Yurish va yugurish turlari: oyoq uchidan qadam qo‘yish,
oyoq uchida yurish, tayanch oyoqqa yarim o‘tirish, tashlanish, er-
kin oyoqlarda (to‘g ‘ri va bukilgan) oldin, orqa yoki yon tomonga
harakatlanib yoki uni oxirgi yuqori holatda ushlab turish, juftlov-
chi va almashuvchi qadam; to‘g‘ri (bukilgan) oyoqlami oldin (orqa)
ga chiqarib oyoqdan oyoqqa kichik sakrashlar bilan, oyoq uchida
kichik qadamda yugurish.
Xatlab harakatlanish;
to‘g ‘ri (bukilgan) oyoqlami navbat-
lashtirib oldinga, orqaga yon tomonga chiqarib, sakrashlar bilan
qadam qo‘yish.
Raqs qadamlari: galop, polka, vals, mscha.
Bular polda ham, oldinga bir tekisda nafis bajariladi.
Burilishlar
(331-rasm) - tik turish va yarim o‘tirib, bir va ikki
oyoqda tayanib o‘tirish va tizzalarga tayanib o‘tirish holatlarida oyoq
uchida bajariladi; bu elementlarga o‘rganish poldan boshlanadi, ke-
yin esa ko‘tarilgan tayanchlarga o‘tiladi. Burilishlar aniq bajarilishi
uchun m oijallar belgilanadi, masalan: xoda bo‘ylab oldinga oyoqda
siltanish. Boshning holati katta ahamiyatga ega: chap (o‘ng)ga va
orqaga burilishlarda bosh tana bilan to‘g‘ri holatni saqlab qoladi;
360° ga va undan ko‘proq burilishlarda bosh tanadan biroz orqada
qoladi, keyin tezda yelkani oshib o ‘tib buriladi. Q o ilar harakati bu-
rilishga va muvozanatni saqlashga imkon beradi. Chap (o‘ng) ga va
275
orqaga burilishlarda qo‘llar yonda, yuqorida, belda bo‘lishi mum-
kin, ancha murakkab burilishlarda esa ular aylanma harakatlanishga
yordam beradi.
Ikki oyoqda turish holatida burilishlar o ‘ng (chap) ga va orqaga
bajariladi; ko‘ndalang turishdan, ko‘ndalang turish, uzunasiga tur-
ishdan oyoqlami krest qilib turishga va aksincha.
Bir oyoqda turish holatida burilishlar oldinga yoki orqaga, bukil-
gan yoki to‘g‘ri oyoqlarda siltanib bajariladi. Aylanish yo‘nalishiga
qarab, tayanch oyoq tomonga va tayanch oyoqdan qarshi tomonga
burilishlarga ajratiladi.
Ikki oyoqda o ‘tirib burilishlami, tik turishdan orqaga burilib o‘ti-
rish va aksincha; o‘tirib orqaga burilish; turishdan orqaga burilib
o ‘tirish va turish; shuning o‘zi sakrash bilan bajarilishi mumkin.
Bir oyoqda o ‘tirib burilishlar: o ‘ng oyoqqa uzunasiga o ‘tirib,
chap oyoq yon tomonga oyoq uchida, bir vaqtda o ‘ngga yoki orqaga
burilish va shunday D.h.; o ‘ng oyoqda ko‘ndalang o‘tirishdan, chap
oldinga yarim bukilib oyoq uchida, chap oyoqni pastga tushirib,
orqaga siltanish, orqaga burilish huddi shunday dastlabki holat.
Tayanchlarda tayanib o ‘tirish, tizzalarda tayanib o ‘tirish, o ‘ti-
rishlardan burilishlar, sakrab chiqishlar bilan, siltanib o‘tishlar
bilan uyg‘unlashadi. Ular asosan qoilarga tayanish bilan bajariladi:
tayanchdan burilib songa o‘tirish; tayanchdan bir oyoqda siltanib
o‘tib burilib oyoqlami ochib o‘tirish; sonda o‘tirib orqaga burilib
276
boshqa songa o‘tirish; oyoqlami ochib tayanib, o ‘ng (chap)ga yoki
orqaga burilish; tizzalarda turishdan orqaga burilib yarimshpagat;
bitta tizzada turishdan, boshqasi orqaga, orqaga burilish shunday
D.h. egallash; yarimshpagatdan orqaga burilib bitta tizzada turish,
boshqa oyoq oldinga bukilgan; qorinda tayanib yotib chap (o‘ng)ga
yoki orqaga burilish.
Sakrashlar.
Xodada sakrash mashqlari, harakatlanish usul-
laridan biri va mustaqil element sifatida xizmat qiladi. Ulaming
murakkabligi - uchish uzunligi, xafsiz fazalarda harakatlanish
amplitudasi va tuzilishiga ko‘ra aniqlanadi. Sakrashlar uch guruh-
ga bo‘linib (joyda, oldinga harakatlanib va burilishlar) bir nechta
sakrashlardan tashkil topgan seriyali yoki yakka bajariladi. Bulami
bajarishda qiyinchilik tug‘diradigan element bu qo‘nishdir. Sakrash
amortizatsiyalovchi bukilish va oyoqlami yozilish bilan bajariladi.
Muvozanatni saqlash uchun oyoqlar, tana va qo‘l harakatlarining
yuqori koordinatsiyasi zamr.
Joyda sakrash ikki oyoqda itarilib bajariladi: yarim o ‘tirish
yoki o ‘tirishdan shunday dastlabki holat; tayanib o ‘tirib; oyoqlami
almashtirib yoki ikki marta almashtirib; oldinga-orqaga yoki yon
tomonga oyoqlami ochib; bir oyoqqa qo‘nib; oldinga bir oyoqda
siltanib ikkala oyoqqa o ‘tirish yoki yarim o ‘tirish.
Oldinga harakatlanib sakrashlar qadam qo‘yish yoki yugu-
rish bilan bajariladi: bukilgan yoki to‘g ‘ri oyoqlami oldinga yoki
orqaga almashtirib; oldinga bir oyoqda qadam qo‘yish va shu
oyoqda sakrab, boshqasini oldinga bukish, qo‘llar oldinga “yopiq
sakrash”, oldinga bir oyoqda qadam qo‘yish va shu oyoqda sakrab,
boshqasi orqaga, qo‘llar yon tomonga “ochiq sakrash”; ikkala oyoq-
da sakrab, keyinchalik bir oyoqda sakrab, boshqasi orqada, qo‘llar
yon tomonda; to ‘g ‘ri oyoqlarda oldinga yoki orqaga pastga urilib
sakrash bilan bajarilishi mumkin.
Statik mashqlarga: muvozanat, turish, ko‘priklar, shpagatlar
kiradi. Bu mashqlaming texnikasi, polda bajariladigan mashqlardan
unchalik farq qilmaydi.
Muvozanat yuqori turishlar va o ‘tirishlardan, ikki yoki bir oyoq-
da, boshqa oyoq oldinga, orqaga, yon tomonga bajariladi.
277
Muvozanatni joyda turib va harakatlanish, burilish va sakrashlar
bilan uyg‘unlashtirib bajarish mumkin. Ularga: oyoq uchida turish;
bir oyoqda turish, ikkinchisi orqaga; bir oyoqda yarim o‘tirib, ikkin-
chisi orqaga; bir oyoqda o ‘tirib, ikkinchisi oldinga; bir oyoqda turib,
ikkinchisi oldinga-yuqoriga, orqaga burilib, qo‘llar yon tomonga va
boshqalar kiradi.
Yelkalarda, boshda va qo‘llarda, ko‘krakda, kuraklarda va
qo‘llarda turish oddiy va aralash tayanchda, q o ila r bilan xodani
yuqori, pastki yoki yonbosh tekisligidan ushlab bajariladi.
Ko‘priklar orqaga bukilib qoilarga tayanib yoki oldinga burilib
oyoqlarga tayanib bajariladi. Ko‘prik holatida tayanch, bir oyoqqa
va ikki q o ig a va aksincha boiishi mumkin.
Shpagat va yarim shpagatlar tizzalarga yoki tizzaga tayanib turib,
boshqa oyoq orqaga (332,333-rasm); tayanib o ‘tirishdan oyoqlami
sirpantirib; burilishlardan keyin yoki xodaga tayanib yoki tayanmas-
dan, boshqa elementlar qo‘shib bajariladi.
Xodada bajariladigan akrobatik mashqlarga, o‘mbaloq oshish-
lar, burilishlar va salto kiradi. Bulami bajarishning o ‘ziga xosligi
shundaki, tayanchning balandligi va maydon cheklanganligi, xoda
tekisligi bilan bajarilayotgan harakat tekisligini biriktirib va aniq
yo‘nalishi bo‘yicha q o ilar bilan tor ushlashni talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |