‘zbekist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Yurish  va  yugurish  turlari



Download 8,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet343/485
Sana14.08.2021
Hajmi8,17 Mb.
#147406
1   ...   339   340   341   342   343   344   345   346   ...   485
Bog'liq
gimnastika

Yurish  va  yugurish  turlari:  oyoq  uchidan  qadam  qo‘yish, 

oyoq  uchida  yurish,  tayanch  oyoqqa  yarim  o‘tirish,  tashlanish,  er- 

kin  oyoqlarda  (to‘g ‘ri  va  bukilgan)  oldin,  orqa  yoki  yon  tomonga 

harakatlanib  yoki  uni  oxirgi  yuqori  holatda  ushlab  turish,  juftlov- 

chi va almashuvchi qadam; to‘g‘ri (bukilgan) oyoqlami oldin (orqa) 

ga  chiqarib  oyoqdan  oyoqqa  kichik  sakrashlar  bilan,  oyoq  uchida 

kichik qadamda yugurish.

Xatlab  harakatlanish; 

to‘g ‘ri  (bukilgan)  oyoqlami  navbat- 

lashtirib  oldinga,  orqaga  yon  tomonga  chiqarib,  sakrashlar  bilan 

qadam qo‘yish.



Raqs qadamlari: galop, polka, vals, mscha.

Bular polda ham, oldinga bir tekisda nafis bajariladi.



Burilishlar 

(331-rasm)  -  tik  turish  va yarim  o‘tirib,  bir va  ikki 

oyoqda tayanib o‘tirish va tizzalarga tayanib o‘tirish holatlarida oyoq 

uchida bajariladi; bu elementlarga o‘rganish poldan boshlanadi, ke- 

yin esa ko‘tarilgan tayanchlarga o‘tiladi.  Burilishlar aniq bajarilishi 

uchun m oijallar belgilanadi, masalan: xoda bo‘ylab oldinga oyoqda 

siltanish.  Boshning  holati  katta  ahamiyatga  ega:  chap  (o‘ng)ga  va 

orqaga  burilishlarda  bosh  tana  bilan  to‘g‘ri  holatni  saqlab  qoladi; 

360°  ga va undan ko‘proq burilishlarda bosh  tanadan  biroz  orqada 

qoladi, keyin tezda yelkani oshib o ‘tib buriladi.  Q o ilar harakati bu- 

rilishga va muvozanatni saqlashga imkon beradi. Chap (o‘ng) ga va

275



orqaga  burilishlarda  qo‘llar  yonda,  yuqorida,  belda  bo‘lishi  mum- 

kin, ancha murakkab burilishlarda esa ular aylanma harakatlanishga 

yordam beradi.

Ikki  oyoqda turish holatida burilishlar o ‘ng  (chap)  ga va orqaga 

bajariladi;  ko‘ndalang  turishdan,  ko‘ndalang  turish,  uzunasiga  tur- 

ishdan oyoqlami krest qilib turishga va aksincha.

Bir oyoqda turish holatida burilishlar oldinga yoki orqaga, bukil- 

gan yoki to‘g‘ri oyoqlarda siltanib bajariladi.  Aylanish yo‘nalishiga 

qarab,  tayanch  oyoq  tomonga  va  tayanch  oyoqdan qarshi  tomonga 

burilishlarga ajratiladi.

Ikki oyoqda o ‘tirib burilishlami, tik turishdan orqaga burilib o‘ti- 

rish  va  aksincha;  o‘tirib  orqaga  burilish;  turishdan  orqaga  burilib 

o ‘tirish va turish;  shuning o‘zi sakrash bilan bajarilishi mumkin.

Bir  oyoqda  o ‘tirib  burilishlar:  o ‘ng  oyoqqa  uzunasiga  o ‘tirib, 

chap oyoq yon tomonga oyoq uchida, bir vaqtda o ‘ngga yoki orqaga 

burilish va shunday D.h.; o ‘ng oyoqda ko‘ndalang o‘tirishdan, chap 

oldinga  yarim  bukilib  oyoq  uchida,  chap  oyoqni  pastga  tushirib, 

orqaga siltanish, orqaga burilish huddi shunday dastlabki holat.

Tayanchlarda  tayanib  o ‘tirish,  tizzalarda  tayanib  o ‘tirish,  o ‘ti- 

rishlardan  burilishlar,  sakrab  chiqishlar  bilan,  siltanib  o‘tishlar 

bilan uyg‘unlashadi.  Ular asosan qoilarga tayanish bilan bajariladi: 

tayanchdan  burilib  songa  o‘tirish;  tayanchdan  bir  oyoqda  siltanib 

o‘tib  burilib  oyoqlami  ochib  o‘tirish;  sonda  o‘tirib  orqaga  burilib

276



boshqa songa o‘tirish; oyoqlami ochib tayanib, o ‘ng (chap)ga yoki 

orqaga  burilish;  tizzalarda  turishdan  orqaga  burilib  yarimshpagat; 

bitta  tizzada  turishdan,  boshqasi  orqaga,  orqaga  burilish  shunday 

D.h.  egallash;  yarimshpagatdan  orqaga burilib  bitta tizzada turish, 

boshqa oyoq oldinga bukilgan; qorinda tayanib yotib chap (o‘ng)ga 

yoki  orqaga burilish.



Sakrashlar. 

Xodada  sakrash  mashqlari,  harakatlanish  usul- 

laridan  biri  va  mustaqil  element  sifatida  xizmat  qiladi.  Ulaming 

murakkabligi  -   uchish  uzunligi,  xafsiz  fazalarda  harakatlanish 

amplitudasi va tuzilishiga ko‘ra  aniqlanadi.  Sakrashlar uch guruh- 

ga  bo‘linib  (joyda,  oldinga  harakatlanib  va  burilishlar)  bir  nechta 

sakrashlardan tashkil topgan seriyali yoki yakka bajariladi.  Bulami 

bajarishda qiyinchilik tug‘diradigan element bu qo‘nishdir.  Sakrash 

amortizatsiyalovchi  bukilish va oyoqlami  yozilish bilan bajariladi. 

Muvozanatni  saqlash  uchun  oyoqlar,  tana  va  qo‘l  harakatlarining 

yuqori koordinatsiyasi zamr.

Joyda  sakrash  ikki  oyoqda  itarilib  bajariladi:  yarim  o ‘tirish 

yoki o ‘tirishdan shunday dastlabki holat; tayanib o ‘tirib;  oyoqlami 

almashtirib  yoki  ikki  marta  almashtirib;  oldinga-orqaga  yoki  yon 

tomonga  oyoqlami  ochib;  bir  oyoqqa  qo‘nib;  oldinga  bir  oyoqda 

siltanib ikkala oyoqqa o ‘tirish yoki yarim o ‘tirish.

Oldinga  harakatlanib  sakrashlar  qadam  qo‘yish  yoki  yugu- 

rish  bilan  bajariladi:  bukilgan  yoki  to‘g ‘ri  oyoqlami  oldinga  yoki 

orqaga  almashtirib;  oldinga  bir  oyoqda  qadam  qo‘yish  va  shu 

oyoqda  sakrab,  boshqasini  oldinga  bukish,  qo‘llar  oldinga  “yopiq 

sakrash”,  oldinga bir oyoqda qadam qo‘yish va shu oyoqda sakrab, 

boshqasi orqaga, qo‘llar yon tomonga “ochiq sakrash”; ikkala oyoq- 

da  sakrab,  keyinchalik bir oyoqda sakrab,  boshqasi orqada,  qo‘llar 

yon  tomonda;  to ‘g ‘ri  oyoqlarda  oldinga  yoki  orqaga  pastga urilib 

sakrash bilan bajarilishi mumkin.

Statik  mashqlarga:  muvozanat,  turish,  ko‘priklar,  shpagatlar 

kiradi. Bu mashqlaming texnikasi, polda bajariladigan mashqlardan 

unchalik farq qilmaydi.

Muvozanat yuqori turishlar va o ‘tirishlardan, ikki yoki bir oyoq- 

da, boshqa oyoq oldinga, orqaga, yon tomonga bajariladi.

277



Muvozanatni joyda turib va harakatlanish, burilish va sakrashlar 

bilan uyg‘unlashtirib bajarish mumkin.  Ularga:  oyoq uchida turish; 

bir oyoqda turish, ikkinchisi orqaga; bir oyoqda yarim o‘tirib, ikkin- 

chisi orqaga; bir oyoqda o ‘tirib, ikkinchisi oldinga; bir oyoqda turib, 

ikkinchisi oldinga-yuqoriga, orqaga burilib, qo‘llar yon tomonga va 

boshqalar kiradi.

Yelkalarda,  boshda  va  qo‘llarda,  ko‘krakda,  kuraklarda  va 

qo‘llarda  turish  oddiy  va  aralash  tayanchda,  q o ila r  bilan  xodani 

yuqori, pastki yoki yonbosh tekisligidan ushlab bajariladi.

Ko‘priklar orqaga bukilib qoilarga tayanib yoki  oldinga burilib 

oyoqlarga tayanib  bajariladi.  Ko‘prik  holatida tayanch,  bir  oyoqqa 

va ikki q o ig a va aksincha boiishi mumkin.

Shpagat va yarim shpagatlar tizzalarga yoki tizzaga tayanib turib, 

boshqa oyoq  orqaga  (332,333-rasm);  tayanib  o ‘tirishdan  oyoqlami 

sirpantirib; burilishlardan keyin yoki xodaga tayanib yoki tayanmas- 

dan, boshqa elementlar qo‘shib bajariladi.

Xodada  bajariladigan  akrobatik  mashqlarga,  o‘mbaloq  oshish- 

lar,  burilishlar  va  salto  kiradi.  Bulami  bajarishning  o ‘ziga  xosligi 

shundaki,  tayanchning  balandligi  va  maydon  cheklanganligi,  xoda 

tekisligi  bilan  bajarilayotgan  harakat  tekisligini  biriktirib  va  aniq 

yo‘nalishi bo‘yicha q o ilar bilan tor ushlashni talab qiladi.


Download 8,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   339   340   341   342   343   344   345   346   ...   485




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish