarkib bilan ishlash tizimlari tomonidan amalga oshiriladi.
93